FRANSUZ TILIDA MONOSILLABIK SO‘ZLARNING LINGVOREGIONAL XUSUSIYATLARI

Til va nutqning mintaqaviy xususiyatlarini o‘rganish fransuz tilshunoslarining eng ko‘p shug’ulanadigan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Ushbu ilmiy yo‘nalish 1970-yillarning oxirida shakllangan bo‘lishiga qaramay, uning doirasida hali ham terminologik tortishuvlar mavjud. Xususan, “regionalizm” tushunchasi doirasida. Lingvistik adabiyotlar tahlili regional leksemalarni farqlashga doir bir nechta atamalarni aniqlash imkonini beradi. Bular “regionalizm”, “lokalizm” va “provansializm”.Biroq, eng ko‘p uchraydigan atama “regionalizm” atamasidir. Tilshunoslikda regionalizm hodisasiga  nisbatan berilgan ta’riflar xilma-xilligi  ko‘zga  tashlanadi. Bular:

1) Mintaqaga xos lisoniy shakl yoki tilning ma’lum bir mintaqaviy xilma – xilligi (dialekt, nutq)ga xos bo‘lgan lingvistik fakt [13,84].

2) Lingvistik regionalizm (régionalisme linguistique)- ma’lum bir mintaqa bilan chegaralangan lingvistik ifoda [15].

3) Lingvistik regionalizm – fransuz makonining bir qismiga qarama – qarshi bo‘lgan lingvistik nomuvofiqlik (fonetik, grammatik, leksik hodisalar) [11,213].

Ushbu  keltirilgan  izohlarni ko‘rib chiqib, unga quyidagicha  aniqlik kiritishimiz mumkin. Regionalizm – kelib chiqishi va adabiy tilga qo‘shilishidan qat’iy nazar, mahalliy(lokal) chegaralangan leksemadir. Shuning uchun, dialektlardan kelib chiqqan so‘zlar, mahalliy o‘zlashtirma so‘zlar ham  kiradi, deb hisoblaymiz.

Ichki sabablar nuqtayi nazaridan til rivojlanishning umuminsoniy  qonuni va umumiy lingvistik tendensiyaning  differensiyasiga ta’siri ostida  qayta hosil bo‘ladi. Shu o‘rinda, taniqli shveysariyalik tilshunos F.De Sossyur aytganidek, mavjudlikning turli hududlarida til o‘zining o‘zgarish imkoniyatlarini turli xil yo‘llar bilan rivojlantirishga qodir [1,233]. Lingvistik aloqalar mintaqaviylashtirish uchun katta ahamiyatga egadir. Bunga ko‘p hollarda ayniqsa, mahalliy dialekt va tillarning bir-biriga  bo‘lgan ta’siri muhimsanaladi.

Fransuz tili mintaqaviylashuvining sabablari ikkita asosiy omillar ta’siri bilan bog’liqdir. Bular intralingvistik va ekstralingvistik omillar. Intralingvistika (ichki lingvistika) omili til birliklarining sistem aloqasi munosabatini extralingvistik faktorlarga bog’liq bo‘lmagan holda o‘rganadi. Mintaqaviylashtirishning ekstralingvistik (tashqi lingvistika) omili jamiyat hayotida tilning o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan yoki ma’lum bir mintaqada mavjud  ichki va tillararo kuchlarning ta’sirini kuchaytiradigan voqealarni o‘z ichiga oladi.Bunda tilning taraqqiyoti va vazifasini ijtimoiy – siyosiy, ijtimoiy – tarixiy,etnik jo‘g’rofiy kabi faktorlar bilan bog’lash mumkin. Shu bilan birga, mahalliy nutq shakllari (dialektlar va regiolektlar) orqali o‘z mintaqalarining etnik – madaniy o‘ziga xosligini saqlashga harakat qiladigan mintaqaviy ijtimoiy harakatlarning roli ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Fransuz tilining mintaqaviy o‘zgaruvchanligi ko‘p asrlar davomida shakllangan. Bir paytlar Galliyadagi xalq lotin tili roman nutqining dialektiga aylanganidek, fransuz tili ham Fransiyaning turli hududlariga tarqala boshlab,undagi turli hududiy xususiyatlari orqali tabiiy ravishda ajralib turdi.  Bu masalada mashhur nemis tarixchisi Bernhard Poll fransuz regiolektlarining shakllanishini roman tillarining shakllanishi bilan solishtirib,lotin va fransuz tillarining yangi milliy – lingvistik makonlarga kirib borish xususiyatlarining ham o‘xshash, ham farqli tomonlarini qayd etdi [2,26]. Bunday holat xalq lotin tilini dastlab mintaqaviygallo-roman, ibero-roman va bolqon-romanlarga, keyinchalik yangi roman tiliga aylantirdi. Shuningdek,fransuz tilining mahalliy nutq shakllariga singdirilishi natijasida uning mintaqaviylashtirilishi  yaratildi. Biroq, lotin tilidan farqli o‘laroq, fransuz tilining regional ko‘rinishi yangi tizimga aylanmadi va undan ham ko‘proq yangi tilni hosil qilmaydi. Taniqli fransuz dialektologi Gaston Tuyon buni quyidagicha izohlaydi: “Fransuz tilining bu geolingvistik ko‘rinishi yangi dialektizatsiyani anglatmaydi, bu jarayon faqatgina inglizcha dialecte so‘zi ifodasini ifodalaydi, ya’ni milliy tilni mintaqaviylashtirishidir” [3,299].

Fransuz tilining leksik boyligi uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi va  undan tijorat, sanoat va iqtisodiy sohalarda xalqaro darajada keng tarzda foydalanilmoqda.  Aloqalar qanchalik barqaror va uzoq muddatli bo‘lsa, ta’sir ham shunga o‘xshash kuchliroq bo‘ladi. Bir xalqning ma’lumbir tilgabo‘lgan ta’siriyangi so‘zlarni o‘zlashtirishidaaks etganiboisso‘zlarning o‘zlashtirilishi hamma’lum bir o‘zga til elementining so‘z va morfemalardapaydo bo‘lishi va uning mustahkamlanishidako‘zga tashlanadi [4,18]. So‘zlarning o‘zlashtirilishi har qanday tilni boyitadi,uni barqaror qiladi va odatda uning mustaqilligiga zarar yetkazmaydi.

Quyidagi jadvalda fransuz tiliningboshqatillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar davriy bosqichiga diqqatimizni qaratamiz:

 

 

Davr

Tillar

O‘rta asr(Moyen – Âge)

Langues régionales / Arabe / Néerlandais

XVIe s.

Italien / Espagnol / Portugais

XVIIIe s.

Italien / Anglais / Allemand / Langues slaves

XIXe – XХe s.

Anglais / Lanques africaines / Langues d’Asie

 

 

Ushbu keltirilgan jadval orqali shuni ta’kidlash mumkinki,fransuz tili asrlar davomida tillarning tashqi ta’siri ostida qolgan. Biroq,o‘zlashtirilgan  so‘zlar tilning mavjudligiga tahdid solmagan. Fransuz tilining lingvo–hududiy munosabatlari haqida gapiradigan bo‘lsak, mintaqaviylashtirishda asosiy  markaz Parij shahri hisoblanib kelgan. Bu shaharning mavqei uning Fransiyada va undan tashqarida fransuz tilining shakllanishi, tarixiy ahamiyati, iqtisodiyoti va madaniyatining yuqori darajada rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay, jahon frankofoniyasida sezilarli darajada ko‘zga ko‘ringan Kanada, Belgiya va Shveytsariyaning lingvoregional xususiyatlari ham bundan mustasno emas.

Belgiyada fransuz tili bu - fransuz  tilining  mintaqaviylashtirilgan ko‘rinishidir. U belgisizm atamasi va o‘ziga xos urg‘usi  bilan ajraladi. Shveytsariyada fransuz tili esa o‘zining ohangi  va elvetizm atamasi  bilan namoyon bo‘ladi. Kvebekda  fransuz tili  o‘zining  arxaizmlari va kvebekizmligi  bilan taniqlidir. Shubhasiz,  mahalliy voqealar bilan bog’liq hodisalar  ko‘pincha  belgiyaliklar, shveytsariyaliklar, kvebeklar  va  fransuzlar uchun ham mintaqaviylashtirishni keltirib chiqardi. Masalan: Fransiyada (ayniqsa Parij mintaqasida) le petit – déjeuner (nonushta), le déjeuner (peshin ovqati), le dîner (kechki ovqat) deb atalsa, Belgiya, Shveytsariya va Kvebekda déjeuner,dîner va souper deyiladi. Bundan tashqari,  Belgiya va  Shveytsariyada 70 -septante et  90 –nonante, Fransiyada le parking(mashinalar to‘xtash joyi) Kvebekda le stationnement. Belgiyada un mobil – home (transport vositasi), Kvebekda véhicule récréatif, le camping car esa Fransiyada, xuddi shunday, chewing – gum(saqich) Fransiyada, gomme Belgiya va Kvebekda  uchraydi. Fransuzlar baskets(sport poyafzali) so‘zini afzal ko‘rishsa, frankofon Canadaliklar asosan les espadrilles deb, garchi ba’zi  hududlarda  runnings va  ayrim hollarda  sneakers yoki shoe – claques kabi so‘zlar uchraydi. Xullas, bu kabi yuzlab misollarni bir qatorga keltirish mumkin, ammo shuni ta’kidlash joizki, hozirgi zamon fransiz tilida anglitsizm (ingliz tilidan kirib kelgan so‘zlar)ning o‘rni beqiyos. Shu o‘rinda, Kvebek muzeyi direktori Roland Arpin fransuz tilining kelajagi bo‘yicha shunday fikrlarni bildirgan: “ Shuni esda tutish kerakki, fransuz tili hamma joyda bir xil, ammo, uning muhiti tufayli biz uning mintaqaviylashtirilganligini ko‘rishimiz mumkin” [5,21].

Bugungi kunda dunyoning ko‘plab tillarida ingliz tilining  ta’siri kuchayib bormoqda. Bu borada Dekart (Sorbonne) universitetining sotsiolingvistika sohasi bo‘yicha professor L.J.Calvening aytishicha, Yevropaning ayrim tillari -  italyan, fransuz, nemis va ispan tili asta – sekin ingliz tilining mahalliy shakllariga aylanib boradi [6,237]. Mazkur tushunchani fransuz tilida bir bo‘g‘inli so‘zlarning lingvoregional xusussiyatlari doirasida tadqiq qildik va uning tahliliga asosiy adabiyot sifatida  Paul  Robertning  2015-yilda Parijda nashr etilgan “LE PETIT ROBERT de la langue française” lug‘ati va frankofoniya lug‘ati “Dictionnaire des francophones” dan foydalandik [15]. Olib borilgan tahlilimizgako‘ra anglitsizmlarning 158 ta leksik-semantik variantlari qayd etildi. Masalan:

 

 

A

ACE[εs]

B

BLACK[blak], BOSS[bɔs],BOX [bɔks], BOOTS[buts] ,BREAK[ brɛk]....

C

COOL[kul]], CHIPS[ʃips], CLUB[klœb], CRASH[kraʃ], CLIP[klip]...

D

DESK[dɛsk], DRONE[dron], DRAGUE[drag], DOCK[dɔk]...

E

ELFE[ɛlf]...

F

FAX[faks], FLASH[flaʃ], FUNK[fœnk], FULL[ful], FIRME[firm]...

G

GIN[dʓin],GIRL[gœrl], GANG[gɑ̃g],GEEK[gik], GAG[gag], OLF[gɔlf]...

H

HALL[‘ol],HUB[‘œb],HYPE[‘ajp], HOME[‘om],HOT[‘ɔt]....

I

IN[in],ION[jɔ̃]....

J

JACK[(d) ʓak], JAZZ[dʓɑz], JEEP[(d) ʓip], JOB[dʓɔb], JUNGLE[ʓœ̃gl...

K

KART[kart],KETCH[kɛtʃ],KICK[kik], KILT[kilt],KIT[kit]....

L

LOFT[lɔft],LOOK[luk], LISP[lisp], LOB[lɔb], LUNCH[lœntʃ; lœ̃ʃ]....

M

MAIL[mɛl], MOOC[muk], MUST[mœst], MATCH[matʃ], MISS[mis]..

N

NECK[nɛk],NERD[nœrd],NET[nɛt],NURSE[nœrs]...

O

OFF[‘ɔf]....

 

 

Tahlil natijalariga ko‘ra ularni quyidagi mavzularga  tasniflash mumkin:

  • Texnologiya va informatika (DRONE [dron], HUB[‘œb]), ...
  • kiyim – kechak (KILT[kilt], JEAN [dʓin], BOOTS [buts],...
  • musiqa (LIVE [lajv], JAZZ [dʓɑz], FOLK [fɔlk], FUNK [fœnk], DRUMS [drœms], BREAK [brɛk]), sport (GOLF [gɔlf], GOAL [gol], DRIVE [drajv], MATCH [matʃ],  LOB [lɔb], CLUB [klœb], CATCH [katʃ]),...
  • oshxona (DRINK [drink], LUNCH [lœntʃ; lœ̃ʃ], GRILL [gril], CHIPS[ʃips], CLAM [klam], BRUNCH [brœnʃ]),...
  • xarakter (DRÔLE [drol], COOL [kul]);...

Fransuz tilining rivojlanish tarixi davomida qadimiy Niderlandiya (1150- 1500 yillar oralig’ida so‘zlashadigan golland tilining shakli) dan kirib kelgan so‘zlar bir bo‘g’inli so‘zlar orasida, ya’ni 40 ta so‘z o‘rin olgan. Keltirilgan mazkur so‘zlarXII asrdanto 1952-yillar davomida o‘zlashtirilgan. Masalan: ALE [εl], BAGUE [bag], BOTTE [bɔt], DRÈVE [drɛv], DRÔLE [drol],  FRET [frɛ(t)], HÈRE [‘ɛr], LOCH [lɔk], MANNE [man] kabi so‘zlar.

Darhaqiqat,bu raqamlar mantiqiy, albatta. Masalan: BAR [bar] –XII-asr, BLOC [blɔk] – XIII asr, BOTTE [bɔt] –  XII asr oxiri, ALE [εl] – XVII asrlar. XVII asrda Gollandlar deyarli barcha savdo monopoliyasiga ega bo‘lgan. Aynan shu davrda eng ko‘p so‘zlar o‘zlashtirilgan. Bu kabi qabul qilingan so‘zlar orasida asosan navigatsiya sohasiga oid so‘zlar ko‘p uchraydi:

 

 

COCHE[kɔʃ]

Qayiq turi, yuk – yo‘lovchi kemasi

FOC[fɔk]

Kema oldida uchburchak yelkan

HOURQUE[‘urk]

Kema turi,Gollandiyada qo‘laniladigan transport kemasi

NABLE[nabl]

Qayiqning teshigi

LEST[lɛst]

Kemada og’irliq markazini tushurish (-yuk)

FRET[frɛ(t)]

Dengiz orqali yuklarni tashish narxlari... va boshqalar

 

 

Fransuz tilining leksik-semantik xilma-xilligi Shveytsariyatilidan o‘zlashgan so‘zlar mavjudligi bilan ham  ajralib turadi. Masalan, trottinette, chalet, gastronomiya sohasida esa fondue, raclette kabi so‘zlar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, bu leksemalar o‘zining  fonetik ohangi  bilan farqlanadi. Masalan, peauva pot kabi so‘zlarning  talaffuzi bir xil. Ular ochiq “o” [ɔ] va yopiq “o” [o] o‘rtasidagi farqni sezmaydi. Tahlilimiz natijasiga ko‘ra bir bo‘g‘inli so‘zlar orasida elvetizm so‘zlari 18 tani tashkil etadi.Bunga ALPE-[alp], BERME-[bɛrm], GLISSE-[glis], LUGE-[lyʓ], BISE-[biz], CHANNE-[ʃan], DAUBE-[dob], BRINGUE-[brɛ̃g] kabi so‘zlar misol bo‘ladi. Shunday qilib, Shveytsariya hududida fransuz tili o‘zining fonetikasi, sintaksisi, lug‘at tarkibi kabi lingvistik darajasi bilan  farq qiladi. Biroq, bu farqlar ikki mamlakat aholisi o‘rtasidagi muloqotiga  to‘sqinlik qilmaydi.

Fransuz tilining lingvohududiy munosabatlarida Kanada va Kvebek leksikalari ham o‘rin olgan bo‘lib o‘zining iboralari va ayrim so‘zlari bilan farqlanib kelmoqda. Masalan, chum-petit copain; full-beaucoup, plein; frette-froid; char-voiture; souper - dîner kabi misollarni cheksiz davom ettirish mumkin, lekin  bu farqlash mahalliy aholidan olingan amerikacha atamalar, anglitizmlar va fransuz arxaizmlari  bilan bog’liqdir. Masalan, LUNCH [lœntʃ ; lœ̃ʃ] so‘zi ingliz tilidan olingan bo‘lib, oldindan tayyorlangan va maktabga,ishga yoki ochiq havoda mashg’ulotlarga olib boriladigan,joyida iste’mol qilinadigan taom.

Tadqiqot davomida monosillabik so‘zlar 8 ta  Kvebek va 2 ta Kanada so‘zlarini tashkil etаdi. Bular quyidagilar:

Kvebek so‘zlari- BEIGNE [bεµ]-pishiriq, BÊTE [bɛt]- g‘azablangan, yomon kayfiyatda, FUDGE [fɔdj]- shokoladga asoslangan musqaymoq, GANT [gɑ̃]-qo‘lni qoplaydigan asbob, LUNCH [lœntʃ; lœ̃ʃ]-maktab uchun tayyorlangan va olib ketiladigan taom. Kanada so‘zlari – BEC [bεk]-o‘pish (FAMILIER), FIN [fɛ̃]- mehribon, shirin, yoqimli. Bundan tashqari, AQSHнинг Luiziana shtati hududiga tegishli  so‘zlarni ham uchratish mumkin. Masalan, CHAR [ʃar]-voiture (mashina), LINGE [lɛ̃ʓ]-habits, vêtements (kiyim). Tarixiy jarayonda luizianaliklar fransuz tilini asrlar davomida Qo‘shma Shtatlarda adabiylashtirib kelishgan va bugungi kunda bu shtatda 100 000 dan ortiq fransuz tilida so‘zlashuvchilar mavjud.

Belgiyada fransuz  tili  bu -  fransuz  tilining  mintaqaviy ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, belgisizm atamasi bilan ataladi. Fransuz tili asrlar davomida Belgiyada uchta rasmiy tilining (golland, nemis, fransuz) biri bo‘lib kelgan va aholisi tomonidan asosiy aloqa vositasi sifatida foydalaniladi. Belgiyada asosan ikkita viloyati Valloniya va Brusselfransuz tilida  muloqot qilishadi. Olib borilgan kuzatuvlarga ko‘ra bir bo‘g’inli so‘zlar37tani  tashkil etdi. Masalan: BALLE-[bal], BERME-[bɛrm], BÊTE-[bɛt], BISE-[biz], BOULE-[bul], BROL-[brɔl], BUSE-[byz], CALE-[kal], CLENCHE-[klɑ̃ʃ], COUQUE-[kuk], CRU-[kry], LATTE-[lat], KOT-[kɔt], JATTE-[ʓat], GRATTE-[grat], FARDE-[fard], DRACHE-[draʃ] va hokazo.

Belgitizmlarning leksik qatlami  standart fransuz tilidan  fonetik va grammatik xususiyatlari bilan  farqlanadi. Bu farqlanish nafaqat lingvistik, balki ekstralingvistik, ya’ni tarixiy geografik  faktorlar bilan bog’liq deb ayta olamiz. Masalan, Belgiya talaffuzining o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor qaratsak, w harfi talaffuzida farqni ko‘rish mumkin. Masalan, wagon so‘zini fransuzlar [vagɔ̃], belgiyaliklar [wagɔ̃] deb talaffuz etadi, ya’ni [w] tovushi bilan farqlanadi. Bundan tashqari “x”harfining “s” jarangsiz  deb o‘qilishi masalan, bruxelles -  [brysεl]. Shuni aytish joizki, bu xususiyatlar keltirilgan monosillabik so‘zlarda mavjud emas.

Monosillabik so‘zlarning mintaqaviy qatlamini tahlil qilish jarayonida fransuz tilining tillararo mintaqaviy xilma-xilligini kuzatishmumkin. Bunga nemis tilining Rim va qadimgi fransuzlar tomonidan german dialektlaridan katta miqdordagi so‘zlar o‘zlashtirilganiga guvoh bo‘ldik. Monosillabik so‘zlarorasidan nemis tiliga tegishli 46 ta so‘z ajratildi. Bular: DRÈGE-[drɛg], DROME-[drom], FIFRE-[fifr], FLINGUE-[flɛ̃g], FRITZ-[frits], FROC-[frɔk], GAUPE-[gop], GUIMPE-[gɛ̃p], KITSCH ou KITCH-[kitʃ], KRACH-[krak], HORST-[‘ɔrst]  va hokazo.

Fransuz tilida bir bo‘g’inli so‘zlarning (nemis tiliga tegishli) etimologik tahlili shuni ko‘rsatdiki, fransuz tilidagi h(muet) harfi nemis tilidagi so‘zlarning mavjudligini ko‘rsatdi[7,56].Masalan, HARDE-[‘ard], HASE-[‘az], HÈRE-[‘ɛr], HERTZ-[ɛrts], HORST-[‘ɔrst], HUTTE-[‘yt] so‘zlar  shular  jumlasidandir. Bu kabi so‘zlar, asosan, Shveytsariyaning fransuz tilida so‘zlashadigan hududlarida, Belgiyada va Fransiyaning Alzas provinsiyasida uchraydi. Masalan: KNACK-[knak] – alzascha so‘z, nemis tilidan olingan.

Fransuz tilining lingvohududiy munosabatlarining xilma-xiligi  arab tili so‘zlarida ham namoyon bo‘ldi. Leksikografik manbalar tahlili shuni ko‘rsatdiki, fransuz tilida arabcha so‘zlarning intensivligi, ayniqsa, XVI – XIX asrlarda yuqori bo‘lgan. Bu davrda arab lug’atini o‘zlashtirish bevosita arab tilidan ham, boshqa tillar orqali ham amalga oshirilgan. Xronologik jihatdan esa arab tili so‘zlari fransuz  tili rivojlanishining XI – XII asrlarini qamrab olаdi.

Tahlilimiz natijasiga ko‘ra monosillablar orasida arab tili so‘zlari 38 tani qamrab olаdi. Масалан: CAMPHRE-[kɑ̃fr], CHEB,CHEBA- [ʃɛb, ʃɛba], CHÈCHE-[ʃɛʃ], CHEIK- [ʃɛk;ʃejx], CHLEUH- [ʃlØ], CHOTT-[ʃɔt], CLEBS-[klɛps], COUQUE-[kuk], DJINN[dgin], DOUM-[dum], ERG-[ɛrg], FARDE-[fard], HADJ-[‘adʓ], KHOL-[kol], KSAR, plur.KSOUR- [ksar,ksur], MAT-[mat], KHAN-[kɑ̃](arabo –persan), OUD-[ud], FLOUSE- [[fluz];

Lingvistik tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, fransuz tilining leksikqatlamidagi arabcha so‘zlarning aksariyati semantik barqarorligi bilan ajralib  turadi.Masalan: CHEIK [ʃɛk; ʃejx] so‘zi arablar  orasida yoshi va bilimi bilan hurmatga sazovor kishi, qabila boshlig‘i, fransuz tilida ham katta yoshi va bilimi bilan hurmatga sazovor kishi ma’nolarini ifodalaydi.

Monosillabik so‘zlarning lingvo-regional qatlami tillarning rang-barangligini ifoda etаdi. Bularga Lion (Fransiyadagi shahar):GONE [gɔn]-yosh bola; italiyan: FUGUE- [fyg]-musiqiy kompositsiya, GUIDE[gid]-yo‘lboshchi, MOURRE [mur]-  tasodifiy o‘yin, NAZE [naz] – burun; norman: DALLE [dal]-beton plita; yapon: NÔ [no]-lirik drama, KYU [kju]-jang san’ati, DAN [dan]-belbog‘ning darajasi (sport); xitoy: LI [li]- xitoycha marshrut o‘lchami (576 m); turk – KIEF [kjɛf] – kunning yarmida mutlaq dam olish (turklarda); vetnam: NEM [nɛm]- imperator bayrami; hind: NAAN [nan] -non turi (shimoliy Hindistonda); fors: MAGE [maʓ]- ruhoniy, munajjim; shotland: LINKS [liµks]- golf maydoni;LOCH [lɔk; lɔx]- ko‘l; rus: KNOUT [knut]-metall asbob;  kabi leksik birliklar tadqiqotimizda monosillabik so‘zlarning regional maydon doirasida ko‘rib chiqildi.

Fransuz tilida bir bo‘g‘inli so‘zlarning regional xususiyatlarini tahlilda undov va tovushga taqlid so‘zlarning rang-barangligiga guvoh bo‘ldik. Darhaqiqat, bu kabi so‘zlar tilning ichki boyligini ko‘rsatishi uchun xizmat qiluvchi lingvistikunsurlarbo‘libhisoblanadi. Bunday elementlar, ayniqsa, monosillabik so‘zlar doirasida ko‘plab uchraydi. Ular ma’nosiz bo‘lsada xabar yetkazish xususiyatiga ega. Odatda bunday xabarlar fikr, g’oya yoki o‘ylarni  emas, balki hissiyotni bildiruvchi so‘zlardir. Undovlar anglatgan ma’nolariga ko‘ra bir nechta turga bo‘linadi. Tadqiqotimiz davomida monosillabik so‘zlarning  aynan quyidagichaturlari aniqlandi:

 

 

Emotiv ma’nolar:

Undov so‘zlar(interjection):

Hayratlanish

BAH [ba], BATH[bat], BIGRE [bigr], OUPS[ups], OH[o], GLOUP[glup];

Nafrat, jirkanish

BERK[bɛrk] ou BEURK[bœrk], BOUH [bu], OUACHE[waʃ], NIQUE[nik], FI[fi];

Turli xil his-tuyg’ular(konteksga qarab)

AH[‘a], HEP[‘ɛp;hɛp], LÀ[la], OUSTE[‘ust], OUAH[‘wa], HOP[‘ɔp;hɔp];

Befarqlik, sabrsizlik

BASTE[bast], BOF[bɔf], HEIN[‘ɛ̃; hɛ̃];

Tasdiq, qoniqish

DA[da];

Shubha

HEM[‘ɛm;hɛm],HUM[‘œm;hœm],EUH[ø],HEU[‘ø];

Quvonch

OUAH[‘wa], HIP[‘ip;hip], GUÉ[ge];

Chaqiruv

HEP[‘ɛp;hɛp], HO[‘o;ho;], HOU[‘u;hu] HÉ[‘e,he];

Og’riq

AÏE[aj], OUF[‘uf], OUCH[autʃ], HA [‘a;ha];

Tovushga taqlid

so‘zlar (onomatopée)

AYE-AYE[ajaj], BING[binµ], MOUE[mu], OQ[kɔk], DING[diµ], FLAC[flak],  FLOC[flɔk], FLOP[flɔp], FROUSSE[frus], HAN[ɑ̃;hɑ̃], HI[‘i; hi],MEUH[mø];

 

 

 

Bundan tashqari anglitsizmlarga oid so‘zlar ham ushraydi:  FLOP [flɔp], HIP [‘ip;hip], OUPS [ups], OUAH [‘wa] (amerika), OUCH [autʃ], OUACHE [waʃ]

(Kanada).

Bir bo‘g’inli so‘zlarlarning yana bir o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu – morfologik xususiyatidir.Bu xususiyat o‘zining turlari bilan ahamiyatlidir. Shu o‘rinda  monosillabik so‘zlarning aksariyat qismini  ot so‘z turkumi 80 %ni, sifatlar 20%ni, ravishga xos so‘zlar 1% va qisqartma so‘zlar 5%ni  tashkil etаdi.

Fransuz tili turli hududlarda davlat tili sifatida qo‘llanib kelinmoqda. Bu til har bir

mamlakatda o‘ziga xos rang-barang xususiyatlarni kasb etadi.Bugungi kunda fransuz tilining mintaqaviy ko‘rinishi standart fransuz tili va dialektal leksik birliklaro‘rtasidagio‘zaro aloqalarnatijasidir. Bunda lingvistik aloqalar bir qancha omillar bilan bog’liq bo‘lib, ular orasida hududiy va ijtimoiy omillar, ya’ni ma’lum bir ijtimoiy

guruhga xos so‘zlovchilar o‘rtasidagi aloqalar o‘ziga xos ahamiyatga ega.

 

 

 

Fransuz tilining lingvo-hududiy munosabatlarida ko‘plab davlatlar o‘z ta’sirini o‘tkazib keldi va kelmoqda. Belgiyaliklar tomonidan ishlatiladigan ko‘plab monosillablarning standart fransuz tilida muqobillarimavjudemasyoki boshqa ma’noga ega bo‘lishi kuzatilаdi.Fransuz tili rivojlanish tarixida inglizcha so‘zlarning tobora ko‘proq ishlatilishi ko‘zgatashlanadi. Bunday holat esa tilning boyishini emas, balki uning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.

Xullas, yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, monosillabik so‘zlarning regional xususiyatlariga ko‘plab davlatlarning ichki va tashqi munosabatlari katta ta’sir o‘tkazib kelgan. Bunday so‘zlar turli aspektlarda namoyon bo‘ladigan hamda fonetikaning o‘siga xos bir bo‘lagi  hisoblanadi. Monosillabik so‘zlarning tarkibi va xususiyati keng va turli-tumandir va bu narsa tahlil misollarida o‘z aksini topgan, albatta. Ularni leksik – semantik va  grammatik sathlarda o‘rganish bir bo‘g’inli so‘zlarning mukammaltarzdatadqiq etishga zamin yaratadi.

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

1. Соссюр Ф.де. Труды по языкознанию // Пер.сфр.-М.,1977. -С. 233–234.

2. Pöll B. Francophonies périphériques. Histoire, statut et profil des principales variétés du français horsde France.- P.,2001.-Р. 26.

3.Tuaillon G. Lefrançais régional. Formes de rencontre //Vingt-cinq communautés linguistiques de la France. Tome premier. Langues régionales et langues non territoriales.-P.,1987.–299 p.

4. Dubois J. Dictionnaire de linguistique.-Paris : Larousse-Bordas /VUEF, 2002.-1784 p.

5. Maza-Pushpam F. Les régionalismes de Mariac, regard sur le français parlé à Pont-de-Fromentières. – Ardèche. -P. 21.

6.Calvet L.-J.L’Europeetseslangues. -Paris:Plon,1993.-237 p.

7. Hambye P., Francard M., Simon A.-C. Phonologie du français en Belgique. Bilan et perspectives. -Paris: La Tribune internationale des langues vivantes, Vol. 33, 2003. –P.56-63.

8.Robert P. Le Petit Robert.  –Paris, 2015.

9.Сафаров Ш.С. Семантика.- Т.: Фан, 2012.

10.Кустова Е. Ю. Теоретическая фонетика французского языка: cистемные и функциональные аспекты. -Пятигорск: Пятигорский государственный лингвистический университет, Издание 3-е, 2011. -78 с.

11.Rey Ch.Le régionalisme   linguistique   peut-il être un simple synonyme?.- ÉLA.Études de linguistique appliquée.2015/2(№ 178). -P 213-225.

12.Arpin R.Le Musée de la civilisation : concept et pratiques /1934-2010.

13.Armand C.Phonétique du Fle.Prononciation:delalettreauson.2019.-P. 33-39.

14.Резвухина Ю.А. Регионализм к определению понятия: Россия.–Новосибирск: Сибирский государственный университет и технологий. 2015.

-С.84-90.

Интернет ресурслар:

15. https://www.dictionnaire des francophones.org/form/gate

16. https://www.la langue francaise.com/dictionnaire/definition/regionalisme

17. https://www.le bourdonde la louisiane.com/francais-louisianais

18.https://www.krugosvet.ru/enc/gumanitarnye_nauki/lingvistika/ZAIMSTVOVANIE.html

 

Nasimova D. Linguo – regional features of monosyllabic words in French. This article studies the linguo – regional characteristics of monosyllabic words in the French language. In particular, the possibilities of determining the intralinguistic and extralinguistic factors of regionalization of the French language were analyzed. Based on the results of the conducted research,the expressions of terms such as Anglicism, Belgianism, Swissism and Quebecism in the linguo – regional relationship of the French language were determined that is,the linguo – regional characteristics of French monosyllabic words were studied on the basis of concrete examples.

 

Насимова Д. Лингворегиональные особенности односложных слов французского языка. В данной статье исследуются лингворегиональные особенности одно сложных слов во французском языке. В частности, были проанализированы возможности определения интралингвистических и экстралингвистических факторов регионализации французского языка. По результатам проведенного исследования были определены такие разновидности терминов, как англицизм, бельгизм, швейцаризм и квебекизм в лингворегиональном родстве французского языка, то есть изучены лингворегиональные характеристики французских односложных слов на основе конкретных примеров.

 

 

 

 

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati