BILVOSITA NOMLANISH VA SEMIOTIK MUAMMOLAR

Tildagi “bilvosita nomlanish” va semiotik muammolar tilshunoslik va semiotika fanlarida keng ko‘lamda o‘rganiladigan mavzulardan biri bo‘lib, bu konseptlar til va muloqot jarayonida ma’no va tasavvurlarni shakllantirishni o‘rganishda asosiy o‘rin tutadi. Bilvosita nomlanish, odatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalashdan ko‘ra, ko‘proq simbolik, kontekstual yoki ma’noli elementlar orqali amalga oshiriladi. Bu jarayon, masalan, metonimiya, metafora yoki tashbeh kabi tilshunoslik vositalari orqali ifodalanadi, bu esa tilda va nutqdagi ma’nolarni yanada murakkablashtiradi [Baudrillard 1994: 2; Eco 1976: 7; Van Leeuwen 2010: 20; Mäkelä 2021:15; Beknazarova 2024: 3; Beknazarova 2024: 4]. Semiotik muammolar esa til va boshqa kommunikativ tizimlar, masalan, imzo yoki gestikulatsiya orqali ma’no qanday tarqatilishi va qabul qilinishini tushuntiradi. Pirsning semantik nazariyasida “ishorat” va “signifikatsiya” kabi tushunchalar o‘rganiladi, bu esa bilvosita nomlanish jarayonlarini yanada aniqroq ko‘rsatadi. Roland Bartning “Mythologies” (Mifologiya) asarida jamiyatdagi kundalik va keng tarqalgan belgilarni “myth” mif sifatida ko‘rsatib, ularning qanday qilib siyosiy va madaniy mazmunlarga ega bo‘lishini tahlil qilish, bilvosita nomlanishning yanada chuqurroq semantik qatlamlarini ochib beradi. Shu tarzda, bu maqola tilda semantik belgilarning yaratish va tarqatish jarayonlarini tahlil qilishga, semantik va semiotik muammolarni tahlil qiladi [Jenson 2008: 11; Barthes 1957: 1].

Bilvosita nomlanish va semiotika tilning ijtimoiy va madaniy kontekstda qanday ishlashiga doir bo‘lgan muhim tushunchalar hisoblanadi. Bilvosita nomlanish – biror oby’ekt, hodisa yoki g’oyani to‘g’ridan-to‘g’ri emas, balki ishoralar, metaforalar yoki boshqa ramzlar orqali ifodalash amaliyotidir. Semiotika esa belgilar va ramzlar orqali ma’noning qanday yetkazilishini o‘rganadi. Zamonaviy tilshunoslik va semiotikaning asosiy nazariy asosini Ferdinand de Sossyurning Charlz Sanders Pirs semiotikaning asoschilaridan biri hisoblanadi va “Collected Papers” [Jenson 2008: 11] asarida semiotika va belgilar nazariyasiga oid asosiy tushunchalar va yondashuvlar tizimli ravishda yoritilgan. Rolan Bart “Mythologies” [Peirce 2017:16] asari jamiyatdagi kundalik madaniyat, ramzlar va “miflar” orqali qanday ma’nolar paydo bo‘lishini tahlil qiladi. Asar XX asr o‘rtalaridagi fransuz jamiyatidagi oddiy narsalar va hodisalar ortidagi madaniy va siyosiy mazmunlarni ochib berishga qaratilgan. Umberto Eko (Umberto Eco) A Theory of Semiotics [Eco 1976: 7] asarida semiotika sohasidagi asosiy tushunchalarni keng ko‘lamda tahlil qiladi. Asar belgilar tizimi, ularning ijtimoiy, madaniy, va ma’no yaratish jarayonidagi o‘rniga bag’ishlangan. Tomas Sebeokning Signs: An Introduction to Semiotics [Sebeok 2001: 18] asari semiotika sohasining nazariy va amaliy asoslarini chuqur tadqiq qilishga qaratilgan muhim manbaalardan biridir. Stokoe, W. C. ning Signs, Signing & the Sign[Stokoe 1995: 19] asari, asosan, ishorali tillar va belgilarni o‘rganishga qaratilgan. Ushbu maqolada belgilar va ularning ma’nolarini shakllantirish jarayoni, ishorali tillardan foydalanish va ularning semiotik muammolariga alohida e’tibor berilgan. Charlz Sanders Pirsning Semiotic and the Human World: The Humanistic Significance of Semiotics [Peirce 2017:16] asari belgilar nazariyasining fundamental aspekti bo‘lib, Pirsning semiotikaga bo‘lgan yondashuvini va uning inson va madaniyat bilan bog’liqligini yoritadi. Pirs belgilarni ma’noni ishlab chiqish va tarqatish vositasi sifatida ko‘rib, semiotikani falsafiy va gumanitar kontekstda muhokama qiladi. A. Buehlerning "Semiotic Theory and Sign Languages" [Buehler 2003: 5] maqolasi semiotika nazariyasi va qo‘l yozuv tillarini o‘rganish o‘rtasidagi aloqani o‘rganadi.

