Page 58 - 3-son 2018 yil
P. 58

Хорижий филология  №3, 2018 йил


            bo`lishi  hamda  ta`sirchan  shaklda  o`quvchiga  yetkazilishi  uchun  uning  matni  mazmunli,  siqiq
            shaklda va tasviriy san`at bilan omuxta bo`lishi, ya`ni reklamalarda til birliklari va tasviriy san`at
            uyg`unligi  ta`minlanishi  kerak.  Vizual  reklamalarni  til  birliklarining  qo`llanish  yoki
            qo`llanmasligiga ko`ra shartli ravishda lingvistik matnli va lingvistik matnsiz reklamalarga bo`lish
            mumkin. Lingvistik matnli reklamalar lingvistik matnsiz reklamalarga qaraganda ko`proq axborot
            tashiydi.  Lingvistik  matnli  reklamalarda  ko`zlangan  maqsadga  erishish  reklama  mazmunini
            ifodalovchi asosiy so`zlarning tanlanishiga, ularning qisqaligiga,  yozilish shakli, rangi va boshqa
            xususiyatlariga ham bog`liq.
                  Lingvistik  matnsiz  reklamalarda  til  birliklari  deyarli  qo`llanmaydi.  Bunday  reklamalarning
            asosini turli ramzlar, rasmlar va nolingvistik vositalar tashkil etadi.
                  Axborot  berish  uchun  xizmat  qiluvchi  lingvistik  va  nolingvistik  vositalarning  barchasi
            reklama matnini hosil qiladi. Ya`ni adresatga ma`lum bir narsa, jarayon haqida axborot berishga
            xizmat qiluvchi barcha vositalar matnning ajralmas qismi hisoblanadi. Ammo matnsiz reklamalarda
            adresat  mahsulot  haqida  qisman  xabordor  bo‘lmasa,  reklamada  nima  namoyish  qilinayotganini
            anglamay qolishi mumkin. Masalan, mana bunday shaklda bo‘lsa:
                                                                      Agar  adresat  bu  haqida  qisman
                                                               ma‘lumotga ega bo‘lsa, bu ko‘rgazmaga ucell
                                                               va  beliene  uyali  aloqa    kompaniyasi  belgisi
                                                               sifatida  qaraydi,  aksincha  bo‘lsa  bunday
                                                               reklama    matnlari  adresatga  hech  qanday
                                                               axborot  berolmaydi  va  o`z  mohiyatini
                                                               yo`qotadi.
                                                                     Ko`ruv  reklamalari  matnlarining  o`ziga
                                   xos xususiyatlaridan biri ular matnlarining qisqa shaklda, mazmunli va jonli
            tarzda bo`lishi hamdir. Bunday  reklama matnlarida gaplar asosan sodda gaplardan tashkil topib,
            ko`pincha so`z-gaplar, to`liqsiz gaplardan iborat bo`ladi. Masalan,
                                                        Sogliqni o`yla - Nestle Sutim tanla!
                                                               Mutlaqo sof va tabiiy!
                                                                      Mahsulot sertifikatlangan
                                                                       (Nestle suti reklamasi)

                                              Umuman olganda, ko`ruv reklamalari matni tuzilishi,  lingvistik
                                        birliklarning qo`llanish darajasi va doirasiga ko`ra boshqa matnlardan
                                        keskin  farq  qiladi.  Reklama  matnini  tuzishda  shu  tilning  tabiatidan
                                        kelib  chiqib,  reklama  matnlarini  tuzish  maqsadga  muvofiq  bo`ladi.
                                        Boshqa  tilda  yaratilgan  reklama  matnlarini  aynan  tarjima  qilish  har
                                        doim  ham  ko`zlangan  samarani  bermaydi.  Bu  mavzuga  keyingi
            tadqiqotlarimizda to`xtalamiz.
                  Ijtimoiy hayotda reklamaning asosiy vazifasi sotish ekan, bu jarayon, albatta, asosli matnlar
            bilan  amalga  oshirilishi,  shubhasiz.  Shu  ma‘noda  fikrimizni  davom  ettirib  aytish  mumkinki,
            lingvistik birliklar sifatida reklama matnlaridagi shiorlar  ham iqtisodda muhim o`rinni egallaydi.
            Asosiysi,  reklama    matni  axborot  berishi  va  ishontirishi  kerak  [2;  13].    E.D.Farbi  ning  fikriga
            qo‘shilgan holda axborot beruvchi reklama matnini quyidagi qismlarga ajratish mumkin:
                  1. Ktematonim (gr. kteto «mulk» + otta «ism») - savdo belgisining so`z orqali ifodalanishi.
                  2. Slogan (ingl. slogan «shior») - tovar reklamasini ifodalovchi qisqa shior. Lo`nda, aniq va
            yodda oson qoladigan ifoda.
                   Ktematonim  so‘ziga  rus  kopireyteri  Maksimova  V.I.  shunday  ta‘rif  beradi    -  reklama
            qilinayotgan tovarning jamiyatdagi vazifasi g`oyani - mazmunni qisqa-lo`nda va tasviriy  shaklda
            ifodalashdir.   Bu  ma`lumotlar  bir yoki ikki jumla bilan berilishi mumkin [3; 57]. Haqiqatdan ham,
            bu  mulohazalarni  asosli  deyishimiz  mumkin.  Buning  isbotini  kundalik  hayotimizda  uchraydigan
            quyidagi reklamalar orqali ko‘rib o‘tamiz:



                                                            57
   53   54   55   56   57   58   59   60   61   62   63