“Campus France” dasturi taqdimoti

Joriy yilning 13-noyabrida SamDChTI da “Campus France” dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra institut talabalari Fransiyadagi Oliy ta’lim dargohlari bo‘lgan Franche-Comte universiteti, Clermont-Ferrand universiteti, ISARA Lyon oliygohlari haqidagi to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ularda mavjud bo‘lgan yo‘nalishlar quyidagilar:

  • qishloq xojaligi;

  • agronomiya;

  • suv xojaligi;

  • biologiya;

  • kimyo;

  • ekologiya;

  • iqtisod;

  • menejmentlik;

  • geografiya;

  • veterinariya;

  • hayot va tabiat ilmi va boshqalar.

Bakalavriyatga o‘qishga hujjatlarni topshirish muddati yanvar oyining o‘rtalarigacha, o‘qish muddati 3 yil, magistraturada esa 2 yil qilib belgilangan.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati