TOBE UYUSHIQ KOMPONENT O’RNIDA KELGAN TEMPORALLIK

Saloxiddinov Manuchehr Sharofiddinovich,

SamDCHTI magistranti

Gap tarkibida ayrim sintaktik birliklar o’zaro teng bog’lovchilar yoki sanash ohangi yordami bilan bog’langan bo’laklar uyushiq komponentlardir. Uyushiq komponentlar o’zaro A.M.Muxinning ta’kidlashicha koordinativ aloqa asosida bog’lanadi.

Ta’kidlash joizki, koordinativ aloqaning boshqa sintaktik aloqalardan yunksion modeldagi farqi shundaki, unda gap bo’laklari ko’rsatkichlar yordamida, ya’ni yadro predikativ 1 va yadro predikativ 2 yoki tobe komponentning hokim komponentga yo’naltirilganligidek hamda komponentlar bir-biriga qarama-qarshi qo’yilmasdan, uyushiq bo’laklarning qanday sintaktik o’rinda kelishidan qat’i nazar bir-biri bilan bog’laydigan sintaktik aloqadir [Xaritonova, 1971, 148; Usmonov, 1991, 13-14].

Demak, koordinativ aloqaning asosiy vazifasi bir xil differensial sintaktik belgiga ega bo’lgan, ya’ni uyushib kelgan komponentlarni bir-biri bilan teng bog’laydi. Sodda qilib aytganda, uyushiq bo’laklar ikki va undan ortiq egalar bir umumiy kesimda, ikki va undan ortiq kesimlar bir umumiy egada, kesimga bir va o’sha munosabatda turgan ikki va undan ortiq to’ldiruvchilar, kesimga bir va o’sha munosabatda bir umumiy nisbiy so’zda turgan ikki va undan ortiq aniqlovchilar, bir umumiy egaga yoki to’ldiruvchida ikki va undan ortiq predikativ aniqlovchilar, kesimga bir va o’sha munosabatda turgan ikki va undan ortiq hollar tarzida ifodalanadi.

O’zbek tili misolida B.A.Yerovning ta’kidlashicha: “Uyushiq bo’laklar gapda qanday sintaktik funksiyada kelishidan qat’i nazar ular sintaktik jihatdan teng bo’ladi. Bular boshqa bir komponent bilan bog’lanishda tenglik saqlaydi, ya’ni yoki ikkalasi boshqa bir bo’lakka tobe, yoki boshqa bir bo’lak uyushiq bo’laklarga tobe bo’ladi. Ularning qanday sintaktik birlik bilan ifodalanishiga qarab grammatik shakllari ham bir xil bo’ladi” (Yerov, 2001, 54). Ammo, ushbu monografik ishda uyushiq bo’laklarning o’zaro sintaktik aloqalari haqida hech qanday lisoniy fikr bildirilmaydi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, uyushiq komponentlar gap qurilmasida o’zaro koordinativ aloqa yordamida bog’lanadi. Haqiqatan ham, koordinativ aloqa haqida [Muxin, 1968, 139; Severyanova, 1977, 13] larning ta’kidlashicha, uyushiq bo’laklar gap tarkibida qanday sintaktik o’rinda kelishidan qat’i nazar, ular ikki sintaktik aloqa yordamida ishtirok etadi, ya’ni uyushiq bo’laklar o’zaro koordinativ aloqa yordamida bog’lansa, ularning gap qurilmasida tutgan o’rniga ko’ra ikkinchi sintaktik aloqa (yadro predikativ, yadro bo’lmagan predikativ, subordinativ) kabi aloqalar asosida bog’lanishi mumkin.

Ushbu masalada, B.B.Odilovning fikricha “Koordinativ aloqa nafaqat teng huquqli elementlarni o’zaro bog’laydi, balki uyushgan qo’shma gaplarni ham o’zaro bir-biri bilan bog’lashini ham ta’kidlash joiz” [2008, 14].

Koordinativ aloqaning boshqa sintaktik aloqalardan yana bir farqi shundaki deb ta’kidlaydi I.Jumaniyozov “…uyushiq komponentlarni o’zaro bog’lashda bog’lovchilarning ham roli beqiyosdir. Ular uch guruhga bo’linadi, ya’ni biriktiruvchi bog’lovchilar – and, nor, as well as, both … and, neither … nor, not only … but (also), ayiruvchi bog’lovchilar – or, either … or, zidlov bog’lovchilari – but, yet. Ushbu bog’lovchilar bilan bir qatorda og’zaki nutqda pauzalar, yozma nutqda verguldan keyin foydalaniladi” [1981, 80].

Mazkur ishimizda uyushiq bo’laklarning gap tarkibida tutgan barcha o’rinlariga hamda koordinativ aloqa haqida ham batafsil to’xtalishdan faqat ingliz va

o’zbek tillari gap qurilmasida hollarning bir ko’rinishi, ya’ni payt holini ifodalovchi uyushiq sintaktik birliklar tobe komponent o’rnida kelgan gaplarni komponentlarga ajratib tahlil qilish bilan cheklanamiz.

1. After a minute or two he went out… (MSh, 129).

2. I have been here every day and every night (JU, 376). 

3. A day or two later Susie received a telegram (WS, 82).

4. Winter and summer he slept in the stables (MSh, 194).

Yunksion modelda koordinativ aloqa V belgi bilan izohlanadi. Gap tarkibida tobe uyushiq komponentlar HND belgi yordamida izohlanadi. Birinchi gap tarkibida after a minute va two sintaktik birliklar o’zaro koordinativ aloqa yordamida bog’lanib, har ikkala tobe uyushiq komponentlar yadro predikativ 2 (went out) komponentiga nisbatan prepozitiv holatda kelib, u bilan subordinativ aloqa asosida bog’langan. Ushbu gap qurilmasida uyushiq komponentlarning NP2, ya’ni yadro predikativ 2 komponentiga tobeligini aniqlash maqsadida hamda yadro komponentlarni ajratish uchun eksperiment metodining tushirib qoldirish usulidan quyidagicha foydalanish mumkin:        

(1) After a minute or two he went out       … … he went out. Koordinativ aloqa asosida bog’langan tobe uyushiq komponentlar o’zaro teng huquqliligini isbotlash uchun eksperiment metodining uyushiq komponentlarning birini tushirib qoldirish mumkin, ammo, gapning asosiy mazmuniga katta ta’sir bo’lmaydi:

(1) After a minute or two he went out

         After a minute … he went out yoki …after two minutes he went out.

     Bu gapning yunksion va komponent modellarini quyidagicha izohlash mumkin:  

           

                                                                      yu.m. 1

IHND         IIHND         NP1        NP2                          

  PrS           Nu              PrP         Vf              k.m.1

Ikkinchi gapda day va night o’zaro koordinativ aloqa asosida bog’lanib, gapning yadro predikativ 2 (have been) komponentiga day va night tobe uyushiq komponentlar subordinativ aloqa asosida bog’lanib, have been yadro predikativ 2 komponentiga tobe ekanligini isbotlash uchun hamda yadro komponentlarni aniqlash maqsadida eksperiment metodining tushirib qoldirish usulidan foydalanish mumkin.            

(2) I have been here every day and every night I have been here every day …        I have been here … … every night. Uyushiq tobe komponentlarni yoki umuman tobe komponentlar tushirib qoldirilsa asosiy yadro komponentlarni aniqlash mumkin:

(2) I have been here every day and every night  I have been … … mazkur gapda here va uyushiq komponentlar have been komponentiga subordinativ aloqa yordamida postpozitiv holatda bog’lanadi. Gapning yunksion va komponent modellari quyidagicha izohlanadi:

yu. m. 2.

 

NP1      NP2          ND      ND      IHND     ND        IIHND

               PnP   AuxVP2      Adv     PrInd        S         PrInd          S           k.m.2

Uchinchi gapda ham a day or two later komponentlari tobe uyushiq komponentlar o’rnida kelib, koordinativ aloqa asosida bog’lanib, gapning received (NP2) komponentiga hamda a telegram no yadroviy tobe komponent bo’lib subordinativ aloqa yordamida bog’langan. Eksperiment metodining tushirib qoldirish usulidan foydalanilganda faqat yadro komponentlar (NP1 NP2) qolishi mumkin:

  1. A day and two later Susie received a telegram         … … Susie received a telegram          Susie received … .

A day va two later komponentlarining uyushiq ekanligini isbotlashda ham

 

quyidagicha eksperiment metodidan foydalanishni taqozo etadi:                                                                                

(3) A day and two later Susie received a telegram         … two days later Susie received a telegram          a day later … Susie received a telegram.

Bu gapning yunksion va komponent modellarini quyidagicha berish mumkin:

                                                                                    yu. m. 3.

    IHND       ND     IIHND       NP1       NP2      ND                   

        S           Nu        Adv           S          Vf          S           k.m.3.

                                                  

     To’rtinchi gapni ham shu yo’sinda yunksion va komponent modellarini izohlash mumkin:

  1. Winter and summer he slept in the stables.

 

                                                                                    yu. m. 4.

 

    IHND       IIHND       NP1       NP2      ND                   

        S              S              PnP       Vf       PrS           k.m. 4.

 

Paytni ifodalovchi tobe uyushiq komponentlari o’zbek tili misolida qaralganda, yig’ilgan faktik misollarning guvohlik berishicha tobe uyushiq komponentlar formal jihatidan o’zaro teng bog’lovchilar yoki vergul yordamida ifodalanishi mumkin:

  1. Kuz va bahorda hamma yoqqa tut ko’chatlari ekamiz (G’.G’, 495).
  2. Hozir, shu daqiqada gapni cho’zmaslikni lozim topdi (Sh.J, 227).
  3. Inoyatxon Diyorova olti oy yoz, olti oy qish mehnat qildi (G’.G’, 194).
  4. O’lik ertaga, jumada chiqariladi (Sh.J, 327).

Birinchi gapda kuz va bahor gap qurilmasida tobe uyushiq komponent bo’lib, yadro predikativ komponentga subordinativ aloqa asosida bog’lanadi. Ammo, ushbu gap qurilmasida yadro predikativ 1 komponenti ifodalanmagan, uni yadro predikativ 2 komponentiga qo’shilgan shaxs qo’shimchasi yordamida tiklash mumkin.

(1) Kuz va bahorda hamma yoqqa tut ko’chatlari ekamiz          kuz va bahorda biz hamma yoqqa tut ko’chatlari ekamiz.

Gap tarkibida yadro va tobe uyushiq komponentlarni aniqlash maqsadida eksperiment metodining tushirib qoldirilishi usulidan foydalanamiz:

(1) Kuz va bahorda biz … … tut ko’chatlari ekamiz. Endi tobe uyushiq komponentlarni aniqlaymiz.

         Kuzda … biz tut ko’chatlari ekamiz          … bahorda biz tut ko’chatlari ekamiz.

(1) Kuz va bahorda biz tut ko’chatlari ekamiz gapining yunksion va komponent modellari quyidagicha:

               

                                                                                                     yu. m. 1.

 

    IHND       IIHND       NP1       ND      ND       NP2    

        S              S              PnP       S           S        Vf                     k.m. 1.

 

Ikkinchi gapda hozir va shu daqiqada elementlari tobe uyushiq komponentlardir va ularni quyidagicha aniqlash mumkin:

(2) Hozir, shu daqiqada gapni cho’zmaslikni lozim topdi          Hozir, shu daqiqada u gapni cho’zmaslikni lozim topdi.

                                                                                                                 yu. m. 2.

 

    IHND       ND        IIHND       NP1    ND       ND        NP2     

     Adv       PrDm          S           PnP       S           S        mwVf              k.m. 2.

Uchinchi gapda yoz, qish komponentlari tobe uyushiq sintaktik birliklar ham o’zaro koordinativ aloqa yordamida bog’lanib, gapning yadro predikativ 2 (mehnat qildi) komponentiga subordinativ aloqa asosida bog’lanadi. Tobe uyushiq komponentlarni aniqlashda ham tushirib qoldirish transformatsiyasidan quyidagicha foydalanish mumkin:

(3) Inoyatxon Diyorova olti oy yoz, olti oy qish mehnat qildi          Inoyatxon Diyorova … … … olti oy qish mehnat qildi           Inoyatxon Diyorova olti oy yoz … … … mehnat qildi.

Bu gapning ham yunksion va komponent modellarini quyidagicha izohlash mumkin:

(3) Inoyatxon Diyorova olti oy yoz, olti oy qish mehnat qildi.

                                                                                                                               yu. m. 3.

    

     NP1          ND          ND       IHND     ND       ND       IIHND      NP2    

        S           Nu           S             S          Nu         S             S          Saux            k.m. 3.

 

To’rtinchi gapda ham ertaga va jumada sintaktik birliklar tobe uyushiq komponentlardir. Ularning isboti quyidagi transformatsiya usuli yordamida beriladi:

(4) O’lik ertaga, jumada chiqariladi               O’lik ertaga … chiqariladi              

O’lik … jumada chiqariladi. Tobe uyushiq elementlar deb atalmish ertaga, jumada morfologik shakli har xil bo’lsa-da, uyushiq komponentlar tushirib qoldirilish usuli orqali aniqlanadi.

O’lik ertaga, jumada chiqariladi.

               

                                                                                    yu. m. 4.

 

    NP1            IHND       IIHND           NP2                         

        S              S                S                 Vp2                            k.m. 4.

 

Tobe uyushiq komponentli gaplarning tashqi qurilmasi, ya’ni komponentlarga ajratib tahlil qilganimizda har ikkala tillarda ularning morfologik ifodasi bir xil, ammo, ingliz tilida tobe uyushiq komponentlar gapning boshida, o’rtasida va oxirida kelishi mumkin, o’zbek tilida esa gapning boshida va o’rtasida keladi.

 

Adabiyotlar:

1. Усманов У.У. Неполные предложения с нулевым подлежащим. -Самарканд: СамГПИ, 1991. -37 с.

2. Хаританова Т.С. Группа определителей в современном английском языке: Автореф.дисс…канд. фил. наук. –Ленинград: 1971. -25 с.

3. Odilov B.B. Uyushgan qo’shma gaplarning semantik-pragmatik xususiyatlari. / fil. fan. nomzod. diss. avtoreferati. –Toshkent: 2008. -29 b.

4. Yerov. B.A. Uyushiq kesim: uning zotiy (substansial) tabiati va gapdagi mavqeyi: nomzod. diss. avtoreferati. –Toshkent: 2001. -54 b.

5. Мухин А.М. Функциональный синтаксис. Функциональная лексикология. Функциональная морфология. Санкт-Петербург, СПБ, 2007. -198 с.

Салохиддинов М. Темпоральность в позиции неядерных однородных компонентов. В данной статье приводятся примеры о неядерные однородные компоненты выражающие  темпоральность и как перевести их в художественной литературе с английского на узбекский. Тот факт, что грамматические формы играют важную роль в переводе из анализа, что темпоральность отражается не только в простых предложениях, но и в неядерных однородных компонентов.

Saloxiddinov M. Temporality in the position of unnuclear homogeneous components. This article provides examples of non-nuclear homogeneous components expressing temporality and how to translate them in fiction from English into Uzbek. The fact that grammatical forms play an important role in translation from analysis is that temporality is reflected not only in simple sentences, but also in non-nuclear homogeneous components.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati