Aspektuallik hodisasi bilan bog’liq tadqiqotlarda turlicha yondashuvlar mavjud. Mazkur yondashuvlar har bir tilning lingvistik xususiyatiga bog’liq hisoblanadi. Aspekt grammatik kategoriya hisoblanib, harakat va holatning qanday bajarilayotganligini belgilovchi omil hisoblanadi. Aspekt kategoriyasi bilan bog’liq muhim masalalardan biri uning semantik mazmuni hisoblanib, u ko‘pincha fe’l so‘z turkumi bilan chambarchas bog’liq. Ko‘rinib turibdiki aspekt tushunchasini yoritishda fe’l muhim ahamiyat kasb etadi G‘.Mirsanovning masalaga yondashuvi yuqoridagi fikrga oʼxshash. U aspektual vaziyat deganda gapdagi til vositalari yordamida oʼz aksini topadigan aspektual maʼnolarni (harakatning boshlangʼich fazasi, yakuniy nuqtaga intilishi, harakat kechimi yoki harakatning tugallanishi)ni tushunadi, jumladan, harakatning boshlanishi inxoativ aspektual vaziyat, takroriy harakatni iterativ aspektual vaziyat, oʼrta oqimda boʼlgan harakatni protsessual aspektual vaziyat, tugal nuqtaga yetgan harakatni terminativ aspektual vaziyat, harakatning tugallanib biror natijaga kelinganligini natijaviy aspektual vaziyat kabi nomlar bilan atagan (G‘.Mirsanov. 2009. 12, 61). Aspektuallik fe’lga xos xususiyat sanaladi. Shu nuqtayi nazardan fe’llarni leksik xususiyatidan kelib chiqgan holda guruhlash keng tus olgan.
Jumladan, fe’lning aspektual semantikasi fe’lning chegaralanganligi yoki chegaralanmaganligi hamda fe’l ifodalagan harakatning ushbu chegaraga yetganligi yoki yetmaganligi, ya’ni harakatning boshlanganligi, davom etayotganligi va tugagan yoki tugamaganligini tushunamiz (Rizayev, 1997,57). Ushbu ma’nolarni farqlash uchun biz, fe’lning chegaralanganlik /chegaralanmaganlik, xususiyatlarini aksional semantika, chegaraga yetganlik/yetmaganlikni, tugaganlik/tugamaganlikni esa, aspekt semantikasi deb ataymiz. Aksional va aspekt ma’nolarni jismoniy-harakat fe’llari doirasida olganimizda, aksional ma’no deganda subyektning muayyan bir harakatni bajarib bo‘lishi tushunilsa, aspekt ma’no deganda subyektning o‘sha harakatni tugatganligi yoki tugatmaganligi tushuniladi.
Tilshunoslikda chegaralanganlik va chegaralanmaganlik o‘rtasidagi farqlar haqida ko‘plab ta’riflar keltirilgan.
G.Bauer chegaralanganlik /chegara-lanmaganlikni quyidagicha ifodalaydi: "Telic fe’llar" (chegaralangan fe’llar) "harakatning muayyan maqsad yoki natijaga erishishga moyilligini bildiradi, masalan, sotib olish (buy), sotish (sell), erishish (achieve), o‘ylab topish (contrive), ishontirish (persuade) kabi fe’llar telik vaziyatni ifodalaydi”. "Atelik fe’llari" (chegaralanmagan fe’llar) esa aniq maqsadni va natijani ko‘rsatmaydi, masalan, gapirish (speak), yurish (walk), qo‘shiq aytish (sing), turish (stand), o‘tirish (sit), sevish (love), hayratlanish (admire) kabi fe’llar atelic fe’llar hisoblanadi” (Bauer, 1970, 191).
B.Komri ta’rifi ham Bauer ta’rifiga o‘xshash, "Telik vaziyat - aniq belgilangan nuqtaga olib boradigan jarayonni o‘z ichiga olgan vaziyat hisoblanib, u davomiy emasdir; "Atelik vaziyat" esa hech qanday aniq tugallangan nuqtasiga ega emas va bu vaziyat cheksiz, davomiy yoki istalgan nuqtada tugashi mumkin vaziyatdir (Komrie, 1976, 44-45). Demak, ushbu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, telic (chegaralanganlik) fe’llar harakatning o‘z tugal chegarasiga, aniq maqsadiga ega ekanligini ko‘rsatsa, atelic (chegaralanmaganlik) fe’llar esa o‘sha chegaraning va aniq tugash nuqtasining yo‘qligidir.
Z. Vendler esa leksik aspektni 4 turga bo‘lib ularning har biriga umumiy misollar keltirgan.
States: be polite, love, think
Activities: sing, dance, break
Achievements: shatter, reach
Accomplishments: cross (the street), read (the book) (Vendler, 1976, 103-106)
Bu kategoriyalar stative va dynamic (process), durative va punctual hamda chegaralanganlik va chegaralanmaganlik( telic yoki atelic) kabi 3ta semantik xususiyatlari bilan aniqlanadi (Mourelatos, 1981, 201-2).
Maqolamizning obyekti hisoblangan “Build” fe’lining matnlardagi ma’nolarini o‘rganamiz. “Build” fe’li semantik jihatdan tahlil etilganda ham telik (chegaralangan) ham atelik (chegaralanmagan), accomplishment va activity xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Biz o‘z tahlilimizda build fe’lining ma’nolarini aniqlash uchun ingliz tilining izohli lug’atida ushbu fe’lning berilgan asosiy ma’nolarini tahlil qilamiz.
Ushbu izohda build fe’li subyektning biror narsani qurish ma’nosini ifodalagan. Demak, ko‘rinib turibdiki, biror bir binoni qurib tugatilganligi nazarda tutilmoqda va tugatilgan bino natija hisoblanadi. Vendler tasnifiga ko‘ra, o‘z natijasiga ega vaziyat accomplishment turiga kiradi. Shunday qilib ushbu gapda build fe’li accomplishment (Natijaga ega) fe’l hisoblanadi.
Keltirilgan izohda esa build yaratish, barpo etish ma’nosida qo‘llanilgan. Bu gapda esa build fe’li activity (Faoliyat) fe’liga misol bo‘la oladi. Build future, ya’ni kelajakni yaratish mavhum tushuncha bo‘lganligi uchun, natijasini biz ko‘ra olmaymiz.
Aspektual jihatdan build fe’li (1)izohda harakatning chegaralanganligini, ya’ni tugatilganligini bildirayapti (perfective), (2) gapda esa yaratish ma’nosi nazarda tutgan holda, harakatning cheklanmaganligini, (3) natija bor va harakat tugatilgan, ya’ni chegaralanganlik ko‘rsatilgan va so‘nggi (4) gapda harakat davom etayapti, ko‘rinib turibdiki cheklanmaganlikni ifoda etmoqda.
Ingliz tilidagi “to build” fe’lining ekvivalenti sifatida o‘zbek tilidagi “qurmoq”fe’lini olishimiz mumkin.o‘zbekcha-inglizcha lug’atda “ to build” fe’li ifodalagan ma’nolar o‘zbek tiliga qurmoq, yaratmoq, rivojlanmoq, o‘smoq, o‘rnatmoq kabi fe’llar va fe’l birikmalari orqali berilgan.
Quyida ushbu fe’llarning ma’nolarinio‘zbek tili izohli lug’atidan ko‘rib chiqamiz.
“Urushda mehnat frontida Magnitogorskdagi zavodlarning g’ishtini terdi, staxanovchi bo‘lib shuhrat qozondi. Qaytib kelgach, qorovulxonada yog’och uy qurdi, urmonchilik bilan mashg’ul bo‘ldi”(Chingiz Aytmatov, Oq Kema, 6). Ushbu gapda qurmoq fe’li uy qurish, subyektning ma’lum bino yoki narsani qurushi ma’nosini nazarda tutmoqda. Ko‘rinib turibdiki, ushbu gapdagi build fe’li ingliz tilidagi kabi ma’noni ifodalaganligi uchun, accomplishment, telik (chegaralangan) fe’l turiga kiradi.
“Sapiporqul akang uyini yangi turmush qildi; oqlatdi, darchaning oʼrniga deraza qurdi” ( А. Qahhor, Qoʼshchinor chiroqlari).
Ushbu berilgan izohda esa biror bir narsani o‘rnatish, derazani o‘rnatgani joylashtirgani ta’kidlanmoqda. Bunda ham fe’l natijaga hamda chegaralangan nuqtasiga ega, shuning uchun ham accomplishment, telik (chegaralangan) fe’l turiga kiradi.
Quyida berilgan misollardan ko‘rinib turibdiki, vaziyat hech qanday chegaraga, natijaga ega emas, shuning uchun ham, kontekstdan kelib chiqqan holda, qurmoq fe’lini activity fe’lga hamda atelikvaziyatga misol bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan izohlardan kelib chiqib, qurmoq fe’lining aspektual ma’nolarini tahlil qilamiz. (1), (2), (3) va (5) ma’nolarda fe’l ifodalagan harakat natijani ko‘rsatmoqda, harakat tugatilgan, demak, ushbu hollarda buzmoq fe’li chegaralangan aksional xususiyatga, harakatning tugatilganligi esa aspektual xususiyatga ega. (4) gapda esa qurmoq fe’li kontektsdan harakatning davom etayotganligini, tugatilmaganini tushunishimiz mumkin.
Quyida ikkala tildagi keltirilgan misollarni ko‘rib chiqib, qurmoq fe’lini ingliz va o‘zbek tillarda ham deyarli bir xil ma’noda kelayotganligini, ikkala tilda ham chegaralangan/chegaralanmagan (telic/atelic), tugatilgan/tugatilmagan (perfective/imperfective) ma’nolarida ham qo‘llanilishi mumkin ekan.
Demak, qurmoq fe’li aksional jihatdan chegaralangan/chegaralanmagan, aspektual jihatdan esa tugatilgan/tugatilmagan xususiyatlarning mavjudligi sababli, uni ikki aspektual, aksional xususiyatli fe’llar guruhiga kiritishimiz mumkin ekan hamda ingliz tilidagi ikki aksional xususiyatli jismoniy harakat fe’li build ga o‘zbek tilidagi ikki aksional xususiyatli qurmoq, barpo etmoq sinonim sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Adabiyotlar:
Даминова О. Аспектуальная семантика глаголов "build" “qurmoq”(по материалам английского и узбекского языков). Существуют разные взгляды лингвистов на аспектуальность, и аспектуальные значения все еще изучаются. В данной статье рассматривается аспектуальная семантика глаголов «build» в английском языке и «курмок» в узбекском языке, их употребление в английских и узбекских литературных текстах, их различные значения и видовые значения в обоих языках.
Daminova O. The aspectual semantics of verbs “build” and “qurmoq” (Based on English and Uzbek materials). There are different views of linguists regarding aspectuality, and aspectual meanings are still being studied. This article discusses the aspectual semantics of the verbs "build" in English and "qurmoq" in Uzbek, the usage of these verbs in English and Uzbek literary texts, their different meanings and aspectual meanings in both languages.