Ilmiy seminar

2018-yil 9-noyabr kuni tadqiqotchi Suleymanova Nargiza Mardanovnaning “Gapning nominativ aspekti va sintaktik munosabatlar” mavzusidagi falsafa doktorli (PhD) ilmiy darajasi olish uchun yozilgan dissertatsiyasi bo‘yicha Ingliz tili leksikologiyasi va stilistikasi kafedrasi kengaytirilgan ilmiy seminarida chiqish qildi. Seminarda sohaga tegishli professor-o‘qituvchilar va doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda yosh o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Seminar davomida yana bir tayanch doktorantura doktoranti Sultanov To‘lqin Irgashovich ham o‘zining falsafa doktori ilmiy (PhD) darajasini olish tayyorlayotgan dissertatsiyasi mavzusi yuzasidan chiqish qildi.

Seminar so‘ngida mavzu bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan qiziqtirgan savollar berildi va ma’ruzachilar tomonidan javob berildi. Shuningdek, soha olimlari tomonidan doktorlik dissertatsiyasining bajarilishi bo‘yicha fikr hamda takliflar berildi.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati