PRAGMATIK INTERFERENSIYA HODISASINING LINGVODIDAKTIK AHAMIYATI

Ma’lumki, chet tilini o‘rgatish ta’limning ayrim bosqichlarida, xususan maktablarda, ikki tillilik sharoitida amalga oshiriladi.Uzoq vaqtdan beri olib borilgan psixologik tadqiqotlar guvohlik berishicha yangi muammo va to‘siqqa duch kelgan insono‘z faoiyatida allaqachon kuzatilgan oldingi bir mavjud usul vositasida yechim topishga harakat qiladi. Bunday holatda inson oldingi to‘siqlarda qo‘llagan usuldan yangi bir muammo uchun foydalana boshlaydi. Bunda usulning baholanishi muhim omildir. Agar o‘xshash usul to‘g‘ri baholangan bo‘lsa ko‘chim muvaffaqiyatli kechadi. Ammo biron bir holat “o‘xshash” deya noto‘g‘ri alqin qilinsa va tartibga solinsa, u salbiy interferensiyaga sabab bo‘ladi.  O‘quvchi talabalar chet tilini o‘rgangunga qadar ona tili va rus tili bo‘yicha (O‘zbekiston misolida)til tajribasiga ega bo‘ladi. Ular o‘z ona tillariga va rus tiliga oid ko‘p grammatik terminlar, hodisalar, qoidalar va malakalarni egallaydilar. Bu malakalar chet tili o‘rganish davomida bir tildagi bilimlarni ikkinchi tilga ijobiy ko‘chishiga ko‘mak beradi. “Ilmiy izlanishlar, muallimlarning ish tajribasidan ma’lumki, chet tili ta’limida 3 xil ijobiy ko‘chish sodir bo‘ladi: ona tilidan chet tiliga, ikkinchi tildan chet tiliga va chet tilidan ushbu tilning o‘ziga ijobiy ta’sir o‘tkazishi kuzatiladi” [Sattorov 7:34]. Psixologiyada assotsiatsiya tushunchasi bo‘lib, inson ongidagi turli bog‘lanishlar sifatida tushuniladi. Assotsiyatsiyanisinfda, guruhda ingliz tili o‘qitayotgan o‘qituvchi hisobga olishi va talab qilingan joylarda o‘quvchi talabalarni ulardan foydalanishga o‘rgatishi kerak. Chunki ona tilidagi ko‘nikmalari har doim ham ikkinchi tilga ijobiy assotsiyatsiyada bo‘lmaydi, ba’zan bu bog‘lanishlar to‘siq bo‘lishi holatlari ham mavjud.

Shiningdek, iterferensiya hodisasi tilning turli qatlamlarida uchrashi mumkin.Xususan, “Lisoniy interferensiya faqat til elementlarining ko‘chishiga olib keladi. Aynan shu yerda bir tildan boshqasiga leksik, grammatik va stilistik mazmunlarning ko‘chishi kuzatiladi” [Mamatov 1:116].

“Ilmiy-metodik izlanishlar dalolat berishicha, o‘zbek va rus tillari hamda chet tillar muqoyasasi tahlilida o‘xshash grammatik hodisalar anchagina kuzatiladi. Masalan, 1) o‘quvchi o‘rganayotgan uchala tilda ham gapdagi monand so‘z tartibi, so‘z birikmasi shakli, so‘z yasalishi andozasikabilar mavjud (formal o‘xshashlik);

2) uchala tilda ham tasdiq, so‘roq, inkor, modallik kabi Grammatik ma’nolar borligi aniq (ma’noviy umumiylik);

3) ish-harakat takrorlanib turishini, davom etishini, tugallanganligini bildiradigan fe’l zamonlari qo‘llanadi (qo‘llanilishdagi moslik)” [Jalolov 3:232].

Yuqorida biz interferensiya hodisasini tilning lingvistik qobilyatini shakllantiruvchi komponentlarida ko‘rib chiqdik. Ammo, interferensiya hodisasi kommunikatsiya jarayonida ham ko‘plab tushunmovchiliklarga sabab bo‘lyapti, jumladan, pragmatik interferensiya hodisasi muloqot jarayonidagi ma’lum bir vaziyatda  nutq aktlarini to‘g‘ri tanlay olmaslik yoki o‘rganilayotgan til madaniyatiga oid bilimning yetarli emasligi kabi fikrlar olg‘a suriladi. Xususan, ingliz tili pragmatikasi eng ko‘p tadqiq etilgan  bo‘lishiga qaramay, bu tildan ona tili sifatida dunyo aholisining faqatgina 7 foizi so‘zlashadi. Ingliz tili muloqotining katta qismi ona tilisi boshqa bo‘lgan so‘zlovchilar tomonidan amalga oshiriladi.Natijada ingliz tili so‘zlovchilari “lingua franca” ya’ni “normalari buzilgan” tildan butun dunyoda o‘zaro fikr almashishda qo‘llash o‘sib bormoqda. Ayrim tilshunoslarning fikricha  ushbu lingua franca shaklidagi ingliz tilidan foydalanuvchilar bu tilga o‘zlarining pragmatic normalarini, xushmuomalalik standartlarini va nutq meyorlarini olib kirib o‘zaro bir-birlarini tushunishga harakat qilyaptilar. Bu muloqotda bir tildagi me’yorlar mavjud emas, hamma o‘z tilidagi me’yorlardan foydalanadi. Shu tufayli ingliz tili pragmatikasidagi interferensiya sabablarini tadqiq qilish dolzablashib bormoqda. Til o‘rganuvchilar haqiqiy ingliz tili so‘lovchisidek muloqot olib borishni xohlashsa, shu tildagi ijtimoiy muloqot me’yorlarini o‘zlashtirishlari talab etiladi. Bu borada ikki turdagi til o‘rganuvchilarni farqlash mumkin: birinchi guruh o‘rganadigan tildagi meyorlarning va qadriyatlani qabul qiladi, ikkinchi guruh o‘rganiladigan tildagi me’yorlarni muhimligini anglagan holda o‘rganish muhim ahamiyatga ega emas, deb hisoblaydi. Bu borada olib borilgan amaliy tadqiqotlar yuqoridagi fikrimizni to‘liq asoslay oladi. Masalan, Avstraliyada tahsil olayotgan koreyalik talabalar shu davlatda o‘qishlariga qaramay ingliz tilining amerika variantidan foydalanishni afzal ko‘rishadi. Tadqiqotda buning sababi sifatida koreyalik talabalarning amerika madaniyatiga havasi va o‘z mamlakatlarida Amerika ingliz tilisi o‘qitilgani ko‘rsatilgan [Crystal 2:29]. Yana bir misolda ingliz tili o‘rganuvchi yaponlar esa o‘z madaniyatlaridagi hurmatni ifodolovchi honorifiklardan ingliz tilida ham qo‘llashadi. Buning asosiy sababi ularning hamma teng degan qarash mavjud bo‘lgan madaniyatdan ekanliklaridadir. Shunday qilib pragmatik interferensiya o‘zaro madaniyatlardagi meyorlarning turli xilligi oqibatidan kelib chiqadi. Ba’zi adabiyotlarda pragmatik interferensiya tushunchasi pragmatic muvaffaqqiyatsizlikka sabab bo‘lishi aytiladi. Til o‘rganishdan maqsad imkon boricha muloqotda va axborot almashinuvini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli amalga oshirishdir, bunday muvaffaqiyatning asosida, alabatta, pragmatik bilim ham asosiy rol o‘ynaydi. Agar ikki so‘zlovchidan birida bunday qobilyat bo‘lmasa bu yerda muloqot to‘xtaydi. Tomasning fikricha, pragmatik muvaffaqiyatsizlik “shunday qobilyatsizlikki, aytilgan so‘zlar orqali nima ma’no nazarda tutilgani tushunmaslikdir” [Jefferson 6:92]. Boshqa tomondan esa pragmatik xato bir madaniyatdagi qadriyat va meyorning ikkinchi madaniyatga muvofiq kelmasligi tufayli sodir bo‘ladi. Bundan kelib chiqadigan xulosa pragmatik interferensiya ikki xil bo‘ladi: pragmalingvistik interferensiya va sotsiopragmatik interferensiyalardir. Birinchi turda ma’lum bir nutq aktidan foydalanish ona tili ta’siri tufayli shu tilda so‘zlovchi nutq aktidan farq qiladi. Masalan, A so‘zlovchining “See you tomorrow” xayrlashuv nutq aktiga B so‘zlovchi “When” deya javob berib nutq aktini noto‘g‘ri talqin qiladi. Sotsiopragmatik interferensiya ijtimoiy-madaniy farqlar tufayli yuzaga keladi. Masalan, A so‘zlovchining “You look so pretty in that dress” maqtoviga so‘zlovchi B “No way” deya javob qaytarib nomuqobil muloqotga sabab bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, bunday sotsiopragmatik interferensiya hattoki bir tildagi turli ijtimoiy muhitdan kelib chiqqan so‘zlovchilar o‘rtasida ham sodir bo‘ladi, bunga sabab ularning turli madaniyatlar va urf-odatlarga ega ekanliklaridadir.

Kasper tomonidan aniqlangan pragmatik interferensiya hodisasiga u quyidagicha ta’rif beradi: “tillararo pragmatikada interferensiya til o‘zlashtiruvchining ikkinchi chet tilini tushunishi, muloqot olib borishi va o‘rganishi jarayonida shu tilning pragmatik me’yorlaridan ko‘ra o‘z ona tilidagi madaniyatning ta’siri boshqacha aytganda, elementlarini nomuvofiq qo‘llanish natijasida  olib kirilgani bilan izohlash mumkin” [Kasper 4:207].

Tillararo pragmatikani boshqa tillararo munosbatlarni o‘rganadigan fanlar bilan qiyoslasak, bu sohada qanday qilib ikkinchi chet tilini egallash va shu tilda faoliyat olib borishni tushunish, qanday qilib boshqa bir tildagi pragmatik qobilyatni egallash  kabi jarayonlar yuzasidan ko‘zga ko‘rinadigan ishlar deyarli mavjud emas.  Buning tarixiy va  tizimiy sabablari mavjud. Tarixiy sababi pragmatika o‘tgan asrning 70-yillarida shakllangan bo‘lsa ham, pragmatikani o‘qitish bo‘yicha lingvodidaktik tadqiqotlar o‘tgan asr oxirida sekin rivojlana boshladi. Tizimiy sababi sifatida pragmatikani ma’lum bir tilda qo‘llanilishi haqida ko‘plab ishlar qilingan bo‘lsa ham, uning qanday shakllanishi va rivojlanishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘lami yetarli emas, deb belgilash mumkin. Tillararo pragmatika o‘qitish borasida qilingan ishlardagi nazariy bilimlar, tadqiqot savollar va metodlar madaniyatlararo uchraydigan tajriba asosida shakllangan. Odatiy muammolar so‘rovnoma asosida mahalliy so‘zlovchilarning nomahalliy so‘zlovchilardan 1) imkoniyat doirasi, 2) kontekstda ma’lum illokutiv va 3) hurmat ma’nosini ifodalash uchun qo‘llaniladigan 3)strategiya va 4)lisoniy shakllardagi farqni aniqlashga qaratilgan qiyosiy tadqiqotlardan iborat [Kasper 4:2].

Bunday muammolardan yana biri bu tillararo pragmatikada uchraydigan interferensiya hodisasidir. Chet tilini egallashda pragmatikaning o‘rni o‘rganila boshlangandan beri chet tili o‘rganuvchilari pragmatik bilimni shakllantirishda interferensiya hodisasini anglab yetish muhim ahamiyat kasb etdi. Interferensiya yuzasidan qilingan tadqiqotlar, asosan, bu hodisa sodir bo‘lishi o‘rni, qanday sharoitlarda sodir bo‘lishi va  bu hodisaning boshqa tizimli va tizimsiz omillar bilan munosabatiga bag‘ishlangan. Chunki pragmatik interferensiya kundalik hayotda fonologik, so‘z tartibi kabi lingvistik interferensiyalardan ko‘ra ko‘proq sodir bo‘ladi.

Odlin interferensiya hodisasiga quyidagicha ta’rif beradi: “Interferensiya ikki turli tildagi hodisalar o‘rtasidagi o‘xshashliklar va farqlar natijasida vujudga keladigan bir tilning ikkinchi tilga ta’siridir”. (Kasper 4:3), boshqa bir tilshunos Wolfson fikricha esa “So‘zlovchining o‘z ona tilidagi nutq qoidalarini  boshqa bir mezbon jamoa a’zolari bilan so‘zlashuv davomida qo‘llashi sotsiopragmatik yoki pragmatic interferensiyadir”. Bunda olim pragmatik va sotsiopragmatik tushunchalarni o‘zaro erkin alamashadigan tushunchalar sifatida qo‘llagan. Ammo, fikrimizcha sotsiopragmatik va pragmatik interferensiyalar turli ma’nolarga ega. Zeroki, Wolfson taklif etganidek pragmatik interferensiya ma’lum bir kontekstda turli xil nutq aktlaridan foydalanishni taqozo etsa, sotsiolingvistik interferensiya esa turli tillardagi madaniyatlararo farqlar tufayli yuzaga keladi.shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, interferensiya hodisasi tilning sotsiolingvistik, pragmatik yoki diskurs sohasiga tegishli bo‘lgan unsurlarning chegarasini belgilab olish muhim sanaladi. Ma’lumki har bir til o‘zining gapirilish qoidalariga ega va bu qoidalarnining ikkinchi bir tilga yo ijobiy yo salbiy ta’sirini interferensiya hodisasi deb tadqiq etarkanmiz, bu qoidalar nutq aktlari bilan aloqador bo‘lsa – pragmatic interferensiyani, turli ijtimoiy strategiyalar bilan bog‘liq bo‘lsa – sotsiolingvistik interferensiyani, salomlashish va nutq paytida navbat almashish diskurs interferensiyani taqozo etadi. Ammo, yuqoridagi chegaralardagi turli interferensiyalar ma’lum kontekstni taqozo etear ekan, masalan, ularni pragmatik interferensiya hodisasiga bog‘lab o‘rganish behuda muhokamalar oldini oladi, chunonchi, yuqoridagilar 3 ta turli sohalardagi interferensiya muloqot natijasi o‘laroq seziladi, boshqacha aytganda, illokutiv maqsadni nutq davomida anglash ham pragmatik bilim orqali vujudga keladi.

 

 

 

2-jadval. Pragmatik interferensiyaga olib borishi mumkin bo‘lgan omillar

Xullas, chet tili va ona tilini qiyoslash yo‘li bilan muayyan lingvometodik vazifalar hal qilinadi. Natijada ta’lim samaradorligini ta’minlaydigan quyidagi vazifalar hal qilinadi:

  1. O‘quv materiali o‘zlashtirishga tayyorlanadi.
  2. O‘zlashtirishda lisoniy qiyinchiliklarga sabab bo‘ladigan va interferensiyani keltirib chiqaradigan tafovutlar ochib beriladi.
  3. Interferensiya oqibati bo‘lmish o‘quvchilar nutqida kutiladigan xatolar belgilab olinadi.
  4. Ona tili va chet tilining o‘xshash hodisalari topiladi.
  5. Interferensiyaning oldini olish usullari va o‘xshash lisoniy hodisalarga tayanib ish ko‘rish yo‘llari topiladi.
  6. Til materialini berish tartibi, tushuntirish mazmuni va usullari, qoidalarning ta’rifi hamda lisoniy mashqlar bajarishdagi ketma-ketlik kabilar aniqlanadi [Sattorov 7:38].

Yuqorida biz tilning turli qatlamlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy ko‘chirilishlar ya’ni  interferensiya haqida turli ma’lumotlarni tahlil qilib, bu hodisani o‘rganishdan maqsad muloqotda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan turli anglashilmovchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini izlashdir. Interferensiya hodisasi faqat lisoniy qatlamlarda emas balki biz so‘z yuritayotgan pragmatikada ham tez-tez uchrab turadi. Pragmatik interferensiyaning oldini olish uchun o‘rganuvchining ingliz tilini bilish darajasini oshirish, uning  ingliz tili so‘zlashiladigan muhitida bo‘lishiga imkoniyat yaratish yoki ingliz tilini qo‘llay olish ishonchini mustahkamlash orqali bartaraf etish mumkin.    Ingliz tili muloqotida pragmatik interferensiya, ya’ni ona tilining ta’sirida ingliz tiliga salbiy ko‘chirish manbai, avvalambor, turli til vakillarining turli madaniyatlarga egaligidandir. Shuningdek, bunday pragmatik muvaffaqiyatsizlikka so‘lovchining ona tilidagi  madaniyati va ona tilining ikkinchi tilga ta’siri yoki uning chet tili bilish darajasining pastligi sabab bo‘lishi mumkin. Uchinchidan so‘zlovchining ona tilida bunday qurilmaning mavjud emasligi ham pragmatik nomutanosiblikka yetaklashi mumkin.

 

Adabiyotlar ro‘yxati

  1. A.E Mamatov. Zamonaviy lingvistika. -Toshkent: Noshir, 2019. - 171 bet.
  2. David Crystal. 2007. English is a global language.Cambridge:Cambridge University Press. 229 p.
  3. J.Jalolov. Chet tili o‘qitish metodikasi: Chet tillar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun darsik. -Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 432 b.
  4. Kasper, Gabriele, 1992. Pragmatic transfer.Second Language Research 8(3): 203-231.
  5. Tateyama, Y. (2001) Explicit and implicitteaching of pragmatic routines. In K.Rose & G. Kasper (Eds.), Pragmaticsin language teaching. Cambridge:Cambridge University Press. – 368 p.
  6. Thomas, J. (1983). Cross-cultural pragmatic failure. Applied Linguistics, 4, 91-112.
  7. Т.Сатторов. Бўлажак чет тили ўқитувчисининг услубий омилкорлигини шакллантириш технологияси. (инглиз тили материалида.) – Т.: Ўқитувчи, 2003. –192 бет.
  8. Wolfson, N. (1981). Compliments in cross-cultural perspective. TESOLQuarterly, 15, 117-124.
  9. Odlin, T. (1989). Language transfer.Cambridge: Cambridge University Press.

 

Сатторова Ф. Лингводидактическое значение прагматической интерференции. Настоящая статья посвящена изучению влияни прагматического воздействия на ситуации изучения иностранного языка. Эта статья может способствовать решению проблем, связанны с пониманием и выполнением языковых действий на изучаемом языке.

Sattorova F. Linguodidactic importance of pragmatic interference. The present article focuses on the effects of pragmatic interferense in foreifn language learning situations. This article can help in solving problems related to understand and carry out linguistic action in target language.

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati