FRANSUZ TILI NUTQ KLISHELARINING STRUKTURAVIY TAHLILI

Muloqot, insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabat va til yordamida bir-biriga ta’sir qilish jarayoni sifatida tushuniladigan nutq aloqasidir. Jamiyatining uzoq va murakkab rivojlanish jarayoni davomida tilda turli birliklarining paydo bo‘lishiga olib keldi, bu esa suhbatdoshga o‘z fikrlarini yanada aniq va ravshanroq ifodalash imkonini yaratdi. Voqelikning ongimizda qayta-qayta takrorlanishi natijasida nutqimizda tayyor nutq formulalarini hosil bo‘lishiga olib keladi va ushbu formulalar muloqot jarayonida osongina takrorlanib aloqani avtomatlashtiradi. Buning natijasida esa so‘zlovchi va tinglovchi katta kuch sariflamagan holda, aqliy energiyasini va vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Klishelar — bu ma’lum bir kontekstda tez-tez ishlatiladigan, oddiy va tanish ifodalar bo‘lib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari bor. Klishelar asosan til va madaniyatning umumiy qoidalariga bog‘liq bo‘lib, ularning samaradorligi va kuchi kontekstga va auditoriyaga qarab o‘zgaradi.

Klishelar og‘zaki nutqning muhim qismi hisoblqnib, ular kommunikativ jarayonda ma’lum bir rol o‘ynaydi. Klishe, ya’ni tayyor ifoda va iboralar, odatda, jamiyatda keng tarqalgan va ko‘pchilik tomonidan tanilgan bo‘lib. Ularning asosiy vazifasi muloqotni soddalashtirish, tez va aniq ma’lumot yetkazishdir. Klishelar yordamida nutq samaradorligi oshadi, chunki ularning ma’nosi ko‘p hollarda oson tushuniladi.

Klishelar kundalik nutqimizda juda ko‘p va tez-tez qo‘llanilishi fikrni qisqa va aniq bayon qilish imkonini berish bilan birga, o‘zida aniq ma’noni saqlagan holda, ma’lumotlarni oson va tezda yetkazishga ham yordam beradi. Bunday ifodalar o‘z navbatida juda tez esda qolishi, oson topilishi bilan nutqdan nutqqa tez yoyiladi va ossonlik bilan shakllanadi.

Shuningdek, klishelar muayyan kontekstlarda hissiyotni o‘zaro ta’sirni kuchaytirishi ham mumkin. Masalan, “avec mon coeur”, “amicalement”, “Oh là là !”, “Oh mon Dieu!” kabi ibora, tinglovchilarda hissiy empatiyalatni uyg‘ota oladi. Biroq, klishelarni haddan tashqari ishlatish natijasida, nutq chiroyli, lekin ma’nosiz bo‘lib qolishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, kommunikativ jarayonda noaniqlik keltirib chiqaradi.

Uolter Redferni fikriga ko‘ra, klishe  mehnatni tejash vositasidir. Har bir inson bitimlar tuzishni va narsalarni arzon, kam xarajat va kam kuch bilan olishni yaxshi ko‘radi. Klishe - bu dangasalikning bir turi, eng kam qarshilik chizig‘i […] hatto  o‘zi "menga yoqmagan g‘oya" sifatida ko‘pincha qulay qisqartma bo‘lib xizmat qiladi, shuning uchun o‘tmish madaniyatlarida mavjud bo‘lmagan "klishe" atamasi yoki unga qarindosh so‘zga nisbatan dushmanlik munosabati vaqtga va hech bo‘lmaganda ba’zi jamiyatlarga tarqalishi kerak [ Walter 1998:17].

Umuman olganda, og‘zaki nutqdagi klishelar, fikrlarni ifodalashda va ma’lumot almashishda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Ular murakkab fikrlarni soddalashtiradi, vaqtni tejaydi va samimiylikni oshiradi. Ammo, klishelarni o‘rinli va me’yorda qo‘llash zarur, chunki ularning ortiqchasi nutqning yangiligini va qiziqarliligini kamaytirishi mumkin.

Kundalik diskursda nutqiy muloqotning stereotipli hodisalarini o‘z ichiga oladigan tadqiqotlar so‘nggi yillarda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda va aynan shu hodisalarini xilma-xil tomonlarini "klishe" tushunchasi misolida ko‘rishimiz mumkun va ushbu maqolada klishelarning strukturaviy turlarini ko‘rib chiqamiz.

Nutq klishelarining strukturaviy tahlili kommunikativ jarayonlar, adabiyot va tilshunoslik sohalarida muhim ahamiyatga egadir.

Adabiy va so‘zlashuv uslubidagi nutqning til vositalaridan biri bo‘lgan klishelar, fransuz tilidan kirib kelgan bo‘lib, XIX asrning boshlarida tipografiya termini sifatida paydo bo‘lgan va nutqga “il tire son cliché” iborasi yaniy bir gapni qayta-qayta takrorlagan odamlarga nisbatan ishlatilishi natijasida kirib kelgan [Lovatova 2023:5].     

Deyarli o‘zini yo‘nalishidan chiqib ketgan, avvalo bosmaxona termini (1809- y) va keyinchalik fotografiya olamidagi  «qorong‘u suratxonalarda paydo bo‘lgan negativ rasm» (1865- y) degan ma’noga ega bo‘lgan. Mujskoy roddagi «cliché» otiga  nisbatan kamroq qo‘llaniladigan «clicher» fe’lining o‘tgan zamon sifatdoshining otlashgan shaklidan yasalgan bu atama keyinchalik majoziy ma’noda  « siyqasi chiqqat jumla yoki fikr » (1869) ga o‘zgaradi va uning yashovchanligi natijasida yangicha qo‘llanilish turi, otning aniqlovchisi paydo bo‘ladi. Bu jarayon tippografiya terminini klisheni nutq klishesiga aylanishiga sabab bo‘ladi.

Ushbu  ta’rif  klishening mutloq kengaytirilgan semantik izohini taklif qilgan holda, bu eng avvalo yangi otlarga o‘z ta’sirini  ko‘rsatishni to‘xtatmaydigan  yangicha qo‘llanilish usulini o‘rganishni davom ettiradigan sifat deya qarashga undaydi.

Kliselar nutqning muayyan bir sharoitda va kontekstlarda osongina takrorlanib ishlatiladigan “nutqiy qolip”dir [Jalolov 1996:151]. Lug‘aviy ma’nosi turli xil bo‘lgan, takror qo‘llanilishi  sababli siyqasi chiqan, biroq semantik ma’nosini saqlab qolgan   holda konstruktiv birlikni hosil qiladi. Nutq klishelari barqaror, odatiy, shaklan qisqa va grammatik jihatidan bir turli bo‘lmagan, odatiy nutqiy kontekst va vaziyatlarda takrorlanish xususiyatiga ega bo‘lgan iboralardir [Бурунский 2014:4].

O‘zbek tilining izohli lug‘atida berilishicha klishe so‘zi [fr.cliché < clicher – bosib iz qoldirmoq] poligr. Qog‘ozga bosish uchun metall, yog‘och yoki toshga tushirilgan bo‘rtma harf, surat, plan va shu kabi ma’manolar bilan izohlangan [Вegmatova.E, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev 2020: 338].

O.S.Axmanova o‘zining lingvistik terminlar lug‘atida esa: “Kлише (штамп) англ. Cliché, stereotyped expression, фр. Cliché, нем. Klischee, feste Wendung, исп. Cliché, frase estereotipada. Избитое, шаблонное, стериотипное выражение, механически воспроизводимое либо в типичных речевых и бытовых контекстах, либо в данном литературном направлении, диалекте и т. п” [Ахманова 1969: 197-198] deya ta’rif beriladi.

Lug‘aviy tahlillarga ko‘ra klishe (majoziy ma’noda) formula [yoki rasm, yoki chizma, yozuv yoki jarayon] tayyor, qotib qolgan, eskirgan, mexanik takrorlash tufayli oddiy holga kelgan; yuqorida keltirilga siyqasi chiqqanlik fikrni anglatuvchi  ; le stéréotype (steriotip), le lieu commun (hammaga ma‘lum xaqiqat), le déjà-vu (allaqachon ko‘rilgan), le kitsch (nusxa ko‘chirmoq), le poncif (siyqasi chiqqan namuna) va hattoki l'idée-reçue (aniq haqiqat) kabi sinonimlar bilan ifodalanadi.

Bundan tashqari ushbu tayyor nutq birliklarining “nutq shtamplari”, “suhbat formulalari”, “stereotipik gaplar”, “muzlatilgan konstruksiyalar”, “vaziyatli klishelar”, “nutq klishelari” [Корзина 1991:26] kabi ta’riflari ham mavjud bo‘lib. Ushbu atamalarning keng qo‘llanilishiga qaramay, ularning mazmuni hali ham aniq emas va bu tushunchalarning ta’riflari umumiy ma’noda berilgandir.

V.Vinogradovning takidlashicha, “inson ongi tez-tez takrorlanuvchi vaziyatlarni aks ettiradi va shu bilan birga tegishli psixologik me’yorlarni keltirib chiqaradi, bu esa o‘z navbatida tilda klishe shaklida aks etadi” [Виноградов 1977: 317]. Shu bilan birga, klishelar qabul qilinadigan vaziyatlar stereotipli hisoblanadi va yangi jumlalar va iboralar qurishni talab qilmaydi, chunki allaqachon muloqotni osonlashtiradigan va kuchni tejaydigan tayyor universal formulalar mavjudir [Будагов 1970: 3-14]. Bundan hulosa qilishimiz mumkunki, tayyor nutqiy formulalardan foydalangan xolda  so‘zlovchining nutqiy xatti-harakatlarini oldindan bilish imkonini beradi.

Klishe faqat 19-asrning oxirgi uchinchi davridagina keng tarqalgan so‘zga aylana oladi va uning siyqasi chiqqanlik ma’nosini anglatishini anglash yozuvchilar orasida bir asrni o‘z ichiga oladi. Bu so‘zning kutilmaganda paydo bo‘lishi  adabiy shakllar tarixining va uslubiy fikrning  bir davriga o‘z izini qoldiradi.

Mashhur romanlardan olingan murakkab va chuqur his-tuyg‘ularni ifodalashga harakat qilinganda yozuvchilar qiynalganlar va shu sababdan ushbu  idiomalarni o‘rniga klishelarni ishlatishga odatlanishgan va shu tariqa klishelar adabitotga kirib keladi. Biroq R. de Gurmonning fikricha, klishelar buyuk yozuvchilarga taqlid qilish natijasida « yomon adabiyot »dan paydo bo‘lgan deya hisobllagan va uni aytishicha:

 "Biz yomon yozuvchilarga etarlicha e’tibor bermaymiz; aytmoqchimanki,  biz ularni qattiq qo‘lik bilan jazolashimiz lozim "[ Gourmont 1985: 300].

Klishelarning og‘zaki nutq birliklari sifatidagi hisobga olsak, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, bu til vositalari turli xil shakliga ega bo‘lib, nutqda qo‘llanilishi natijasida turli hissiyotlarni, vaqtni, makonni va turli kummunikativ maqsadlarni ifodalaydi. Bu so‘zlovchining niyati va muloqot shakli bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, u bo‘layotgan voqealarga bo‘lgan qiziqishini, ishtirokini va munosabatini aks ettira oladi. Albatda, har bir holatga mos ravishda turli xil intonatsiyalardan foydalangan holda. Olib borilgan ishlar natijasida va nutqda turli vaziyatlarda qo‘llanilishi natijasida klishelarni quydagi 23 guruhlarga [Корзина 1991:29] bo‘ladi:

I. salomlashish

II. aloqa qirishish

III. tasdiqlash, rozilik, ma'qullash

IV. ijobiy baholash, tasdiqlash

V. kechirim so‘rash, kechirish, pushaymonlik

VI. tabriklar

VII. maslahat

VIII. mamnunlik, quvonch

IX. inkor etish, salbiy baholash, rad etish

X. hadik, qoʻrquv

XI. shubha

XII. hayrat

XIII. rag‘batlantirish

XIV. loqaydlik

XV. taqiq

XVI. iltimos

XVII. tasalli

XVIII. norozilik, g‘azab, e’tiroz

XIX. ayblov, tahdid

XX. suhbatda tashabbusni qo‘lga olish

XXI. xayirlashuv

XXII. xushmuomalalik formulalari

XXIII. obrazli ifodalar

Shuni takidlab aytishimiz keraki, quydagi berilgan klishelar royhati yakuniy shaklga ega emas.

Til hodisalarini strukturaviy va tizimlilik nuqtai nazaridan oʻrganish deganda: a) tizimni tashkil etuvchi elementlar majmuini aniqlash, buning uchun ularni turdosh hodisalardan farqlash, ularni aniqlash tamoyillarini belgilash; b) bu ​​elementlar orasidagi ichki munosabatlar va aloqalarni, ularning ierarxiyasini, shuningdek, ba’zi elementlarning boshqalardan hosil bo‘lish yo‘llarini ochib berish tushuniladi [Гак 2000:8]. Shaklan frazeologik birliklarga o‘xshash, biroq nutqdagi qo‘llanish vazifasida, hamda grammatik taxlilda biz ba’zi farqlarni ko‘rishimiz mumkun.

S.A Korzinaning fikricha, nutq klishelari - bu maxsus so‘zlashuv formulalari bo‘lib, turli idiomatik, nostandart ta’limdan farqli o‘laroq, muayyan muloqot sharoitida odamlarning eng tipik og‘zaki holatlarini ifodalash uchun ishlatiladiganmaxsus suhbat formulalaridir. O‘z navbatida L.I.Iliya klishelarni grammatik (strukturaviy) taxlil qilganda, ularni III guruhga bo‘ladi [Илия 1964: 45]:

I – guruh klishelari: ikki bo‘laklik klishelari kiradi va bular o‘z navbatida:

a) sodda yig‘iq  b) sodda yoyiq shakillariga egadir;

II- guruh klishelari, bir bo‘lakli klishelari:

  1. otlashgan
  2. fe’lashgan;

III- guruh klishelariga: murakkab gapning bir qismi.

Fransuz tilida kommunikativ xarakterga ega bo‘lgan nutq klishelarini muloqotdagi vazifasi har qanday hodisa va vaziyatni tavsiflash uchun ixcham shaklga ega bo‘lishdir. V.M. Burunskiy o‘z navbatida nutq klishelarini to‘rt guruhga bo‘lgan:

1) ikki bo‘laklik gaplar

2) bir bo‘laklidan ikki bo‘laklikga o‘tish shakllari ega bo‘lgan gaplar

3) bir bo‘lakli gaplar

4) to‘liqsiz gaplar [Бурунский 2014:6].

Ushbu maqolada biz, V.M. Burunskiyning nurq klishelarini o‘rgangan ishlariga tayangan holda, klishelarni grammatik jihatidan shakillarini quidagicha tahlil qildik.

1.Ikki bo‘laklik gaplar o‘z navbatida yana ikkiga bo‘linadi bular

  1. sodda yig‘iq gaplar: Ça marche? Avec plaisir! Bien sûr. Ça dépend.
  2. sodda yoyiq gaplar: Ça ne court pas les rues. Ça par exemple. Ça vaut la pein.

Quydagi misollar orqali, fransuz tilidagi nutq klishelarining ikki bo‘lakli gaplari orasida biz ko‘p uchratayotgan ko‘rsatish olmoshi bo‘lgan “cela” va “ceci” so‘zlari ega vazifasida keluvchi xolatlarni ko‘rishimiz mumkun.Biroq nutq klishelari orasida  “cela” va “ceci” olmoshlarini o‘rniga biz ko‘proq “ça” ko‘rsatish olmoshini uchratamiz, chunki bu olmoshdan foydalanish natijasida gaplar yanada ixchamlashadi.

Klishelarga grammatika tahlilini amalga oshirish, asosan, ularning tuzilishi va vazifalarini aniqlashdan iborat. Klishelar — bu ma’lum bir kontekstdagi keng tarqalgan iboralar yoki ifodalardir. Ular ko‘pincha aniq va tushunarli ma’noni ifodalashda ishlatiladi, shuning uchun ularning grammatika tarkibi muhim ahamiyatga ega. Klishelar ko‘pincha o‘zgarmas strukturaga ega bo‘lib, ularning grammatika jihatidan tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular zamon, shaxs va son jihatidan o‘zgarmaydi. Masalan, "Bonjour" yoki "Bon nuit" kabi iboralar doimo bir xil shaklda qoladi. Bunday ifodalar, odatda, biror fikrni yoki hisni tez va samarali yetkazish uchun ishlatiladi.

Grammatika tahlili davomida klishelarning sintaktik va semantik jihatlari ham o‘rganiladi. Sintaktik jihatdan, klishelar ko‘pincha oddiy yoki murakkab gaplar ichida ishlatiladi, shuningdek, ular qo‘shma va qisqa gaplarda ham uchraydi. Semantik jihatdan esa, klishelar ma’lum bir kontekstda muayyan hissiy holatlarni yoki fikrlarni aks ettiradi.

Bundan tashqari, klishelarning grammatika tahlili ularning til va kommunikatsiya jarayonlaridagi o‘rni va ahamiyatini chuqur tushunishga yordam beradi.

Klishelarning mohiyatini og‘zaki aloqa birliklari sifatida ko‘rib chiqish natijasida shuni ta’kidlash mumkinki, ushbu til vositalari adabiy va so‘zlashuv uslubidagi nutqning tipik tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, nutqning normativlik, spontanlik, hissiyotlilik kabi xususiyatlarini aks ettiradi. Turli darajadagi hissiyotlarni ifodalash uchun turli xil klishelar ishlatiladi, ammo har bir vaziyatga mos keladigan har xil intonatsiya bilan ifodalanadi. Klishelar to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘zlovchilarning nutq niyatlari va aloqa holati bilan bog‘langan holda atrofida aks etayotgan o‘z munosabatini, qiziqishini va ishtirokini  aks ettira oladi. Klishelar muloqot jarayonida suhbatdoshlar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalanadigan yoki ular tomonidan yaratiladigan barcha turdagi  replikalarni o‘zida jamlaydigan "nutq tayanchlari" desak maqsadga muvofiq bo‘lardi.

Shunday qilib, nutq klishesining ta’rifi sifatida biz quyidagilarni taklif qilamiz: nutq klishesi —bu o‘ziga xos muloqot sharoitida odamlarning eng tipik og‘zaki reaktsiyalarini ifodalash uchun ishlatiladigan, nostandart ta’lim, aniq semantik stabilizatsiya bilan ajralib turadigan, vaziyat va ijtimoiy muhit bilan bog‘liq bo‘lgan va nutq faoliyatining motivlarini etkazadigan maxsus so‘zlashuv formulalari. Nutqda ko‘p takrorlanishi natijasida  ular nutqqa ravonlik va vaziyatga yo‘naltirilgan xarakter beraoladigan, tilni tejovchi vosita sifatida bir qator afzalliklarga egadir.

Nutq klishelarini tahlil qilish, nutqning estetik va kommunikativ funksiyalarini chuqur tushunishga imkon beradi. Klishelar, odatda, ma’lum bir kontekstda tez-tez ishlatiladigan ifodalar bo‘lib, ular ijodiy nutqning o‘ziga xosligini kamaytirishi mumkin. Biroq, ularning ma’lum vaziyatlarda samaradorligini ham inobatga olinishi zarur. Ular ko‘pincha fikrni tez va aniq ifodalashga yordam beradi, ammo bu muayyan ifodalar nutqni bir xil va takroriy qilishi mumkin. Shuning uchun, nutq klishelarini tanqidiy tarzda tahlil qilish, ularni qanday va qachon ishlatish muhimligini ta’kidlaydi. Bu esa nutqni yanada boyitishga va ijodiy ifodalashga yordam beradi.

