Page 57 - 3-son 2018 yil
P. 57
Хорижий филология №3, 2018 йил
REKLAMA MATNLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI HAQIDA
AYRIM MULOHAZALAR
Mamirova Dilnoza Shirinboyevna,
SamDCHTI o‟qituvchisi
Kalit so’zlar: matn, reklama, axborot, adabiy til, slogan, vizual, kopireyter.
Har qanday reklama axborot matnini tinglovchiga yetkazish uchun xizmat qiluvchi vosita
sanaladi. Demak, reklamaning birlamchi va asosiy elementi bu tildir. Reklamalar matni ko`cha
tilining boshqa turlari (peshlavha, shior, afishalar) matnlariga nisbatan o`ziga xos bir qator
xususiyatlarga ega. Quyida ana shunday matnlar haqida so`z yuritamiz.
Ma`lumki, har qanday matndan anglashilayotgan fikrlar undagi til birliklari orqali ifodalanadi.
Matnning o`ziga xos xususiyati undagi til birliklarining o`zaro bog`liqligi, mosligi va yaxlitligidir.
Semiotikada matn tushunchasi ostida kommunikatsiyaning har qanday shakli, ya`ni ma`no
anglashishi tushuniladi. Matnni to`g`ri qabul qilishni ta`minlovchi vosita faqat til birliklari va
ularning o`zaro birikuvi emas, uni tushunish va kommunikativ fon hamdir.
Ko`cha reklama matnlari tuzilishiga ko‘ra alohida ahamiyatga ega. Ularda aks etuvchi
yozuvlar, rasmlar, shartli belgilar, simvollar reklama matni semantikasiga bog`liq bo`ladi. Masalan,
HYDROLIFE tabiatan musaffo
Tog‟ suvi beg`ubor
gazlangan 1 l
Bu reklamada ko`m-ko`k osmon, shaffof suv tasviri ifodalanishi bilan birga, suv solingan
idish va uning yorlig`i berilgan. Bu misolda manzara va rasm yozuvlar bilan birgalikda yaxlit
holatda reklama matnini tashkil qiladi. Bu reklamada lingvistik birliklar bilan nolingvistik vositalar
o`zaro yaxlitlikda reklama matnini tashkil qilgan. Ushbu matnni tashkil qiluvchi rasm yoki yorliq
bo`lmaganda edi, alohida so`z yoki so`z birikmasi orqali berilgan kommunikativ ma`lumotlar
mantiqsiz va mavhum bo`lar edi. Demak, reklamalar matnida nolingvistik vositalar til birliklari
bilan birgalikda reklama matnlarini tashkil etuvchi vositalar sifatida qaralishi kerak.
Lekin dunyoning mashhur kopireyterlaridan biri (reklama matni yaratuvchi) D.Ogilvi ―Tayni
reklamnogo dvora‖ nomli o‘quv qo‘llanmasida - reklama uchun grammatikaning ahamiyati yo`q
[1; 24] - deb hisoblasa-da, ammo biz bu xulosalarni inkor qilgan holda, quyida fikrimizni dalillab
beramiz.
Tilning ifodali vositalari reklama qilinayotgan mahsulotning muhim qirralarini ochishda
zaruriy vosita hisoblanadi. Masalan, vizual(ko‘ruv) reklama matnlarida lingvistik vosita sifatida
asosan yuqori emotsional - ekspressivlikka ega bo`lgan sifat turkumiga oid so`zlar qo`llaniladi.
Chunki reklama qilinayotgan xizmatlar, tovarlarning o`ziga xos xususiyatlari, afzalliklarini alohida
ta`kidlab, bo`rttirib ko`rsatish, asosan, sifat so`z turkumi orqaligina amalga oshiriladi. Masalan,
xushbo`y, nozik, shaffof, sof, asl, toza, haqiqiy, tabiiy, chin, arzon, ommabop, hammabop,
yoqimli, ko`rkam, yorqin, porloq, xushbichim, orasta, zebo kabi.
Shuningdek, reklama matnlarida buyruq tarzidagi da`vat fe`llari ham ko`p qo`llanilishi
ma`lum. Masalan, his eting, tashrif buyuring, marhamat qiling, tanishib chiqing, tanlang,
kuting, ishtirok eting, ega bo`ling, shoshiling, lazzatlaning, quvoning va hokazo. Shuni ham
ta‘kidlab o‘tish kerakki, vizual reklamalar turiga kiruvchi ko`cha reklama tilining muhim va jonli
56