Semiotik muammolar. Semyotika belgilarning ijtimoiy va madaniy kontekstlarda qanday ma’no kasb etishini o‘rganadi. Belgilar faqat til orqali emas, balki turli vizual, gestual va boshqa ramzli tizimlarda ham ishlatiladi. Bu belgilar o‘z ma’nolarini faqat o‘zlarining kontekstida, ya’ni ularni qabul qilayotgan ijtimoiy guruh yoki madaniy muhitga qarab olishadi. Masalan, Rolan Bartning “Mythologies” asarida, u kundalik ob’yektlar va hodisalar orqali yashirin siyosiy va madaniy ma’nolarni qanday yaratish va tarqatish jarayonini tahlil qiladi. Shu bilan birga, semiotika til va belgilarni o‘rganish jarayonida, ijtimoiy madaniyatning tilga ta’sirini, shuningdek, nutqdagi ma’no va belgilarning ijtimoiy normaga moslashishini ham ko‘rib chiqadi [Eco 1976: 7]. Bundan tashqari, semiotik tahlilda Pirs va boshqa olimlarning qarashlari, belgilarni qanday ishlatish va ularning odamlar tomonidan qabul qilinishini tushuntirishda muhim rol o‘ynaydi. Pirsning nazariyalariga ko‘ra, belgi va ramzlar faqat ishtirokchilarga ma’no yetkazish uchun vositadir, va bu ma’no tizimlarining o‘zgarishi ijtimoiy va madaniy omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shu tarzda, semiotik tahlil faqat tilni emas, balki barcha kommunikatsion tizimlarni tahlil qilish orqali madaniyat va jamiyatni tushunishga imkon beradi. Ingliz tilida bilvosita nomlanish semantik muammolarni yaratadi, chunki ma’no ko‘pincha metafora, metonimiya, sinekdoxa va boshqa bilvosita ifodalar orqali kuzatiladi. Bu ifodalar madaniy, ijtimoiy va tilshunoslik kontekstlariga asoslanadi, bu esa ma’noni yaratish uchun umumiy tushuncha talab qiladi, lekin shu bilan birga ko‘p ma’nolilik va noaniqlikni ham keltirib chiqaradi [Eco 1976: 7; Barthes 1957: 1; Buehler 2003: 5; Ruthrof 2008: 17]. Quyidagi semantik muammolarni ko‘rib chiqamiz:

1. Metafora va Metonimiya. Metafora tilda bir narsa haqida gapirib, uni boshqa narsa sifatida tasvirlash usuli bo‘lib, ko‘pincha o‘xshatish asosida yaratiladi [Mäkelä 2021:15; Beknazarova 2024: 3; Buehler 2003: 5]. Masalan, “Time is a thief” bu iborada “vaqt bu o‘g‘ri” sifatida tasvirlanadi, ya’ni vaqt bizdan baxtli onlarni, yoshlikni va imkoniyatlarni olib qo‘yadi degan ma’noni beradi; “Her voice is music to my ears”, bu jumla orqali uning ovozi quloqqa yoqimli, tasalli beruvchi yoki zavqli deb ifodalanadi; “The world is a stage” hayotni teatr sahnasi bilan qiyoslash orqali bu metaforada odamlar o‘z rollarini bajarayotgan aktyorlarga o‘xshatiladi; “The classroom was a zoo” ushbu iborada o‘quvchilar tartibsizlik qilayotgan yoki o‘zlarini shovqin-suronli hayvonlar kabi tutayotgan holat tasvirlanadi; “He’s a shining star” iborasida shaxsning muvaffaqiyatli yoki ajralib turishini ifodalaydi; “Ideas are seeds” iborasi fikrlar o‘sib, rivojlanib natijaga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shuning uchun metaforani to‘g‘ri talqin qilishda ma’lum darajada umumiy bilim va madaniy muloqot zarur bo‘ladi.