Nutq klishelarini  tahlil qilish natijasida, ular nutqda qo‘llanilishi nutq samaradorligini oshirish uchun muhimligi aniqlandi. Klishelarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularning ishlatilishi konteksti, nutqni boyitishga va ijodiy ifodalashga yordam beradi. Ularning samarali ishlatilishi nutqni yanada qiziqarli va mazmunli qiladi, biroq ular ortiqcha va takroriy ishlatilganda, nutqning ijodiyligini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun, nutq klishelarini tanqidiy va ehtiyotkorlik bilan tahlil qilish, ularni qanday va qachon ishlatishni belgilash zarur. Bu nutq jarayonini yanada boyitishga va so‘zlovchi yoki tinglovchida ijobiy taassurot qoldirishga yordam beradi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Jalolov J. Chet tili o‘qitish metodikasi. - Toshkent «O‘qituvchi» 1996 yil 151 b.
  2. Виноградов В.В. Избранные труды: Лексикология и лексикография / отв. ред. и авт. предисл. В.Г. Костомаров. – Москва: Наука, 1977. – 317 с.6.
  3. Гак В. Г. Теоретическая грамматика французского языка. – М.:Добросвет, 2000. – 832 с.
  4. Илия Л.И. Грамматика французского языка. - М., 1964. -….. c.
  5. Корзина.С. А., Французский язык речевые клише в диалогической речи, стр-29.
  6. GOURMONT Remy de, Esthétique de la langue française (Mercure de France, 1899), rééd. Éditions Autrement dit, « Les Introuvables », 1985 (« Le cliché »), 300-bet.

 

Foydalanilgan lug‘atlar ro‘yxati:

 

  1. Ахманова О.С., Словарь лингвистических терминов, Москва-1969. 2е издание, 197-198 стр.
  2. Вegmatova.E, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, T. Mirzayev va boshqalar, O‘zbek tilining izohli lug‘ati, 338 bet.
  3. Grand Larousse Illustré 2016, Paris, Larousse, 2015, p. 260.

 

Foydalanilgan jurnallar ro‘yxati:

 

  1. Natacha Lovatova « Le cliché - Figure de style » [définition et exemples]  2023 4-12 p.
  2. Olimjonovna, K. N. (2023). LEXICO-SEMANTIC FEATURES OF CLICHES IN FRENCH. American Journal of Philological Sciences3(02), 60-65 b.
  3. Olimjonovna, X. N. (2024). FRANSUZ TILIDA KLISHE VA STERIOTIP TUSHUNCHALARINING O ‘ZIGA XOS TOMONLARI. IMRAS7(1), 711-714.
  4. Будагов Р.А. Человек и его язык (Заметки об отношении людей к литературному языку) // Вопросы языкознания: науч. журн. – Москва, 1970. – № 6. – С. 3–14.
  5. Бурунский В. М. “Структурные типы речевых клише французского и английского языков”. Электронный научный журнал Курского государственного университета. 2014. № 3 (31) 1-10 с.
  6. Walter Redfern, Clichés and Coinages(Oxford: Wiley Blackwell, 1989), 17-p.

 

Хасанбоева Н. Структурный анализ французских речевых клише. В данной статье представлен структурный анализ речевых клише. Наряду с изучением значения клише, их места в контекстах употребления и коммуникации, также обсуждается эффективность и влияние их использования. Результаты показывают эффективные стороны речевых клише, а также положительные стороны использования речевых средств для их развития в общении.

 

Khasanboeva N. Structural analysis of french speech cliches. This article presents a structural analysis of speech clichés. Along with exploring the meaning of clichés and their place in contexts of use and communication, the effectiveness and impact of their use is also discussed. The results show the effective aspects of speech clichés, as well as the positive aspects of using speech means for their development in communication.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati