"Boburnoma" tarjimasida ijtimoiy etnografik birliklarni tadqiq qilish, asarning mazmuni hamda tarkibidagi turli ijtimoiy va etnik guruhlarni o‘rganishni nazarda tutadi. Tadqiqotning mazkur faslida asarning ijtimoiy, madaniy va etnografik jihatlari, xususan turli xalqlar, ularning turmush tarzi, an’anaviy urf-odatlari va milliy xususiyat-lariga oid ma'lumotlarning tarjimada qanday ifodalanishi muhokama qilinadi. Shuningdek, "Boburnoma”dagi ijtimoiy va etnografik jihatlar tarjimada qanday saqlanganligi, jamiyat va madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalarning tildagi aksini topish uchun muhimdir.
M.Bagutdinova etnografik birliklarning leksik-semantik guruhlarga bo‘lishdan avval quyidagi ikki makro va mikro kategoriyalarni ajratadi: moddiy va ma’naviy etnografik birliklar [Bagautdinova 2002:116]. Olimaning nazariy qarashlariga asoslanib, etnosotsi-yumlarni quyidagicha tasnifladik. 1) Moddiy madaniyat bilan bog‘liq etnosotsiyumlar, 2) Ma’naviy madaniyat bilan bog‘liq etnosotsiyumlar.
Mazkur mezondan kelib chiqib moddiy madaniyat bilan bog‘liq etnosotsiyumlar quyidagicha tasniflandi:
I. Binolar, bunda binolar ham o‘z navbatida, yana kichik guruhlarga bo‘linadi:
a) yashsash joylari: uy, qo‘rg‘on, qasr, qarorgoh, saroy, ko‘shk, ark, сароча, ayvon
b) vaqtinchalik qo‘nim joylar: karvonsaroy, olachuq, kapa,
c) diniy binolar: masjid, madrasa,
d) boshqa inshootlar: hammom, chilzina, chilustun, quduq.
Bu misollardan qo‘rg‘on, qasr, hammom kabilar boshqa elatlar tilida mavjud bo‘lsa-da, ularning milliylik xususiyati o‘ziga xoslik kasb etadi. Lekin ko‘shk, karvonsaroy faqat sharq xalqlariga xos bo‘lib, Bobur davrida ma’lum vazifa bajarishiga ko‘ra farqlangani kuzatiladi. Bu kabi etnografik birliklar tarjimada murakkablik hosil qiladi. Jumladan, “Boburnoma” asari uchun lug‘atlarda tadqiqotimiz obyekti bolgan yashash joyni ifodalovchi etnografik birliklar izohi quyidagicha keltirilgan:
Ark - qo‘rg‘on, saroy, podshoh arki; «Samarqand arkida Temurbek bir ulug‘ ko‘shk solibtur, to‘rt oshyonliq, Ko‘ksaroyga mavsum va mashhur va bisyor oliy imorattur». (59, II). A.Pave de Kurtey tarjimasida: Dans les faubourgs de Samarkand, on voit beaucoup de constructions et de jardins qui remontent à Timour-Beg et à Ouloug-Beg-Mirza. Le premier des deux a bâti dans le château un vaste kiosque, haut de quatre étages et célèbre sous le nom de Gueuk-Seraï. («Mémoires de Babur», -P.58). (Samarqand chetida Timur-Beg va Ulug‘bek Mirzoning davriga oid ko‘plab inshootlar va bog‘lar mavjud. Ikkaladan birinchisi qal’ada to‘rt qavatli ulkan ko‘shk qurib, u Ko‘ksaroy nomi bilan mashhur bo‘lgan.) J.L.Bake-Gramon tarjimasida: “- Temur Beg fit construire dans la citadelle de Samarcande - un vaste pavilion a quatre etages connu sous le nom de Palais Bleu. C’est un tres grand edifice.» («Le livre de Babur», -P.71). (Temur Beg Samarqandning qal’asıda — «Ko‘k saroy» nomi bilan tanilgan, to‘rt qavatli keng pavilion qurdirgan. Bu juda katta binodir). Tarjimonlar har ikkisi ham asliaytdagi mazmunni berishga harakat qilgan, bunda A.Pave de Kurtey arkni les faubourgs-shahar cheti, J.L.Bake-Gramon esa la citadelle-qal’a tarzida keltiradi. Shuningdek, ko‘shk har ikki tarjimada kiosque va pavilion sinonimlari bilan berilib, ular ochiq bog‘ ko‘rinishidagi binoni anglatadi. Shu o‘rinda diqqatimizni ko‘shkning nomi Ko‘ksaroyga qaratsak, bu nom har ikki tarjimada ikki xil A.Pave de Kurtey Gueuk-Seraï transliteratsiya usulidan foydalansa, J.L.Bake-Gramon esa Palais Bleu kabi so‘zma-so‘z tarjima bilan beradi.
Ko‘chmanchilik tarixan Sharq xalqlarida kuzatiladi, jumladan, Bobur taqdirida ham bu jarayon kechadi. Albatta, bu holatda barcha kundalik anjomlar bilan birga qo‘noq uchun vaqtinchalik boshpanalar safar davomida olib yurilgan. Asarda vaqtinchalik qo‘nim joy anjomlari ham aniqlanib, bular quyidagi misollarda aks etgan.
Olachuq - kapa, chayla [Is’hoqov 2008:128]; «Usrat bu martabada edikim, bizning orada ikki chodir edi. Mening chodirim volidamga tikilur edi. Manga har yurtta olachuq yasar edilar, olachuqda o‘lturur edim».(« Boburnoma », -B.176.) A.Pave de Kurtey tarjimasida: “Notre misère était telle que nous ne possédions que deux tentes. La mienne était destinée à ma mère. Quant à moi, on me dressait à chaque station une hutte (alatchouk) sous laquelle je m'installais ».(«Mémoires de Babur», -P.260) J.L.Bake-Gramon tarjimasida: « - Nous etions si pauvres que nous ne possedions que deux tentes pour nous tous. La mienne etait dressee pour ma mere et, a chaque etape, mes compagnons dressaient un alatchuq pour mon propre usage.» («Le livre de Babur », -P. 125.) Misolda ikki chodir-deux tentes so‘zma-so‘z moslik kasb etsa, xuddi shu vazifadagi olachuq har ikki tarjimon tarjimasida transkripsiya yo‘li bilan berilgan.
2) Uy-ro‘zg‘or buyumlari va kiyim nomlari: a) ustki kiyimlar: chopon, belbog‘, choruq, yaktak, sarpo, farajiy, xil’at, to‘n, chorqab, ehrom, bargustvondor.
“Boburnoma” asarida ishlatilgan kiyim-kechak leksikalari o‘zining qatlam-laridan va o‘zlashgan qatlamlardan tashkil topgan. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Boburning ijodida ko‘proq erkaklar kiyadigan turli liboslar haqida so‘z boradi. Ushbu tafqiqotda «Boburnoma» asarida qo‘llanilgan turkiy va o‘zbek tiliga xos kiyim-kechak nomlari haqida so‘z yuritamiz. Erkaklar kiyimi borasida gap borganda Bobur asarda har bir tarixiy shaxslarni ta’riflar ekan uning tashqi qiyofasi, kiyinishi, odati haqida alohida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, quyidagi misollarni kuzatsak: “Ulug‘-kichik meni umidvorlik bila irashib yuruydurganlar ikki yuzdin ko‘proq, uch yuzdin ozroq bo‘lgay edi. Aksar yayov va iliglarida tayoq va oyoqlarida choruq va eginlarida chopon erdi ».(« Boburnoma », _P.176). A.Pave de Kurtey tarjimasida: «Tous ceux, grands et petits, qui marchaient réunis autour de moi, confiants dans la prospérité de ma fortune, n'atteignaient pas le nombre de trois cents personnes, nues pour la plupart, n'ayant d'autres armes que des bâtons, les pieds grossièrement chaussés, le corps couvert de haillon » (Mémoires de Babur, -P.259). J.L.Bake-Gramon tarjimasida: «Ils étaient presque tous à pied, s’aidant d’un baton pour marcher, et portaient des brogues aux pieds et de longs manteaux sur les epaules ». (« Le livre de Babur », -P.125) Tarjimalarda chopon-haillon (eski, juldur kiyim,), longs manteaux (uzun palto) kabi o‘girilgan. Quyida uni lug‘atdagi izohi keltiriladi. Bunda har ikki tarjima ham etnografik xususiyatdan uzoqlashgani aniqlandi.
Yuqoridagi tarjimada chopon milliy libosi milliy rangi ko‘rinmagan. Chopon qo‘lda qavilib tikilgan bichimi o‘ziga xos ust kiyim sanaladi. O‘zbek milliy choponi to‘shak, yoping‘ich kabi vazifalarni ham bajarganiga guvoh bo‘lamiz.
b) bosh kiyimlar: salla, bo‘rk, qalpoq, yog‘liq. « Boburnoma »da salla va bo‘rk bosh kiyimlari ta’riflarda faol qo‘llanilgan.
“Boburnoma”da Umarshayx Mirzoni tasvirlashda bo‘rk kiyib yurgani tasvirlanadi, buni quyidagi satrlarda kuzatsak.
Shakl va shamoyili: past bo‘yluq, tegirma soqolli, qo‘ba yuzluq, tanbal kishi edi. To‘nni bisyor tor kiyar edi, andog‘kim, bog‘ bog‘laturda qornini ichiga tortib bog‘latur edi, bog‘ bog‘lagondin so‘ng o‘zini qo‘ya bersa, bisyor bo‘lur edi kim, bog‘lari uzulur edi. Kiymoqta va yemoqta betakalluf edi, dastorni dastorpech chirmar edi. Ul zamonda dastorlar tamom chorpech edi, bechin chirmab, aloqa qo‘yar edilar. Yozlar g‘ayri devonda aksar mog‘uliy bo‘rk kiyar edi.(«Boburnoma », -B.64.) J.L.Bake-Gramon tarjimada: Aspect physique et habitudes. Umar Chaykh Mirza était un personnage corpulent et de petite taille, avec une barbe ronde et un visage charnu. II portait sa tunique si serrée que, pour en nouer les cordons, il contractait son ventre et, quand il lui rendait sa liberté après avoir noue les cordons, il arrivait très souvent que ces derniers se rompissent. II était sans recherche dans sa mise et dans sa nourriture. Sur son turban, il enroulait 1’echarpe une seule fois alors qu’en ce temps-la, on 1’enroulait quatre fois et sans pli. En été, il portait la plupart du temps le bonnet mongol, sauf au Conseil toutefois («Le livre de Babur », -P.30). Misolda to‘n, dastor ya’ni salla, mo‘g‘uliy bo‘rk milliy xususiyati bilan tarjimada turlicha aks etadi. Jumladan, bu yerda bo‘rkning sifati uning etnik mansubligini ko‘rsatadi. J.L.Bake-Gramon ushbu satrlar tarjimasida salla, bo‘rk etnografik birliklarni, umumleksikaga dahldor so‘zlarni qo‘llaydi. Sallani turban kabi o‘girilishi va uni sharf bilan bir marotaba o‘raladi, deyiladi, lekin, asliyatdagi dastorpech so‘zi tushib qoladi. Mo‘g‘ulcha bo‘rk bosh kiyimi esa bonnet so‘zi bilan keltiriladi, lekin, bu bosh kiyimi etnik jihatdan ham farq qiladi. Lekin, tarjimon asarni tavsiflash usuli orqali tarjima qilgan bu so‘zlarni izohi berilmasa-da, tavsiflari orqali matn tarkibida mazmun kasb etishiga erishgan. A.Pave de Kurtey tarjimasida xuddi shu misol quyidagicha o‘girilgan: «Omar-Cheïkh-Mirza était un homme d'une taille peu élevée, à la barbe clair-semée, au teint coloré, ayant de l'embonpoint. Il portait sa tunique très serrée. Comme pour en nouer les cordons il avait coutume de contracter son ventre, il arrivait souvent que lorsqu'il lui rendait sa liberté après cette opération, les cordons se rompaient. Il était simple et sans recherche dans ses habits et dans sa nourriture. Il portait le turban à un seul tour, tandis qu'il était d'usage, dans ce temps-là, de le porter à quatre tours; du reste, il n'y faisait pas de plis et en laissait pendre les bouts. L'été, à moins qu'il ne fût au conseil, il ne portait, la plupart du temps, que le bonnet mongol (“Mémoires de Babur», -P.13-14). A.de.Kurtey tarjimasida ham dastorpech tushib qolganligi kuzatildi.
Quyidagi misollarda esa, turli materiallardan tayyorlangan bo‘rk turlarini ko‘rish mumkin: "Qosimbek mubolag‘alar bila arzga yetkurdikim, chun bu kishi boradur, Jahongir mirzoga maxsusona o‘z kiyganingizni yuboring. Bir os bo‘rkumni yubordim ».(«Boburnoma»,-B.153.) J.L.Bake-Gramon tarjimasi: «Qasim Beg me representa avec insistance: «Puisque ces gens partent, envoyez à Jahangir Mirza un de vos vetements personnels». Je lui envoyai un bonnet d’hermine».(«Le livre Babur », -P,106.) Misolda "os" deb atalgan bo‘rk oq va yumshoq hayvon mo‘ynasidan tikilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Z.Xolmanova Muhammad Solihning "Shayboniynoma" asarini tadqiq qilar ekan, unda XVI asrda bo‘rk umuman "bosh kiyim" ma'nosida ishlatilganini ta’kidlaydi [Xolmonova 1998].
Hozirgi turkiy tillarda bo‘rk so‘zi turli fonetik shakllarda va ma'nolarda uchraydi. O‘zbek tilida bo‘rk "qishki qalpoq, telpak" deb ataladi, qozoq tilida esa bo‘rk "yupqa yungdan tayyorlangan qalpoq", turk tilida vörük "bosh kiyimi", "ro‘mol", uyg‘ur tilida esa "qalpoq, shapka" ma'nolarini ifodalaydi. O‘zbek tilining Forish shevasida bo‘rk "qalpoq", Xorazm shevasida esa "yopinchiq" ma'nosida ishlatiladi. Shuningdek, "ro‘mol" va "yopinchiq" so‘zlari bo‘rkning birlamchi ma'nosidan kelib chiqqan ikkilamchi ma'nolardir.
«Boburnoma»da ishlatilgan bo‘rk so‘zi ham qadimgi turkiy bosh kiyim nomi bo‘lib, hozirgi kunda ba'zi fonetik va ma'no o‘zgarishlari bilan qo‘llaniladi.
c) kiyim bezaklari: O‘TOG‘A (o‘tag‘a) - bosh kiyimga bezak, jiga, pat[Is’hoqov 2008 :164].
Bobur har bir shaxsni ta’riflar ekan, mayda detallarigacha keltiradi. “(Sulton Xusayn) axyonan iydlarda kichik sepech dastorni yap-yassi namoyon chirmab, qarqara o‘tog‘asi sanchib, namozga borur edi” (“Boburnoma”, 164a). A.Pave de Kurtey tarjimasida: «Parfois, les jours de fête, il se rendait à la prière, ayant un petit turban à trois plis, tout lâche et roulé négligemment, dans lequel était plantée une plume de karkara (sorte de grue) ».(«Mémoires de Babur»,-P.266.) J.L.Bake-Gramon tarjimasi: «Parfois, les jours de fete, il portait un petit turban a trois plis. II 1’enroulait de façon assez lache et maladroite et у fixait une plume d’aigrette. C’etait ainsi qu’il se rendait a la priere.»(«Le livre de Babur», -P.161.) Bobur, shuningdek, o‘qor patidan ham o‘tog‘a qilinishini qayd etgan. Tarjimada so‘zma-so‘z tarjima usulida ma’no yaratilgan. Qarqara A.Pave de Kurtey tarjimasida tarnsliteratsiya usulida qayd etilib, izoh qavs ichida keltirilgan J.L.Bake-Gramonda une plume d’aigrette -burgut pati deb so‘zma-so‘z tarjima olingan.
3. Etnosibuslar (oziq-ovqat nomlari (idishlar va ichimliklar):
a) taomlar: osh, tovushqon oshi, tovuq go‘shti, kabob, poluda. Bobur har safar taom haqida so‘z borganda oshni aytib o‘tadi.
OSH - o‘zbeklarning milliy taomi: “osh va taom fuqaro va miskinga tortildi” (“Boburnoma”, -B.176.). “Boburnoma”da osh bilan bog‘liq marosim - biror munosabat bilan elga osh tortish ham tushunilgan. Bu marosimda ko‘plab kishi qatnashgani uchun, undan boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazishda ham foydalanilgan. Xususan, Bobur janglarda qahramonlik ko‘rsatganlar taqdirla-nishini qayd etgan: “Bahodurlik ulushi Mug‘ulda (Chig‘atoy ulusining aholisi o‘rtasida) qadimiy rasmdur. Har to‘y va osh bulg‘onda, har kimki (bulib o‘tgan jangda) eldan uzub qilich tegurgon bo‘lsa, ul ulushni ul olur” (“Boburnoma”, -B.31a).
Shuningdek, “Boburnoma”da taom-lar borasida o‘quvchi ko‘z o‘ngida Boburning zaharlanish voqeasi gavdalanadi. Bobur Dehlini zabt etganidan so‘ng, ya'ni 933-hijriy yil, rabiu-l-avval oyining 16-kuni (milodiy 1526-yil 12-dekabr) sodir bo‘lgan voqea haqida so‘z bormoqda. Shimoliy Hindistonda hukmronlikni qo‘lga kiritgan Bobur, Panipat jangida halok bo‘lgan Ibrohim Lo‘diyni izzat bilan dafn ettirdi. U, shuningdek, Ibrohim Lo‘diyning harami va qarindoshlariga hech qanday zarar yetkazmay, Dehli atrofida joy ajratib, ularga yengil ish haqi tayinladi. Shunday bo‘lsa-da, Ibrohim Lo‘diyning onasi malika Bua, Boburdan ko‘rsatilgan yuksak hurmatga qaramay, uning hayotiga suiqasd qilishni o‘ylab qoldi. Bobur Ibrohim Lo‘diyning to‘rt bavourchisidan bir nechtasini tanlab, ularni o‘z saroyida ishlatib, hindcha taomlar tayyorlatishga buyurdi. Buni eshitgan malika Bua, Dehliga Ahmad Choshnigirni chaqirtirib, o‘zining eski oshpazini o‘limga mahkum qilmoqchi bo‘ldi. Ahmad Choshnigirga o‘shning cho‘risidan biri orqali ikki misqoldan ortiq zahar yuborildi.
Ahmad Choshnigir zaharni olib, saroydagi hind bavourchisini o‘ziga jalb qilib, unga to‘rt pargana yer va’da qilib, podshohning ovqatiga zahar solishni aytdi. Saroydagi go‘flikdan foydalangan bavourchi zaharni yupqa non ustiga sepib, ustiga yog‘li qalya (qayla) solib berdi.
Kechqurun Bobur tovushqon oshidan yeganidan so‘ng, qalya bilan tayyorlangan ovqatni ham totdi. Ko‘ngli aynigan bo‘lsa-da, bu holatni o‘tgan kuni yegan ko‘k go‘shtidan deb o‘yladi. Dasturxonda bir necha marta ko‘ngli ayniganidan so‘ng, Bobur o‘rnidan turib obxona (yuvinish xonasi)ga yo‘l oldi. U obxona eshigiga yetib borganda qattiq qayt qildi. Bu kabi holat Bobur uchun hech qachon yuz bermagan, shu bois uning ko‘nglida bir shubha paydo bo‘ldi. Bobur bavourchini hibsga olib, qolgan qalviyani itga berishni buyurdi. Ertasiga, o‘sha itning ahvoli og‘irlashib, qorni shu ovqatdan yegan bir-ikki xizmatkor ham qattiq qusdi. Ularning birining ahvoli ancha zaiflashadi, ammo, oxir-oqibat hammasi tuzalib ketadi.
Bobur bu dahshatli voqeani quyidagi misra bilan izohlaydi:
Bu misra “Bir balo yuzaga keldi, ammo yaxshilik bilan yakunlandi” degan ma’noni anglatadi. Bobur o‘zining tirik qolganiga shukr qilib, shunday yozadi: “Tengri menga jon berdi. Men ul dunyodan kelib, onamdan tug‘ildim. Men kasal bo‘lib edim, lekin tirildim. Endi jonning qadrini angladim,” deydi Bobur ("Boburnoma", -B.306a). Zaharni tanadan chiqarish uchun, Bobur uch kun davomida sut ichgan. Jonning qadrini endi anglab yetganini ta’kidlab, yana bitta misra keltiradi: "Kim ular holatga yetsa, ul bilur jon qadrini." Bobur o‘zining tirik qolishini Tangrining inoyati deb biladi. To‘rtinchi kuni Bobur chorboqqa chiqib, bu voqeani o‘z qo‘li bilan yozib, yaqinlari xavotir olmaslikni so‘rab, Qobulga yuboradi.
Z.Teshaboyeva “Boburnoma”dagi oziq-ovqat xususida tadqiqotida iligida xamir bo‘lmoq frazeologik birligini tahlil etadi. Olimaning tavsificha xamir turli xalqlar taomnomasida mavjud va uni turli shakllarga solish mumkinligini ta’kidlaydi. Ushbu ma’nodan kelib chiqib, asarda qo‘llanganligiga misollar keltiradi. Zahiriddin Bobur, Temuriyzoda beklar o‘rtasidagi Husayn Boyqaroning o‘gli Badi'uzzamon mirzo va uning otasining navkarlarini unga nisbatan tutgan munosabatlarini va beklar o‘rtasidagi ziddiyatlarni quyidagi tarzda ta'riflaydi: "Xisravshohni navkarsavdaridan ayirib mundoq zabun qilmasam edi, Kobulni Zunnunning o‘gli Muqimdin olmasam edi, borib mirzoni ko‘rmaklari mumkin emas edi. Badi'uzzamon mirzo xud bularning ilgida xamir edi, bularning so‘zlaridan tajovuz qila olmas edi" (“Boburnoma”, -B.123). Bu misoldagi "ilgida xamir edi" iborasi frazeologik birikma sifatida ishlatilgan [Teshaboyeva 2021]. Tarjimada: «Si je n’avais point sépare Khusrav Chah de ses hommes liges et de ceux de sa suite et ne 1’avais pas à tel point affaibli, si je n’avais point pris Kaboul à Muqiim, fils de Zunnun, il n’aurait pas été possible qu’ils aillent ainsi solliciter le mirza. Quant a Badiiuzzaman Miirza, il était comme de la pate entre les mains de ces gens et ne savait aller contre ce qu’ils disaient («Le livre de Babur», -P.154).
Z.Teshaboyeva "ilgida xamir edi" frazeologik birigi tabdilda va barcha tarjimalarda to‘liq aks etganligini aytadi, jumladan, biz tadqiq etayotgan fransuz tilidagi tarjimasida ham J.L.Bake-Gramon so‘zma-so‘z tarjimadan foydalanganligini guvohi bo‘lamiz.
Chog‘ir – mast qiluvchi ichimlik bo‘lib, asosan tut daraxtining mevasidan tayyorlangan. Bobur dastlab chog‘ir va boshqa kayf keltiruvchi ichimliklarni yoqtirgan va bu uning she'riy asarlarida ifodalangan. Masalan, "Yoz faslida chog‘ir ichmoqning o‘zga holi bor, Kimga bu nasha muyassar bo‘lsa, bordur davlati" degan satrlar mavjud (D., ghazaldan).
Lekin, “Boburnoma”da chog‘ir man qilgani va tavba keltirlgani haqida ma’lumotlar keltirilgan. Bobur Kanva jangidan oldin chog‘ir va boshqa mast qiluvchi ichimliklarni iste'mol qilishni taqiqlovchi farmon chiqargan (1527 y. 14 mart). Shundan so‘ng, chog‘ir va may ichish uchun mo‘ljallangan oltin va kumush idishlar buzilib, ular muhtojlarga sadaqa sifatida berilgan. Boburning o‘ziga xos bek va amirlaridan yana uch yuz kishi o‘sha kuni bunday ichimliklardan ichishdan tavba qilgan.
c) taom tayyorlovchi va tatuvchi oshpazlar: choshnigir, bavurchi, bakovul.
Bular mansab darajasida bo‘lib, bir-biridan pog‘onalarda farqlanadi. Ularning vazifalari saroy amaldorlarining taomlarini tayyorlash va iste’mol qilishlaridan oldin tatib ko‘rish bo‘lgan. “(Kul Boyazidni) bavurchilik martabasidan bakovullik martabasiga yetkurb erdim” (“Boburnoma”, -B.1516Y).
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Ishanjanova M. On the types of ethnosociums and their French translations in the book. The article describes the French translation of ethnosociums and their material and spiritual types, and also highlights their cultural differences in the work ”Baburnoma". New concepts have been created based on the analysis of French translations of these ethnosociums as well as their descriptions, social role. The study of French translations helps to better understand Uzbek terms and contributes to intercultural dialogue.
Ишанжанова М. О видах этносоциумов и их французских переводах в “Бобурноме”. В статье рассматривается отражение этносоциумов во французском переводе” Бобурномы " и описывается их материальный и духовный типы, а также освещаются их культурные различия. На основе анализа французских переводов этих этносоциумов, а также их описаний, социальной роли были созданы новые концепции. Исследования французские переводы помогает лучше понять узбекские термины и способствует межкультурному диалогу.