Maqolalarga qo’yiladigan talablar

Nashrga original, ilgari nashr qilinmagan maqolalar va jurnal mavzusiga mos keladigan materiallar qabul qilinadi. Original maqolaning hajmi 10-12 betdan oshmasligi kerak, adabiyotlar sharhi va ma’ruzalar – 20 betgacha. Maqola Microsoft Word dasturi, «Times New Roman» shrifti, 14 kegl, sahifa maydoni barcha tomondan 2,5 sm va 1,5 intervalda rasmiylashtirilishi kerak. 

Qo’lyozmaning nomi:

Maqola va boshqa materiallar sarlavhasi yetarlicha qisqa, mazmunga muvofiq va 13 so’zdan oshmasligi kerak.

Mualliflar:
Mualliflarning nomlari quyidagi tartibda to’liq qayd etilishi kerak: ismi, otasining ismi, keyin uning familiyasi, ikki yoki undan ortiq mualliflar uchun vergul bilan ajralib turiladi. Oxirgi muallif qolgan muallifdan «va» so’zi bilan ajratilishi kerak.

Muallif (lar) ning ish joyi:

Ushbu ma’lumot quyidagi tartibda taqdim etilishi kerak: kafedra (bo’lim, klinika, laboratoriya, guruh va hokazo), institut, shahar va mamlakat. Muallif o’zining pochta manzili, telefon raqami, faks raqami (agar mavjud bo’lsa), elektron pochta manzilini keltirib o’tishi kerak.

Annotasiya va kalit so’zlar:

Annotasiya rus, o’zbek va ingliz tillarida (xorijiy mualliflar uchun rus va ingliz tillarida) qisqa va aniq bo’lishi kerak va 150-200 so’zdan iborat bo’lishi kerak. Annotasiya matnida maqolada ko’rilayotgan savol yoki muammo, tadqiqot jarayoni tavsifi, asosiy natijalar va xulosalar aks ettirilishi kerak. Annotasiya ko’rib chiqilayotgan muammo yechimidagi muallifning hissasi ko’rsatilishi kerak. Annotasiyadan keyin rus, o’zbek va ingliz tillarida (xorijiy mualliflar uchun rus va ingliz tillarida) 3-5 ta kalit so’z va iboralar ko’rsatilishi kerak.

Maqolaning tuzilishi va mazmuni

Kirish qismida tadqiqotning dolzarbligi, obyekt va predmeti, maqola yozilish vaqtida ilmiy muammoning holati aks etishi kerak. Qo’llanilgan metodlar va tadqiqot materiallari ko’rsatilishi kerak.

Maqolaning tadqiqot qismida tadqiqot jarayoni va erishilgan natijalarning batafsil bayoni beriladi.

Xulosa maqolaning kirish qismida qo’yilgan savollarga javoblarni o’z ichiga olishi kerak, aniq xulosalar ko’rsatilishi shart.

Adabiyotlar ro’yxati:

 Adabiyotlar ro’yxati GOST R 7.0.5.-2008 talablariga javob berishi kerak. (Система стандартов по информации, библиотечному и издательскому делу).

Matn ichidagi adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida muallifning familiyasi, nashr yili va sahifasi tartibida beriladi. [Bo’ronov 2002: 3]. Agar havolada bir nechta adabiyotdan foydalanilganligi ko’rsatilsa ular nuqtali vergul bilan ajratiladi [Safarov 2018: 30; Hakimov 2013: 76]

 

Maqolada foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati matn oxirida, alfavit tartibida “Adabiyotlar” sarlavhasi ostida beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida oxirgi 10 yilda chop etilgan ishlar berilishi maqsadga muvofiqdir. Ilmiy maqoladagi adabiyotlar ro’yxati 30 tadan, adabiyotlar sharhi esa 50 tadan oshmasligi kerak.

 

Adabiyotlar ro’yxatini rasmiylashtirish bo’yicha namunalar:

Monografiya

Bushuy T., Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. –Toshkent:. Fan, 2007. – 234 b.

Roget P.M. Roget’s Thesaurus of English Words and Phrases. London: Penguin books, 2000. 810 p.

 

Jurnaldan maqolalar

Трегубов, А.Н. О возможностях использования метода бинарного семантического анализа лексики //Вестник ВЭГУ. - 2009. - №3(41). - С. 97-103.

Cornish F. Relations de coherence et anaphores en contexte inter-phrastique: une symbiose

parfaite // Langages, 2006, 40e annee, n°163. P. 37–55.

 

To’plamlardan maqolalar

Маджаева С.И. Термин как когнитивная единица научного текста / Термины в коммуникативном пространстве. Астрахань: Изд. Астраханского гос. мед. унив., 2017. С. 237–240.

 

Dissertasiya

Гуреева Е.И. Спортивная терминология в лингвокогнитивном аспекте: дис. ... канд. филол. наук. Челябинск, 2007. 175 с.

 

Internet-manbalar:

Kipling R. The Ballad of East and West [Электронный ресурс] // Kipling Society: [сайт]. URL: http://www.kiplingsociety.co.uk/poems_eastwest.htm (дата обращения: 24.01.2017).

Jadval va rasmlar

 

Maqolada jadval, formula, rasm va grafiklar bayon qilinadigan jarayonni matn shaklida berish imkoniyati bo’lmagan holda berilishi maqsadga muvofiq. Barcha obyektlar oq-qora shaklda rangsiz bo’lishi kerak. Barcha formulalar Microsoft Equation komponentidan foydalangan holda yoki aniq rasmlar shaklida rasmiylashtirilishi kerak.

 

Qisqartmalar va belgilar

Faqat standart qisqartmalardan foydalaning. Maqolaning sarlavhasida va annotasiyalarida qisqartmalardan foydalanmang. Qisqartma matnda birinchi marta ishlatilishdan oldin (standart o’lchov birligidan tashqari) bo’lishi kerak.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati