Ingliz, rus va o‘zbek mumtoz adabiyotida inson va tabiat bir butunlikni tashkil etadi. Sharq va G‘arb klassikasida tabiat hodisalariga murojaat qilish, undagi obrazlilikni anglash tushunchalari chuqur mazmunga ega bo‘lib, unda Yaratguvchi bilan muloqot qilish usuli kuzatiladi. Asosiysi, har bir xalqning iqlimiy muhiti uning poetik obrazlar tizimini belgilab beradi.
Ingliz mumtoz she’riyati vakillari sifatida Uilyam Shekspir, J.G. Bayron, Jin Kits va Uilyam Vordsvortlarni ta’kidlash mumkin. Ular o‘z she’riyatida falsafiy lirika, qasida va epik dostonlarga murojaat etishdi. Natijada ular ijodi jahon adabiyoti rivojini belgilabgina qolmay, ingliz adabiyotining eng yuksak davrini belgilashga ham xiamt qildi.
Ingliz mumtoz adabiyotida asosiy mavqeni egallagan Uilyam Shekspir sanaladi. Shoirning sonetlarida iqlimiy tushunchalar inson hayoti va uning umr mezoni bilan belgilanadi. Uning “Sonnet II”sida klimatologik alomatlar kuzatiladi: When forty winters shall besiege thy brow,
And dig deep trenches in thy beauty's field,
Thy youth's proud livery so gazed on now,
Will be a totter'd weed of small worth held:
Then being asked, where all thy beauty lies,
Where all the treasure of thy lusty days;
To say, vvithin thine own deep sunken eyes,
Were an all-eating shame, and thriftless praise.
How much more praise deserv'd thy beauty's use,
If thou couldst answer "This fair child of mine
Shall sum my count, and make my old excuse,'
Proving his beauty by succession thine!
This were to be new made whcn thou art old,
And see thy blood warm when thou feel'st it cold[1].
(Sonetning o‘zbek tiliga tarjimasi (Yusif Shomansur tarjimasi): Umrdan qirq qishning mash’um ayozi// Manglayingga ajin solib o’tganda,// Kim eslar shoxona go’zallik yozin?// G’arib ko’rinardi, axir, u janda.// “Bir vaqtgi husningning jilosi kayda?”// Qarshingga ko’ndalang ko’yilsa so’roq,// So’niq ko’zlaringda iztirob paydo,// Javobing xam mazax ko’rinur u choq.// Loyiq jaranglardi shul so’z, darvoqe:// “Farzandlarimga boq, shulardadur jo// Bir vaqtgi navqiron qiyofam boqiy,// Keksalikda shular taskin, tasallo”.// Yillar o’tgan sari sovir ekan qon,// Nasling tomirida ul urar tug’yon).
Uilyam Shekspirning 2-soneti nafaqat nasl qoldirish (procreation) mavzusidagi falsafiy asar, balki iqlimiy metaforalar orqali inson hayoti dinamikasini ko‘rsatib beruvchi mukammal matndir. Sonetda “qirq qish” metaforasi keltirilgan bo‘lib, u sonetni iqlimiy hodisalarga tenglashtirishdan boshlaydi. “When forty winters shall besiege thy brow...” misrasi orqali shoir qirq yilni shunchaki vaqt, inson umrining muddati emas, balki “qirq qish” deb ataydi. Bu tushuncha zamirida umr o‘tkinchi ekanligi, xazonga aylanishi va o‘lim haqligini berishga muvaffaq bo‘ladi. Qish aslida sovuqlik ramzi. Demak, ijodkor mana shu sovuqlik ramzi orqali insonning o‘tkinchi umriga xotima yasaydi. To‘g‘ri, sonetda qish lirik qahramon yuzini xuddi qal’ani qamal qilgan dushman kabi o‘rab oladi. Bu tushuncha esa antroposentrik iqlim tushunchasini keltirib chiqaradi. Tabiatning sovuq stixiyasini inson go‘zalligiga qarshi qo‘yish natijasida lirik qahramon yuzida qazilgan handaklar hosil bo‘ladi. Bu handaklar, albatta, yuzdagi ajinlardir. Qattir qish va shamollar tuproqni qanday yemirsa, vaqt ham inson qiyofasini shunday parchalaydi, o‘z naqshin izini qoldiradi.
Sonetda termodinamik kontrast tushunchalar ifodalaganki, bu tushunchalar sonetning yakuniy xulosasida issiq va sovuq tushunchalari orqali o‘z ifodasini topgan. Demak, U.Shekspirning mazkur sonetida klimatoligik belgilar keksalik bilan izohlanadi. Keksalikni yoshlikdagi jo‘shqinligi tark etganidek, bu hayotiy energiyaning (entropiyaning) o‘rnini qishki uyqu egallay boshlaydi. Demak, tana harorati (qonning sovushi) o‘limga yaqinlashishga olib keladi. Sonetda farzand qoni issiq deb ta’riflanadi. U yangi hayotga ishoradir. Demak, U.Shekspirning falsafiy xulosasida, inson o‘z hayotidagi muzlashni, farzandidagi bahoriy harorat orqali yengib o‘tadi.
Uilyam Shekspirning 7-soneti koinotning asosiy iqlimiy manbai hisoblanmish quyosh harakati ustiga qurilgan mukammal bir astronomik-psixologik asardir. Sonet quyoshning chiqishi, kunning boshlanishi tasviriga ega. Albatta, bu iqlimning boshlanish nuqtasi. Sonetdagi “Burning head” (yonayotgan bosh) tushunchasida esa quyoshning termik quvvati ifoda etadi. Ya’ni yer yuzidagi haroratning ko‘tarilishini anglatadi. Sonetda mana shu tasvir (quyoshning chiqishi) diniy-ijtimoiy marosim darajasiga ko‘tariladi. Insoniyatning “ko‘zlari” quyoshning yangi nuriga bo‘ysunishi esa tiriklikning yorug‘lik va issiqlikka bo‘lgan biologik ehtiyojini ko‘rsatadi. Demak, uning ko‘tarilishi osmon markazidagi cho‘qqidir. Bu holatni quyoshning kulminatsiyasi deb atash to‘g‘riroq bo‘ladi. Chunki u iqlimiy jihatdan bu eng yuqori harorat va eng kuchli yorug‘lik pallasidir. U.Shekspir mana shu cho‘qqini, kulminatsiyani inson yoshi bilan parallel qo‘yadi. Inson hayotining bahori va yoziga oziq beruvchi asosiy energiya manbaiga aylanadi. Quyoshning botishi esa kunning tugashi va haroratning pasayishiga olib keladi. Termodinamika nuqtayi nazaridan kun botishi bilan yer soviy boshlaydi. Bu esa sonetda ojiz keksalikka o‘xshatiladi. Sonetning yakuniy xulosasida inson o‘zidan zurriyot qoldirmas ekan, u kun botishi yang‘lig‘ hayoti zulmat bilan tugaydi.
U.Shekspirda quyosh biologik va ijtimoiy vaqt o‘lchovidir. Sharq she’riyatida quyosh botishi “shomi hijron” (ayriliq tuni) sifatida ko‘rinsa, Shekspirda u “keksalik va unutilish” sifatida talqin etiladi. U.Shekspir quyoshning vertikal harakatini (chiqish, tepaga ko‘tarilish va botish) inson hayotining iqlimiy chizmasiga aylantiradi.
Ingliz mumtoz adabiyotining yana bir yirik vakili Jorj Bayrondir. Uning she’riyatida tabiat, fasllar, iqlim hodisalari chuqur badiiy-falsafiy mazmunga ega. Shoirning “Darkness”, “Childe Harold’s Pilgrimage”, “She Walks in Biautry” kabi she’r va poemalarida iqlimiy elementlarga murojaat etilgan. Shoirning “Apostrophe to the Ocean” (Ummon qasida)siga murojaat etamiz:
CLXXVIII.
There is a pleasure in the pathless woods,
There is a rapture on the lonely shore,
There is society where none intrudes,
By the deep Sea, and music in its roar:
I love not Man the less, but Nature more,
From these our interviews, in which I steal
From all I may be, or have been before,
To mingle with the Universe, and feel
What I can ne'er express, yet cannot all conceal.
CLXXIX.
Roll on, thou deep and dark blue Ocean—roll!
Ten thousand fleets sweep over thee in vain;
Man marks the earth with ruin—his control
Stops with the shore;—upon the watery plain
The wrecks are all thy deed, nor doth remain
A shadow of man's ravage, save his own,
When for a moment, like a drop of rain,
He sinks into thy depths with bubbling groan,
Without a grave, unknelled, uncoffined, and unknown[2].
(She’rning tarjimasi (tarjima o‘zimizniki): CLXXVIII Sadir yo‘lsiz o‘rmonlarda ajib bir huzur,// Tanho qirg‘oqlarda bordir bir surur. Hech kim xalal bermas suhbatlar aro,// Chukur dengiz sadosi – musiqiy navo.// Insonni sevmasmasman, ammo Tabiatni ko‘proq,// U bilan suhbatda bo‘lsam gar yaqinroq.// O‘zimni unutarman, borimni butkul,// Koinotga singib, bo‘larman bir qul.// Tushuntirib bo‘lmas, aslo yashirib bo‘lmas – // Tuyg‘ular qalbimda bo‘lar mujassam.// CLXXIX Mavjlan, ey moviy Ummon, chuqur va zulmat – mavjlan!// O‘n minglab kemalar o‘tar ustingdan behuda.// Inson yer yuzida qoldirar vayrona, kulfat,// Lekin uning hukmi to‘xtar qirg‘oqda.// Suvli kengliklarda barcha halokat – sening ishingdir,// U yerda insonning izi ham qolmas aslo.// Faqat o‘zi qolar – yomg‘ir tomchisi kabi,// Tubingga g‘arq bo‘lar so‘nggi bor ingrab.// Go‘rsiz, kafansiz, qo‘ng‘iroqsiz va nomsiz –// Ketar u mangu, bo‘lib sening qurboning).
Jorj Gordon Bayronning “Chayld Haroldning ziyorati” (Childe Harold's Pilgrimage) dostonidan olingan ushbu “Ummonga qasida” (Apostrophe to the Ocean) parchasi romantizm adabiyotining cho‘qqisi hisoblanadi. Unda tabiatning inson irodasiga bo‘ysunmas qudrati va dengizning mangu haybati tasvirlangan. Ummon shoir uchun gidrosferaning iqlimiy gegemonidir. Ya’ni ta’sirning chegarasi hisoblanadi. Ummon geologik qudratga ega. Shu bois ham shoir bu obrazni dinamik nuqtayi nazardan o‘zgaruvchan kuch sifatida tasvirlaydi. Bunday qarashlarni berishning asosiy sababi esa shoir to‘g‘ri ta’kidlaganidek, ummon to‘xtovsiz mavjlanadi. To‘xtovsizlik harakati esa to‘lqinlar va oqimlar uchun generator vazifasini o‘taydi. Umuman olganda, ummon issiqlik va namlikni taqsimlovchi iqlimiy vositadir. Demak, shoir mana shu iqlimiy vositaga obraz sifatida ritorik murojaat etadi.
J.Bayron ranglar simvolikasi asosida uni (moviy) chuqurligi va inson ko‘zi yetmaydigan sirlarini (zulmat, qora rang ottenkasiga ega), atmosfera yetib bormaydigan qatlamlarini tasvirlashga muvaffaq bo‘ladi. Zotan bu kabi bepayonlikda inson hukmronlik o‘rnata olmaydi. Demak, shoir inson hukmronligidagi geografik chegaraning cheklanganligini mana shu ummon orqali to‘g‘ri ifodalay oladi. Matnda bu chegara “Stops with the shore” sifatida taqdim etiladi.
Misralarda to‘g‘ri ta’kidlanganidek, inson quruqlikda gegemon va uni vayrona qila oladi “Man marks the earth with ruin”. Biroq ummon haqida gap ketganda bunday fikrlarni ta’kidlash nojoizligini shoir “Control stops with the shore” misrasida ayonlashtiradi. Demak, ummon inson o‘zgartira olmaydigan yagona iqlimiy hududdir. Suv sathi (watery plain) esa insonning barcha “vayronalarini” (ravage) bir zumda yuvib ketadi. Bu esa tabiatning o‘z-o‘zini tozalash (regulyatsiya) quvvatining ramziy ifodasidir. Demak, Bayron ham o‘z misralarida ramzlarga katta e’tibor qaratadi. U orqali tabiat va inson o‘rtasidagi chegarani yanada aniqlashtiradi. Shu bois ham shoir insonning dengiz qarshisidagi qadri tomchi “Like a drop of rain” (Yomg‘ir tomchisi kabi) bilan qiyoslanadi. Drahaqiqat, inson global gidrologik sikldagi (suv aylanishi) kichik bir zarradir. U ummon tubiga g‘arq bo‘lganda, dengizning umumiy massasiga ta’sir ko‘rsata olmaydi.
J.Bayronning ushbu qasidasida sensorli dinamakaga ham nazar tashlaydi. Ummonning ovozini “Bubbling groan” (ko‘pikli ingrash) sifatida taqdim etadi. J.Bayronning ushbu matni ingliz romantizmidagi “Ulug‘vorlik” (The Sublime) konsepsiyasiga asoslangan. Xullas, J.Bayron mazkur qasidasida tabiatning daxlsizligini, insonning barcha harakatlari ummon, uning tabiati, iqlimi va tartibini o‘zgartira olmasligiga bir ishoradek.
J.G.Bayronning “Reminiscens” (Xotira) she’ri avtobiografik xususiyatga ega bo‘lib, uning ijodiga xos bo‘lgan mudhish taqdir, erta so‘ngan umidlar va ruhiy qish mavzusini ifodalashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. She’rda umid yulduzining so‘nishi orqali lirik qahramon olamining nursizlanishi ifoda etiladi. She’rda quyosh hayot energiyasining ramzi sanaladi. Uning yo‘qolishi esa lirik qahramonni adabiy qutb tunining eng chuqur qatlamini makon etganligini ruhiy iztirob asosida tasvirlaydi. Uning ruhiyatida o‘sish va yashash jarayoni go‘yo to‘xtaydi. Uning nazdida hayotiga sovuq quyun bostirib kiradi. Bu sovuq quyin o‘z navbatida tabiiy ofat tasviriga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, she’rda tong unga odatiy iliqlik va yorug‘likni va’da qiladi. Ammo iqlimiy anomaliya bunga yo‘l qoldirmaydi. Sovuq quyun uni to‘xtatib, o‘z bosimini o‘tkazadi. Inson taqdiridagi bunday fojia she’rda anomaliya, tabiiy ofat darajasiga ko‘tariladi. Asosiysi, she’rda lirik qahramon hayotining bahori va yozini ko‘rmay turib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzga o‘tib ketadi. Bu kabi ruhiy holatni muhabbat tushunchasi orqali beradi. Demak, shoir yaratgan lirik qahramon oshiq, ammo bu oshiq visolni anglamay turib ayriliqqa giriftor bo‘lgan.
Ingliz klassik adabiyotining yirik shoirlaridan yana biri Jorj Kids hisoblanadi. Uning “Ode to a Nightingale”, “Ode to Autimn” kabi qasidalarida; “O, that i were as steadfast as thou art, o Star!”, “The icy whirlwind sweeps through the valley”, “I climbed a hillock – and stood still:”, “Dark mists long sast their gloom” misralari bilan boshlanuvchi she’rlarida klimatologik holatlar kuzatiladi. Uning “Ode to a Nightingale” (Bulbulga qasida)sida:
My heart aches, and a drowsy numbness pains
My sense, as though of hemlock I had drunk,
Or emptied some dull opiate to the drains
One minute past, and Lethe-wards had sunk:
Tis not through envy of thy happy lot,
But being too happy in thine happiness –
That thou, light-winged Dryad of the trees,
In some melodious plot
Of beechen green, and shadows numberless.
Singest of summer in full-throated ease.
II
O, for a draught of vintage J that hath been
Cooled a long age in the deep-delved earth,
Tasting of Flora and the country green,
Dance, and Provengal song, and sunburnt mirth.
O for a beaker full of the warm South,
Full of the true, the blushful Hippocrene,
With beaded bubbles winking at the brim,
And purple-stained mouth;
That I might drink, and leave the world unseen,
And with thee fade away into the forest dim[3]:
(Qasidaning tarjimasi (tarjima o‘zimizniki): I Yuragim simillar, uyquchan bir karaxtlik// Tuzimni qiynar go‘yo, ichgandekman zahar – // Yo to‘kkanmanmi g‘o‘r afyunni tomirimga,// Bir daqiqa o‘tmay Letaga bo‘ldimmi g‘arq:// Bu sening baxtingga hasadimdan emas, yo‘q,// Balki sening shodligingdan juda shodman men.// Sen esa, daraxtlarning yengil qanotli Drayadasi,// Qayinlar yashilligi va cheksiz soyalar – // Kuy taralgan go‘shada,// Yozni kuylaysan butun ovozing bilan erkin.// II Oh, bir qultum may bo‘lsaydi!// Uzoq vaqtlar Chuqur qazilgan yer ostida sovutilgan,// Floraning va yashil kenglikning ta’mi bor unda,// Raqs, Provans qo‘shig‘i va quyoshda kuygan quvonch.// Oh, iliq Janub bilan to‘la bir qadah bo‘lsaydi,// Haqiqiy, qizarib turgan Ippokrena suvi bilan to‘la,// Lablarida miltillab turgan marjon ko‘piklar,// Va binafsha rangga bo‘yalgan og‘iz;// Toki ichsam-u, dunyoni ko‘rmay tark etsam,// Va sen bilan g‘oyib bo‘lsam zimiston o‘rmon bag‘riga).
Jon Kitsning “Ode to a Nightingale” (Bulbulga qasida)si ingliz romantizmining eng yuksak cho‘qqilaridan biri bo‘lib, u lirik qahramonning ruhiy holatini biometeorologik va geoklimatik obrazlar orqali ochib beradi. Shoir qasidani inson tanasining ichki iqlimiy holatini tasvirlashdan boylaydi. “Hemlok” , “Oriate” tushunchalari orqali lirik qahramon ichki haroratini ko‘rsatib beradi. Uning tasviricha lirik qahramonning ichki haroratini pasaytiruvchi, uni muzlatuvchi vosita Letaga (O‘lim daryosi)dir. Qizig‘i shundaki, lirik qahramon qalbi sovuqlikka g‘arq bo‘lgan bo‘lsa-da, uni hayotga qaytara oladigan obraz Bulbuldir. Chunki bo‘lbul o‘z xonishlarida yozni kuylaydi (Singest of summer). To‘g‘ri qasidaning ilk satrlarida uyquchan karaxt holdagi lirik qahramonga duch kelamiz. Uning hayotga bo‘lgan qiziqishi ham so‘ngan. Biroq lirik qahramon qalbi, uning ruhiyati iqlimini o‘zgartiruvchi obraz Bulbul ekanligini anglaganidayoq, tabiat tasvirlari uning nigohida jonlana boshlaydi. Bu holat qasidada tashqi iqlimiy impuls bo‘lib o‘z ifodasini topadi. Qasidaning ikkinchi qismida to‘liq yuqorida ta’kid etgan yoz fasli tarovati xususida so‘z boradi. Bu esa ichki energiyani saqlanganligidan dalolat beradi. E’tiborli jihati shundaki, lirik qahramon may sipqorishni istaydi. Bu istak ham iqlimiy harorat bilan bog‘liq. Chunki may “Deep-delved earth”da saqlanadi (chuqur qazilgan yerda). U uzoq vaqt sovitilishi lozim. Bu esa iqlimiy konservatsiyadan darak beradi. Chunki chuqur yer qatlami doimiy va barqaror haroratga ega.
Shoir yoz fasli haqida so‘zlar ekan unda flora (o‘simliklar dunyosi)ga to‘xtaladi. O‘simliklar dunyosi anglash uchun ham lirik qahramon may ichishga hozirlik ko‘rmog‘i lozim. J.Kits bu mayni ichish orqali tabiatning geotermal energiyasini lirik qahramonning vujudiga singdirmoqchi bo‘ladi. Umuman olganda J.Kits shimoliy Angliyaning sovuq va tumanli iqlimidan qochish uchun janubiy Italiya (Provans) iqlimini orzu qiladi. Uningchun janubiy Italiya shunchaki ob-havo emas, balki hayot manbai, raqs va quyoshda kuygan quvonch ramzi. Bunday ramziylikni bemalol regional iqlimiy simvolizm sifatida ta’kidlash mumkin bo‘ladi.
J.Kits mazkur qasidasida mifologik tushunchalarga ham murojaat etgan. Natijada “Blushful Hippocrene” (mifologik buloq suvi) iliq iqlimning mahsuli bo‘lib bo‘y ko‘rsatadi. Qasidada soyalar (Shadows) va zulmatli o‘rmon (Forest dim) tasvirlari mavjud. Bu makon bulbulga tegishli. Lirik qahramon ham mana shunday makonda istiqomat qilishga va unga singib ketishni istaydi. Go‘yo sovuqni his etganda issiqqa intilgandek, issiqni his etganda sovuqqa intilgandek regressiya holatini beradi.
Xullas, ingliz she’riyatida Uilyam Shekspir, Jorj Bayron va Jon Kits ijodida iqlim hodisalari falsafiy, kosmik va estetik talqin kasb etadi. Ingliz adabiyotida tabiat ko‘pincha insondan ustun qo‘yilib, uning cheksiz qudrati va abadiyat bilan bog‘liqlikda o‘z ifodasini topadi. Ayniqsa, romantizm davrida iqlimiy obrazlar ulug‘vorlik konsepsiyasi bilan chambarchas bog‘lanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Нуралиева О. Поэтическое выражение климатологических явлений в английской классической литературе. В данной статье представлена информация о поэтическом творчестве английских классических поэтов. Проанализированы лирические стихотворения поэтов, связанные с природными явлениями. Также на основе примеров раскрыта символика, заключённая в сущности природных явлений.
Nuraliyeva О. The Poetic Expression of Climatological Phenomena in English Classical Literature. This article provides information about the poetic творчество of English classical poets. The lyrical poems of the poets related to natural phenomena are analyzed. Additionally, the symbolism inherent in the essence of natural phenomena is illustrated with examples.