Inkor olmosh turi ham boshqa olmosh turlari singari tarixan mavjud bo‘lib qadimiy ingliz tili va eski o‘zbek tilida ham ushbu olmosh turidan keng foydalanilgan. Ingliz tilida inkor olmoshi qadimdan mavjud bo‘lib, u o‘zining tarixiy shakliga ega. Shuningdek, mazkur olmosh turi alohida olmosh turi sifatida qaralmaydi, ya’ni inkor olmoshi gumon olmoshining bir qismi sanaladi. Hozirgi zamonaviy ingliz tilida ushbu olmosh turining shakllari qadimiy ingliz tilidagi shakllaridan farq qiladi. Lekin hali ham inkor olmoshi gumon olmoshi tarkibida o‘rganilib kelinmoqda. Ushbu olmosh turi ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida yasaladi va shaxs, narsa-buyumga nisbatan gapda zidlik ma’nosini yuklaydi.
Bilamizki, ingliz tilida gapda faqatgina bitta inkorni bildiruvchu so‘z qatnashadi. Shuning uchun ham gapda inkor olmoshi bo‘lishli fe’l shakllari bilan birga qo‘llaniladi. Inkor olmoshining yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu olmosh turi kundalik so‘zlashuv tarkibida ko‘p uchraydi. O‘zbek tilida ham inkor olmosh turi mavjud bo‘lib, bu olmosh turi ham o‘zining tarixiga ega. Eski o‘zbek tili va hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi inkor olmoshlari miqdor va shaklan bir-biridan farq qiladi.
O‘zbek tilida ham inkor olmoshi ikki mustaqil so‘zlarning birikishi orqali yasaladi, ya’ni bo‘lishsizlikni beruvchi so‘z hech ga so‘roq olmoshlarining ergashib kelishi natijasida hosil bo‘ladi [G‘apporov, Qosimova 2010: 79-80].
Quyida ingliz va o‘zbek tillaridagi inkor olmoshining tarixiy shakllari qatnashgan gaplardan misollarni ko‘rib chiqamiz va tahlilga tortamiz.
“Ne biꝺÞē wilna gād gif Þȗ Þӕt ellen-weorc aldre gedȋgest.” (Beowulf)
(There's nothing you wish for that won't be yours if you win through alive).
“Chun azal qismatidin hech nima xorij emas,...” (Navoiy)
Ma’lumki, inkor olmoshlarining tarixiy shakli bugingi kundagi shaklidan farq qiladi. Qadimiy ingliz tilida ham inkor olmoshi bor bo‘lib yuqorida ushbu olmoshning narsa va hodisalarga nisbatan foydalaniladigan shakli qatnashgan. Ushbu olmosh turini semantik jihatdan tahlil qilsak, nothing inkor olmoshi gapni bo‘lishsiz shaklga aylantirgan va hech narsa yo‘q degan ma’noni anglatgan [G‘apporov, Qosimova 2010: 71-72].
O‘zbek tilida ham olmoshlar qadimdan mavjud bo‘lib, ingliz tilidan farqli o‘laroq o‘zbek tilida ularning shakli hozirgi kundagi olmosh shakllari bilan deyarli bir xildir. Yuqoridagi misolimizni semantik tarafdan tahlil qilsak, ushbu gapda narsa va hodisalarga nisbatan zidlikni ifodalovchi hech nima inkor olmoshi qatnashgan va xaqiqiy qismatidan hech nima begona emas degan ma’noni anglatgan, ya’ni o‘quvchi ushbu misralarda hamma narsa tanish degan ma’noni tushunishi mumkin.
Ingliz tilida berilgan misolimizga grammatik tomondan qarasak, inkor olmoshi qo‘shma gap tarkibida kelgan va birinchi gapning ega vazifasini bajargan.
Keyingi misolimizni ham grammatik jihatdan tahlil qilsak, inkor olmoshi hech nima kesimga bog‘lanib kelgan va gapda birinchi darajali gap bo‘lagi hisoblangan ega vazifasini bajargan.
Ingliz tilida ham, o‘zbek tilida ham olmosh so‘z turkumining inkor turi mavjud bo‘lib, ilmiy maqolamizda inkor olmoshining o‘zaro farqli va o‘xshash tomonlarini ko‘rib chiqamiz. Bilamizki, bu olmosh turi har ikki tilda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Quyida ingliz va o‘zbek tillari grammatikasidagi inkor olmoshining o‘zaro o‘xshash jihatlarini yoritishga harakat qildik:
Biz ilmiy maqolamizda ingliz va o‘zbek tillaridagi inkor olmoshining farqli jihatlarini ham o‘zaro chog‘ishtirgan holda o‘rganib chiqdik:
Ilmiy maqolmaizda ingliz va o‘zbek tillaridagi inkor olmoshlarining shakllarini ingliz yozuvchisi Jeyn Ostinning “Pride and Prejudice” asari va O‘tkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asarlaridan keltirilgan misollar orqali quyida tahlilga tortamiz.
“People who suffer as I do from nervous complaints can have no great inclination for talking. Nobody can tell what I suffer! But it is always so. Those who do not complain are never pitied” (Jane Austine. “Pride and Prejudice”.- P.106).
“Yuragim sirqirab uyga yugurdim. Hovli kimsasiz, suv sepilmagan, ivirsib yotardi. Etak tomondagi uyning (Omonning uyi) derazalari ochib qo‘yilgan, sarg‘ish darparda osilib turar, ammo, ichkarida hech kim yo‘qligi aniq edi. Bundan chiqdi... Bundan chiqdi, hammalari oyimning boshida o‘tiribdi. Demak, oyim... Ayvonga qanday otilib chiqqanimni, oyim bilan dadam turadigan uyga qanday kirganimni bilmayman” (O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”. -13-b).
Yuqorida berilgan inglizcha misolimizni semantik tarafdan tahlil qilsak, ushbu misolda inkor olmoshi nobody qatnashgan bo‘lib, so‘zlashuv tarkibida kelgan. Hech kim boshimdan kechirganlarni aytib bera olmaydi degan ma’noda kelib, bu yerda inkor olmoshi ma’no kuchaytirish maqsadida qo‘llangan.
Ikkinchi berilgan o‘zbekcha misolimizni ham semantik tomondan tahlil qilsak, berilgan gapda inkor olmoshining hech kim shakli qatnashgan. Inkor olmoshi hech kim undan oldin kelgan gapni ifodalab, uning isboti tariqasida kelgan. Ya’ni hovlida inson zoti yo‘qligi uning ta’rifi bo‘yicha kitobxonga ayon bo‘ladi va keyingi gap, ya’ni inkor olmoshi qatnashgan gap ushbu ta’rifning isboti hisoblanadi.
Dastlabki misolimizni grammatik tahlil qilsak, ingliz tilidagi nobody olmoshi qo‘shma gap tarkibida kelib, birinchi gapning asosiy bo‘lagi sanalgan, ega vazifasini o‘tagan. Shuningdek, ushbu olmosh turi hozirgi zamondagi gapda qatnashib, can modal fe’liga bog‘lanib kelgan. Ingliz tilida gapda faqat birgina inkor qatnashishi kerakligi sababli gapning fe’li bo‘lishli shaklda kelgan.
Keyingi misolimizga ham grammatik tomondan qarasak, inkor olmoshi hech kim so‘zi ham bog‘lovchili qo‘shma gap tarkibida kelgan. Shuningdek, ikkinchi gapning bosh bo‘lagi bo‘lgan ega vazifasini bajargan va yo‘qligi aniq edi nomli kesimga bog‘lanib kelgan.
“No one made any reply. She then yawned again, threw aside her book, and cast her eyes round the room in quest for some amusement; when hearing her brother mentioning a ball to Miss Bennet, she turned suddenly towards him and said:
"By the bye, Charles, are you really serious in meditating a dance at Netherfield? I would advise you, before you determine on it, to consult the wishes of the present party; I am much mistaken if there are not some among us to whom a ball would be rather a punishment than a pleasure."” (Jane Austine, “Pride and Prejudice”, P.53)
“- Umar zakunchi ot jilovini siltab, bobom tomonga yurdi. Jiyronning ham, o‘zining ham shashti avvalgiday baland emas. Shu bechoragayam qiyin. Xotini bo‘lmasa, bola-chaqasi bo‘lmasa... To‘g‘ri, avvallari men ham Zakunchini yomon ko‘rardim. Odam o‘zi qo‘rqqan kishisini hech qachon yaxshi ko‘rolmaydi. Qo‘rqdingmi − ishonmaysan. Ishonmadingmi, yomon ko‘rasan.” (O‘tkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi”, B.139)
Birinchi berilgan gapni semantik tomondan tahlil qilsak, inkor olmoshi no one shaxsga nisbatan zidlikni ifodalab kelgan. Shuningdek, hech kim javob qilmadi degan ma’noda kelib, gapning ta’sir doirasini kuchaytirgan.
Ikkinchi gapni semantik jihatdan tahlil qilsak, inkor olmoshi hech qachon oddiy sodda gap tarkibida kelib, biror bir insonni butun umri davomiyligini ifodalab kelgan. Buni inkor olmoshi qatnashgan gapdan oldin va keyingi kelgan jumlalardan ham bilib olish qiyin emas.
Grammatik tomondan tahlil qilsak, birinchi gapda inkor olmoshi no one oddiy sodda gap tarkibida kelib gapning egasi vazifasini bajargan. Shuningdek, inkor olmoshi no one o‘tgan oddiy zamonda kelgan, ya’ni gapning made fe’liga bog‘langan. No one o‘zi gapni inkorga aylantirganligi bois, gapda reply so‘zidan oldin inkor gapda ishtirok etadigan any so‘zi qo‘llangan.
O‘zbek tilidagi misolimizni ham grammatik tahlil qilsak, inkor olmoshi sanalgan hech qachon olmoshi sodda gap tarkibida kelgan. Shuningdek, ushbu inkor olmoshi gapda ikkinchi darajali bo‘lak hisoblangan hol vazifasini bajargan.
“"How can you be so silly," cried her mother, "as to think of such a thing, in all this dirt! You will not be fit to be seen when you get there."
"I shall be very fit to see Jane – which is all I want."
"Is this a hint to me, Lizzy," said her father, "to send for the horses?"
"No, indeed, I do not wish to avoid the walk. The distance is nothing when one has a motive; only three miles. I shall be back by dinner."” (Jane Austine, “Pride and Prejudice”, P.31)
“- Bahay! Mehmon otangdan ulug‘! - pakana kishi pildirab borib dadamga tirsagini tutdi. - Xush kepsiz, mehmon!
Dadam iymanibroq so‘rashayotgan edi, Oqsoqolning azamat ovozi yana guldiradi:
- O‘rtoq Samadov - ma’lim. Bolalarimizni o‘qitishga kelgan, uqdingmi?
Chamasi, pakana kishi hech nimaga tushunmasa ham, iljaydi.
- Ma’qul, Oqsoqol!” (O‘tkir Hoshimov, “Ikki eshik orasi”, B.51)
Dastkabki gapimizni semantik jihatdan tahlil qilsak, misolda inkor olmoshi nothing ishtirok etgan bo‘lib, masofa hech nima emas degan ma’noda kelgan. Bilamizki, inkor olmoshi, odatda, so‘zlashuv tarkibida keladi, ushbu misolda ham muloqot tarkibida kelib, gapning ta’sirli va his-hayajonga boy bo‘lishi uchun qo‘llanilgan.
Keyingi gapimizga ham semantik tarafdan nazar solsak, inkor olmoshining hech nima shakli qatnashgan. Bu olmosh turi qatnashgan gap so‘zlovchining tarafidan aytilgan bo‘lib, yuqoridagi suhbatni va asardagi voqealardan qahramonlardan kelib chiqqan holda ularni bir so‘z, ya’ni inkor olmoshi bilan ifoda etgan.
Grammatik tahlil qilsak birinchi gapimizda ishtirok etgan inkor olmoshi nothing qo‘shma gap tarkibida kelgan. U qo‘shma gapning birinchi jumlasida qatnashib, ot-kesim vazifasini o‘tagan. Shuningdek, qo‘shma gapning birinchi gapi oddiy sodda gap bo‘lib, ega va olmoshni yordamchi fe’l hisoblangan to be fe’lining hozirgi zamon shakli is bog‘lagan.
Keyingi olingan misolimizni grammatik tomondan tahlil qilsak, inkor olmoshi hech nima sodda gap tarkibida kelgan. Hech nima olmoshi o‘zi qatnashgan gapning ikkinchi darajali bo‘lagi sanalgan to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. Shuningdek, gapning kesimi tushunmadi so‘ziga bog‘lanib, hech nimaga tushunmadi so‘z birikmasini hosil qilgan. Gapda inkor olmoshi hech nima qatnashganligi sababli, gapning fe’li ham bo‘lishsiz shaklda kelgan.
“"It is unlucky," said she, after a short pause, "that you should not be able to see your friends before they leave the country. But may we not hope that the period of future happiness to which Miss Bingley looks forward may arrive earlier than she is aware, and that the delightful intercourse you have known as friends will be renewed with yet greater satisfaction as sisters? Mr. Bingley will not be detained in London by them."
"Caroline decidedly says that none of the party will return into Hertfordshire this winter. I will read it to you:"” (Jane Austine, “Pride and Prejudice”, P.109-110)
“Zambilni yerga qo‘yishimiz bilan yengil tortib, qaddimni rostladim. Shunda ham bo‘sh kelishni xohlamasdim.
- Ag‘darmaysizmi zambilni?... Yergamas, aravaga!
- Hozir! - U zambil to‘la kartoshka ustiga tappa o‘tirib qoldi! Hansirab nafas oldi. Rangida rang qolmagan, og‘zini baliqdek kappa-kappa ochar, gunoh ish qilib qo‘yib, dakki eshitishdan cho‘chigan boladek ayanchli iljayar edi. Olimjon keltirib bergan bir poy tuflini u qo‘lidan bu qo‘liga olgancha men tomon burildi.
- Robiyaxon, - dedi hansirab, - sovchilarni qaytaribsiz?..
- Nima? - hech baloga tushunmagandek qarab turdim-da, xaxolab kuldim. - E, sovchimi? Kimsan akam nima degandi sizga? Esingizdami? Bahorda... xat berganingizda” (O‘tkir Hoshimov. “Ikki eshik orasi”-143-b).
Birinchi misolimizni semantik tahlil qilsak, gapda inkor olmoshi none ishtirok etgan bo‘lib, ushbu olmosh shakli gapda bazmlarga nisbatan zidlik ma’nosini ifodalab kelgan. Ilmiy maqolamizda aytib o‘tganimizdek, inkor olmoshining bu turi nafaqat shaxsga, balki narsa-buyumga nisbatan ham inkor ma’nosini beradi. Shuningdek, none inkor olmoshi Xartfordshirda hech qanday bazm bo‘lmaydi degan ma’noli gapda kelgan hamda bu yerda hech qanday degan ma’noni ifodalagan. Ushbu olmosh turi so‘zlashuv tarkibida kelib, ma’no kuchaytirish maqsadida muallif tomonidan tanlangan.
Ikkinchi gapimizni semantik yo‘l bilan tahlil qilsak, berilgan misolimizda inkor olmoshining faqat so‘zlashuv tarkibida keladigan shakli hech balo so‘zi kelgan. Ushbu so‘z qatnashgan gap so‘zlovchining hayolini ifodalash uchun ishlatilingan. Boshqa inkor olmosh shakllari kabi ushbu so‘z ham o‘zidan oldin kelgan gapga nisbatan zidlik ma’nosida kelgan.
Grammatik tarafdan tahlil qilsak, inkor olmoshi none qo‘shma gap tarkibida kelgan. Shuningdek, ushbu olmosh shakli qo‘shma gapning ikkinchi jumlasida kelib bosh bo‘lak hisoblangan ega vazifasini o‘tagan. Inkor olmoshi qatnashgan gap kelasi oddiy zamonda qo‘llangan bo‘lib, noneof bilan birgalikda kelgan va none of party otli birikmani yasagan.
Ikkinchi misolimizni grammatik jihatdan tahlil qilsak, inkor olmoshi hech balo so‘zlashuv tarkibida kelgan. Shuningdek, ushbu olmosh shakli sodda gap tarkibida kelgan va ushbu gapning ikkinchi darajali bo‘lagi hisoblangan to‘ldiruvchi vazifasida kelgan. Gapning kesimiga bog‘lanib hech baloga tushunmadim so‘z brikmasini yasagan va ko‘rishimiz mumkinki, gapning kesimi bo‘lishsiz shaklda kelgan.
Xulosa qilib aytganda, ingliz va o‘zbek tillaridagi inkor olmoshlarining farqli va o‘xshash jihatlarini, o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilishga harakat qildik. Bo‘lishsizlik olmoshlarining shakllarini ikki xil tildagi ikkita badiiy asardan olingan gaplarni semantik va grammatik tarafdan tahlillarni amalga oshirdik. Tahlillarimiz natijasi shuni ko‘rsatdiki, ikki tilda ham ushbu olmosh shakllari so‘zlashuv tarkibida keladi. Ingliz tilida inkor olmoshi ko‘p hollarda ma’no kuchaytirish uchun o‘zbek tilida esa butun bir boshli gapga nisbatan bir o‘zi zidlikni ifodalab kelish maqsadida qo‘llaniladi.
Adabiyotlar:
Rashidova Z. Differential features of negative pronouns in the English and Uzbek languages. This article focuses on negative pronounswhich is a type of pronoun and their historical forms, as well as their specific features in English and Uzbek languages, and analyzes them semantically and grammatically through examples from the fictions.
Рашидова З. Отличительные особенности отрицательных местоимений в английском и узбекском языках. В данной статье основное внимание уделяется отрицательным местоимениям, являющимся разновидностью местоимений, и их историческим формам, а также их специфическим особенностям в Английском и узбекском языках, а также анализу их семантики и грамматики на примерах из художественной литературы.