AQSh tarjimashunosligi tarixi nisbatan qisqa bo‘lib, bu mamlakatdagi tarjimashunoslik tarixini ikkita asosiy davrga bo‘lingan holda ko‘rib chiqish mumkin:
Ikkinchi bosqichda Amerika madaniyati shakllanib, uning madaniy qadriyati dunyoga tarqala boshlagan bo‘lib, bizning tadqiqotimiz ham aynan o‘sha davrdagi tarjimalarni tahlil qilishga qaratilgan.
Umuman olganda, AQSh tarjimashunosligi tarixida tarjimonlar Amerika jamiyatida quyidagi sohalarda katta rol o‘ynagan:
1. Davlat xizmatida;
2. Dinni tarqatishda (missioner-likda);
3. Til o‘rganish va o‘rgatish, milliy madaniyatni yuksaltirishda;
4. Amerika madaniyati va milliy o‘ziga xosligini shakllantirishda.
Bu xizmatlardan tarjimonlarning nafaqat tarjimashunoslik sohasini rivojlantirishda, balki butun davlat taraqqiyotida, tarixiy voqealarning shakllanishida faol rol o‘ynaganligini ko‘rishimiz mumkin. Shunga ko‘ra, biz AQShda tarjimashunoslik tarixida aks etgan asosiy to‘rtta turdagi tarjimani ajratib ko‘rsatamiz. Bular:
Bulardan tashqari shu o‘rinda ma’muriy-ishbilarmonlik tarjimasi, harbiy tarjima, konferensiya tarjimasi, surdo tarjima kabi janr jihatidan farq qiluvchi tarjima turlarini ham qayd etishimiz mumkin[1].
Ma’lumki, AQShda tarjimashunoslik tarixi qadimiy emas. Inglizlar bu joyni egallab olishganda, asosiy muammo ulardan oldin yashagan mahalliy qabilalar bilan aloqa o‘rnatish edi. Binobarin, bu yerda istiqomat qilgan qabilalar tili va madaniyati jihatidan bir-biridan farq qilgan. AQSH hududida yashovchi bunday qabilalarning tilini birinchi marta hozirgi Florida va Luiziana shtatlarida yashovchi qabilalar tilini oʻrgangan olimlar aniqlagan. Tarixdan ma’lumki, ingliz tili Yevropadan tashqarida faqat XVII asrda tarqala boshlagan va hindu tillarini ingliz tiliga tarjima qilishga birinchi urinishlar o‘sha paytda boshlangan. Tarjimaning ahamiyati ayniqsa Shimoliy Amerikaning Atlantika sohillariga birinchi mustamlakachilar kelishi bilan ortdi. 1607-yildan boshlab birinchi ingliz mustamlakachilari koʻchib kela boshladilar. Ulardan keyin Angliyadan diniy qarashlari uchun quvgʻin qilingan katta guruh ham bu yerga koʻchib kelgan. Shu tarzda 13 ta ingliz koloniyasi mahalliy hindu qabilalari bilan yaqin aloqada bo‘lishga harakat qilgan. Bu davrda tarixdan ma’lumki, hindu qabilalari o‘ziga xos madaniyat va tilga ega bo‘lgan jamoada yashab, faqat ovchilik, dehqonchilik va baliqchilik bilan shug‘ullangan[2]. Shunday qilib, koʻchmanchilar sonining koʻpayishi bilan savdo, maʼmuriyat, hududni muhofaza qilish, dinsizlarni xristian dinini qabul qilish kabi muhim ijtimoiy faoliyat rivojlana boshladi va bu faoliyatning barchasida mahalliy aholi bilan aloqa o‘rnatish uchun tarjimonlar xizmatiga ehtiyoj paydo boʻldi. Natijada tez o‘zgarishlarni boshdan kechirgan bu 13 ta mustamlaka kichik hududlar 1775-1783 yillarda mustaqil Amerika respublikasini tashkil etdi. Tarixiy dalillarga asoslanib, AQSHda tarjimashu-noslik fani qisqa tarixga ega boʻlishiga qaramay, u jadal rivojlanib, barcha davrlarda tarjimonlar faoliyati alohida boʻlganiga ishonch hosil qilamiz. Umuman olganda, AQSHda tarjimashu-noslik sohasida, yuqorida aytib oʻtganimizdek, XX asr boshlarigacha salmoqli nazariy asar yozilmagan. Bu davrdan keyin nashr etilgan asarlar qadimgi yoki yevropalik olimlarning ishlariga asoslangan. Bu davr materiallari asosan diniy-madaniy mazmundagi amaliy materiallardan iborat bo‘lgan. Buning tarixiy sababi bor, chunki inglizzabon mustamlakachilar mahalliy qabilalarni boshqarish va ular bilan muloqot qilish uchun ularning diniy e’tiqodlari va madaniyatini to‘liq egallashlari kerak edi. Bu esa oʻsha qabila vakillari bilan yaqin aloqa oʻrnatishga, ularning milliy oʻzligini chuqur oʻrganishga keng yoʻl ochdi, shunga koʻra diniy-madaniy yoʻnalishda amaliy tarjima ishlari boshlab yuborildi. Shunday qilib, tarjima nazariyotchilari ham ana shunday diniy-madaniy tarjimalarga, turli sohalardagi madaniy-etnografik omillarga, ya’ni tarixchilar, etnograflar, tilshunoslar, tarjimonlar, madaniyat-shunoslar va boshqalarga e’tibor qarata boshladilar. Tarjimashunoslik sohasini ilmiy bilim sifatida to‘liq o‘rganish, uning butun tarixini ma’lum bir davrga bo‘lish yo‘li bilan tahlil qilish tarjimashunoslik fanining holatini tubdan baholash, uning hozirgi holati yoki o‘tmishi bilan solishtirish, shuningdek, tarjimashu-noslik fani holatini tubdan o‘rganish imkonini beradi. Tarjima tarixidagi davrlarni tizimlashtirish bugungi zamonaviy fan uchun ham dolzarbdir. Chunki bu tarjima faniga xos bo‘lgan tamoyillarni o‘rnatishda nimalar asos bo‘lishi kerak, degan savolga javob topish imkonini beradi. Bu yerda zamon, til yo‘nalishi, tarjimashunoslikning ustuvor yo‘nalishlari yoki tarjima an’analari kabi masalalar muhimligi ham hisobga olinadi. Hozirgi vaqtda tarjimashunoslik tarixini davrlarga bo‘lishda o‘sha davrlar bo‘yicha to‘plangan bilimlar bazasini tizimlashtirish talab etiladi. Tarixni o‘rganish butun rivojlanishning davriyligiga bog‘liq. Tadqiqotchilarning aksariyat asarlariga ko‘ra, tarjima tarixini bosqichlarga bo‘lish turlichadir. Tarjima nazariyasida davriylik muammosi hozirgacha o‘z yechimini topmagan. Tarjima tarixini uzoq vaqt o‘rgangan P.I. Kopanev tomonidan taklif qilingan tasnifga ko‘ra, tarjimashunoslik tarixida to‘rtta davr mavjud:
Ko‘rib turganimizdek, P.I. Kopanev bu tasnifni ijtimoiy-siyosiy sharoitlarning rivojlanishi va insoniyat madaniyatining bosqichma-bosqich yuksalishidan kelib chiqib tasniflagan. Biroq, uning tasnifi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan tanqid qilinganligini inkor etib bo‘lmaydi. Amerikalik tarjima tarixi tadqiqotchisi J. Shtayner tarjimashunoslik bosqichlariga o‘zgacharoq yondashadi. U tarjima amaliyoti qanday va nima uchun o‘zgardi degan savollar asosida tarjimashunoslik fanini to‘rt bosqichga bo‘lishni taklif qiladi:
1. Sitserondan Gelderlingacha bo‘lgan davr;
2. Gelderlin va Taytlerdan Valeriya Larbo ijodigacha bo‘lgan davr;
3. XX asrning 40-yillaridan boshlanib, XX asrning 60-yillarigacha davom etgan davr;
4. XX asrning 60-yillaridan to hozirgi kungacha boʻlgan davr[4].
Amerika tarjimashunosligi tarixining birinchi davri qadimgi faylasuf Sitseron ijodidan boshlanadi, u yunon tilida so‘zlashuvchilar Esxiney va Demosfen so‘zlarini lotin tiliga tarjima qilish jarayonini tasvirlab bergan. Birinchi davr XIX asr boshlarida tugaydi. Bu davrda J. Shtayner nemis shoiri Fridrix Gelderlinning nazariy ijodi Amerikada tarjimashunoslikning rivojla-nishiga hissa qo‘shgan, deb hisoblaydi. J. Shtayner aytadiki, birinchi davr juda katta vaqtni qamrab olgan bo‘lishiga qaramay, bu davrda nazariy material-larning to‘planishi sust kechgan. Ikkinchi bosqichda tarjima ishida nazariy materiallar to‘plangan bo‘lib, J. Shtayner bu davr uchun A.F. Taytlerning “Tarjima tamoyillari haqidagi ocherklar” (1792, London) asariga ishora qiladi[5]. Shu bilan birga, F. Fridrix Shleyrmaxerning “Tarjimaning turli usullari haqida” (1813, Leypsig) davriy jurnali ham shu davrda nashr etilgan. Ikkinchi bosqich fransuz tarjimoni Valeriy Larboning tarjima ishi bilan yakunlanadi. Uchinchi davr tarjimonlar birinchi marta tarjima qilish uchun elektron qurilmalardan foydalana boshlaganligi bilan ajralib turadi. “Mashina tarjimasi” haqida 1940-yillarda so‘z yuritila boshlandi va J. Shtaynerning fikricha, tarjima tarixining uchinchi davri mashina tarjimasiga oid ilk asarlar paydo bo‘lishi bilan boshlangan. To‘rtinchi davr XX asrning 60-yillarida boshlangan va hozirgi kungacha davom etmoqda. Bu tarjimashunoslik fanining mustaqil fan maqomini olganligi bilan tavsiflanadi. Zero, bu davrda fan sifatida tarjima nazariyasi vujudga keldi, darsliklar, lug‘atlar nashr etildi hamda tarjimonlar tayyorlash uchun maxsus oʻquv yurtlari ochildi. Shunday qilib, AQSH tarjima-shunosligi ham boshqa mamlakatlar tajribasi kabi paydo boʻlish, shakllanish va rivojlanish bosqichlarini bosib oʻtdi. Amerika tarjimashu-nosligining eng muhim xususiyati uning tarixining qisqaligidir. Bu davlatning tashkil topgan davri bilan bog‘liq. Turli millat va elatlarning ushbu qit’aga oqib kelishi, ularning diniy e’tiqodiga ta’siri, mustamlakalarni boshqarish kabi ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarda tarjimonlar alohida vazifalarni bajargan. Shu bilan birga, tarjimaning lingvistik va madaniy xususiyatlarini ochib beruvchi tarjima xizmati faqat cheklangan tarzda amalga oshirilgan. Bu AQSh tarjimashunosligining o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi. 1950-1960-yillarda Amerikada badiiy tarjimaning umumiy yoʻnalishi badiiy adabiyot, filologiya, din, tarix, geografiya sohalari bilan bogʻliq edi. Aniq va tabiiy fanlar, sport, san’at, falsafa sohalariga oid tarjimalar darajasi juda past, amaliy va ijtimoiy fanlarda tarjima asarlari esa deyarli yo‘q ham edi. Faqat 1990-yillarda AQSHda tarjimashunoslik sohasida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Tarjimachilik ilm-fanning barcha sohalarida jonlana boshladi. Birinchi oʻrinda ijtimoiy fanlar, soʻngra texnik va ilmiy asarlar, uchinchi oʻrinda badiiy asarlar tarjimasi rivojlana boshladi[6]. Shunday qilib, keyingi yillarda AQSHda ijtimoiy muloqot va siyosat sohasidagi tarjimalarga ustuvor ahamiyat berilgan boʻlsa-da, badiiy tarjimalarning pragmatik ahamiyatiga unchalik eʼtibor berilmagani eʼtirof etiladi. Yuqorida sanab o‘tilgan tarixiy voqea va davrlarga e’tibor qaratgan holda, AQShdagi tarjimashunoslik fanini, tarjima turlarini tizimli ravishda quyidagicha ko‘rib chiqamiz:
Tarjimashunoslikning zamonaviy davri dinamik yoki funksional ekvivalentlikka katta e’tibor berdi. Jamiyatni tashkil etuvchi xalqlarning madaniy qadriyatlariga qaratilgan tadqi-qotlar tobora ko‘prq olib borildi va bu yo‘nalishda tarjima sohasining rivojla-nishiga ta’sir ko‘rsatdi. Og‘zaki va yozma tarjimaga kelsak, og‘zaki tarjimada amaliy materiallar asosida uning sifatiga nisbatan qat’iy talablar qo‘yilmagan holda eng erkin tarjima taklif etilishini ko‘rishimiz mumkin. Yozma tarjimaning birinchi shakllanish davrida literalizm tendensiyasiga ustuvor ahamiyat berildi. Bu diniy asarlar va antik davr mualliflari tarjimasini tahlil qilish jarayonida yaqqol ko‘rindi. Biz AQShda tarjimashunoslik nazariyasiga oid ilmiy ishlarni tahlil qilamiz va differensiatsiya jarayonida konseptual-tarixiy tahlilning ahamiyatiga e’tibor qaratamiz. Madaniy-etnografik tarjima tillarning xususiyatlarini va noma’lum tillarni o‘rganish usulini aniqlash vositasi sifatida ko‘plab tilshunoslarning e’tiborini tortdi, – ularning ko‘pchiligi keyinchalik tarjima muammolarini ishlab chiqdi. Bu sohadagi izlanishlar tarjimaning mohiyatini chuqurroq anglash imkonini bera oldi, bu esa til falsafasi muammolari bilan qiziquvchi tilshunos va tarjimonlarni o‘ziga jalb etdi.
Madaniy-etnografik tadqiqotlarga murojaat qilgan tarjimonlar tarjimaning turlari va unga xos bo‘lgan muammolar hamda muloqot jarayonida morfemalar, so‘zlar, iboralar va ma’nolarni aniqlash bilan bog‘liq lingvistik birliklarning har qanday muloqot turi uchun ishlatilishi bilan qiziqdi. Tarjimaning bu turi tarjima jarayonini modellashtirishga harakat qilgan nazariyotchilarning asosiy tadqiqot obyektiga aylandi. Tarjima kuch va madaniy qadriyatlar vositasi sifatida ko‘plab boshqa olimlarning e’tiborini tortdi. Bu AQSHda tarjimashunoslik fanida yangi yoʻnalishning paydo boʻlishiga olib keldi va u tarjimashunoslikning ijtimoiy yoki madaniy-mafkuraviy yoʻnalishi nomini oldi. Shunday qilib, asr boshlariga qadar AQShda tarjimashunoslikning faqat nazariy sohasi rivojlangan va amaliy tomoni biroz chetda qoldi. Bu davrga qadar tarjimashunoslik sohasida faylasuflar, yozuvchilar, madaniyatshu-noslar, yozuvchilar qatnashgan. Tarjimaga adabiy nuqtai nazardan qarash XX asrning 60-yillarigacha davom etdi. 60-yillarning oxiriga kelib AQSH da tarjimashunoslikning etnografik jihati rivojlana boshladi. Unga tilshunoslikning strukturaviy tilshunoslik, madaniy antropologiya va analitik falsafa, mantiq va boshqa fanlarning kulminatsiyasi ta’sir ko‘rsatdi. Etnografik yo‘nalish tarjimadan yozilmagan tillarni o‘rganish vositasi, shuningdek, lingvistik tahlil usuli sifatida foydalangan. 1980-yillarda Amerikada tarjimaning pragmatik yoʻnalishi keng tarqaldi. Biroq tarjimashunoslik fanining bu yo‘nalishi haligacha har tomonlama ko‘rib chiqilmagan. Bu yo‘nalishda tarjimon pragmatik tarjima jarayonida muloqotning faol ishtirokchisi sifatida ishtirok etib, tarjimashunoslikning ekvivalentligi tushunchasi chuqur ko‘rib chiqiladi. Bu yerda tarjimon asl nusxani o‘zi xohlagancha takomillashtirishi va tahrir qilishi mumkin. 1990-yillarda tarjima usullariga ustuvor ahamiyat berildi. Bundan tashqari, tarjimaning transformatsion modellari ham tadqiqotchilar e’tiborini tortdi.
Keyingi yillarda bu yo‘nalish AQSH tarjimashunoslik fanining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu davrda aralash tilshunoslik fanlari, xususan, matn lingvistikasi, kontrast lingvistika, nutq tahlili va boshqalar rivojlandi. Ushbu fanlarning ilmiy yutuqlari ekvivalentlik masalalarini chuqur o‘rga-nishga olib keldi. AQSH tarjimashu-nosligida 1990-yillardan boshlab davom etib kelayotgan madaniy-mafkuraviy yoʻnalishning ahamiyatini taʼkidlash lozim. Ushbu yo‘nalish doirasida tadqiqotchilar turli tarixiy davrlarda ma’naviy qadriyatlar, mafkura, davlat institutlarining tarjimashunoslik faoliyati va faniga ta’sirini chuqur ko‘rib chiqdilar. Sohaga oid so‘nggi yillarda nashr etilgan asarlar AQShning zamonaviy tarjimashu-nosligida hamon ushbu madaniy-mafkuraviy yo‘nalish ustunlik qilayot-ganini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tarjimashunoslikning ushbu yo‘nalishi boshqa soha tadqiqotchilarining ham e’tiborini tortdi va tarjimaning Amerika siyosati va madaniy taraqqiyotiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar olib borish imkoniyatini yaratdi. AQShda tarjima fani nazariyasining shakllanishiga hissa qo‘shgan olim va tadqiqotchilarning ishlari xususida to‘xtalar ekanmiz, avvalo, bu jarayonga F. de Sossyurning til nazariyasi haqidagi fikrlari katta ta’sir ko‘rsatgaligini ko‘rish mumkin. Uning ta’limotini yoygan, ilmiy maktablariga asos solgan olimlar, tadqiqotchilar nafaqat Amerikada, balki jahon tilshunosligi tarixida ham yetarlicha. Uning ijodi ko‘plab ilmiy tadqiqotlar obyektiga aylanib, har tomonlama tahlillar amalga oshirilgan. Amerika tarjima maktabiga asos solgan eng muhim shaxslardan biri olim Y. Naida edi (E. Nida). U Amerika tarjimashu-nosligining asoschisi sifatida tanilgan. 1964 yilda nashr etilgan “Toward a Science of Translating: With Special Reference to Principles and Procedures involved in Bible Translation” asari nafaqat Qo‘shma Shtatlardagi tarjimashunoslikka, balki jahon tarjima-shunosligiga ham yangi yo‘nalishning paydo bo‘lishiga olib keldi va u butun Gʻarb olamining tarjimashunosligi va uning nazariy asosiga aylandi[8]. U tarjimashunoslik borasidagi faoliyatini Injilni tarjima qilishdan boshlagan va yuqorida qayd etilgan asari bilan tarjima nazariyasiga katta hissa qo‘shgan. Bu ishda Y.Naida tarjima nazariyasining to‘rt jihatini tasniflaydi:
1. Filologik jihat (asl va tarjima matnining tarjima adekvatligi tamoyillari bo‘yicha mos kelishi);
2. Lingvistik jihat (tarjimada ikki til ishtirok etganligi sababli, asl va tarjima matn o‘rtasidagi mazmun munosabatlariga ustuvorlik berilishi);
3. Kommunikativ jihat (muloqot nazariyasiga asoslanib, u tarjimani kodlash va dekodlash jarayoni sifatida qabul qiladi va uni sotsiolingvistika bilan chambarchas bog‘liq holda ko‘rib chiqadi);
4. Sotsiosemantik jihat (til aloqasi jarayonida lingvistik va ekstralingvistik munosabatlarni, ijtimoiy jihatlarni hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi, bunda inson tafakkuri, madaniyati va til xususiyatlarining ta’siriga ustuvorlik beriladi).
Y. Naida oʻzidan keyingi nashr etilgan olimlarning asarlari haqida ilmiy fikr bildirdi, ularning tarjimashunoslikka qoʻshgan hissasini tahlil qilib o‘z xulosasini berdi. Masalan, Piter Nyumarkning 1981 yilda nashr etilgan “Аpproaches to translation (Language Teaching Methodology Sense)” asariga alohida e’tibor berib, uning tarjimashunoslik nazariyasiga qo‘shgan salmoqli hissasini ko‘rsatdi[9]. Piter Nyumark tarjimashunoslikka e’tibor qaratgan birinchi amerikalik tadqiqotchilardan biridir. U 1981 yilgi ishini tarjimashunoslik nazariyasiga bag‘ishlagan bo‘lsa-da, tarjimashu-noslikning ayrim lingvistik muammo-lariga, jumladan, tarjimada qo‘llanila-digan leksik-grammatik polisemiya, she’riy tarjima, texnik tarjima, sinonimlardan so‘z tanlash, pyesalar tarjimasi, tarjima tarixi, tarjimaning madaniyatga ta’siri va hokazo masalalarga to‘xtalmadi. Keyinchalik, 1988 yilda nashr etilgan asarida u tarjima nazariyasi uchun barcha muhim mavzularni, semantik va kommunikativ usullar, metaforalar, neologizmlarni tarjima qilishning xususiyatlari, texnik va madaniy atamalar, she’riyat, drama, badiiy va texnik tarjima, tarjima va madaniyat tahlili bilan bir qatorda tarjima fanining dolzarbligi, uning grammatik jihatlari, tarjimonning maʼlumot vositalari bilan ishlashi kabi keng qamrovli masalalarga javob berishga harakat qildi. Piter Nyumark tarjimachilik faoliyati va tajribasiga tayanib, tarjimashunoslik fanining nazariy asoslarini yaratdi. Shunga ko‘ra, u tarjimashunoslik fanining tamoyillari, alohida qoidalari, tarjimonga qo‘yiladigan talablarni belgilab berdi. Nyumarkning fikricha tarjimaning ikkita asosiy uslubi mavjud:
Ya’ni, birinchisi o‘quvchiga, ikkinchisi esa matnga qaratilgan. Biroq tarjima jarayonida ikkalasi ham bir-biri bilan aralashib, bir-birining o‘rnida ishlatilishi mumkin. Semantik usul matnning madaniy tomonlarini to‘liq saqlaydigan, har bir qismida asl nusxaga mos keladigan, muallif uslubini o‘zgartirmaydigan eng murakkab tarjima usulidir. Shuningdek, u tarjimashu-noslikning o‘ziga xos nomlar, atamalar, metafora va jargonlarni tarjima qilish, sinonimlardan muqobil so‘z tanlash kabi muammolarini ham ko‘rib chiqadi. Kannison Ketford AQSHda tarjimashu-noslik faniga alohida hissa qoʻshgan olimlardan biridir. Ushbu olimning asosiy asari “Linguistic Theory of Translation” (1965) boʻlib, Ketford tarjimani “boshqa tilning lingvistik materialidan foydalangan holda bir tildagi matn materialini uzatish” deb belgilaydi. Shuningdek u oʻz tadqiqotlarida transliteratsiya, tarjimaning grammatik va leksik modifikatsiyasi, tarjima jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy, dialektal va boshqa lingvistik muammolarni o‘rgandi[10]. AQSHda tarjimashunoslik fanining nazariy yoʻnalishini shakllantirishga katta hissa qoʻshgan tilshunos va tarjimonlardan biri –Snell-Hornbi (Mary Snell-Hornby) hisoblanadi. 1988 yilda nashr etilgan “Translation Studies: An Integrated Approach” va “The Turns of Translation Studies: New Paradigms or Shifting Viewpoints?” to‘plami tarjima fanining barcha muammolarini qamrab oladigan umumiy tushunchani topishga qaratilgan deb tan olish mumkin. U zamonaviy tarjimashunoslikda qo‘llanilayotgan til – kod, fikr ifodasi – belgilar zanjiri degan pozitsiya eskirganligini, tarjima nazariyasini imkon qadar chuqur va keng o‘rganish zarurligini ilgari suradi.
Xulosa shuki, Amerika tarjimashu-nosligining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan olimlarning ishlari diqqatga sazovor bo‘lib nafaqat Amerikalik tarjimonlar, balki butun jahon tarjimonlari uchun ham foydali va manfaatli bo‘lgan. Shu davrgacha ularning olib brogan tadqiqotlari hamda asarlaridan foydalanilmoqda. Bu esa o‘z navbatida endi yetishib chiqayotgan yosh tarjimonlarga yanada izlanish muhimligini, shu davrgacha o‘rganilmagan qirralarni ochib berishga yo‘naltiruvchi tadqiqotlar olib borishga, tarjimashunoslikning rivojlanishiga hissa qo‘shishga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Арипова С. Американское литературное переводоведение и его особенности. В данной статье анализируются этапы формирования и развития американского литературного переводоведения. Рассматриваются подходы к теории перевода в США, творческие методы переводчиков и особенности переводческой практики. Также изучается взаимосвязь американского переводоведения с европейскими и азиатскими традициями перевода, а также его современные тенденции. В статье освещается роль перевода в межкультурной коммуникации и его влияние на развитие литературы в США.
Aripova S. American literary translation studies and its distinctive features. This article analyzes the stages of formation and development of American literary translation studies. It examines approaches to translation theory in the United States, the creative methods of translators, and the distinctive features of translation practice. Additionally, the interrelation of American translation studies with European and Asian translation traditions, as well as its modern trends, is explored. The article highlights the role of translation in intercultural communication and its impact on the development of literature in the United States.
[1] Полютова О.Н. Концептуально-историческое исследование: переводоведения в США. – М., 1999. – 263 с.
[2] Казак Е.А. Этническое и национально-культурное своеобразие американского варианта английского языка: роль региональных диалектов в формировании литературных норм английского языка в США // Человек: Образ и сущность. – 2013. – №1(24). – С. 175-188.
[3] Копанев П.И. Вопросы истории и теории художественного перевода. – Минск: БГУ, 1972. – 295 с.
[4] Steiner G. After Babel: Aspects of Language and Translation. – Oxford: Oxford University Press, 1998. – 538 p.
[5] Tytler A.F. Essay on the principles of translation. – Amsterdam: Benjamins, 1978. – Vol. 13. – 239 p.
[6] Полютова О.Н. Концептуально-историческое исследование: переводоведения в США. – М., 1999. – 42 с.
[7] Полютова О.Н. Концептуально-историческое исследование: переводоведения в США. – М., 1999. – 42 с.
[8] Nida E. Toward a Science of Translating: With Special Reference to Principles and Procedures involved in Bible Translation. – Leiden: E.J. Brill, 1964. – 170 р.
[9] Newmark P. Аpproaches to translation: Language Teaching Methodology Sense. – Oxford: Pergamon Press, 1981. – 213 p.
[10] Catford J. A linguistic theory of translation. – Oxford: Oxford University Press, 1965. – 103 p.