Bugungi kunda O‘zbekiston ta’lim tizimi xalqaro standartlarga mos ravishda jadal rivojlanib bormoqda. Ta’lim jarayonini isloh qilish, uni innovatsion texnologiyalar bilan boyitish, o‘quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish asosiy vazifalardan biridir. Yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur, yuksak axloq va ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini oshirish bugungi kunning eng dolzarb masalalasidir. Xalqaro hamkorlik aloqalarining kengayishi, O‘zbekistonning jahon iqtisodiyoti va madaniy makoniga integratsiyalashuvi natijasida xorijiy tillarni mukammal bilgan mutaxassislarga talab yanada ortib bormoqda. Shu bois, xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘rganish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: Ta’lim sohasining yana bir eng asosiy vazifasi bugungi kun uchun zarur bo‘lgan yangi avlodni, ilm-fan va o‘z ixtisosligi asoslarini puxta egallagan, bilimli yoshlarni tarbiyalashdan iboratligi shubhasiz [1: 230]. Shunday ekan, interfaol o‘qitish usullari, masofaviy ta’lim, sun’iy intellektga asoslangan ta’lim platformalari yoshlarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Xususan, yangi o’qitish usullari o‘quvchilarning tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda samarali natija bermoqda. Til o’rgatuvchi pedagog endilikda nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quv jarayonini boshqaruvchi, yo‘naltiruvchi va rag‘batlantiruvchi shaxsga aylanmoqda. Til o’rgatish jarayonida multimediya texnologiyalaridan, virtual laboratoriyalardan, zamonaviy darslik va elektron resurslardan foydalanish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda. Chet tillarni o‘qitishda eng muhim jihatlardan biri – bu talabalarda kommunikativ yondashuvni shakllantirib borishdir. Talabalarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni real hayotiy vaziyatlarda chet tilida muloqot qilishga o‘rgatish asosiy maqsadimiz hisoblanadi.
Sun’iy intellekt texnologiyalari – chat-botlar, tarjimon dasturlar va ovozli assistentlar orqali chet tilini amaliy mashq qilish, zamonaviy texnologiyalar yordamida til o‘rganish imkoniyatlarining kengayishi O‘zbekiston yoshlari uchun katta istiqbollar eshigini ochmoqda. Bugungi kunda ta’lim tizimini modernizatsiya qilish va rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida xorijiy tillarni, ayniqsa, ingliz tilini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar joriy etilib, yangi sifat darajasiga ko‘tarilmoqda. Bu esa, yosh avlodning xalqaro maydonda raqobatbardosh kadr sifatida shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun, dars jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. An’anaviy ta’lim metodlaridan farqli o’laroq, yangi texnologiyalar quyidagi afzalliklarga ega:
– O‘quvchilarning faolligini oshirib, ularni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi;
– Ingliz tili bo‘yicha muloqot muhitini shakllantiradi va tilni tezroq o‘rganishga yordam beradi;
– Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlan-tirishga yordam beradi [2: 45].
Pedagogik texnologiyalar talabalarning ehtiyojidan kelib chiqib, oldindan loyihalashtirilgan va natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni o‘z ichiga oladi. Bu esa har bir talabaning individual qobiliyatlarini inobatga olgan holda ta’lim berish imkoniyatlarini yaratadi.
Chet tillarini o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish auditoriyaga yangilikni va o’ziga xos atmosferani olib kiradi. Hozirgi kunda quyidagi ilg’or metodlar samarali hisoblanadi:
Guruh bilan ishlash – talabalarning bir-birlari bilan muloqot qilish imkoniyatini beradi.
Dars jarayonida multimedia vositalari, interfaol darsliklar va onlayn platformalar talabalarning til bilish darajasini mustahkamlaydi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish chet tili darslarini yanada samarali o‘tish imkonini beradi. Bular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Multimedia vositalari (audio va video materiallar) – eshitish va ko‘rish orqali tilni o‘rganish samaradorligini oshiradi.
Kompyuter va internet texnologiyalari – mustaqil o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Elektron darsliklar va onlayn resurslar – qo‘shimcha manbalardan foydalanish imkonini beradi.
Bu texnologiyalar o‘quvchilarga chet tilida muloqot qilish, matnlarni tushunish va yozma nutqni rivojlantirish imkonini beradi.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni xorijiy tillarni o‘qitishda qo‘llash nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muammolarni hal qilish va muloqot qilish qobiliyatlarini ham rivojlantiradi. Bu esa, yosh avlodning xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi [3: 68]. Shu sababli, pedagog-o‘qituvchilar zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishlari hamda dars jarayonlarini interfaol va innovatsion usullar bilan boyitishlari zarur. Bugungi kunda yuqori kasbiy malakaning asosiy talablaridan biri – chet tillarini mukammal bilish bo‘lib qoldi. Xalqaro muloqot tillari orasida yetakchi o‘rinni egallab kelayotgan ingliz tilini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ingliz tilini o‘qitish ilmiy yondashuv asosida, zamon talablariga mos ravishda amalga oshirilmoqda.
Chet tillarni o‘qitish jarayonida ilg‘or texnologiya va innovatsion mexanizmlarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘qitish metodlarining zamonaviy talablarga javob berishini ta’minlash – pedagog-olimlarning asosiy vazifalaridan biridir. Chet tillarni o‘qitishda faqatgina an’anaviy usullardan foydalanish emas, balki yangi pedagogik g‘oyalar va innovatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali rivojlanish va taraqqiyotga erishish mumkin.
Ilg‘or texnologiyalar shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni aks ettiradi va bu esa, har bir talabaga individual yondashish imkonini yaratadi. Natijada talabalar nafaqat bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallaydi, balki ularning shaxsiy rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayoniga integratsiya qilinishi chet tillarni o‘qitish saviyasini oshiradi. Jumladan, ingliz tilida mutolaa qilish, muloqot qilish va yozma nutq malakalarini shakllantirish uchun elektron manbalar, multimediya vositalari va onlayn ta’lim platformalaridan foydalanish talab etiladi [4: 25].
Shunday ekan, oliy ta’lim tizimida zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini ishlab chiqish, kasbiy dasturlarni takomillashtirish va ilmiy izlanishlarni rivojlantirish chet tillarni o‘rganishga qaratilgan muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Ingliz tilida muloqot qilish, nutqni tushunish, mutolaa qilish va yozish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun kasbiy adabiyotlarni o‘qish, ilmiy tezislar yozish hamda yozma axborot almashish jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, zamonaviy ta’lim muhitida internet texnologiyalari va raqamli resurslardan keng foydalanish imkoniyati talabalar uchun katta ahamiyat kasb etadi. Til o‘rganish jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish talabalar va yosh mutaxassislarning raqobatbardoshligini oshirishga, xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Bugungi globallashuv sharoitida chet tillarini, ayniqsa, ingliz tilini mukammal bilish – har bir iste’dodli yoshning o‘z sohasi bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lishi uchun muhim shartlardan biridir. Shu sababli, chet tillarni o‘qitishning ilg‘or uslublarini Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida ishlab chiqish va ta’lim jarayoniga joriy etish – olimlar va mutaxassislar oldida turgan dolzarb masalalardan biridir.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish esa, til o‘rganish jarayonini samarali, qulay va interfaol qilishga xizmat qiladi. Shu boisdan yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashda chet tillarini o‘qitishning innovatsion usullariga e’tibor qaratish zarur.
Bugungi kunda yurtimizdagi barcha ta’lim, fan, madaniyat va ma’rifat muassasalari ta’lim portali va internet tizimi bilan ta’minlangan. Bu esa masofaviy ta’lim usullaridan foydalanish, talabalar uchun axborot-kommunikatsiya xizmatlarini kengaytirish imkonini bermoqda.
Xulosa qilib aytganimizda, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi nafaqat keng bilim va professional ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yosh mutaxassislarni tayyorlash, balki ularning chet mamlakatlardagi tengdoshlari bilan samarali muloqot qilish, global o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish hamda jahondagi ulkan intellektual boyliklardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. Bunda xorijiy tillarni chuqur o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Maликова И. Значение современных педагогических технологий в обучении иностранным языкам. В статье рассматриваются развитие современной системы образования и инновационные подходы к обучению иностранным языкам. Особое внимание уделяется вопросам внедрения передовых педагогических технологий в образовательный процесс и эффективного использования информационно-коммуникационных технологий. Анализируется значимость современных технологий, направленных на развитие практических знаний и умений студентов в процессе обучения иностранным языкам.
Malikova I. The importance of modern pedagogical technologies in foreign language teaching. This article explores the development of the modern education system and innovative approaches to foreign language teaching. It examines the integration of advanced pedagogical technologies into the educational process and the effective use of information and communication technologies. The article also analyzes the significance of modern technologies aimed at enhancing students’ practical knowledge and skills in learning foreign languages.