Maqolalarga qo’yiladigan talablar

“XORIJIY FILOLOGIYA” ILMIY-USLUBIY JURNALIGA MAQOLALARNI

TAQDIM ETISH TARTIBI

 

Nashrga original, ilgari nashr qilinmagan maqolalar va jurnal mavzusiga mos keladigan materiallar qabul qilinadi. Original maqolaning hajmi 10-12 betdan oshmasligi kerak. Maqola Microsoft Word dasturi, «Times New Roman» shrifti, 14 kegl, sahifa maydoni barcha tomondan  2 sm va 1,5 intervalda rasmiylashtirilishi kerak. 

Qo‘lyozmaning nomi:

Maqola va boshqa materiallar sarlavhasi yetarlicha qisqa, mazmunga muvofiq va 13 so‘zdan oshmasligi kerak.

Mualliflar:

Mualliflarning nomlari quyidagi tartibda to‘liq qayd etilishi kerak: familiyasi, ismi, keyin uning otasining ismi, ikki yoki undan ortiq mualliflar uchun vergul bilan ajralib turiladi. Oxirgi muallif qolgan muallifdan «va» so‘zi bilan ajratilishi kerak.

Muallif (lar) ning ish joyi:

Ushbu ma’lumot quyidagi tartibda taqdim etilishi kerak:  institut, shahar va mamlakat. Muallif o‘zining pochta manzili, telefon raqami, faks raqami (agar mavjud bo‘lsa), elektron pochta manzilini keltirib o‘tishi kerak.

Annotatsiya va kalit so‘zlar:

Agar maqola o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa, annotatsiya rus va ingliz tillarida; maqola rus tilida yozilgan bo‘lsa, annotatsiya o‘zbek va ingliz  tillarida, xorijiy mualliflar uchun esa  annotatsiya rus va o‘zbek tillarida qisqa va aniq bo‘lishi kerak. Annotatsiya “Adabiyotlar” dan keyin, 8-10 ta kalit so‘z va iboralar maqolaning  boshida muallif nomidan keyin  ko‘rsatilishi kerak.

Maqolaning mazmuni

Maqolaning asosiy qismida tadqiqot jarayoni va erishilgan natijalarning batafsil bayoni beriladi.

Adabiyotlar ro‘yxati:

Adabiyotlar ro‘yxati GOST R 7.0.5.-2008 talablariga javob berishi kerak. (Sistema standartov po informatsii, bibliotechnomu i izdatelskomu delu).

Matn ichidagi adabiyotlarga havolalar kvadrat qavs ichida muallifning familiyasi, nashr yili va sahifasi tartibida beriladi. [Bo‘ronov 2002: 3]. Agar havolada bir nechta adabiyotdan foydalanilganligi ko‘rsatilsa ular nuqtali vergul bilan ajratiladi [Safarov 2018: 30; Hakimov 2013: 76].

Maqolada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn oxirida, alfavit tartibida “Adabiyotlar” sarlavhasi ostida beriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida oxirgi 10 yilda chop etilgan ishlar berilishi maqsadga muvofiqdir. Ilmiy maqoladagi adabiyotlar ro‘yxati 10 tadan, adabiyotlar sharhi esa 20 tadan oshmasligi kerak.

Adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish bo‘yicha namunalar:

Monografiya

Bushuy T., Safarov Sh. Til qurilishi: tahlil metodlari va metodologiyasi. –Toshkent: Fan, 2007. – 234 b.

Roget P.M. Roget’s Thesaurus of English Words and Phrases. London: Penguin books, 2000. 810 p.

Jurnaldan maqolalar

Tregubov, A.N. O vozmojnostyax ispolzovaniya metoda binarnogo semanticheskogo analiza leksiki //Vestnik VEGU. - 2009. - №3(41). - S. 97-103.

Cornish F. Relations de coherence et anaphores en contexte inter-phrastique: une symbiose parfaite // Langages, 2006, 40e annee, n°163. P. 37–55.

To‘plamlardan maqolalar

Madjaeva S.I. Termin kak kognitivnaya edinitsa nauchnogo teksta / Terminы v kommunikativnom prostranstve. Astraxan: Izd. Astraxanskogo gos. med. univ., 2017. S. 237–240.

Dissertatsiya

Gureeva E.I. Sportivnaya terminologiya v lingvokognitivnom aspekte: dis. ... kand. filol. nauk. Chelyabinsk, 2007. 175 s.

Internet-manbalar:

Kipling R. The Ballad of East and West [Elektronnыy resurs] // Kipling Society: [sayt]. URL: http://www.kiplingsociety.co.uk/poems_eastwest.htm (data obraщeniya: 24.01.2017).

Jadval va rasmlar

Maqolada jadval, formula, rasm va grafiklar bayon qilinadigan jarayonni matn shaklida berish imkoniyati bo‘lmagan holda berilishi maqsadga muvofiq. Barcha obyektlar oq-qora shaklda rangsiz bo‘lishi kerak. Barcha formulalar Microsoft Equation komponentidan foydalangan holda yoki aniq rasmlar shaklida rasmiylashtirilishi kerak.

Qisqartmalar va belgilar

Faqat standart qisqartmalardan foydalaning. Maqolaning sarlavhasida va annotatsiyalarida qisqartmalardan foydalanmang. Qisqartma matnda birinchi marta ishlatilishdan oldin (standart o‘lchov birligidan tashqari) bo‘lishi kerak.

 

Jurnaldan o‘rin olgan maqolalarning saviyasi, sifati va ilmiy dalillarning haqqoniyligi hamda mazmuni uchun mualliflar mas’uldirlar.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati