FRANSUZCHA DEFISLI QO’SHMA SO`ZLAR TAHLILIGA DOIR

„So‘z yasash usuli“ tushunchasi so‘z yasalishi bo‘limining asosiy tushunchalaridan biri, desak xato bo‘lmaydi. Uning mohiyatini to‘g‘ri anglamasdan, avvalo, so‘z yasashning qanday usuli yoki usullari borligini aniq belgilab bo‘lmaydi. [1:6]. So‘z yasash usuli   bo‘yicha juda ko‘p izlanish olib borilgan. Biroq, fransuz tilshunosligida bu hodisaning mohiyati aynan defis bilan yoziladigan  qo‘shma so‘zlar misolida kam e’tibor qaratilgan. 

            So‘z yasash deganda, ma’lum bir lug‘aviy birlikdan so‘z yasovchi vosita yordamida yangi so‘z hosil qilish tushuniladi.  So‘z yasashning „kompozitsiya usuli“ tillarda keng tarqalgan bo‘lib, u so‘z yasashning mahsuldor usuli sifatida ta’riflanadi.  Kompozitsiya usuli bilan so‘z yasash deganda, so‘z qo‘shish yo‘li bilan so‘z yasash tushuniladi. Yа’ni ikki mustaqil so‘z ma’lum grammatik shaklda birikadi va birikuvchi so‘zlar o‘rtasida grammatik aloqa borligi sezilib turadi. 

             Tilda  „qo‘shma so‘z“ deb ataladigan  so‘zlar ham ma’lum bir usullar orqali yasaladi. Lekin, tilda biror so‘zning u yoki bu yo‘l orqali, biror hodisa tufayli yuzaga kelishi asosida yangi so‘z hosil qilish hodisasi   quyidagilarni o‘z ichiga  oladi:

-so‘z yasash usuli bilan yangi so‘z hosil qilishda so‘z yasovchi maxsus vositadan foydalanish ;

            - so‘z yasash usuli bilan hosil qilingan so‘z (yasama so‘z) so‘z yasovchi yordamida ma’lum bir so‘zdan hosil qilinadi va bu so‘z (yasama so‘zning shu qismi) so‘z yasalish asosi hisoblanadi; 

            - maxsus usul bilan, maxsus birliklar yordamida yasalgan so‘zlarning ma’nosi uning qismlari ma’nosidan yuzaga keladi, uning ma’nosini qismlari ma’nosi bilan asoslash [1: 14].  

Fransuz tilida defis  bilan yoziladigan so`zlar, asosan, qo`shma so`zlar hisoblanadi. Ularning tuzilishida juda ko`p o`ziga xosliklar, ya’ni struktur xususiyatlar  mavjud.  Masalan, predlog bilan ravish bitta ot turkumidagi so`zni, yoki fe`l bilan fe`l ham ot so’z turkumini yasashi mumkin. Aynan shunday so’zlar yuzasidan ilmiy va amaliy izlanish olib borilganda, ularning o’ziga xos struktur qirralari  ma’lum bo’ldi. Jumladan, ularni tashkil qilgan komponentlarning morfologik tavsifi va ular  birgalikda  paydo qilgan leksik hosilaning grammatik xususiyatlari xilma-xil ekanligi ko’zga tashlanadi [2: 21]. 

Fransuz tilida bunday  qo’shma so’zlar juda ko’pchilikni tashkil etadi. Ularning aksariyat qismini ot so’z turkumiga xos so’zlar tashkil etadi. Bundan tashqari, sifat  va ravish so’z turkumiga xos so’zlar ham ular orasidan keng o’rin olgan. Biroq, fe’l so’z turkumiga xos so’zlar juda sanoqlidir.  Quyida ularning aynan Le petit Robert lug’atining “A” va “B” harflari asosida olib borilgan kuzatish natijalariga ko’ra shunday  misollar  keltirish mumkin [3]:

 

Ot:

Sifat:

Ravish:

Fe’l:

Bain-marie

    Bas-jointé

Bras-le-corps

Arc-debouter

Balai-brosse

Bucco-dentaire

Au-devant

 

 Banc-titre

Bucco-génital(e)

Brule-pourpoint

 

Ballet-pantomime

Attrape-tout

Au-dehors

 

 

 

Bundan tashqari, fransuzcha qo’shma so’zlar orasida ikkala so’z turkumi sifatida qo’llaniladigan turlari ham mavjud. Masalan, bitta qo’shma so’z ham ot, ham sifat tariqasida ishlatilishi ham mumkin. Misol uchun:                

anti- age (adj. et nom)                         bien-pensant-e (adj. et nom)

afro-américain-e (adj et nom)              anglo-saxon,onne (adj et nom)

Bunday so’zlar  ustida izlanish olib borilganda, albatta, ularga xos dastlabki muammo - ularning son, ya’ni birlik va ko’plik shakllarini yasash muammosi  paydo bo’ladi.  Haqiqatan ham, qo’shma so’zlarning ko’plik shaklida ko’plikni ifodalovchi qo’shimcha ushbu murakkab leksik birlikning qaysi qismiga qo’shilishi ancha muammoli vaziyat sanaladi. Negaki, ularda ko’plik shaklning yasalishi uchun maxsus qoida yoki orfografik mezonning o’zi mavjud emas. Bu xususda ular xilma-xil orfografik qoidalarni o’z ichiga oladi [4:42].

Fransuz tilidagi qo’shma so’zlar uch xil tarzda ko’plik shaklini hosil qiladi. Bu holat ularni tashkil etuvchi komponentlar bilan birga amalga oshadi. Ya’ni, qo’shma so’zlarning ko’plik shakli ularning 1) birinchi komponentiga, 2) ikkinchi komponentiga va 3) ikkala komponentiga ham ko’plik qo’shimchasini qo’shish orqali yasaladi [5:67]. Bu uch xil shaklga quyidagicha misol keltirish mumkin:

 

 

1.

Birinchi komponentga qo’shimcha qo’shish:

 

Singulier

Pluriel

bébé-éprouvette

bébés-éprouvette

année-lumière

années-lumière

2.

Ikkinchi komponentga qo’shimcha qo’shish:

 

baby-boom

baby-booms

 

avant-trou

avant-trous

3.

Ikkala komponentga qo’shimcha qo’shish:

 

balai-brosse

balais-brosses

 

avant-centre

avants-centres

 

Bundan tashqari, faqat birlikda qo’llaniladigan otlar ham ko’pchilikni tashkil etadi. Masalan:   baby-foot   (n.m) ;   á-coté (n.m) ;

                      boute-en-train (n.m) ;         blue-jean(n.m) ;

                      aberden-angus (n.m) ;         burn-out (n.m).

  Fransuzcha qo’shma so’zlar  struktur nuqtayi nazardan morfologik tahlil qilinganda ularning bir qancha struktur modellari mavjudligi   aniqlandi. Ularni quyidagicha besh turga ajratib tasniflash maqsadga muvofiqdir:

 

Ot bilan boshlanadigan qo’shma so’zlar

Sifat  bilan boshlanadigan qo’shma so’zlar

Fe’l  bilan boshlanadigan qo’shma so’zlar

Ravish  bilan boshlanadigan qo’shma so’zlar

Predlog  bilan boshlanadigan qo’shma so’zlar

Ot+ot;

Sifat+ot;

Fe`l+fe`l;

Ravish+ot;

Predlog+sifat;

Ot+predlog

+ot;

Sifat+fe`l ;

Fe`l+ot;

 Ravish+ravish;

Predlog+fe’l;

Ot+sifat ;

Sifat+

Sifatdosh;

Fel+ot;

-

 Predlog+ot;

Ot+predlog+

Fel ;

Sifat+sifat;

-

-

-

-

Sifat+predlog

+ot.

-

-

-

       Ko’rinib turibdiki, fransuzcha qo’shma so’zlarning 17 ta  struktur turi mavjud bo’lib, ularning birinchi komponentini tashkil etuvchi so’zlar turiga ko’ra besh sinfga ajratib tahlil qilish mumkin, ya’ni sifat, ot, fe’l, ravish va predlog bilan boshlanadigan qo’shma so’zlar singari. Bunda sifat bilan boshlanadigan qo’shma so’zlarning besh xil, ot bilan boshlanadigan qo’shma so’zlarning to’rt xil, fe’l bilan boshlanadigan qo’shma so’zlarning uch xil, ravish bilan boshlanadigan qo’shma so’zlarning ikki xil hamda predlog bilan boshlanadigan qo’shma so’zlarning uch xil struktur modellari mavjuddir. Quyida bu struktur modellarga misollar keltirib o’tamiz:

 

Sifat+ot

blanc-bec

Sifat+fe`l

blanc-manger

Ot+sifat

amour-propre

Ot+predlog+ot

boute-en-train

Predlog+ot

avant-bras

Ot+ot

bateau-mouche

Fe`l+fe`l

aller-retour

Sifat+sifatdosh

bien-aime

fe`l+ot

brise-vent

Fel+ot 

attrape-mouche

Sifat+sifat

aigre-doux

Predlog+sifat

avant-veille

ravish+ravish

avant-hier

Sifat+predlog+ot

belle-de-jour

Ravish+ot 

avant-scene

Ot+predlog+fel 

bonnet-de-prêtre

Predlog+fe

après-diner

 

 

 

 

Fransuz tilida defis bilan yoziladigan so’zlar leksik–semantik  jihatdan tahlil qilinganda, juda ko’plab qiziqarli jihatlar ko’zga tashlanadi. Bunday so’zlarning aksariyat qismi fransuz tilida bo’lishiga qaramasdan,  ularning orasida dunyoning turli tillaridan kirib kelgan so’zlarni, faqat ma’lum bir soha doirasidagina qo’llanadigan so’zlarni ham uchratish mumkin bo‘ladi.

Bunday so’zlar aynan mana  shunday jihatdan leksik–semantik nuqtayi nazardan  tahlil qilinganda, ularning  juda ham ko’plab xususiyatlari ko’zga tashlanadi. Xususan, ularni kasb-hunar, sport, texnika, qurilish, asbob-uskunalar, ilm-fan, tashkilot va joy nomlari, kelib chiqish, hayvonot, parranda, qarindoshlik, o‘simliklar, kosmetika va hujjat nomlari kabi sohalarga doir so’zlar  shular jumlasidandir. Quyida ularga shunday misollar keltirish mumkin:

  1. Kasb-hunar sohasiga doir so’zlar:

Aide-soignant, e (n)- tibbiy yordam ko’rsatuvchi;

Brigadier-chef(n)- rahbar;

2)Sport sohasiga doir so’zlar :

Avant-centre(n)- markaziy himoyachi;

Basket-balle(n.m)- basketbol;

 3)Texnika sohasiga doir so’zlar :

Anti-sous-marin,e (adj et n)- Suvosti kemasiga qarshi qurol(jangda);

 Bateau-mouche (n.m)- Syenada yo’lovchi tashuvchi paroxod;

 4) Qurilish sohasiga doir so’zlar :

 Arc-boutant (n.m)- tirgak, tirkagich gumbaz

Arc-bouter (de bouter) (v.t)- tirkagich qo’ymoq;

5) Asbob-uskuna so’zlari:

Brule-pourpoin (á)- o’t  o’chirgich;

Bec-de-corbeau (n.m)- ombur;

6)Ilm-fanga doir so’zlar :

a) Kimyo:  Atome-gramme (n.m)- atomgramm

 Auto-induction(n.f)- elektromagnit induksiya

 b) Tibbiyot: Bec-de-perroquet-(n.m)- umurtqa ostreoxondrozi

      Bec-de-lievre(n.m)- og ‘iz bo’shlig’i kasalligi;

c) Kino-teatr: Avant-scène (n.f)- sahnaning parda orti qismi;

Ballet-pantomime (n.m)- so’zsiz va qo’shiqsiz xoreografik spektakl;

d) Kosmos-koinot:  Année-lumière (n.f)- yorug’lik yili;

e) Geologiya :

          Block-daigramme (n.m)- geologik birliklarning 3 o’lchamda berilishi;

f) Tarix:  Anglo-saxonne (adj et n)- angol-sakslar;

g) Adabiyot:  Bout-rimé (n.m)- sher qatorlari;

     Belle –lettres (n.f)- adabiy, ritorik, poetik san’atlar birligi;

h) Anatomiya : Auto-immunité(n.f) - immunitet;

          Bucco-dentaire (adj) - og’izga va tishga aloqador;

7) Tashkilot, joy nomlariga doir so‘zlar :

Auto-école (n.f) - avtomobil boshqaruv markazi;

 Boui-boui (n.m) - kichik kafelarning umumiy nomi;

8) Millatni ifodalovchi so‘zlar:

 Afro-américain,e (adj et nom)- Afrika va AQSH fuqarosi;

Afro-cubain,e (adj et n)-  ham Afrika ham Kubaga oid;

9) Hayvon va parranda nomlarini ifodalovchi so‘zlar:

Bec-croisé (n.m)- Uzuntumshuq qush nomi;

Bas-jointé,e- (adj)- Ot turi;

10) Qarindosh-urug ‘ni ifodalovchi so’zlar :

Arrière-grand-tante (n.f)- bobo yoki buvining singlisi;

 Beau-parent (n.m)- o’gay ota-ona;

11) Tabiat hodisalarini ifodalovchi  so‘zlar:

Arc-en-ciel (n.m)- kamalak;

12) Rasmiy hujjatlarni ifodalovchi so‘zlar :

Bulletin-reponse (n.m)- savollar  varaqasi;

Blanc-seing (n.m)- Imzo qo’yilgan hujjat;

13) O’simliklarni ifodalovchi so‘zlar :

 Bouton- d’argent (n.m)- oq gul;

Belle-de-nuit (n.f)- tog’olcha ;

14) Kosmetikaga doir so‘zlar :

Après-soleil (adj et n)- quyoshdan keyingi krem;

Après-rasage (adj et n)- Soqol olgach, surtiladigan krem.

Fransuz tilidagi defis bilan yoziladigan qo‘shma so‘zlarni  bu kabi semantik nuqtayi nazardan tahlil qilish fransuz tili lug‘at tarkibidagi qo‘shma so‘zlar muammosiga doir ayrim masalalarning echimini topishga yordam beradi.  

Shuningdek, fransuz tilidagi qo’shma so’zlarga xos yuqoridagi singari struktur modellarning  har biri alohida maxsus   ilmiy  izlanishni talab etadi va bunday izlanish natijalari tildagi qo‘shma so‘zlar  muammolariga asoslangan ayrim leksik, grammatik va struktur xususiyatlarni kashf  etish  imkonini beradi. 

Аdabiyotlar:

  1. Ҳожиев А. Ўзбек тили сўз ясалиши тизими. –Тошкент: Ўқитувчи, 2007. -168 б.
  2. Corbin D. La formation des mots: structure et interprétation// Lexique 10.-Villeneuve d`Asq: Presses universitaires de Lille. - 1991 – P. 7-30.
  3. Nouveau petit le Robert. – Paris, 1994. – 2467 p.          
  4. Corbin D. Hypothèses sur les frontières de la composition nominale.// Cahiers de grammaire 17. – 1992. – P. 25-55.
  5. Foucault B de. Les structures linguistiques de la genese des jeux des mots. – Berne etc. Lang,1988.– 144 p. -(Sciences pour la commnication, 23)
  6. Умбaрoв Н., Ҳaмрoқулoв Г. Ҳoзирги зaмoн фрaнцуз тили лексикoлoгияси. – Тoшкент: Ўқитувчи, 1996. 104 б.
Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati