Har bir davr adabiyotda o‘z so‘z san’akorlarining badiiy merosi, adabiy durdonalari bilan o‘z nafasini qoldiradi. Isqtiqlol davri she’riyati o‘zining ko‘p ovozli ijodkorlari bilan ijodiy jarayonda salmoqli o‘rniga egadir. Bugunning shoir va shoiralari she’riy asar yaratishda butunlay yangicha ruh va kayfiyat bilan qalam tebratmoqdalar. Yaratilayotgan har bir yangi ijod mahsuli shaxs ruhiyati uning ichki kechinmalarining yorqin ifodachisi bo‘ladi. Istiqlol davr she’riyatinig boshqa davrlar she’riyatidan farqli jihati shundaki, bu davr she’riyatida milliy o‘zlikni anglash, erkin fikrlash ruhi yetakchilik qiladi. Biz adabiyotimizning eng betakror janri bo‘lgan lirik asarlar, bugungi kun she’riyatining o‘ziga xos jihatlari haqida yirik adabiyotshunos olimlarning fikrlariga tayangan holda iste’dodli shoiralarimiz Halima Xudoyberdiyeva, Zebo Mirzo va Halima Ahmedovalarning ijod namunalarining badiiy xususiyatlarini, lirik kechinma jarayonining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilamiz. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatiga nazar solar ekanmiz, yangicha ruh, yangicha yondashuvlar, erkin va hur fikrlar oqimi, hayotdan zavqlanib yashash, Vatanga bo‘lgan muhabbat, insoniy tuyg‘ ular tarannumi, muhabbat va sadoqat tuyg‘ ularining rangin satrlar ila qalamga olinganiga guvoh bo‘lamiz.
Bugungi davr she’riyatida badiiy reallikdan ko‘ra fikr - mulohaza, kechinma, tuyg‘ ularni ochiq tarzda tasvirlab berish kuchli. Har bir inson, shu jumladan, shoir-shoiralar o‘z e’tiqodidan kelib chiqib, bu yorug‘ dunyoni ham o‘z tushunchasidagi yaxshi odamni ham muayyan o‘z ideali nuqtayi nazarida tasavvur qiladi. Bu davr o‘zbek she’riyati gulshanida qalam tebratayotgan iste’dodli shoiralarimiz Halima Xudoyberdiyeva, Zebo Mirzo va Halima Ahmedovalarning ijodi o‘zining rangin bo‘yoqdorligi, serqirraligi hamda badiiy konsepsion jihatdan nihoyatda puxtaligi bilan ajralib turadi. Endilikda ramzlar, timsollar, metaforalar asosida mushohada yuritish va badiiy umumlashmalarda falsafiy teranlikka intilish hozirgi davr she’riy madaniyatining galdagi ustuvor xususiyatlaridan hisoblanadi.
Shoira Halima Xudoyberidiyaning ramzlarga boy quyidagi misralarida:
Kulgu berma, birovlardan kulmay qolay,
To‘ldirmagil, dunyosidan to‘lmay qolay.
Parvonaday o‘lganimni bilmay qolay,
Bir chiroqqa oshiqlikni bersang bo‘ldi.
Ovga chiqsam, chiqsam arslon ovim mening,
Bu - ko‘nglima xudo slogan dovim mening.
Shivir-shivir, visir-visir yovim mening,
Qo‘ng‘ roqqa oshiqlikni bersang bo‘ldi [5, 287].
Bu misralarda shoira Halima Xudoyberdiyeva Yassaviyona uslubi orqali o‘zining lirik “men”ini, qalb kechinmalarini razmlarda ifodalab bergan. Bu she’r mumtoz poetik uslubda sayqallanib takomiliga yetgan. Lirik qahramonning ko‘p narsaga ehtiyoji yo‘q, u faqat oshiqlikni istamoqda. Oshiq yurak bu – yetuklik razmzidir. Bu ramzlarni shoira “chiroqqa oshiqlik”, “qo‘ng‘ iroqqa oshiqlik” obrazlari bilan umumlashtiradi. Badiiy adabiyotda obraz asosiy maqsad, fikr va goyani ifoda etuvchi vosita. “Obraz - poeziyaning na vaqt, na poetik o‘zgarishlar xavf sola oladigan eng ustuvor, balki yagona elementi” [1, 196] ekanli ilmiy-nazariy adabiyotlarda ko‘rsatiladi.
Bu dunyoda men eskiman, kuzim yangi,
Siyosatlar yangi aytar so‘zim yangi,
Saratonlar tishlaydigan muzim yangi
Ketar choqqa oshiqlikni bersang bo‘ldi.
Qo‘llaganni hatto qayg‘ u – dod qo‘llaydi,
Bir ishora bilan mag‘ lub, mot qo‘llaydi,
Ba’zan ne-ne alp qo‘llamas, ot qo‘llaydi,
Arg‘ umoqqa oshiqlikni bersang bo‘ldi [5, 287].
Badiiy umumlashtirilgan ramzli obrazlilik bu she’riyatning bosh fazilatiga aylandi. She’rdagi lirik qahramon so‘rovlari o‘zgacha, uning tuyg‘ ulari o‘zgacha. U faqat oshiqlik istamoqda. Oshiqligi ham sufiyona oshiqlik, ko‘ngil oshiqligi, qalb oshiqligi… Ijodkor badiiy tafakkuri Olloh in’om etgan ilohiy mo`jiza – iste’dod nuriga yo`g`rilgan bo‘lsa, qanchadan qancha milliy boyliklarni bunyod etadi. Bu haqda so‘z yuritgan I.G‘ afurov: “Iste’dod – milliy boylik. U necha yuzlab, minglab boyliklarni bunyod etadi”,-deganida tamomila haq edi. Aynan ijodkor badiiy tafakkurining ilohiy va dunyoviy mazmunlari uyg`unligidan yuzaga keluvchi o`ziga xos uslubda ham shu ikki jihat ko`zga tashlanadi: iste’dod – mahoratni yuzaga chiqaruvchi omil bo‘lsa, uslub-ijodkor tafakkurining badiiy til orqali dunyoviy ma’no va mazmun kasb etishidir.
Darhaqiqat, ko‘ngildagi muzliklarni eritib, yuraklarga bahoriy iliqlik olib kirish – chin shoirning vazifasi. Asl shoir o‘zi uchun yozadi, ammo yozganlari qalbiga doir bo‘lgani bois o‘zgalarga ta’sir qiladi, ularni bezovta etadi va o‘zgartiradi [6, 380]. Shuningdek, bu davr ijodiy jarayonida, Halima Ahmedova ijodiga nazar soladigan bo‘lsak, uning she’rlaridagi bosh qahramon inson va uning ko‘ngli ruhoniyatidir. Inson botini, siyratining sirlari, ruhoniy dunyosi evrilishlari tahlil qilinadi. Badiiy tadqiqotchilikning tabiati shundaki, qalbni o‘rganish – Haq ishqini bilishdan, haqiqatni anglashdan, tuyg‘ ular tarixini akslantirishdan iborat. Shunisi muhimki, shoira she’rlarida Haq ishqi ezgulik, adolat, go‘zallikning timsoli sifatida talqin qilinadi. Ular borlik va yo‘qlik oralig‘ idagi hayotning yorug‘ ligini, ko‘ngillardagi nur-ziyoning poydorligini ta’minlab kelayotgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar debochasidir. Va lekin lirik qahramon ko‘nglini qayg‘ u kemiradi; dard-alam og‘ ritadi. (“Pardoz-andozi zo‘r yolg‘ on so‘zlarni, ikki dunyoda ham olmagayman tan. Kelisha olmasam nima qilayin, bedavo kapalak ko‘ngillar bilan”). Dardkashlik ruhi shoira she’rlarida badiiyatning muhim xususiyatlaridan biri sifatida bo‘y ko‘rsatadi. Shoira ijodida badiiy ramzlarning namoyon bo‘lishi Haq ishqi adolatning beqiyos, benazir, buyuk timsoli sifatida poetik tadqiq etiladi. Lirik qahramon dilidagi haq ishqining cheksizligiga ishonadi. U o‘zini anglash orqali ko‘nglining tub – tubida ko‘kargan, gullayotgan ishonchning ramzini go‘zal timsollar bilan bera olgan. Bundan anglashiladiki, ishonch, mehr, e’tiqod, ham yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyat sifatida ezgulik bilan egizak; ezgulik xizmatidadir. Banda haq ishqiga suyanib o‘zligini topmoqda. Botinidagi ma’naviy tayanch kuchlarini yuzaga chiqarmoqda, namoyon etmoqda. Demak, insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham ortmoqda. Insonparvarlik, dunyoga mehr, e’tiqod, yurtsevarlik tuyg‘ ularining ildizi insonning o‘zida, o‘zligidadir. Halima Ahmedovaning talqiniga ko‘ra inson komillikka muhtoj. Komillik insonni yuksaklikka yetaklovchi mayoqdir. Inson ma’nan yuksalishga hamisha tashna. Haq ishqi inson tabiatidagi kemtiklar o‘rnida ma’naviyat chechaklarini ko‘kartiradi; ahloqiy qadriyatlar (ishonch, mehr, muhabbat, oqibat, e’tiqod, ma’naviyat, yuksalish va h.k) kabi kurtaklarni undiradi. Shoira lirik qahramoni doimo haqiqatni qidiradi. Haqiqatning buyukligini, ilohiyligini ruh erkinligi bilan tutash, bog‘ liq holda deya talqin etadi. Uning she’rlaridagi inson qalbining tovlanishlari, qalb ohangi, pokiza ruhiyat dunyosining jilvalanishi o‘z davri uchun katta ma’naviy boylik bo‘lib hisoblanadi. Shoira ijodida hamdardlik she’rlarida badiiyatning muhim xususiyatlaridan biri sifatida bo‘y ko‘rsatadi. (“Yuragingni olib keldilar, Gunohlarning chaqmoq otida. Endi uni har kun ezaman, Ko‘zlarimning saltanatida) [2, 23]. - deb yozadi lirik qahramon. Bu misralarda o‘z “men”ini izlayotgan lirik qahramon tuyg‘ ulari mujassam. Halima Ahmedova lirikasida osmon, dov-daraxtlar, qushlar, maysa-o‘simliklar, tuproq, shabboda, tun, qahraton ramzi asarlari badiyaatining asosini tashkil etadi. Bu kabi razmiy obrazlar orqali lirik qahramon ruhiyati reallashadi:
Mendan olislarda tentiraydi baxt,
Mendan olislarda quvonch sargardon.
Ko‘nglimni quyoshga aylantirib ber,
Agar osmonliging rost bo‘lsa osmon.
Sezdim qahr bilan kelar qahraton
Derazam ko‘zida muzlaydi afsun,
Va borliq qalbida ko‘pirgan ishqni
Allaqayerlarga olib ketar kun.
Ushbu misralarning davomida qalb tug‘ yonlari baralla kuylanadi. Insoniy kechinmalarni go‘zal satrlar jilosi ila tasvirlab berilgan. She’rda baxt, insonning bu hayotda nima uchun yashayotganligidan maqsadi, insoniy kechinmalar mohiyati, hayot mazmuni haqida gap boradi hamda nima qilsa o‘zidan yaxshi nom qoldira olishi haqida lirik qahramon mushohada qiladi:
Ammo, muzlayotgan bu men emasman,
Emasman, umiddan qochgan muhojir.
Va tuman ortida ufqsiz qolgan
Beshavqat tuyg‘ uga bo‘lmagan asir.
Hali yodimda bor quyosh nigohi
Va dilimni suygan nur qahqahasi.
Ishqning ohangiga solay umrimni,
To ko‘nglim quyoshga aylangunicha,
Asrayin jon degan tomchi nurimni.
Yuqorida keltirilgan she’rda shoiraning bu hayotga bo‘lgan umidi, ko‘ngil torlarida jilvalanayotgan hayotga, yashashga bo‘lgan muhabbati aks etgan.
She’rning so‘nggi satrlarida:
Mendan olislarda tentiraydi baxt,
Mendan olislarda quvonch sargardon.
Ko‘nglimni quyoshga aylantirib ber,
Agar osmonliging rost bo‘lsa osmon.
U osmonga murojaat qilib “ko‘nglimni quyoshga aylantirib ber” - deydi. Har bir inson bu hayotga kelar ekan, shunday yashashi kerakki, uning ko‘ngli huddi quyosh kabi iliq, beg‘ ubor, pok bo‘lishi kerak. Ammo, bu mashaqqatli hayot yo‘llarida doim ham inson qalbini pok saqlashi imkonsizdek tuyuladi. Qalb – Allohning uyi. U doimo yomonlikdan, qahrdan holi bo‘lmog‘ i lozimligi, yaxshilik bilan limmo-lim bo‘lishi she’r tahlili jarayonida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Lekin, hayot bir maromda davom etmaydi. Hayot kurashlardan, anduhlardan iborat. Shunday vaziyatlarga qaramasdan, inson o‘zligini, qalbinnig tub-tubida bir zarradek bo‘lsa ham yashirinib yotgan mehr-muhabbat tuyg‘ usini, Yaratganga bo‘lgan ishonchini, iymon hamda e’tiqodini saqlab qolmog‘ i shart. Ana shundagina behudaga yashamayotgandek his etadi o‘zini. Ana shundagina komillik eshiklari ochilajak. Shoiraning bu satrlar orqali aytmoqchi bo‘lgani ham har qanday vaziyatda ham inson umidini saqlab qolishi kerakligi nazarda tutilgan.
Qarg‘ alar qarg‘ agan qishning,
Chillasida tinmay yog‘ ayotgan qor.
Chechakka aylanar. Bizlarni izlab,
Qaydandir keladi adashgan bahor [2, 23].
Shoira qishning qahratoni ham mening umidimni, hayotga bo‘lgan muhabbatimni, yashashga bo‘lgan umidimni muzlatolmaydi, deb yozadi. U doimo bahorga tashna. Inson shaxsiyatidagi komillik xususiyatllarining asosini belgilovchi ezgulik, e’tiqod, adolat tuyg‘ ularini tarbiyalash va shakllantirishda har tomonlama barkamol shaxs nuqtayi - nazarni va badiiy tadqiqotchilik prinsiplarini ko‘rsatadi. Zero, har bir she’rning badiiy barkamolligi, qahramon psixologiyasi, voqea-hodisaning ta’sirchan tarzda aks ettirilganligi bilan belgilanadi. Shoiraning she’rlarida har bir so‘z, har bir iboraga alohida diqqat qaratilgan. Shuningdek, ijodkor lirikasida vatanpavar qalb yashaydi:
Quyoshning ko‘zlari naqadar go‘zal,
Bardoshsiz ildizlar sizdan tonaman.
Vatanim samodir, unga intilib,
Bir kun Muqannaday yonaman [2, 56].
Halima Xudoyberdiyeva, Halima Axmedova she’riyati hissiy ta’sirchanligi, tuyg‘ ular rozining originalligi, mushohada va ifoda tarzining o‘ziga xosligi bilan betakrordir. Ularning har bir she’ri, har bir satri zamirida katta hayot falsafasi tasvirlanadi. Shu bois ularning she’rlari o‘quvchini ham hayotga teran tafakkur bilan ko‘ngil ko‘zi bilan qarashga undaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
Халова М. Символы переживания в лирике. В статье анализируются стихи поэтов независимости Халимы Худойбердиевой и Халимы Ахмедовой. Отличия поэзии периода независимости от поэзии других периодов выявляются посредством сравнительного анализа творческих стихотворений. Символические образы в их стихотворениях показывают их роль в выражении национального духа.
Khalova M. The symbolism of experiences in lyricism. The article analyzes the poems of independence poets Halima Khudoiberdiyeva and Halima Akhmedova. The differences between the poetry of the independence period and the poetry of other periods are highlighted through a comparative analysis of the creative poems. The symbolic images in his poems show their role in expressing the national spirit.