Page 59 - 3-son 2018 yil
P. 59
Хорижий филология №3, 2018 йил
Shior beeline – Hayotning yorqin tarafida bo’l!
ktematonim (evo)
(tavsiflovchi jumla)- Evo bilan butun olamingni o`zgartir!
Reklama shiori reklama e`lonining eng asosiy elementi bo`lib,
telegrammaga o`xshaydi. Jamiyat a`zolari shior orqali reklama
matnining davomini o`qish yoki o`qimaslikni hal qiladilar. Chunki
Hayotbaxsh ta‘m!. shiorni o‘qishi bilan bugungi kunda insonlar uni
Coco Cola ekanligini bilishadi va matnni to‘laligicha o‘qib
o‘tirishmaydi. Reklama bo`yicha maxsus shug`ullangan mutaxassis
R.Rivzning fikricha, iste`molchi reklama matnidan faqat birgina aniq isbot yoki yagona aniq fikrni
esda saqlab qoladi [4;27]. Rivzning o`zi «M&M's» shokoladi uchun: «Qo`lda emas, og`izda eriydi»
(«Tayut vortu, a ne v rukax») shaklidagi reklama shiorini yaratishda reklama qilinayotgan
shokoladning eng muhim xususiyatlaridan birini, ya`ni unda shokoladning ustidan qiyom
quyilganligini, shuning uchun u qo`lda erimasligini shioriga asos sifatida tanlaganligini keltirgan
iqtibosimizning isboti deyishimiz mumkin. Qisqacha aytganda, shior bu qisqa ifodali tasviriy
vositadir. Shiorlardan barcha reklama turlarida foydalaniladi. Shiorning asosi - uning inson
ruhiyatiga doimiy ravishda ta`sir ko`rsatadigan so`zlardan iboratligidadir. Masalan: yangi, bepul,
samarali, tabiiy, arzon...
Reklama shiorlarida odatda baxt, farovon hayot, orzularning ushalishi va`da qilinadi. Shior
reklama g`oyasining asosi sifatida o`zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
Harakatga undash: Uzmobayl kompaniyasiga a`zo bo`ling! Prem‟er-taksiga a`zo bo`l!
Chegirmalar mavsumi boshlandi! Aloqani mustaqil boshqar! «Darakchi»ga obuna bo`ling va
yuting!
Reklama qilinayotgan savdo korxonasiga yuqori baho berish: «Aziza Ziyo» orzular
ro`yobi (o`quv markazi haqida). Bu yerda hamma narsa bor (supermarket haqida). «Infomed»
yagona tibbiy ma`lumotlar xizmati.
Tuzilishiga ko`ra reklama shiorlarini uch guruhga ajratish mumkin:
1. Bog`langan shior. Bog`langan shiorda tovar nomi ishtirok etadi: Har doim Coca-Cola!
2. Uyg`unlashgan shior. Unda shior tovar nomi bilan ritmik va fonetik uyg`unlikda bo`ladi:
Alyumag -oshqozonga ko`mak; Ermak - bu foydali, mazali va toza demak; Muza bilan siz, betakror
pazandasiz.
3. Erkin shior. Erkin shiorda tovar markasi alohida qo`llaniladi:
Nescafe. Hammasi yaxshilikka.
Nestle. Musaffo hayot davri keldi! Shaffof. Birinchi buloq suvi!
Coca-Cola. Hayot lazzati.
Reklama matn mazmunini ochib berishga xizmat qiluvchi bu vositalarning har biri o‘z
qonuniyatlariga asosan tayyorlansagina niyatimizga munosib tarzda yetgan bo‘lamiz.
Maqolamizning xulosasi sifatida reklama matni quyidagi shakllarda namoyish etilsa, maqsadga
muvofiq bo‘lishini yuqorida misollar asosida isbotlashga harakat qildik.
Demak, reklama matnlari quyidagicha bo‘lishi lozim:
-qisqa so‘z, qisqa gap, qisqa abzaslardan foydalanib mazmunli matn tuzish;
- reklama qilinayotgan taklifni bevosita sarlavhaning o‘zida isbotlash;
-―qulay‖ so‘ziga asosiy e‘tibor qaratish;
- sarlavha osti qismida matnni takroran eslatish;
- reklama matnini mahsulot yoki xizmatni harakatda tasvirlovchi sur‘atlar bilan berish;
- taklifning qat‘iyligi to‘g‘risidagi iborani kiritish;
-so‘z yoki iborani katta harflarda yozish.
Reklama shunday jarayonki, unga har kuni, har yerda har bir kishi duch keladi. Reklama
ommaviy kommunikatsiyaning barcha sohalariga kirib bormoqda.
58