Olamning lisoniy manzarasini yaratishda fiazeologizmlar alohida rol o‘ynaydi. Frazeologik birliklarni ma’nosi tabiati til sohibining fanga oid qo‘shimcha) bilimlari, shaxsning amaliy tajribasi, shuningdek, shu tilda (so‘zlashuvchi xalqning madaniy-tarixiy an’analari bilan uzviy bog‘liq [Mamatov 2020: 70]. Frazeologik birliklar tilda shakllanadi, ammo, tildan tashqari bo‘lgan tarixiy, etnografik, folkloristik omillar bilan belgilanadi. Fransuz tilida antroponimlar nafaqat frazeologik birlik komponenti sifatida qabul qilinadi, balki milliy-madaniy ahamiyatga ega lisoniy unsurdir. Frazeologiya va tarix o‘rtasidagi bog‘liqlik xalq madaniyati, urf-odatlari va adabiyoti antroponim komponentli frazeologik birliklarda (keyinchalik AKFB) yaqqol ko‘zga tashlanadi. V.A.Maslova ta’kidlaganidek, aksariyat frazeologizmlarning ichki shaklida ularga milliy-madaniy rang beruvchi ma’nolar mavjud [Maslova 2001: 83]. Bu esa ismlarning har biri til sohiblari ongida muayyan madaniy tushunchalarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Shunga ko‘ra T.Z.Cherdanseva ham har qanday tilning frazeologik birliklarini “til egalarining dunyoqarashi, milliy madaniyati, urf-odatlari, eʼtiqodi, tasavvur va tarixini aks ettiruvchi qimmatli merosi” deb hisoblaydi [Cherdanseva, 1996: 58].
Frazeologizmlar milliy madaniyatni o‘z prototiplari bilan aks ettiradilar, negaki frazeologik birlik bo‘lib qolgan erkin so‘z birikmalari ma’lum urf-odatlarni, an’analarni, turmush va madaniyatning tafsilotlarini, tarixiy voqealarni va boshqa ko‘plab narsa va hodisalarni tasvirlaydi [Mamatov 2020: 139]. Shunday ekan, frazeologik birliklar (keyinchalik FB) - madaniyatda ramziy etalon, obrazli-metaforik ma’no kasb etgan va inson ongining arxetipik va prototipik natijalarini umumlashtiradigan til birliklari hisoblanadi [Maslova 2001: 35]. Prototip tafakkur jarayonida hosil bo‘ladigan mental tuzilmalardan biri sifatida lisoniy faoliyat va ijodga oid hodisalarning tub mohiyatini anglash imkonini beradi [Safarov 2006: 59]. AKFBlarning paydo bo‘lishida dastlab bir prototipik vaziyat paydo bo‘ladi, ya’ni frazeologizmning asl ma’nosiga mos keladigan vaziyat yuzaga keladi. Ushbu vaziyatga mazmun biriktiriladi, keyin esa qayta talqin qilinadi, ya’ni prototipik vaziyatdagi so‘zlarning boshlang‘ich ma’nolari asosida frazeologik birlikning obrazi shakllantiriladi. Aynan shu boshlang‘ich so‘zlar obrazda o‘z izini qoldiradi. Shu tariqa, ichki shakl yuzaga keladi va unda madaniyat bilan bog‘liq asosiy ma’lumotlar mujassam bo‘ladi. Frazeologizmning ichki shakllaridan madaniy ma’lumotlarni olish mumkin, chunki unda madaniyatning "izlari" - afsonalar, arxetiplar, odatlar va an’analar, tarixiy voqealar va moddiy madaniyat elementlari mavjud [Maslova 2001: 84]. Shu sababli, fransuz frazeologiyasida frazeologik birliklarning tarkibiy komponenti sifatida xizmat qiladigan hamda o‘z davrining mashhur shaxs nomlari bilan bog‘liq bo‘lgan real antroponimlar salmoqli o‘ringa ega.
Bu borada fransuzcha frazeologizmlarning ma’lum turlarini ajratish mumkin:
Misollar : |
|
|
faire Charlemagne - g‘alaba qozongandan keyin o‘yinni tark etmoq; au temps où Berthe filait - qadim zamonda. |
|
tranquille comme Baptiste - juda xotirjam. |
|
âne de Buridan - beqaror odam. |
|
signé Canrobert - hammasi yaxshi (kinoya tarzida). |
vache à Colas - protestantizm. |
|
|
il est parent du roi David et joue de la harpe -firibgar bo‘lmoq. |
Davlat arboblari nomlari ishtirokidagi FBlar ko‘pincha o‘sha shaxsning shaxsiyati, qilgan ishlari yoki tarixiy voqealar bilan bog‘liq xotiralarni aks ettiradi. Ular xalq orasida afsonalar yoki siyosiy qarashlarni ifodalash uchun ishlatiladi va ko‘pincha kinoya, hazil yoki ulug‘lash ma’nolariga ega bo‘ladi. Masalan:
faire Charlemagne - O‘yinda g‘olib chiqish va raqiblarga revansh imkoniyatini bermaslik, o‘yindan chiqish. Bu iborada o‘limigacha barcha yerlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan fransuz qiroli Karl (742-814) ga ishora qilinadi. Shunday qilib, u "g‘alaba qozonganidan keyin o‘yinni tark etdi", ya’ni zabt etilgan yerlarning bir qarichini ham boy bermasdan olamdan o‘tdi, mazmunini ifodalaydi. Bu ism ishtirokida yana bir FB shakllangan: être sorti de la côté de Charlemagne - nasl-nasabi qirollardan (aslzoda) bo‘lmoq [https://www.france-pittoresque.com/].
Yana shunday fransuzcha FB mavjudki, u taxminan 600-639-yillarda yashagan Merovinglar sulolasining qiroli Dagobert Iga tegishli, ya’ni bu - au temps du roi Dagobert - qadim zamonlarda (so‘zma-so‘z tarjimasi: qirol Dagobert davridan) iborasidir. U Franklar Nevstriya davlatining gʻarbiy qismini boshqargan va 632-yilda barcha franklar qiroli deb eʼlon qilingan [https://ru.wikipedia.org/wiki].
Ushbu frazeologik birliklarning semantik jihati o‘rganilganda, ularning ma’no tarkibi ularda jo bo‘lgan metaforik mazmun va tarixiy kontekst bo‘yicha chuqur ma’lumot berishga yordam beradi, shu bilan birga, ular tarixiy prototip ma’nosini qay darajada saqlab qolganligi va bunday prototiplarning bugungi kundagi ma’nosi o‘rtasidagi moslik darajasi ancha oydinlashadi. Ushbu holatni esa quyidagi jadval orqali aniqroq izohlash mumkin:
AKFBlar: |
Semantik mazmuni: |
Tarixiy prototip tavsifi: |
faire Charlemagne |
g‘olib kelish va o‘yinni tark etgandan so‘ng boshqa raqiblarga imkoniyat bermaslik |
Charlemagne – o‘zi tomonidan zabt etilgan yerlarni o‘lgunga qadar hech kimga bermaganligi bilan mashhur bo‘lgan Fransiya qiroli. |
au temps du roi Dagobert |
qadim zamonlarda |
Dagobert - Merovinglar sulolasining qiroli sifatida juda qadimiy qirollardan biri sifatida tanilgan. |
coiffé aux enfants d'Edouard |
saroy bolalarining soch turmagi |
Edouard – o‘z farzandlari soch turmagini o‘ziga xos tarzda oldirgan qirol sifatida mashhur. |
laisser faire à Georges, c'est un homme d'âge |
barkamol, komil va mas’uliyatli shaxs |
Georges (de Amboise) - jiddiy siyosiy va ijtimoiy islohotlari bilan tanilgan davlat arbobi. |
couleur Isabelle |
sariq rang |
Isabelle - afsonaviy qirolicha bo‘lib, u xalq orasida o‘zining kir va sarg‘ayib ketgan sariq libosi bilan tanilgan. |
coup (tour) de Jarnac |
kutilmagan, mohirona strategik zarba |
Jarnac - dueldagi kutilmagan zarbasi bilan tanilgan mashhur fransuz baronlaridan biri. |
c'est le chien de Jean de Nivelle, il s'enfuit quand on l'appelle |
kerak bo‘lganda topib bo‘lmaydi |
Jean de Nivelle - itoatsizlik va ishonchsizlik ramzi sifatida taniqli shaxs. |
s'en moquer comme de Jean de Werth |
e’tiborsiz va befarq bo‘lmoq |
Jan de Verth – jangda dushmanning yurishiga nisbatan befarq munosabati bilan tanilgan jangchi qirol. |
être de la côte de saint Louis |
nasl-nasabi aslzoda bo‘lmoq |
Louis – Fransiya tarixidagi sharafli va adolatli qirol. |
se chauffer à la cheminée du roi René |
quyoshda toblanmoq |
René – o‘zining quyoshni sevishi bilan tanilgan Provans qiroli. |
soûl comme la bourrique à Robespierre |
haddan tashqari mast |
Robespierre – o‘zining sarmastligi bilan nom qoldirgan qirol. |
baiser Lamourette |
muvaqqat yarashuv |
Lamourette - 1792-yilda u tomonidan taklif etilgan yarashuvga ishora. |
Davlat arboblari ismlari ishtirokidagi FBlarning ma’nosi tarixiy prototip bilan to‘lig‘icha mos kelishi ko‘zga tashlanadi. Ushbu iboralar madaniy merosning muhim qismlarini aks ettiradi va xalqning tarixiy voqea-hodisalar, shaxsiyatlar hamda madaniy qadriyatlar haqidagi tasavvurini boyitadi. Ular metaforik ma’no yaratish orqali tirik tarixiy hikoyalarga aylangan.
San’at va adabiyot namoyandalari insoniyatning madaniy merosini boyitgan ijodkorlar bo‘lib, ular o‘z asarlari orqali jamiyatga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Ularning ismlari ishtirokidagi FBlar ham fransuz frazeologiyasida muhim o‘ringa ega. Masalan, tranquille comme Baptiste (so‘zlashuv tilida) - juda xotirjam iborasini olsak, 1789-yildagi inqilobning dastlabki boshlanish jarayonlarida Baptist ismli bir aktyor bo‘lgan. U sodda odam obrazini mukammal ijro etib, butun Parijni kuldirib yurgan. Chunki, bu davrda jamiyatning barcha qatlamlari nihoyatda tushkun ahvolda bo‘lgan va ko‘pchilik o‘z yaqinlaridan ayrilgan bir paytda ko‘chma teatrlar aholi kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qilgan. Shunda parijliklar sodda va go‘l inson obrazidagi Baptistga havas qilib, "Oh, qachon biz ham Baptiste kabi xotirjam bo‘lamiz?" deb aytishni odat qilishgan ekan [https://www.expressio.fr/].
Madaniyat lingvokulturologiyada ko‘p funksiyali tizim sifatida tushuniladi. San’at va adabiyot namoyandalari madaniyat tarqatuvchi shaxslar bo‘lib, ularning ismlari ishtirokidagi ayrim FBlarni madaniy belgisi va mazmunini quyidagi jadval orali kengroq tahlil qilib o‘tamiz:
AKFB |
Kasbi |
FBning madaniy belgisi |
Mazmuni |
de plus en plus fort comme chez Nicolet |
Nikole sirk artisti va teatr direktori bo‘lgan. |
Teatr va sirkning rivojlanishiga qo‘shgan hissasi, tomoshabinlarning hayratini doimiy oshirish mahorati. |
Taassurotning tobora kuchayishi |
arriver comme les carabiniers d'Offenbach |
Jan Offenbax bastakor bo‘lgan va opera-buffa janrida ijod qilgan. |
Karabinyerlar* haqidagi hazil va ularning obro‘si bilan bog‘liq musiqali librettoda aks ettirilgan. |
Juda kechikib yetib kelishni ifodalaydi. |
verre d'eau de Bossuet |
Jacques-Bénigne Bossuet ruhoniy va notiq bo‘lgan. |
Ezgulik va oddiy harakatlarning qadriyatlarini ulug‘lash, ruhiy va axloqiy tarbiya orqali jamiyatga ta’sir ko‘rsatish. |
Ezgu ish ramzi sifatida, kichik narsa ham muhim ekanligini ko‘rsatadi. |
maison de Molière |
Molier dramaturg va teatr direktori bo‘lgan. |
Fransuz teatr san’ati va madaniyatining asoslarini shakllantirish. |
Fransuz komik teatri. |
Roger Bontemps |
Roger de Collerye ruhoniy va shoir bo‘lgan. |
Hazil-mutoyibani yaxshi ko‘rgan quvnoq shaxs sifatida xalq orasida mashhur bo‘lgan. |
Befarqlik va quvonchni ifodalaydi. |
c'est la faute à Voltaire, c'est la faute à Rousseau |
Volter va Russo yozuvchi va faylasuf bo‘lgan. |
Ularning inqilob va jamiyatning o‘zgarishlariga ta’sirini aks ettiradi. |
Absurd ayblovlarni bildiradi. |
C’est la corneille d’Esope |
Ezop yunon yozuvchisi va masal janrining asoschisi bo‘lgan. |
O‘zini ortiqcha bezashning behuda harakatlarini aks ettiradi. |
Behuda o‘zini ko‘rsatishga urinishni bildiradi. |
Ushbu frazeologik birliklar nafaqat arboblarning kasbini va madaniy ta’sirini aks ettiradi, balki tilning semantik boyligini ham ko‘rsatadi. Har bir ibora chuqur metaforik mazmunga ega bo‘lib, madaniyat, tarix va shaxsiy tajribalarni birlashtiradi.
Olim atamasi bilan keng maʼnoda tizimli ravishda bilim yigʻuvchi shaxs nomlanadi. Ayollar uchun olima soʻzi ishlatiladi. Tor maʼnoda esa olim, deb ilmiy uslubdan foydalanuvchi shaxsga aytiladi [https://uz.wikipedia.org/wiki/]. Olimlarning nomlari bilan kelgan frazeologik birliklar madaniyat, tarix va tilning qiziqarli jihatlarini ko‘rsatadi. Bu birliklar ko‘pincha olimlarning ilmiy faoliyati, shaxsiy xususiyatlari yoki tarixiy voqealarga hissa qo‘shganligini aks ettiradi. Masalan, âne de Buridan - beqaror odam. Bu iborada XIV asrning fransuz sxolastik faylasufi Jan Buridan tilga olingan. U go‘yo iroda erkinligi yo‘qligini isbotlash uchun eshakni misol qilib keltiradi, eshak ikki teng masofada joylashgan va bir xil darajadagi pichan to‘dalari o‘rtasida turadi, tanlashga qodir bo‘lmaganligi sababli oxir-oqibat ochlikdan halok bo‘ladi. Ko‘pincha être comme l'âne de Buridan "Buridanning eshagiga o‘xshamoq - o‘ta qat'iyatsiz bo‘lmoq" shaklida ishlatiladi [https://www.emancipe.be/a-propos-presentation/]. Bundan tashqari, fransuz xalqining yana shunday obrazlari mavjudki, ular o‘zlarining ijtimoiy hayoti yoki ma’lum bir faoliyati orqali “frazeologik obraz[1]”ga aylangan. Bundan tashqari, yana shunday “frazeologik obraz”lar mavjudki, ular FBlar mazmun-mohiyatini ochib berishda asosiy obraz sifatida tan olinmasa-da, u bilan bog‘liq jarayonlardagi ishtiroki uchun ham FB tarkibining asosiy komponenti sifatida xizmat qiladi. Masalan, commenter les oeuvres de Cujas - ishqiy o‘yin-kulgilarga berilmoq (so‘zma so‘z tarjimasi: Kujalar yozuvlariga sharh) iborasining etimologiyasiga e’tibor qaratsak, iborada 1522-yilda Tuluzada tug‘ilgan va yuqori malakali yuridik maslahatchiga aylangan Jak Kujalar oilasi frazeologik obraz sifatida olingan. U turli universitetlarda dars bergan, Rim huquqini o‘rgangan va unga mashhur sharhlar yozgan. U 1570-yilda vafot etgan va bu paytda qizi Syuzanna 13 yoshda edi, u keyinchalik 3 marta turmushga chiqadi. Ibora, garchi, Kujalar oilasi nomiga asoslangan bo‘lsa ham, lekin, uning qizi Syuzannaga tegishlidir [https://www.mots-surannes.fr/].
Yuqoridagi bu kabi FBlar milliy-madaniy va semantik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ularning har biri majoziy ma’nolarni ifodalagan holda frazeologik obrazlarning tarixiy va ijtimoiy faoliyati hamda ularning fransuz xalqi madaniyatida qoldirgan ijtimoiy-tarixiy izlarini aks ettiradi.
Shuningdek, san’at va fan arboblari nomlari bilan bog‘liq oreiller de Montaigne frazeologizmi ham mavjud bo‘lib, undagi Montaigne frazeologik obrazi falsafiy tafakkur va xotirjamlikni targ‘ib qilgan fransuz yozuvchisi Michel de Montaigne nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning asarlari o‘z-o‘zini anglash va ichki xotirjamlikning ramzi sifatida qabul qilingan. Bu ibora odamlarning falsafiy savollarga javob topishga intilishlari kerakligiga ishora qiladi. Shu bilan birga, grain de sable de Pascal frazeologizmida ham fan arbobi Blez Paskalning intellektual qobiliyati doirasida hosil bo‘lgan va ushbu obraz o‘zining fizika, matematika va falsafaga oid qarashlari bilan fransuz xalqi ijtimoiy hayotiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, ushbu iborada yirik voqealarga sabab bo‘luvchi kichik, ko‘zga ko‘rinmas elementlarning ahamiyati ifodalangan, ya’ni kichik detallar cheksiz tizimlarni o‘zgartiradigan kuchga ega ekanligi yoritilgan. Bu esa insoniyat taqdirida mikroelementlarning ham ahamiyatli ekanligini ko‘rsatadi.
Bunday FBlar fransuz tili va madaniyatidan chuqur o‘rin olgan bo‘lib, ularning har biri tarixiy shaxslarning jamiyatdagi mavqieni, ilm-fanga oid va falsafiy qarashlarini aks ettiradi. Zero, FBlarga xos majoziy ma’nolarning zamonaviy til va tafakkurda hanuz saqlanib qolinganligi ularning semantik ma’no ottenkalari ko‘lami kengligi va undagi frazeologik obrazlar taqdiri o‘lmas ekanligini ko‘rsatadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Синдаров Ф. Антропонимы как «фразеологический образ» (на материале французского языка). В данной статье исследуются культурные, семантические и контекстуальные характеристики фразеологизмов французского языка, основанных на реальных антропонимах. Также рассматривается, насколько фразеологические единицы сохраняют значение своего исторического прототипа и какие семантические изменения происходят в результате лингвистического и культурного анализа.
Sindarov F. "Anthroponyms as a 'phraseological image' (based on French language material)." This article examines the cultural, semantic, and contextual characteristics of phraseologisms based on real anthroponyms in the French language. Additionally, it discusses to what extent the historical prototype meaning of phraseological units is preserved and what semantic changes can be observed through linguistic and cultural analysis.
* Karabinyerlar — bu harbiy yoki huquqni muhofaza qilish bo‘linmalarining maxsus guruhidir. Ular odatda ichki xavfsizlikni ta’minlash, tartibni saqlash va ba’zan harbiy operatsiyalarda ishtirok etish uchun tayyorlangan bo‘ladilar.
[1]Frazeologizmlarning semantik mazmun mohiyatini ifodalashda muhim ahamiyatga ega antroponimlarni frazeologik obraz sifatida tavsiflash mumkin.