Metonimiya - tilshunoslikda bir so‘z yoki ibora bilan uning ma’no jihatdan yaqin, lekin boshqa bir tushunchani ifodalash usuli. Bu usulda bir narsa boshqa narsa bilan bog‘lanadi va uning nomi orqali ifodalanadi. Metonimiya odatda obyektlar yoki tushunchalar o‘rtasidagi aloqa asosida qo‘llaniladi, masalan, sabab va oqibat, qism va butun, joy va vakolat kabi munosabatlar orqali.  Metonimiyaning asosiy turlari:

 I) Joy va uning aholisi (Place and its inhabitants): Misol: “Paris is calling for action on climate change” bu misolda “Paris” shaharning o‘zini emas, balki Fransiya hukumati yoki diplomatlarini anglatadi; “Washington has decided to increase sanctions” bu jumlada “Washington” AQSh hukumati yoki siyosiy rahbariyatini anglatadi; “Brussels is negotiating new trade deal” jumlasida “Brussels” Yevropa Ittifoqi rahbariyati yoki idoralarini anglatadi. “Beijing issued a warning to neighboring countries”, bu gapdagi “Beijing” Xitoy hukumati yoki diplomatik organlarini bildiradi. “Hollywood influences global culture” jumlasida  “Hollywood” nafaqat joyning o‘zini, balki AQShdagi kino industriyasini ifodalaydi; “Oxford has published a new dictionary”, ushbu jumlada “Oxford” universitetni yoki nashriyot tashkilotini anglatadi [Van Leeuwen 2010: 20; Barthes 1957: 1; Ruthrof 2008: 17].

II) Buyum va uning materiali (Object and its material) [Van Leeuwen 2010: 20; Ruthrof 2008: 17, Hodge 2004: 10]: masalan: “He drank the whole bottle” bu jumlada bottle idishni emas, ichidagi suyuqlikni anglatadi; “She wore silver on her ears”, silver bu yerda nafaqat materialning o‘zini balki, metalldan tayyorlangan sirg‘alarni anglatadi. “The artist worked with marble to create the statue” marble material bo‘lsada, bu yerda undan yaratilgan haykal nazarda tutiladi; “He was impressed by the crystal on the table” jumlasida crystal stolda turgan idish yoki buyumni bildiradi; ”The gold was shining on her wrist” iborasida gold oltindan yasalgan bilakuzuk yoki taqinchoqni anglatadi; “We passed the iron to the next carriage” iron bu yerda temirdan yasalgan biror buyum, masalan, temir idish yoki pichoqni anglatishi mumkin. Ushbu turlarda so‘zning asosiy materiali ob’yektning maqsadini yoki o‘ziga xosligini anglatish uchun ishlatiladi. Bu tilni yanada sodda va ko‘p ma’noli qiladi. Ma’noni to‘g‘ri talqin qilish uchun muloqot konteksti va ijtimoiy bilimlar muhim o‘rin tutadi.

III) Qism va butun (sinekdoxa) (Part and whole (synecdoche)): masalan, “All hands on deck” iborasida hands faqat qo‘llarni emas, balki butun jismoniy shaxslarni anglatadi. Odatda kemada ishlaydigan barcha odamlarga murojaat qilinadi;“We need more boots on the ground” boots askarlarning o‘zlarini anglatadi, ularning poyabzallarini emas; “He’s got a nice set of wheels” iborasi wheels bu yerda avtomobilni anglatadi, nafaqat uning g‘ildiraklarini; “The farm has 100 heads of cattle”, heads bu yerda mollarni (hayvonlarni) bildiradi ularning bosh qisminigina emas; “The crown will not tolerate dissent” bu jumlasa the crown nafaqat tojning o‘zini balki qirollik yoki hukumatni anglatadi;  “There are too many mouths to feed” mouths bu yerda ovqat talab qiladigan odamlarni anglatadi, nafaqat ularning og‘zini; “She has a sharp eye for detail”, eye bu gapda insonning kuzatuvchanlik qobiliyatini anglatadi, nafaqat ko‘zning o‘zini; “The factory has hired 50 new hands”, bu jumlada hands ishchilarning qo‘llari emas, balki ishchilarning o‘zlari nazarda tutiladi [Kress 2003: 12].

IV) Sabab va oqibat (Cause and effect): Metonimiyaning “sabab va oqibat” turiga oid misollar sabab (biror vosita, harakat, yoki jarayon) orqali natija yoki oqibatni anglatadi. Bir nechta misol ko‘rib chiqamiz: “The pen is mightier than the sword” ushbu jumlada “pen” yozish yoki diplomatiyani, “sword” esa kuch ishlatishni anglatadi; “The press has been quite critical of the new policy”, jumladagi press so‘zi matbuotni emas, balki jurnalistlar va ularning yozgan tanqidlarini anglatadi; “Hollywood is producing a lot of blockbusters this year” hollywood bu yerda o‘sha geografik hududni emas, balki film sanoatini bildiradi; “The stage is waiting for her talent”, stage bu gapda teatr yoki ijro maydonini emas, balki ijrochilikni anglatadi; “The classroom is full of bright minds” iborasida bright minds bu yerda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini, natijada ular olib keladigan yutuqlarni anglatadi; “Science is solving the mysteries of the universe”, science bu jumlada tadqiqotlar va olimlarning faoliyatini anglatadi [Barthes 1957: 1; Peirce 2017: 16 ; Hodge 2004: 10; Kress 2003: 12].

Metonimiyaning o‘ziga xosligi: Metonimiya tilga qisqalik va aniqlik olib keladi. U ma’noni sodda, tushunarli yetkazish uchun qulay bo‘lib, ko‘pincha kundalik nutqda va adabiy til uslubida ishlatiladi. Bu usuldan foydalanishda kontekst muhim bo‘lib, noto‘g‘ri tushunish xavfini kamaytiradi [Van Leeuwen 2010: 20; Barthes 1957: 1; Hjelmslev 1961: 9; Lotman 2001:14]. Metonimiyaning o‘ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

I) Qisqalik va ixchamlik: Metonimiya yordamida ma’no aniq va qisqa tarzda ifodalanadi. Masalan, “The White House issued a statement” jumlasida “The White House” so‘zi AQSh prezidentining idorasi yoki ma’muriyatini anglatadi, bu esa aniq bir joyni yoki ob'ektni emas, balki uning vakilini bildiradi; “The crown will find a successor”, bu iborada “The crown” so‘zi qirollikni yoki monarxni anglatadi, nafaqat taxtni yoki tojni. Bu qisqa va ixcham tarzda o‘zgartirilgan ifoda orqali ma’no aniq yetkaziladi; “Hollywood is making a lot of movies this year”, iborasida “Hollywood” bu yerda nafaqat geosiyosiy joyni, balki film sanoatini bildiradi. Metonimiya yordamida butun bir sanoat yoki ma’lum bir faoliyat o‘zida aks ettiriladi; “Wall Street is nervous about the economy” bu iboradagi “Wall Street” so‘zi nafaqat moliya markazini bildiradi, balki Amerika iqtisodiyoti va undagi investitsiya sohasini anglatadi; “The White House is planning a new economic policy” – “The White House” so‘zi prezidentlik ma’muriyatini yoki ularning qarorlarini anglatadi, bu yerda ma’no aniq va ixcham tarzda ifodalanadi [Kress 2003: 12; Hjelmslev 1961: 9; Lotman 2001: 14].

II) Aniqlik va obrazlilik: Tilning ta’sirchanligini oshiradi va murakkab tushunchalarni sodda obrazlar orqali ifodalash imkonini beradi. Bu ko‘pincha adabiy asarlar va publitsistik nutqda uchraydi. Quyidagi misollarni ko‘rib chiqamiz: “The pen is mightier than the sword” ushbu mashhur iboradagi “pen” yozishni yoki diplomatiyani,“sword” esa kuch ishlatishni anglatadi. Metonimiya yordamida ushbu ibora ijtimoiy va siyosiy jihatlarni, ya’ni tinchlik yo‘llari bilan kuchni almashtirishni obrazli tarzda ifodalaydi. Bu misolda, murakkab siyosiy g‘oya oddiy va kuchli obraz orqali ifodalangan; “The crown will find a successor” ushbu misolda “crown” qirollik yoki monarxni anglatadi. Bu yerda monarxni ifodalash uchun metafora ishlatilgan bo‘lib, aniq va tasviriy tarzda qirollikning kelajakdagi davomiyligi haqidagi fikrni ifodalaydi; “The White House said today that...”, “The White House” iborasi faqatgina bir joyni emas, balki u yerda faoliyat yuritayotgan prezidentlik idorasini yoki hukumatni anglatadi. Bu yerda metonimiya yordamida katta siyosiy voqealar yoki qarorlar aniq va obrazli tarzda ifodalangan; “He’s just a cog in the machine”, ushbu iboradagi “cog” so‘zi biror tizimdagi kichik va ahamiyatsiz bo‘lgan odamni anglatadi. Metonimiya yordamida murakkab ijtimoiy tizimlar va ro‘yxatlar oddiy, tasviriy va aniq tarzda ifodalangan; “The bottle was empty” bu misolda “bottle” so‘zi, aslida, ichidagi suyuqlikni anglatadi. Bu oddiy va tasviriy ifoda ko‘pincha kundalik nutqda ishlatiladi [4,17-19].

III) Kontekstning ahamiyati: Metonimiyaning to‘g‘ri tushunilishi uchun kontekst muhim rol o‘ynaydi, chunki u bir so‘z yoki iboraning asl ma’nosini ochib beradi. Kontekstning o‘rni noto‘g‘ri tushunchalarni kamaytiradi va iboralarning mantiqiy ishlatilishini ta’minlaydi. Quyida metonimiyaning kontekstga bog‘liq bo‘lgan bir qancha misollari keltirilgan: “The crown is in danger”, ushbu kontekstdagi ushbu ibora qirollikdagi siyosiy muammolar yoki hokimiyatning inqirozga uchrashini bildirishi mumkin. Muqobil kontekstda boshqa bir vaziyatda esa, haqiqiy tojning yo‘qolishi yoki shikastlanishi haqida bo‘lishi mumkin; “The White House issued a statement” kontekstda, rasmiy siyosiy bayonot yoki AQSh hukumati tomonidan e’lon qilingan ma’lumotni anglatadi. Muqobil kontekstda to‘g‘ridan - to‘g‘ri bino yoki joy haqida gap ketayotgan bo‘lsa, “White House”ning fizik joylashuvi yoki binosi nazarda tutiladi; “The pen is mightier than the sword”, jumlasi matnda ushbu ibora yozish va diplomatiya kuch ishlatishga qaraganda samaraliroq ekanini bildiradi. Muqobil kontekstda haqiqiy ruchka yoki qilich haqida bo‘lsa, ularning fizik xususiyatlari yoki ishlatilishi nazarda tutilishi mumkin; “Hollywood has a new trend” iborasidagi “Hollywood” AQSh kino sanoatini yoki yulduzlarini anglatadi. Muqobil kontekstda agar geografik joy haqida gapirilsa, Los-Anjelesning Hollywood tumani nazarda tutilishi mumkin; “The suits are meeting upstairs” matnda “suits” kompaniyaning menejerlari yoki amaldorlari haqida gapiradi. Boshqa bir holatda esa, “kostyumlar” haqiqiy kiyim-kechak ma’nosida ishlatilishi mumkin [Kress 2003: 12; Hjelmslev 1961: 9; Lotman 2001: 14];

IV) Madaniy ma’nolarni anglash: Metonimiya til orqali madaniy va ijtimoiy aloqalarni ifoda etishda keng qo‘llaniladi. Biroq, madaniy farqlar tufayli, bir madaniyatda tushunarli bo‘lgan metonimik iboralar boshqa madaniyatlarda noma’lum yoki noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin [Danesi 2004: 6; Kress 2001: 13; Hall 1997:8]. Quyida bu jarayonni tasvirlovchi misollar keltiriladi: “Big Apple” (Nyu-York shahri). Amerika madaniyatida bu ibora Nyu-York shahrini anglatadi va uning kattaligi, muhimligi yoki ko‘ngilochar maskan sifatidagi o‘rni bilan bog‘liq. Boshqa madaniyatlarda va ba’zi joylarda “Big Apple” mevalar yoki qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq noto‘g‘ri talqin qilinishi mumkin; “Tea” (dramatic news or gossip) inglizcha jargonda “Tea” g‘iybat yoki biror yangilikni ifodalash uchun qo‘llaniladi. Masalan, “Spill the tea!” iborasi “Gapirib ber!” ma’nosini anglatadi. “Silicon Valley” (texnologiya sanoati) amerika ingliz tilisida ushbu ibora texnologik innovatsiyalar va IT kompaniyalarni anglatadi. Boshqa madaniyatlarda bu ibora ma’nosiz to‘qimachilik yoki kvars bilan bog‘liq noto‘g‘ri tushunchalar uyg‘otishi mumkin; “Taj Mahal” (sevgi va go‘zallik ramzi) hind madaniyatida ushbu yodgorlik sevgi va san’atning buyuk namoyishi sifatida qabul qilinadi. Boshqa madaniyatlarda bu binoni shunchaki tarixiy joy yoki mehmonxona sifatida tushunadigan madaniy kontekstlar mavjud.

V) Kundalik nutqda ishlatilishi: Metonimiya kundalik tilning ajralmas qismi bo‘lib, uning yordamida so‘zlashuvni ixchamroq va samaraliroq qilish mumkin. Quyida metonimiyaning kundalik nutqda qo‘llanilishiga oid misollar keltirilgan: “Let’s grab a cup of coffee” iborasida bu yerda “cup” idishni emas, ichimlikni (kofeni) anglatadi. “The restaurant is busy tonight” bu iborada “restaurant” aslida binoni emas, uning ichida ishlayotgan odamlarni anglatadi; “He’s reading Shakespeare” bu iborada "Shakespeare" yozuvchini emas, uning asarlarini anglatadi. “She owns a Picasso” iborasida “Picasso” rassomni emas, uning yaratilgan asarini anglatadi. “The school called me today” iborasida “school” o‘quv muassasasining binosi emas, ma’muriyat yoki o‘qituvchini anglatadi. “The kettle is boiling” iborasida “kettle” choy qaynatgichni emas, ichidagi suvni nazarda tutadi. “Wall Street reacted negatively” bu iborada “Wall Street” geografik joyni emas, AQShdagi moliya bozorlarini bildiradi. “We need more hands for this project” bu yerda “hands” odamlarning jismoniy qo‘llarini emas, ularning mehnatini nazarda tutadi.

2. Polisemiyalar va kontekstning roli: Ingliz tilidagi so‘zlar ko‘plab ma’nolarga ega bo‘lishi mumkin, bu esa noaniqlikni keltirib chiqaradi. Masalan: “Bank” so‘zi moliya muassasasini (bank) yoki daryo qirg‘og‘ini (river bank) anglatishi mumkin; Bat” so‘zi ko‘rshapalak yoki beysbol tayog‘ini anglatadi. Bilvosita nomlanishda, ma’no aniqligi uchun kontekst muhim rol o‘ynaydi. Bilvosita nomlanishda kontekstning ahamiyati: Bu kabi holatlarda to‘g‘ri ma’noni aniqlash uchun kontekst asosiy omil hisoblanadi. So‘z qaysi vaziyatda ishlatilganligi uning ma’nosini aniqlaydi. Masalan: “I went to the bank to withdraw money” bu jumlada “bank moliya muassasasini anglatadi; “We had a picnic by the bank of the river” bu yerda “bank” daryo qirg‘og‘ini nazarda tutadi. Eco singari olimlar, bunday holatlarni tilning ko‘p qatlamli tabiatini tushuntirganlar. Bunday iboralarning to‘g‘ri tushunilishi madaniy va ijtimoiy kontekstga bog‘liq bo‘ladi [Eco 1976: 7].

3. Madaniy va ijtimoiy kontekst ahamiyati: Bilvosita nomlanish ko‘pincha madaniy va ijtimoiy normalarga tayanadi [Danesi 2004: 6; Kress 2001: 13; Hall 1997:8]. Misol uchun, “She’s the backbone of the team” bu ibora jamoada kimningdir asosiy rolini anglatadi. Ingliz tilida “backbone” kuch va barqarorlikni ifodalaydi, lekin boshqa madaniyatlarda bu ibora umuman noma’lum yoki boshqacha ma’noga ega bo‘lishi mumkin; “Breaking bread together” ingliz tilida bu ibora birgalikda ovqatlanishni va do‘stlikni anglatadi. Biroq, turli madaniyatlarda bunday ibora umuman ishlatilmasligi yoki boshqa an’anaviy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin; “White elephant” iborasida ingliz tilida foydasiz yoki qimmat, ammo keraksiz sovg‘ani anglatadi. Uning ma’nosi Tailandning tarixiy madaniyati va qirollik sovg‘alari bilan bog‘liq.

4. Noaniqlik va Tushunish: Bilvosita nomlanishda noaniqlik ko‘pincha kontekst yetishmasligi yoki ma’no talqinining turli madaniy va individual omillarga bog‘liq bo‘lishi natijasida yuzaga keladi [Kress 2001: 13; Hall 1997:8]. Quyida ushbu holatga oid misollar keltiriladi: “He’s got a good head on his shoulders” Ushbu ibora intellektual qobiliyat, amaliy fikrlash yoki mas’uliyatni anglatishi mumkin. Kontekstdan tashqari, uning qaysi ma’noda ishlatilganini tushunish qiyin bo‘ladi; “She has a green thumb” iborasi ingliz tilida “green thumb” yaxshi bog‘bonlik qobiliyatini anglatadi. Biroq, birinchi marotaba ushbu iborani eshitgan odam uni so‘zma-so‘z ma’noda tushunishi mumkin; “The project is up in the air” iborasida loyihaning noaniq yoki hal qilinmagan holatini anglatadi. Agar kontekst yetarlicha aniq bo‘lmasa, ma’no noto‘g‘ri tushunilishi mumkin; “He kicked the bucket” iborasi ingliz tilida “vafot etdi” ma’nosini anglatadi.      

5. Konnotatsiya va Denotatsiya: Denotatsiya so‘zning lug‘aviy yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosini anglatadi, ya’ni uning asosiy semantik ma’nosini ifodalaydi. Konnotatsiya, aksincha, so‘zning madaniy, ijtimoiy yoki hissiy qo‘shimcha ma’nolarini ifodalaydi. Bilvosita nomlanishda bu ikki tushuncha murakkab semantik muammolarni yuzaga keltirishi mumkin [Kress 2001: 13; Hall 1997:8]. Misollarda ko’rib chiqamiz:

 “Fox” (tulkiga taalluqli), Denotatsiya: mayda yirtqich hayvon. Konnotatsiya: aqllilik va hiylakorlik (ko‘pincha manfiy ohangda). AQShda chiroyli, maftunkor, jozibador ayolni ham anglatishi mumkin (masalan, “She’s a real fox”);

"Dove" (Kabutar), Denotatsiya: Kabutar turi bo‘lgan qush. Konnotatsiya: tinchlik va mehr-oqibat ramzi (masalan, "A dove of peace"). Ba’zi madaniyatlarda begunohlik yoki ilohiylik ramzi hosoblanadi.

"Snake" (Ilon), Denotatsiya: silliq terili sudralib yuruvchi hayvon. Konnotatsiya: xiyonat va ishonchsizlik (masalan, "He’s a snake"). Ba’zi joylarda donolik yoki shifo ramzidir.

Xulosa qilib aytganda, bilvosita nomlanish va semiotik muammolarni tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, tilshunoslikda va semiotikada muhim o‘rin tutadi. Bilvosita nomlanish jarayoni, til orqali ma’no yaratishning an'anaviy usullaridan farqli ravishda, ko‘proq kontekstual, simbolik va tasavvurga asoslangan tarzda amalga oshiriladi. Metafora, metonimiya va sinekdoxa kabi til vositalari orqali bilvosita nomlanish ma’no shakllanishini murakkablashtiradi, bu esa tilda va nutqdagi semantik noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Semiotika esa belgilar va ramzlar orqali ma’no yaratish va tarqatish jarayonlarini o‘rganadi, bu tilda va jamiyatda madaniy va ijtimoiy kontekstning qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunishga yordam beradi. Maqolada, shuningdek, tilning ko‘p qatlamli tabiati va bilvosita nomlanishning ijtimoiy va madaniy omillarga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga, tilshunoslik va semiotik nazariyalarining o‘zaro aloqasi, ayniqsa Sossür, Peirce, va Barthes kabi olimlarning fikrlari orqali yanada kengroq tushuniladi. Yuqorida ta’kidlanib o’tilganidek, bilvosita nomlanishning murakkabligi va kontekstual talqinlar orqali semantik muammolarni aniqlash va ularni yechish, tilni yanada samarali va aniqroq tushunishga imkon beradi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Barthes R. Mythologies / R. Barthes; per. s angl. A. Lavers. – New York: Hill and Wang, 1957.
  2. Baudrillard J. Simulacra and Simulation / J. Baudrillard; per. s angl. Sh. F. Glaser. – Ann Arbor: University of Michigan Press, 1994.
  3. Beknazarova I.Yo., Jo‘rayeva D.U. Bilvosita nomlashning umumnazariy muammolari (ingliz tili misolida) // Samarqand davlat universiteti ilmiy axborotnomasi. – 2024. – № 6 (148/2). – S. 76–84.
  4. Beknazarova I.Yo., Jo‘rayeva D.U. Ingliz tilida bilvosita nomlashning metonimiya bilan bog‘liq muammolari // Fan, ta’lim, madaniyat va innovatsiya jurnali. – 2024. – T. 4, № 2. – S. 61–64.
  5. Buehler A. Semiotic Theory and Sign Languages // Journal of Semiotic Studies. – 2003. – T. 45, № 3. – S. 123–140.
  6. Danesi M. Messages, Signs, and Meanings: A Basic Textbook in Semiotics and Communication Theory / M. Danesi. – 3-e izd. – Toronto: Canadian Scholars’ Press, 2004.
  7. Eco U. A Theory of Semiotics / U. Eco. – Bloomington: Indiana University Press, 1976.
  8. Hall S. The Work of Representation // Cultural Representation and Signifying Practices. – 1997. – S. 13–74.
  9. Hjelmslev L. Prolegomena to a Theory of Language / L. Hjelmslev; per. s angl. F. J. Whitfield. – Madison: University of Wisconsin Press, 1961.
  10. Hodge R., Kress G. Social Semiotics // Social Theory and the Politics of Identity. – 2004. – S. 78–90.
  11. Jenson M. Semiotic Landscapes: A Critical Approach to Multimodal Communication // Social Semiotics. – 2008. – T. 18, № 4. – S. 511–534.
  12. Kress G., Van Leeuwen T. Multimodal Discourse: The Modes and Media of Contemporary Communication // Social Semiotics. – 2003. – T. 13, № 2. – S. 175–194.
  13. Kress G., Van Leeuwen T. Multimodal Discourse: The Modes and Media of Contemporary Communication / G. Kress, T. van Leeuwen. – London: Arnold, 2001.
  14. Lotman Yu. Culture and Explosion / Yu. Lotman; per. s angl. W. R. Bock. – Berlin: Mouton de Gruyter, 2001.
  15. Mäkelä M. The Semiotic Analysis of Visual Rhetoric in Advertising // Semiotica. – 2021. – № 1. – S. 89–101.
  16. Peirce Ch. S. Semiotic and the Human World: The Humanistic Significance of Semiotics / Ch. S. Peirce. – 2017.
  17. Ruthrof H. The Semiotics of Culture: A Critique of the Cultural Turn in Semiotics // Theory, Culture & Society. – 2008. – T. 25, № 2. – S. 129–150.
  18. Sebeok Th. A. Signs: An Introduction to Semiotics / Th. A. Sebeok. – 2-e izd. – Toronto: University of Toronto Press, 2001.
  19. Stokoe W. C. Signs, Signing & the Sign // Sign Language Studies. – 1995. – № 1088. – S. 289–298.
  20. Van Leeuwen T., Kress G. Semiotics and Multimodality // The Handbook of Communication Science. – 2010. – № 1. – S. 74–91.

 

Бекназарова И., Жураева Д. Косвенное наименование и семиотические проблемы. В данной статье косвенное наименование рассматривается как более сложный и контекстуальный способ создания значения в лингвистике, выступающий ключевым инструментом метафоры, метонимии, синекдохи и других систем обозначения. Семиотика, в свою очередь, подчеркивает значение культурного, социального и лингвистического контекста в процессах создания и передачи смысла знаков. В статье анализируются различные проявления косвенного наименования, связанные с культурными и социальными контекстами, а также рассматриваются семантические проблемы, которые эти процессы вызывают в языке.

 

Beknazarova I., Jo‘rayeva D. Indirect naming and semiotic problems. This article examines indirect naming as a more complex and contextual method of meaning-making in linguistics, serving as a key tool for metaphor, metonymy, synecdoche, and other systems of designation. Semiotics, in turn, highlights the significance of cultural, social, and linguistic contexts in the creation and dissemination of sign meanings. The article analyzes various manifestations of indirect naming related to cultural and social contexts, as well as the semantic issues these processes give rise to in language.

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati