Ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’rganayotgan o’quvchilar uchun o’z bilimlarini baholash va olingan natija ko’rsatkichlari tahlili o’laroq til o’rganishdagi keyinga qadamlar uchun dastur ishlab chiqarish juda muhim sanaladi. Bu borada IELTS xalqaro imtihoni dunyodagi yetakchilardan bo’lib, 4 milliondan ortiq kandidat o’z bilimlarini tekshirib ko’rishadi. Bu ko’rsatkich, vaholanki, 2017-yilda 3 millionni tashkil qilar edi. Dunyo miqyosida qisqa vaqt davomida tan olinib ulgurilgan IELTS imtihonlari baholash tizimi borasida olimlarning tadqiqotlari samarasi o’laroq paydo bo’lgan nazariy bilimlarga asoslanib tizimni o’ziga xos umumiy yutuq va kamchiliklari mavjud.
|
UMUMIY YUTUQLARI |
UMUMIY KAMCHILIKLARI |
|
Xalqaro tan olinganlik IELTS dunyodagi minglab tashkulotlar tomonidan tan olingan bo’lib, uning natijasi mavqe’li universitetlar, hukumat agentliklari va ish beruvchilar tomonidan qabul qilinadi. Ushbu baholash tizimi o’z o’qishini chetda davom ettirmoqchi bo’lgan talabalar, mehnat faoliyatini va hayotini xorijiy mamlakatlarda yurgizmoqchi bo’lganlar uchun eng ishonchli turtkilardan biri. |
Imtihon narxlari IELTS imtihonlarini topshirish ancha qimmat bo’lishi mumkin. Mazkur to’lov sharoiti o’rtachadan pastroq bo’lgan oilalar uchun og’ir yuklama hisoblanadi. Bu imtihonga tayyorgarlik qilish uchun kurslar to’lovi ham anchagina qimmat. |
|
Keng qamrovli baholash IELTSda til kompenentlarining 4 kerakli qismlari: Tinglab tushunish, O’qib tushunish, Yozish va Gapirish ko’nikmalari tekshiriladi. Ushbu tekshiruv orqali o’quvchining bazaviy til mahorati ko’nikmalari baholanadi. |
Stres va bosim IELTS standart testiga tayyorgarlik ko’rish juda tashvishli hisoblanib, ko’p holatlarda o’quvchini havotirga va ishonchsizlikka undaydi. Jaroyon davomidagi tushkunlik yakuniy natijaga ta’sir qilmay qolmaydi. |
|
Serqirralik IELTS imtihoni ikki turga bo’linadi: Akademik IELTS va Umumiy Malaka IELTS testi. Akademik IELTS o’z ilmiy faoliyatini davom ettirmoqchi bo’lganlar uchun maxsus shakllantirilgan bo’lsa, Umumiy Malaka IELTS testi orqali da’vogar immigratsiya qilish yoki biror chet tashkilotlariga ishga qabul qilinish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bunday tizim inson faoliyati uchun kerak bo’lgan barcha yo’nalishlarda qo’l keladi. |
Vaqt talab qiladiganlik IELTS imtihonlariga tayyorgarlik ko’rish anchagina vaqt talab qiladi. Test 4 qismga bo’linganligi sabab ko’plab qiyinchiliklar yuzaga keladi. Har bir qism alohida bir fan sifatida qaralishi kerak.
|
|
Hayotiy til ko’nikmalari IELTS imtihonidagi savollar va ko’nikmalar faqat imtihon doirasi bilan cheklanib qolmaydi. Tayyorgarlik davomida orttirilgan bilimlarni kelgusida hayotda ham qo’llash va tadbiq qilish mumkin. |
Cheklangan imtihon sanalari* IELTS xalqaro imtihon hisoblanadi. Imtihonga juda puxta tayyorgarlik ko’riladi. Shu boisdan, imtihon vaqtlari taqchilligidan talabgor o’ziga mos sanani topishda qiynaladi (O’zbekiston misolida bu masala o’z yechimini topgan). |
|
Tezkor natijalar IELTS imtihonini topshiruvchilar o’z natijalarini odatda 13 kunda olishadi. Bu boshqa til ko’nimalarini baholash testlarida anchagina tez sanaladi va ushbu faqat oliy o’quv yurtlariga hujjat topshirish yoki ishga ariza berishda juda qo’l keladi. |
Kutilmagan imtihon mavzulari IELTSning Yozish va Gapirish bo’limlarida aynan bir sohadagi mavzulardan savollar shakllantirilmaydi. Savollar turli sohalardan kelishini inobatga olsak, mazkur bo’limlarda yuqori ko’rsatkichlar olish nisbatan qiyin. |
|
Imtihon o’tkazish manzillari va sanalar IELTS xalqaro imtihonga aylanib ulgurdi. Dunyoning ko’plab mamlakatlarida ushbu testni topshirish imkoniyati mavjud. Test bir yilda bir necha bor o’tkaziladi. |
Gapirish imtihondagi ortiqcha xavotir IELTSda gapirish imtihoni yuzma-yuz muloqotni talab qiladi. Natijada, ba’zi talabgorlar imtihon davomida yuqori bosim va xavotir ostida bo’lishadi. |
|
Haqqoniy baholash tizimi IELTS standartlashtirilgan baholash tizimini qo’llaydi. Bu natijalarning shaffofligini va tushunishga osonligini ta’minlaydi. |
Cheklangan test markazlari IELTS keng tarqalgan bo’lishiga qaramay, ba’zi bir mamlakatlardagi talabgorlar o’z yurtlarida test markazlari yo’qligi tufayli uzoq masofaga safar qilishlari kerak bo’ladi. |
|
Tayyorgarlik materiallari IELTSga tayyorgarlik qilish uchun materiallarm kitoblar, onlayn kurslar, amaliy testlar tayyor va erishsa bo’ladigan. Bular orqali talabgor imtihondagi savollarning analogi bilan o’zlarini tanishtirishlari mumkin. |
Hammaga bir xil savollar IELTS imtihonini bir topshiruvchilarining soni 1000ta bo’lsa ham ularning barchasiga bir xil savol beriladi. Talabgorlarning intrinzik xohishlarini inobatga olsak, test hamma uchun ham bir xil imtihon sharoitini yaratib berolmaydi. |
|
Uzoq muddatli yaroqlilik IELTS imtihoni sertifikati 2 yil davomida o’quvchiga xohlagan til ko’nikmalari shakllantirilganligi isboti vazifasini o’taydi va universitetlar, tashkilotlar va hukumat agentlilari tomonidan tan olinadi. |
Cheklangan kompyuterda topshiriladigan imtihonlar IELTS imtihonlarini kompyuterda topshirish imkoniyati mavjud. Lekin bu tanlov juda cheklangan. Uning rivojlanishi qog’ozda topshiriladigan IELTS testiga nisbatan ancha sust. |
Ta’kidlab o’tilgan yutuq va kamchiliklar davlatlar doirasida farqlanadi. Ma’lum bir davlatda IELTSning barcha ustunlik ta’raflarini kuzatish yoki hamma kamchiliklarini topib bo’lmaydi. Davlatning geolokatsiyasi, ushbu o’rinda ta’kidlab o’tish kerak, IELTS natijalariga ta’sir o’tkazmasdan qolmaydi. Quyida ielts.org tomonidan taqdim etilgan 2023-2024-yillarda Akademik IELTS topshiruvchilarining o’rtacha ballari taqdim etilgan.
|
DAVLAT |
Ko'rsatkich |
Tinglab tushunish |
O'qish |
Yozish |
Gapirish |
Jami |
|
Ozarbayjon |
O'rtacha |
6,9 |
6,6 |
6,1 |
6,5 |
6,6 |
|
Bangladesh |
O'rtacha |
6,0 |
5,6 |
5,6 |
5,8 |
5,8 |
|
Kambodja |
O'rtacha |
6,2 |
5,8 |
5,8 |
6,1 |
6,0 |
|
Xitoy |
O'rtacha |
5,9 |
6,3 |
5,8 |
5,5 |
5,9 |
|
Kolumbiya |
O'rtacha |
6,7 |
6,8 |
6,0 |
6,5 |
6,6 |
|
Misr |
O'rtacha |
7,0 |
6,6 |
6,1 |
6,7 |
6,7 |
|
Fransiya |
O'rtacha |
7,1 |
7,1 |
6,2 |
6,7 |
6,9 |
|
Gana |
O'rtacha |
6,7 |
6,0 |
6,2 |
7,0 |
6,6 |
|
Gonkong |
O'rtacha |
7,0 |
6,8 |
6,2 |
6,4 |
6,7 |
|
Hindiston |
O'rtacha |
6,6 |
6,1 |
6,1 |
6,2 |
6,3 |
|
Indoneziya |
O'rtacha |
7,0 |
6,9 |
6,1 |
6,4 |
6,7 |
|
Eron Islom Respublikasi |
O'rtacha |
6,6 |
6,4 |
6,0 |
6,5 |
6,4 |
|
Italiya |
O'rtacha |
7,3 |
7,5 |
6,2 |
6,7 |
7,0 |
|
Yaponiya |
O'rtacha |
5,9 |
6,1 |
5,7 |
5,5 |
5,9 |
|
Iordaniya |
O'rtacha |
6,7 |
6,3 |
5,9 |
6,7 |
6,5 |
|
Qazoqiston |
O'rtacha |
6,6 |
6,4 |
5,8 |
6,1 |
6,3 |
|
Keniya |
O'rtacha |
6,7 |
6,3 |
6,3 |
6,9 |
6,6 |
|
Koreya |
O'rtacha |
6,5 |
6,5 |
5,9 |
5,9 |
6,3 |
|
Quvayt |
O'rtacha |
5,7 |
5,2 |
5,3 |
6,0 |
5,6 |
|
Malayziya |
O'rtacha |
7,5 |
7,2 |
6,4 |
6,8 |
7,1 |
|
Meksika |
O'rtacha |
6,7 |
6,7 |
6,0 |
6,5 |
6,5 |
|
Mo'g'uliston |
O'rtacha |
6,7 |
6,3 |
5,8 |
6,3 |
6,3 |
|
Myanma |
O'rtacha |
6,9 |
6,8 |
6,1 |
6,3 |
6,6 |
|
Nepal |
O'rtacha |
6,6 |
6,0 |
6,0 |
6,0 |
6,2 |
|
Nigeriya |
O'rtacha |
6,8 |
6,3 |
6,3 |
7,1 |
6,7 |
|
Ummon |
O'rtacha |
5,3 |
5,0 |
5,4 |
5,8 |
5,4 |
|
Pokiston |
O'rtacha |
6,6 |
6,2 |
6,0 |
6,3 |
6,3 |
|
Filippin |
O'rtacha |
7,2 |
6,7 |
6,3 |
6,8 |
6,8 |
|
Rossiya |
O'rtacha |
7,2 |
7,1 |
6,2 |
6,7 |
6,9 |
|
Saudiya Arabistoni |
O'rtacha |
6,0 |
5,6 |
5,4 |
6,2 |
5,8 |
|
Ispaniya |
O'rtacha |
7,5 |
7,4 |
6,3 |
6,9 |
7,1 |
|
Shri Lanka |
O'rtacha |
6,6 |
6,2 |
6,0 |
6,3 |
6,3 |
|
Tailand |
O'rtacha |
6,4 |
6,2 |
5,8 |
5,9 |
6,1 |
|
Turkiya |
O'rtacha |
6,8 |
6,6 |
6,0 |
6,2 |
6,5 |
|
Ukraina |
O'rtacha |
6,9 |
6,7 |
6,0 |
6,6 |
6,6 |
|
Birlashgan Arab Amirliklari |
O'rtacha |
5,6 |
5,1 |
5,1 |
5,9 |
5,5 |
|
O'zbekistan |
O'rtacha |
6,3 |
5,9 |
5,7 |
5,8 |
6,0 |
|
Vetnam |
O'rtacha |
6,3 |
6,4 |
6,0 |
5,7 |
6,2 |
|
Zimbabve |
O'rtacha |
7,2 |
6,6 |
6,4 |
7,4 |
6,9 |
Geolokatsiya va ingliz tili darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, davlatlarning geografik joylashuvi ingliz tilini o‘zlashtirish darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida Malayziya va Filippin nisbatan yuqori umumiy ko‘rsatkichlarni namoyish etgan. Buning asosiy sababi sifatida ushbu mamlakatlarda ingliz tilining ikkinchi rasmiy til yoki ta’lim tili sifatida faol qo‘llanilishini ko‘rsatish mumkin. Aksincha, ingliz tili ta’lim tizimiga kechroq kirib kelgan Kambodja, Vyetnam va Tailand kabi mamlakatlarda umumiy band ballari pastroq qayd etilgan.
Janubiy Osiyo davlatlarida, jumladan Hindiston, Pokiston va Shri Lankada ingliz tili kolonial davrdan beri keng tarqalgan bo‘lsa-da, natijalar o‘rtacha darajada saqlanib qolgan. Bu holat aholining katta qismi uchun ingliz tili ikkinchi yoki uchinchi til bo‘lib qolayotgani, shuningdek, ta’lim sifati va imkoniyatlarining notekisligi bilan izohlanadi.
Yaqin Sharq mamlakatlarida ingliz tili ko‘proq ishbilarmonlik va xalqaro muloqot vositasi sifatida qo‘llaniladi. Natijada gapirish ko‘nikmasi nisbatan yaxshi rivojlangan bo‘lsa-da, akademik o‘qish va yozish ko‘rsatkichlari pastroq darajada qolmoqda. Misrning nisbatan yuqori natijasi esa ta’lim tizimida ingliz tiliga alohida e’tibor berilishi bilan bog‘liq.
Yevropa mamlakatlari orasida Italiya, Ispaniya va Fransiya yuqori umumiy ko‘rsatkichlarni qayd etgan. Lotin alifbosidan foydalanish, ingliz tilining maktab ta’limidan boshlab majburiy fan sifatida o‘qitilishi va Yevropa ta’lim standartlari ushbu natijalarning asosiy omillari hisoblanadi. Afrika mamlakatlari, xususan Nigeriya, Gana va Zimbabveda ingliz tilining rasmiy til maqomiga egaligi umumiy natijalarning yuqori bo‘lishiga xizmat qilgan.
Ingliz tiliga lingvistik va tarixiy yaqinlik omili
Ingliz tiliga yaqinlik omili tahlil qilinganda, eng yuqori natijalar ingliz tili rasmiy yoki ikkinchi davlat tili bo‘lgan mamlakatlarda kuzatiladi. Filippin, Malayziya, Nigeriya va Gana kabi davlatlarda ingliz tili nafaqat ta’limda, balki kundalik hayotda ham faol ishlatiladi. Bu holat til kompetensiyasining barcha komponentlarida nisbatan barqaror yuqori ko‘rsatkichlarni ta’minlagan.
O‘rtacha yaqinlikka ega mamlakatlarda, jumladan Hindiston, Keniya va Yevropa davlatlarida ingliz tili kuchli akademik asosga ega bo‘lsa-da, u ko‘pincha ona tili sifatida ishlatilmaydi. Natijada gapirish ko‘nikmasi ayrim hollarda o‘qish va yozishga nisbatan pastroq bo‘lishi mumkin.
Fonetik va grammatik jihatdan ingliz tilidan uzoq bo‘lgan tillarga mansub davlatlarda, masalan Xitoy, Yaponiya va ayrim arab mamlakatlarida ingliz tilini o‘zlashtirish darajasi pastroq bo‘lib qolmoqda. Bu farq ayniqsa talaffuz va yozma nutqda yaqqol namoyon bo‘ladi.
O‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, ingliz tili bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlar birgina geografik joylashuv bilan emas, balki ingliz tilining davlatdagi maqomi, ta’lim tizimidagi o‘rni, til oilasining fonetik va grammatik yaqinligi hamda kundalik hayotda qo‘llanish darajasi bilan chambarchas bog‘liq. Ingliz tili institutsional va ijtimoiy jihatdan faol bo‘lgan mamlakatlarda natijalar yuqori, aks holda esa o‘rtacha yoki past darajada saqlanib qolmoqda.
O‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, IELTS natijalari faqat individual tayyorgarlik darajasi bilan emas, balki mamlakatning geolokatsiyasi, ingliz tilining davlatdagi maqomi, ta’lim tizimidagi o‘rni hamda tilning lingvistik xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liq. Ingliz tili institutsional va ijtimoiy jihatdan faol bo‘lgan davlatlarda umumiy ko‘rsatkichlar yuqori, aks holda esa o‘rtacha yoki past darajada saqlanib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Veb saytlar
Исматиллаев П. Общие преимущества и недостатки принципов международного экзамена IELTS и влияние геолокации стран на результаты. В данной статье рассматриваются основные принципы международного экзамена IELTS, а также анализируются его ключевые преимущества и недостатки с научной точки зрения. В рамках исследования проводится сравнительный анализ средних показателей кандидатов, сдававших Academic IELTS в различных странах, с учётом геолокационных, лингвистических и исторических факторов. Результаты анализа показывают, что в странах, где английский язык имеет статус официального или второго государственного языка, наблюдаются более высокие показатели языковой компетенции. В то же время в государствах, языки которых фонетически и грамматически далеки от английского, выявляются определённые трудности, особенно в письменной и устной речи. Полученные выводы могут быть использованы при разработке более эффективных стратегий подготовки к IELTS с учётом региональных особенностей.
Ismatilloev P. Overall Strengths and Limitations of the IELTS International Test Principles and the Impact of Country Geolocation on Results. This article examines the fundamental principles of the IELTS international examination and provides a scientific analysis of its key strengths and limitations. The study presents a comparative analysis of the average scores of candidates who took the Academic IELTS in different countries, taking into account geolocation as well as linguistic and historical proximity to the English language. The findings indicate that higher levels of English language proficiency are observed in countries where English holds official or secondary language status. Conversely, candidates from linguistically distant language backgrounds tend to face greater challenges, particularly in writing and speaking skills. These results may contribute to the development of more targeted and effective IELTS preparation strategies adapted to regional contexts.