Hozirgi kunda axborot kommunikativ texnologiyalari rivojlangan bir paytda bo‘g‘in va uning qonun-qoidalari xususida bosh qotirishning unchalik ahamiyati yo‘qdek tuyuladi. Negaki, ko‘pchilik qo‘lda yozishdan ko‘ra, bir yo‘la kompyuterda yozishni xush ko‘rishadi. Kompyuter orqali yozganda esa so‘zlar avtomatik tarzda satrlarga moslanadi va natijada, so‘zlarni bo‘g‘inga ko‘chirish borasida inson miyasini ishlatishga ham hojat qolmaydi. Bu - bir tomondan yaxshi, ya’ni qimmatli vaqt tejaladi, ikkinchi tomondan esa, insonning lisoniy bilim va ko‘nikmalariga doir intellektual qobiliyati sustlashishiga olib keladi.
So‘nggi vaqtlarda axborot texnologiyalari ta’sirida ulg‘aygan kenja avlod vakillari orasida yozma ish yozish talab qilinadigan ijodiy topshiriqlarda so‘zlarni bo‘g‘inga ajratish masalasida ancha savodsizlik holatlari ko‘zga tashlanadi. Masalan, fransuz tili bo‘yicha til bilish darajalarining DELF/DALF sinovlarini topshirishdagi yozma ishlarning bajarilishida yoshlarning so‘zlarni to‘g‘ri bo‘g‘inga ajratish ko‘nikmalari mavjud emasligi seziladi. To‘g‘ri, so‘zlarni hech qanday bo‘g‘inga ajratmasdan ham yozish mumkin, lekin, bo‘g‘in va uning tartib-qoidalari har qanday tilda ham fonetika sohasida o‘ziga xos muhim ahamiyat kasb etadi, ya’ni u tilning fundamental birligi, nutqning eng kichik segmenti, so‘zni tashkil etuvchi lisoniy unsur, artikulyatsion jihatdan bo‘linmas, biroq, fonemalarga ajraladigan birlik, so‘zning fonemalar o‘zgarishi yuz beradigan qismi, versifikatsiya uchun asosiy manba hamda o‘qishni o‘rganishning asosiy vositasi sifatida talqin qilinadi [E. Yu. Kustova: 67].
Tilshunoslik fanida bo‘g‘in va uning ilmiy-nazariy asoslariga bo‘lgan qiziqish shu vaqtgacha ancha keng qamrovli tarzda amalga oshirib kelingan. Xususan, Boduen do‘ Kurtune nomi bilan bog‘liq Qozon dorilfununidagi fonologiya maktabi, F. do‘ Sossyur nomi bilan bog‘liq Shvetsariya fonologiya maktabi, L.Sherba rahbarligidagi Sankt-Peterburg fonologiya maktabi, N.Trubetskoy rahbarligidagi Praga fonologiya maktabi kabi ko‘plab mashhur fonologik tadqiqotlar dargohlarining ushbu sohaga qo‘shgan hissalari benihoya cheksizdir. Hozirgi kunda ham fonetika va fonologiya muammolari ayrim tadqiqotlar obyekti sifatida tadqiq etilmoqda. Biz ham ushbu maqolada fonetik hodisalardan biri sanalgan bo‘g‘in nazariyasi va unga asosan fransuz tilidagi bir bo‘g‘inli so‘zlarning umumiy tahliliga e’tibor qaratmoqchimiz.
Tilshunoslikda bo‘g‘in hodisasiga nisbatan berilgan ta’riflar xilma-xilligi ko‘zga tashlanadi. Biz ushbu muammoga fransuz tili nuqtayi nazaridan, ya’ni ayrim manbalardagi «syllabe» atamasiga berilgan ta’riflar majmuiga diqqatimizni qaratmoqchimiz. Quyida ba’zi lug‘at va boshqa manbalardan olingan izohlarni keltirib o‘tamiz:
№ |
Fransuzcha «syllabe» atamasiga berilgan ta’rif: |
Ta’rifning o‘zbekcha tarjimasi: |
Ta’rif olingan manba: |
|
Voyelle ou groupe de lettres qui se prononcent d’une seule émission de voix. |
Bir havo zarbi bilan talaffuz qilinadigan unli yoki bir necha harflar guruhi. |
Trésor de la Langue Fran-çaise informati-sé (Fransuz tili-ning kompyuter-lashtirilgan xazi-nasi nomli lug‘at) [13] |
|
Unité phonétique fondamentale intermédiaire entre le phonème et le mot. |
Fonema va so‘z o‘rtasidagi fundamental oraliq fonetik birlik. |
|
|
Voyelle ou réunion de phonèmes qui se prononcent par une seule émission de voix. |
Bir havo zarbi bilan talaffuz qilinadigan unli yoki fonemalar yig‘indisidir. |
Wiktionnaire –ochiq onlayn lug‘atlar tarmog‘I [10]
|
|
Voyelle ou réunion de lettres qui se prononcent par une seule émission de voix. |
Bir havo zarbi bilan talaffuz qilinadigan unli yoki harflar yig‘indisidir. |
Dictionnaire de l’Académie française (Fransuz akademiyasi lug‘ati) huitième édition [8] |
|
Son produit par une seule émission de voix, et qui se compose soit d'une voyelle seule, soit de voyelles et de consonnes |
Bir havo zarbi bilan hosil qilinadigan hamda bitta unli yoki unli va undoshlardan iborat bo‘ladi. |
“Dictionnaire Littré - Dictionnaire de la langue française” lug‘ati [9] |
|
Unité linguistique intermédiaire entre le phonème et le mot, caractérisée par la fusion des unités phoniques qui la constituent. |
Fonema va so‘z o‘rtasidagi oraliq lingvistik birlik hisoblanib, uni tashkil etuvchi fonetik birliklarning qo‘shilib ketishi orqali tavsiflanadi. |
“Le Petit qomusiy lug‘ati [11]
|
|
La syllabe est une unité linguistique de taille intermédiaire entre le mot et le segment. |
Bo‘g‘in – so‘z va segment o‘rtasidagi oraliq lingvistik birlikdir. |
Travaux du Laboratoire Parole et Langage (Nutq va til laboratoriyasi tadqiqotlari) [12] |
Ushbu keltirilgan izohlardan shuni ta’kidlash mumkinki, bo‘g‘in tadqiqotchilar tomonidan ikki xil yondashuv asosida, ya’ni til sathi birliklari jihatidan hamda artikulyatsion nuqtayi nazardan ta’riflangan. Xususan, til sathi birliklari jihatdan izohlanganda bo‘g‘in - fonema va so‘z o‘rtasidagi yoki so‘z va segment o‘rtasidagi fundamental oraliq fonetik birlik ekanligi, artikulyatsion nuqtayi nazardan esa bir havo zarbi bilan hosil qilinadigan bitta unli yoki unli va undoshlar majmui sifatida tavsiflangan. Biz ushbu maqolada tadqiqotchilarning bo‘g‘in nazariyasiga bo‘lgan ikkinchi yondashuv, ya’ni artikulyatsion nuqtayi nazardan e’tibor qaratgan holda fransuz tilidagi bir bo‘g‘inli so‘zlarning fonetik va semantik xususiyatlariga e’tibor qaratmoqchimiz. Xususan, maqolada faqat bir havo zarbi bilan hosil qilinadigan bir unli tovushli leksik birliklar inobatga olinadi. Mazkur fonetik muammo maqola doirasida ko‘rib chiqilayotgani bois faqat bitta harf, ya’ni fransuz tilidagi “A” harfi misolida tadqiq etmoqchimiz. Fransuz tilidagi bir bo’g’inli so’zlarninig tahlili bo’yicha asosiy adabiyot sifatida Paul Robertning 2015-yilda Parijda nashr etilgan “LE PETIT ROBERT de la langue française” lug’atidan foydalanildi [P.Robert. Le Petit Robert].
Bo’g’in - tovushlar yig’indisi, fonetikada talaffuzning eng minimal birligidir. Bo’g’in lingvistik xususiyatga ega bo’lib, tovush tizimidagi murakkab hodisa hisoblanadi. Zavonaviy tilshunoslikda bo’g’inga quyidagicha ta’rif berilgan: “Bo’g’in – bu tovush va nutq taktikasi o’rtasida oraliq pozitsiyani egallagan fonetik - fonologik birlikdir” [V.N.Yartseva: 470]. Bo’g’in hosil qilishda unlilar asosiy vazifani bajaradi, ya’ni unli tovushsiz bo’g’in yuzaga kelmaydi. Darhaqiqat, bo’g’inning asosini unli tovush tashkil etadi va shuning uchun ham unli tovush bo’g’in hosil qiluvchi deb ataladi. So’zda qancha talaffuz etiladigan unli bo’lsa, bo’g’in soni ham shuncha bo’ladi. Masalan: supplémentaire [syp-le-mã-tε:r] to’rt bo’g’inli, aigre [εgr] bir bo’g’inli.
Yuqorida ta’kidlanganidek, so’zlarni bo’g’inlarga ajratishda unli tovushlarning o’rni muhim ahamiyatga ega. Unli tovush bo’g’inning yagona muhim yadroviy elementidir. Fransuz tilida unli tovushlarning holati ikki xil ko’rinishda gavdalanadi, ya’ni fonetik alifboda transkripsiya holatidagi fonetik tovush va orfografik alifbodagi grafik belgilar orqali ifodalangan unlilar. Fonetik unlilar birgina bitta tovushni ifodalaydi. Grafik unlilar esa yakka yoki juft ishlatilib, yozmada turli tovushlarni ifodalashi mumkin [Banque de dépannage linguistique https://bdl.oqlf.gouv.qc.ca/bdl]. Masalan: eau so’zi yozma shaklda uchta grafik unlilardan e-a-u hosil bo’lib, talaffuz qilinadigan yagona tovushni ifodalovchi [o] belgisi orqali alifboga fonetik unli sifatida kiritiladi. Xuddi shunday, hautaine ['otɛn] so’zi ham grafik jihatdan 5ta grafik unli (a-u-a-i-e) dan va akustik jihatdan esa faqat 2ta fonetik unli [o-ɛ]dan iborat. Bu unli tovushlar bo’g’inlarni turlarga ajratishga juda katta yordam beradi. Bo’g’indagi tovushlar tarkibi hamda unli va undoshlarning o’zaro joylashishi bo’g’inni ochiq va yopiq bo’g’inlarga ajratishga yordam beradi. Unli tovush bilan tugagan bo’g’in ochiq, undosh tovush bilan tugagan bo’g’in yopiq bo’g’in, deb ataladi. Masalan, AIS [ε]- ochiq bo’g’in; AIRE [εr]- yopiq b’o’g’in;
Fransuz tilida ochiq bo’g’in yopiq bo’g’inga nisbatan ko’proq uchraydi, ular tildagi umumiy bo’g’inlar sonining 80-85% tashkil qiladi, deb izohlangan [P.Mertens: 38]. Shu nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda fransuz tilidagi “A” harfi misolidagi bir bo‘g‘inli so‘zlarning ochiq yoki yopiq bo‘g‘inli holati tahlil qilinganda fransuz tilida mavjud “A” harfidagi 62ta bir bo‘g‘inli so‘zlardan faqat 5tasi ochiq bo‘g‘in, qolgan 56tasi yopiq bo‘g‘in va 1ta so‘z, ya’ni AOÛT [u(t)] so‘zi - [t] tovushining o‘qilish yoki o‘qilmaslik holatiga ko‘ra oraliq bo‘g‘in sanaladi. Masalan:
Ochiq bo’g’in: |
Yopiq bo’g’in: |
AH [‘a] |
AMPLE [ãpl] |
AIL [aj] |
AIDE [εd] |
AIS [ε] |
ANCRE [ãkr] |
AN [ã] |
ÂNE [an] |
AïE [aj] |
ANGE [ãʓ] |
AOÛT [u(t)] |
ANSE [ãs] va hokazo. |
Fransuz tilidagi “a” grafik unlisi nafaqat ochiq -[a] va yopiq -[a] tovushlarini, balki boshqa grafik unlilar bilan birikkan holda turli unli tovushlarni ifodalay oladi. Masalan, au - [o], ai - [ε], an - [ã], am - [ã] tovushlari shular jumlasidandir. Bir bo‘g‘inli so‘zlar orasida “a” grafikasi faqat bir holatda [u] unli tovushini ifodalaydi, ya’ni AOÛT [u(t)] so‘zida.
“LE PETIT ROBERT de la langue française” lug‘atida “a” grafikasi bilan yoziladigan so‘zlar tarkibida ochiq-[a] tovushi bilan boshlanadigan bir bo‘g‘inli so‘zlar 17tani, [ã] burun tovush bilan 11tani, ochiq [ε] tovush bilan 10 tani, yopiq - [a] tovushi bilan 9 tani va [o] tovushi bilan esa 5tani tashkil etadi. Fransuzcha “a” grafikali bir bo‘g‘inli so‘zlar orasida ochiq-[a] tovushi eng sermahsul tovushlardan hisoblansa, [o] tovushi esa kamdan-kam hollarda uchraydigan tovush sanaladi. Masalan:
|
[a] - ochiq |
[ã] |
[ε] |
[a]-yopiq |
[o] |
|
ACRE [akr] |
AN [ã] |
AIS [ε] |
ÂCRE [akr] |
AUTRE [otr] |
|
ACTE [akt] |
ANCRE [ãkr] |
AIDE [εd] |
ÂPRE [apr] |
AUTRE [otr] |
|
APTE [apt] |
ÂNE [an] |
AIGLE [εgl] |
ÂME [am] |
AUGE [oʓ] |
|
APHTE [aft] |
ANGE [ãʓ] |
AILE [εl] |
ÂTRE [atr] |
AUBE [ob] |
|
AGE [aʓ] |
ANGLE [ãgl] |
AINE [εn] |
AFFRES[afr] |
AUNE [on] |
|
ARC [ark] |
ANSE [ãs] |
AISE [εz] |
ÂCRE[akr] |
|
|
ARCHE [arʃ] |
ANTE [ãt] |
AIL [aj] |
ALGUE [alg] |
|
|
ARME [arm] |
ANTRE [ãtr] |
AIR [εr] |
ALPE [alp] |
|
|
ARRHES [ar] |
AMBLE [ãbl] |
AIRE [εr] |
AXE [aks] |
|
|
ARS [ar] |
AMBRE [ãb] |
AIGRE [εgr] |
|
|
|
ART [ar] |
AMPLE [ãpl] |
|
|
|
|
ARE [ar] |
|
|
|
|
|
ARBRE [arbr] |
|
|
|
|
|
ASPE -[asp] |
|
|
|
|
|
ASQUE [ask] |
|
|
|
|
|
ASTHME [asm] |
|
|
|
|
|
ASTRE [astr] |
|
|
|
|
Fonema mustaqil tarzda leksik yoki grammatik ma’no kasb etmaydi, balki tilning muhim birliklarini (morfema va so’zlarni) farqlash va aniqlashga xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan fransuz tilidagi bir bo‘g‘inli so‘zlarda undosh fonemalarning o’zaro kombinatsiyasi, ya’ni so‘z tarkibidagi fonetik transformatsiya hodisasi muhim leksik-semantik ahamiyatga egadir. Masalan, bir fonema ikkinchisiga almashtirilsa, boshqa so’z hosil bo’ladi. Quyida olib borilgan kuzatish natijalariga ko’ra shunday misollarni keltirish mumkin:
ÂCRE [akr]-ACTE [akt]; |
AIRE [εr]- AISE [εz]; |
AIGLE [εgl]-AIGRE [εgr]; |
AUGE [oʓ]- AUNE [on]; |
ANSE [ãs]-ANTE [ãt]; |
AMBLE [ãbl]- AMBRE [ãbr]; |
AILE [εl]- AINE [εn]; |
AIGLE [εgl]-AIGRE [εgr]; |
ÂPRE [apr]- APTE [apt]; |
ANSE [ãs]-ANTE [ãt]; |
Bir bo’g’inli so’zlar o‘zlarining morfologik xususiyatlariga ko‘ra rang-baranglik kasb etadi. Jumladan, autre [otr] so’zining uchta so’z turkumiga, ya’ni ot, sifat, olmosh so’z turkumlariga mansubligi va so’zlarning aksariyat qismini ot so’z turkumiga xos so’zlar tashkil etishi ahamiyatlidir. Bundan tashqari, sifat bilan birga onomatopik (tovushga taqlid) so’zlar ham ular orasidan o’rin olgan. Biroq, fe’l so’z turkumiga xos so’zlar “a” grafikali bir bo‘g‘inli so‘zlar tarkibida umuman uchramaydi. Quyida kuzatish natijalariga ko’ra shunday misollarni keltirish mumkin:
Ot so’z turkumiga xos so’zlar: |
Sifat: |
Olmosh: |
Onoma-topik so’zlar: |
||
AIS [ε] |
ANCRE [ãkr] |
AUTRE [otr] |
AUTRE [otr] |
AUTRE [ot] |
AH [‘a] |
AN [ã] |
ÂNE [an] |
ARME [arm] |
AIGRE [εgr] |
|
AïE [aj] |
AIL [aj] |
ANGE [ãʓ] |
ARRHES [ar] |
AMPLE [ãpl] |
|
|
AOÛT [u(t)] |
ANGLE [ãgl] |
ARS [ar] |
ÂPRE [apr] |
|
|
ACE [εs] |
ANSE [ãs] |
ART [ar] |
APTE [apt] |
|
|
ACRE [akr] |
ANTE [ãt] |
ASPE [asp] |
ÂCRE [akr] |
|
|
ACTE [akt] |
ANTRE [ãtr] |
AUGE [oʓ] |
|
|
|
AESCHNE [εskn] |
APHTE [aft] |
ARBRE [arbr] |
|
|
|
AGE [aʓ] |
AIR [εr] |
ÂME [am] |
|
|
|
AIDE [εd] |
AIRE [εr] |
ASQUE [ask] |
|
|
|
AIGLE [εgl] |
ARE [ar] |
ÂTRE [atr] |
|
|
|
AILE [εl] |
ALE [εl] |
ASTRE [astr] |
|
|
|
AINE [εn] |
ALGUE [alg] |
ASTHME [asm] |
|
|
|
AISE [εz] |
ALPE [alp] |
AUBE [ob] |
|
|
|
ARC [ark] |
AMBLE [ãbl] |
AUNE [on] |
|
|
|
ARCHE [arʃ] |
AMBRE [ãbr] |
AXE [aks] |
|
|
|
Bo‘g‘in strukturasi til fonetik tuzilishining fundamental asoslaridan biri sanaladi [V.A.Feodorov: 30]. Bo’g’inni tashkil qiluvchi fonemalarning o’zaro kombinatsiya qilinishiga qarab bo’g’in strukturasi aniqlanadi. Bu struktura fonologik hodisalarni ya’ni unlilarning kontekstual ko’rinishini aniqlashga imkon beradi. Bir bo‘g‘inli so‘zlar tarkibidagi unli va undosh tovushlar kombinatsiyasi “a” grafik belgisi ishtirokidagi 4 xil struktur shaklni tashkil etadi, ya’ni bir, ikki, uch va to‘rt fonemali struktur shakllar shular jumlasidandir (V / VC / VCC / VCCC) . Ular orasida uch va ikki komponentli (VCC / VC) bir bo‘g‘inli so‘zlar eng sermahsul shakl sanalsa, bir va to‘rt komponentli (V / VCCC) shakllar juda ozchillikni tashkil etadi. Quyida olib borilgan tahlil natijalariga ko’ra shunday misollarni keltirish mumkin (bu yerda «C»- consonne, «V» voyelle) :
Bir fonemali: |
Ikki fonemali: |
Uch fonemali: |
|||
AH [‘a] |
V |
ACE [εs] |
VC |
AMPLE [ãpl] |
VCC |
AIS [ε]. |
V |
AGE [aʓ] |
VC |
ANCRE [ãkr] |
VCC |
AN [ã] |
V |
AIDE [εd] |
VC |
ANGLE [ãgl] |
VCC |
AïE [aj] |
V |
AILE [εl] |
VC |
ANTRE [ãtr] |
VCC |
AIL [aj] |
V |
AINE [εn] |
VC |
APHTE [aft] |
VCC |
AOÛT [u(t)] |
V |
AIR [εr] |
VC |
ÂPRE [apr] |
VCC |
|
|
AIRE [εr] |
VC |
APTE [apt] |
VCC |
To‘rt fonemali: |
AISE [εz] |
VC |
ARC [ark] |
VCC |
|
AESCHNE [εskn] |
VCCC |
ALE [εl] |
VC |
ARCHE [arʃ] |
VCC |
ASTRE [astr] |
VCCC |
ÂME [am] |
VC |
ASQUE [ask] |
VCC |
ASPLE [aspl] |
VCCC |
AUBE [ob] |
VC |
ASTHME [asm] |
VCC |
ARBRE [arbr] |
VCCC |
ÂNE [an] |
VC |
ARME [arm] |
VCC |
|
|
ANGE [ãʓ] |
VC |
ASPE [asp] |
VCC |
|
|
ANSE [ãs] |
VC |
AUTRE [otr] |
VCC |
|
|
ANTE [ãt] |
VC |
AXE [aks] |
VCC |
|
|
ARE [ar] |
VC |
ALGUE [alg] |
VCC |
|
|
ARRHES [ar] |
VC |
ALPE [alp] |
VCC |
|
|
ARS [ar] |
VC |
AMBLE [ãbl] |
VCC |
|
|
ART [ar] |
VC |
AMBRE [ãbr] |
VCC |
|
|
AUGE [oʓ] |
VC |
ÂTRE [atr] |
VCC |
|
|
AUNE [on] |
VC |
AIGLE [εgl] |
VCC |
|
|
AOÛT [u(t)] |
VC |
AIGRE [εgr] |
VCC |
|
|
|
|
ACTE [akt] |
VCC |
|
|
|
|
ACRE [akr] |
VCC |
|
|
|
|
ÂCRE [akr] |
VCC |
Fransuz tilini o‘rganish jarayonida ot so‘z turkumiga xos so‘zlarning rodini aniqlash muammosi biroz murakkab holatlardan biri sanaladi. Masalan, fransuz tilida ham ikki xil rod, ya’ni mujskoy va jenskoy rodlari o‘zaro farqlanadi. Bu esa fransuz tilidagi aksariyat grammatik jarayonlarni amalga oshirishdagi muhim kategoriyalardan biri bo‘lib hisoblanadi [I.S. Golovanova: http://irgol.ru/grammaticheskij-spravochnik]. Ba’zi tillarda, masalan, rus tilidagi otlarning rodini aniqlashda maxsus qo‘shimcha ko‘rsatkichlari mavjudligi sabab otlarning rodini aniqlash vazifasi hech qanday muammo tug‘dirmaydi. Lekin, fransuz tilida otlardagi rodni aniqlovchi maxsus muayyan qo‘shimchalarning yo‘qligi ularni yodda saqlash yoki mavjud ayrim qo‘shimchalar orqaligina aniqlashni taqozo etadi. Odatda fransuzcha otlar oldidan qo‘llaniladigan determinativlar ularning rodini aniqlashga yordam beradi, biroq, otlardan yozma va og‘zaki nutqda to‘g‘ri foydalanish uchun rodning ahamiyatiga ancha ehtiyoj seziladi. Fransuzcha bir bo‘g‘inli so‘zlar doirasida ham ushbu muammoga e’tibor qaratishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Fransuz tilidagi “a” grafikasi bilan boshlanadigan bir bo‘g‘inli so‘zlar rodini aniqlashning aniq muayyan qoidasi mavjud emas. Biroq, ayrim tahlil ishlari orqali ularga xos rod xususiyatlari bo‘yicha ba’zi aniqliklarni keltirish mumkin. Buning uchun “a” grafikali bir bo‘g‘inli so‘zlar ikkala rodda taqqoslangan quyidagi jadvalga e’tibor qilaylik. Unda ikkala roddagi bir bo‘g‘inli so‘zlarning qanday undosh tovushlar bilan tugashi kuzatilgan va bunda (*) – belgisi orqali shunday undosh bilan tugovchi bir bo‘g‘inli yolg‘iz so‘zlar keltirilgan:
Mujskoy roddagi bir bo‘g‘inli so‘zlar: |
Jenskiy roddagi bir bo‘g‘inli so‘zlar: |
||||
jarangli undosh |
jarangsiz undosh |
sonantlar |
jarangli undosh |
jarangsiz undosh |
sonantlar |
[Ʒ] |
[t] |
[r] –faqat: [-tr]; [-br]; |
Auge* –[oʒ] |
[ʃ] |
[r] –faqat: [-kr]; [-fr]; |
|
[p] |
Angl* -[ãgl] |
Algue* –[alg] |
Anse*–[ ãs] |
[l] |
|
[s] |
Âne*-[an] |
Aide*- [Ɛd] |
Ante* –[ãt] |
[n] |
|
[k] |
|
Aube*–[ob] |
Alpe* –[alp] |
[m] |
Ushbu jadvaldan quyidagicha xulosaga kelish mumkin.
Fransuz tilidagi “a” grafikali bir bo‘g‘inli so‘zlar quyidagi hollarda mujskoy va jenskiy rod sanaladi:
Mujskoy roddagi bir bo‘g‘inli so‘zlar: |
Jenskiy roddagi bir bo‘g‘inli so‘zlar: |
|
|
|
|
|
|
|
|
Tilning lug’aviy tarkibi – barqaror elementlar birligidan tashkil topib, turli xil yo’llar bilan yasalgan yangi tushunchali leksik birliklarga izoh berishdir [L.Charliac., A. Motron: 34]. So’zlarning lug’atlarda mavjudligi – bu so’zlar tilning leksik-semantik sistemasiga kirib borishi va qaror topishini ifodalaydi. Lug’atlardagi mavjud so’zlar til va jamiyat evolyutsiyasi, so’zlarning etimologiyasi va tuzilishi haqida fikr yuritishga da’vat etadi. Bir bo’g’inli so’zlarning lug’aviy tarkibida zoologiya, botanika, matematika sohalariga oid bir qancha so’zlarni uchratish mumkin. Masalan:
Zoologiya va botanika sohasiga oid so’zlar: |
Matematika sohasiga oid so’zlar: |
AESCHNE [εskn]- katta ninachi |
ACRE [akr]-o’lchov birligi, |
AIGLE [εgl]- burgut |
ARE [ar]– ar (100kv.m) |
ALGUE [alg]- dengiz o’tlari |
AUNE [on] – qadimiy o’lchov birligi |
ACHE [aʃ]- o’tsimon soyabonli o’simlik |
|
Bundan tashqari, ular orasida ingliz (ACE -[εs], ACRE - [akr]), qadimiy niderlandiya (ALE - [εl]), grek (ANGE - [ãʓ], ANTRE - [ãtr], APHTE - [aft]), nemis (ASPE - [asp]) tillaridan o’zlashgan so’zlar ham juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Fransuz tilidagi «a» grafikali bir bo‘g‘inli so‘zlarning bunday leksik-semantik xususiyatlari alohida tadqiqotni talab etadi. Shu boisdan keyingi izlanishlarimizda ularga xos leksik va funksional-semantik jihatlar xususida mulohaza yuritamiz.
Ushbu maqolaga xulosa tariqasida quyidagilarni qayd etish mumkin:
Bir bo’g’inli so’zlarga xos bunday xususiyatlar har biri alohida ilmiy izlanishni talab etadi va bunday izlanish natijalari tilshunoslik muammolariga asoslangan fonetik, leksik, semantik va struktur xususiyatlarni ochib berish imkonini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Интернет ресурслар:
Насимова Д. О фоносемантическом анализе односложных слов французского языка. В данной статье анализируются фонетические и семантические особенности односложных слов во французском языке, изучается теория конкретных слогов, открытые и закрытые слоговые типы, возможность выражения разных гласных звуков через другие гласные графические символы графы «а», структура слога также были рассмотрены критерии для определения конкретных родовых категорий и по результатам анализа были сделаны соответствующие выводы.
Nasimova D. On the phonosemantic analysis of monosyllabic words in the French language. This article analyzes the phonetic and semantic features of monosyllabic words in French. Specifically, it studies the theory of specific syllables,including open and closed syllabic types, the possibility of expressing different vowel sounds through other vowel graphic symbols of the “a” column and the structure of the syllabe. The conclusions were drawn from the results of the analysis.