Falsafa doktori (phd) dissertatsiyasi himoyalari to‘g‘risida

Samandarov Rustam Do‘syorovichning filologiya fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori dissertatsiyasi himoyasi to‘g‘risida

Samandarov Rustam Do‘syorovichning “Sodda gap sintaktik shaklining applikativ model doirasida kengayishi” mavzusidagi (Ilmiy rahbar: Turniyozov Nigmat Qayumovich, filologiya fanlari doktori, professor) 10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashning 2019 yil 8 oktyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. 

Manzil: 100151, Farg‘ona shahri, Murabbiylar ko‘chasi, 19-uy. Farg‘ona davlat universiteti, Axborot Resurs Markazi, 2-qavat, o‘quv zali.

Tel.: (99873) 244-66-02


Begmatova Dilnoza Muxtarovnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida

“Oilada yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusida.

Begmatova Dilnoza Muxtarovnaning 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Oilada yoshlarning kasbiy ijtimoiylashuvini ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlari” mavzusidagi (Ilmiy rahbar: Maxmudova Muyassar Maxmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor) pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasining himoyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.28.03.2018.Ped.02.05 raqamli Ilmiy kengashning 2019 yil 18 oktyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Tel.: (99866) 239-12-29; 

 

Ikkala tadqiqotchimizga instituti jamoasi nomidan omad tilaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz!

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati