Biz haqimizda

Samarqand davlat chet tillar instituti

"Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim"

ilmiy - uslubiy jurnali faoliyati

"Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim" jurnali (quyida "jurnal" deb yuritiladi) muassisi Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida"gi Qonuni va amaldagi boshka tegishli Qonunchilik asosida tashkil etilgan.

1.1. Jurnalning nomlanishi: Kirill yozuvida - Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta’lim: lotin yozuvida - Xorijiy filologiya: til, adabiyot, ta'lim; ingliz tilida - Foreign philology: language, literature, education.

Jurnal matbuot boshqarmasidan tegishli tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilgach, o‘z faoliyatini boshlaydi.

1.2. Jurnal o‘zbek, rus va ingliz tillarida, ilmiy-uslubiy, adabiy-badiiy turda tayyorlanib, har uch oyda bir marta, ilm-fanning filologiya, xorijiy tilshunoslik va adabiyotshunoslik, adabiyot nazariyasi, umumiy tilshunoslik va ilg‘or xorijiy pedagogika hamda ta’lim metodikasiga ixtisoslashgan holda olti bosma taboqqacha hajmda (buyurtmachilar hisobidan jurnal hajmi o‘zgarib borishi mumkin) chop etiladi.

1.3. Jurnal jismoniy hamda yuridik shaxslar bilan shartnoma asosida, obuna orkali va chakana savdo orqali tarqatiladi.

1.4. Tahririyat jurnalni nashr etish uchun sarf-harajatlarni qoplash hamda xodimlar mehnatini rag‘batlantirish maqsadida amaldagi qonunchilik bilan man etilmagan boshqa faoliyat turlari (ishlab chiqarish, noshirlik, tijorat) bilan shug‘ullanishi mumkin.

1.5. Jurnalning maqsad va vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan oliy ta’lim tizimini tubdan yaxshilash maqsadida "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" va "Davlat ta’lim standartlari"ning qabul qilinishi munosabati bilan ilmiy ishlar samaradorligini oshirish, ilmiy izlanishlar natijalarini hayotga tatbiq etish va yangi texnologiyalarni joriy etishda ilmiy, uslubiy va amaliy yordamni kuchaytirish;

  • olimlarning izlanishlari natijasida yuzaga kelgan yangiliklarni hayotga tatbiq etish, ommaviylashtirish;

  • yurtimizda xorijiy filologiya, adabiyot, pedagogika fanlarining rivojlanishiga aloqador bo‘lgan eng dolzarb muammolarni yoritib borish;

  • o‘quv ishlari, ilmiy-uslubiy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasidagi ilg‘or tajribalar va yutuqlarni keng targ‘ib etish;

  • yosh aspirant va tadqiqotchilarga ilmiy izlanishlarini ommalashtirishda, joriy etilishida amaliy yordam ko‘rsatish;

  • xorijiy ilmiy markazlar bilan ilmiy aloqalar o‘rnatish, ularning ilmiy-nazariy ahamiyatga molik ilmiy ishlarini chop etish;

  • O‘zbekiston tarixi, fani, madaniyati uchun muhim bo‘lgan filologik, adabiy-badiiy va pedagogik aspektlarga munosabat bildirish;

  • respublikamiz oliy o‘quv yurtlarida, maorif tizimida, xorijiy tillar adabiyotshunoslik va ta’limga doir ilmiy-tadqiqot olib borayotganlar bilan ilmiy aloqa bog‘lash, ularning izlanishlari natijalarini chop etish;

  • chet tillar, xorijiy adabiyotshunoslik, pedagogika fanlarining metodologik masalalariga doir hamda eng dolzarb muammolarga bag‘ishlangan ilg‘or xorijiy tajribalarni ommalashtirish;

  • O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga zid bo‘lmagan boshqa maqsadlar.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati