MUALLIF NIYATI HAMDA UNING MUTOLAA JARAYONIGA TA’SIRI

Muallif niyati, adabiy tahlilda nazariy atama sifatida, muallifning adabiy asar yaratishda o‘zi hayolan nazarda tutgan niyatini yoki maqsadlarini anglatadi. Bu sujet, personajlar va mavzular kabi elementlar orqali muallif tomonidan ko‘zda tutilgan ma’no yoki g‘oyani ochish maqsadida matnni o‘rganish va talqin qilishni o‘z ichiga oladi. Ushbu elementlar muallifning ijodiy tanlovi orqali  matn mazmunini yaratishga olib keluvchi jarayonni  tushunish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Muallif niyatiga nisbatan g‘arb olimlari hamda mahalliy olimlar turlicha fik yuritadilar, bu esa ushbu tushunchani turli qarashlar nuqtayi nazaridan o‘rganishni talab etadi.

E.D.Hirschning fikriga ko‘ra muallifning niyati o‘zgarmas tushuncha emas, zero, muallifning niyati til birliklarining natijasidir, shu tufayli ham doim “sirg‘aluvchanlik” xususiyatiga ega, ya’ni  matndan anglashilgan ma’no o‘zgarib turadi: “ Meanings are not as stable and  determinate as Hirsch thinks, even authorial ones - and the reason they are not is because, as he will not recognize, they are the products of language, which always has something slippery about it.” Shuningdek, muallifning niyatining o‘zi ham butun bir matn sifatida  ham bahslidir, tarjima qilinib tahlil qilinganda ham turlicha talqin etilishi mumkin :” An  author's intention is itself a complex 'text', which can be debated, translated and variously interpreted just like any other.” [Eagleton, Terry 1943: 234]. Bundan tashqari E.D Hirsch tilni ijtimoiy  hodisa sifatida ta’kidlaydi, ya’ni til birliklari  ma’lum bir shaxsga tegishli bo‘lishidan avval ma’lum bir jamiyatga qarashli hisoblanadi. Shunday ekan, ma’lum bir badiiy asarni tahlil qilar ekanmiz, avvalo, matn yaratilgan ijtimoiy muhitga e’tibor qaratishimiz lozim.

Yaqin o‘tmishda Germaniyada paydo bo‘lgan  hamda “retsepsiya estetikasi “ yoxud “retsepsiya nazariyasi” sifatida qaralayotgan germenevtikada badiiy asarning o‘tmishiga e’tibor qaratilmaydi, balki kitobxonning retsepsiyasi asosiy omil sifatida o‘rganiladi [Hirsch 1976:56-61]. Jahon adabiyotshunosligidagi so‘nggi uch nazariyaga e’tibor qaratsak, shunga guvohi bo‘lamizki, Romantisizmda asosiy urg‘u muallifga, Yangi adabiy tanqidchilik davrida esa badiiy asarga va so‘ngra retseptiv poetika nazariyasida esa kitobxonga qaratildi.  Aslida ham badiiy asar kitobxonsiz mavjud bo‘la olmaydi. Yanayam oddiy tushuntirilganda kitob, faqatgina kitob javonida turgani uchungina mavjud bo‘la olmaydi, balki kitobxon tomonidan mutolaa qilininb moddiylashtirilganda haqiqiy mavjudlikka erishadi. 

D.Quronov o‘zining “Adabiyotshu-noslikka kirish”  nomli ilmiy kitobida muallif niyati tushunchasini  ijodiy niyatga bog‘laydi. Ya’ni muallifning dunyo moddiyatlarini o‘ziga xos uslubda idrok etishi hamda ularni qog‘ozga tushirishi  ijodiy niyatning ijrosidir [Quronov  242: 88]. Muallifning ijodiy niyat hamda uning ijrosi xususidagi fikri shu bilan ahamiyatliki, ijodiy niyat muallif yashayotgan makon va zamon ta’sirida bo‘lsa-da, asar yaratayotgan lahzada yozuvchi real hayotdan uzoqlashadi va o‘ziding ijodiy-ideal olamida yashay boshlaydi deya fikr bildiradi, bu esa yuqorida Hirschning   adabiy asar  va undagi til birliklari  u yaralgan jamiyat zaminida idrok etilishi zarur degan tushunchaga qaysidir ma’noda ziddir.

Rossiyalik olimlar muallifning niyati haqida so‘z yuritar ekan, avvalo, ushbu tushunchaga anchayin ijobiy nuqtayi nazar bilan yondashadilar. Yozuvchining ijodi, muallifning shaxsiyati, qahramonlari, mavzulari, g‘oyalari va obrazlari uning tilida mujassamlangan va faqat unda va u orqali tushunilishi mumkin [Кубрякова 2000:91]. Axir, til madaniyat bilan bir qatorda muallifning intellektual faoliyatini tavsiflovchi va konsepsiyani yaxlit tushunish asosida yotadigan muallifning niyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan eng muhim hodisadir. Insonning ko‘plab aqliy holatlari va jarayonlarining xususiyatini tashkil etuvchi "muallif niyati" tushunchasi quyidagilarni o‘zida aks ettirishi mumkin: ma’lum bir jarayon yoki holatni nazarda tutgan holda, yo‘nalish ko‘rsatkichi mavjudligi bilan tavsiflanishi kerak [Трубаева 2016:78-80]. Muallifning intensiyasi muallifning shaxsiyatiga ham bog‘liq. Har qanday xabar nafaqat ma’lumotni o‘z ichiga oladi, balki muallifning xabar qilingan narsaga munosabatini ham ifodalaydi. Shunday qilib, darsliklar, ish qog‘ozlari yoki badiiy matnlarni yaratishda muallif birinchi navbatda kognitiv, dalillangan  yoki hissiy ma’lumotlarni taqdim etishni kutadi. Muallifning maqsadi muallifning niyatini o‘z ichiga oladi, aynan u tufayli  "adabiyotning barcha durdonalari tug‘iladigan haqiqatdir" [Гагаев Л. А., Гагаева П. Л. 2002: 34] .  Shunday ekan, rus olimlari  muallif niyatini  badiiy matnning ajralmas qismi  sifatida qaraydilar, badiiy asarni esa kitobxon hamda yozuvchi o‘rtasidagi muloqot manbai sifatida ko‘radilar, shuning uchun ham badiiy asar, avvalo, estetik vazifa bajarishi lozim deya ta’kidlaydilar.

Yuqorida muallif niyati xususidagi fikrlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, tilshunos olim J.R. Firthning quyidagi fikri yodga keladi  : “language is fundamentally "a way of behaving and making others behave;"- ya’ni  til  mohiyatan xatti-harakat tarzi bo‘lib, boshqalarni ham qay tarzda harakatlanishini belgilovchi omildir [Firth 1957 :233 ],  ammo, shu o‘rinda savollar zanjiri paydo bo‘ladi:” Muallif o‘z asarida nima demoqchi bo‘lganligini har doim ham kitobxonlar to‘g‘ri anglay oladilarmi?, yohud badiiy asarni kitobxonlar o‘z nuqtayi nazaridan mutolaa qiladilarmi? Kitobxonlarning “kutish gorizontlari” doim ham muallif niyatiga mosmi? Yoki qanday omillar  ikki qutbda turgan kitobxon hamda muallifni ajratib turadi?”.  Shuningdek, Brucega ko‘ra: "failure to understand the author's intentions can cause problems for all levels of comprehension “ [Bruce 1980: 380] -  muallif niyatining kitobxonlar tomonidan anglanmasligi badiiy asar mazmunini tushunishning barcha bosqichlarida muammo tug‘dirishi mumkin, biroq, kitobxon muallif niyatini anglagan taqdirda ham ushbu interpretatsiya badiiy asarni  minimal darajada tushunish hamda eng yuqori darajada idrok etish o‘rtasida  farqlanadi deya ta’kidlanadi. Muallif niyati  hamda kitobxon interpretatsiyasi  o‘rtasidagi farqli jihatlarning sababi sifatida adabiy asarda yoritilgan mavzu va g‘oyaga nisbatan muallif munosabati hamda kitobxonning ushbu mavzu yuzasidan mavjud bilimlarini anglash , tadqiq etish lozim. So‘ngra, adabiy asarda ko‘tarilgan mavzu va g‘oya yuzasidan kitobxonning mavjud bilimlari qay tarzda mutolaa jarayoniga ta’sir etishi mumkin hamda yozuvchi o‘z kitobxoniga qay tarzda murojaat etmoqchi , uni qanday tassavvur etadi hamda kitobxon ham muallifga nisbatan qanday munosabat bildirishi mumkin, ya’ni yozilgan asar keyinchalik mutolaa jarayonida  idrok etilishi kabi masalalar  bir nechta g‘arb olimlari tomonidan bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. O‘zbek adabiyotshunos olimi D.Quronov badiiy asarning  tahlil hamda talqin usullari to‘g‘risida fikr yuritar ekan, barcha kitobxonlarning  ijodiy o‘qish imkoniyatlari turlicha ekanligini va ushbu imkoniyatlardan kelib chiqqan holda asarning hali hech kim idrok etmagan jihatlarini anglay olishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Bundan tashqari, kitobxonlarga asar mazmunini anglashda ma’lum bir  talqin qoliplarini qo‘llamaslik kerakligini hamda bugungi kun nuqtayi nazaridan kelib chiqib talqin etish lozimligini aytib o‘tadi, zero bu kitobxonning badiiy didiga yaxshi ta’sir ko‘rsatmasligini aytib o‘tgan [D.Quronov 2014:236]. Bundan ko‘rininb turibdiki, olim  mutolaa jarayonida kitobxonga maksimal darajada talqin erkinligini berish kerakligini nazarda tutmoqda, muallif niyati xususidagi fikrlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, badiiy asar muallifi o‘zining yozganlari, foydalangan badiiy bo‘yoqlari, kompozitsiyalari hamda qahramonlar suhbati orqali  o‘z niyatini kitobxonga yetkazishga urinadi.

Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin“ romanini yozishdan maqsadi va uni qay tarzda yozishga qaror qilganligi, nima uchun aynan avtobiografik janrni tanlaganligi ko‘rib o‘tilgandi. Kitobxonlar hamda muallif o‘rtasidagi zanjir hisoblangan badiiy asarning kitobxonlar tomonidan qay tarzda talqin etilishi, shuningdek, muallifning  asarni  yozishdan maqsadi va kitobxonlarga asar orqali  yetkazmoqchi bo‘lgan g‘oyasini qanchalik kitobxonlar anglay olganliklarini, avvalo, muallifning niyatini to‘liq anglagan holda ma’lum bir mulohazaga kelish mumkin [N.Mahmudova 2019:36-42]. Buning uchun izlanuvchidan badiiy asar muallifining asar xususida bergan intervyularini, yozma suhbatlarini o‘rganish talab etiladi. Maya Enjelouga “Angladim qafasdagi qush nolasin” romani tirikligidayoq shon-shuhrat olib kelgan va ko‘plab muhokamalarga sabab  bo‘lgan. Deyarli barcha suhbatlarda muallif ushbu asarga qayta va qayta murojaat etganligini va uni yozishdan maqsadi-intensiyasini tushuntirishga harakat qilganligini ko‘rishimiz mumkin. C. Neubauer  hamda  M.Enjelou o‘rtasidagi suhbatni tahlil qilar ekanmiz, avvalo, asarni bayon qilish uslubiga to‘xtalar ekan, Maya Enjelou  boshqa afro-amerikalik yozuvchilarga xos bo‘lgan, ya’ni ularning she’riyati, esselari, musiqiy ohanglaridagi va ma’naviyatida ko‘p uchraydigan bayon uslubini yoqtirishini, o‘zi ham aynan shu uslub- birinchi shaxs orqali uchinchi shaxs ko‘plikni nazarda tutishini qo‘llaganligini ta’kidlagan. Shuningdek, muallif asardagi 1950 yil ovozi (intensiyasi) keyinchalik 1980 yilda bo‘lishi mumkin bo‘lgan ovozga (intensiyaga) ta’sir qilmasligiga harakat qilganligini aytib ham o‘tgan: “love the idea of the slave narrative, using the first person singular, really meaning always the third person plural. I love that. And I see it all the time in the black literature, in the blues and spirituals and the poetry, in essays James Baldwin uses it. But I've tried in each book to let the new voice come through and that's what makes it very difficult for me not to impose the voice of 1980 onto the voice I'm writing from 1950, possibly” [C.Neubauer, M.Angelou 1987:286]. Ushbu jumlalardan ko‘rininb turibdiki, muallif ,avvalo, badiiy asarning xavfsizligi haqida qayg‘urgan, ya’ni o‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealar kelajakka ta’sir etmasligi haqida qayg‘urgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bundan tashqari, muallif  shunchaki  o‘tmishida bo‘lib o‘tgan voqealarni xotiralar kabi bayon qilishni emas, balki unga ijodiy hamda estetik bo‘yoq berganligini, shuning uchun ham avtobiografik asar yozishni tanlaganligini aytib o‘tadi. Yana shunisi ahamiyatliki, Maya Enjelou o‘zining intervyularidan birida: “Hamma ham “tashakkur’’, “men” yoki boshqa so‘zlarni o‘z jumlalarida ishlatadi, ammo, men so‘zlarni shunday ishlatishim kerak ediki, uni o‘qiganlar so‘zlar shu usulda ma’no kasb etaolarkanda deya taajjublanishlarini xohlayman” deya ta’kidlagan, bundan ko‘rinib turibdiki muallif kitobxonlarning asardagi har bir so‘zdan estetik zavq olishlarini istagan [American Masters PBS 2017: Youtube].

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, muallif  o‘tmishidagi barcha voqealarni asarga kiritmagaligini aytib o‘tadi hamda asarni xira-dog‘li oynaga o‘xshatgan, ya’ni barcha insonlarning hikoyalari kabi ochko‘zlik va mehr, yovuzlik va saxiylik, zulm hamda dangasalik tushunchalariga boy ekanligini aytib o‘tgan :” When I look at a stained glass window, it's very much like this book. I have an idea that the books are very much like the Everyman stories so that there is greed and kindness and generosity and cruelty, oppression, and sloth” [C.Neubauer, M. Angelou. 1987: 288].  Suhbat davomida muallif xotiralarini metaforik usulda  “yashil xotiralar” (the greens) va qizil xotiralarga (the reds) ajratib yozganligini tan oladi, ya’ni yozsa bo‘ladigan, unchalik ham dahshatli emas xotiralar va aksincha  “yuki og‘ir” xotiralarini ko‘p o‘rinlarda tashlab ketganligini, chunki ularni ifodalashga so‘z topa olmaganligini ta’kidlagan.

“Angladim qafasdagi qush nolasin” romani xususida fikr yuritar ekanmiz, uning naqadar o‘sha davrda mashhur bo‘lganligini  kitobdagi voqealar katta sahnalarga  film tariqasida ko‘chirilganligi bilan ham izohlash qiyin emas. Rejjisor Fielder Cook 1979-yilda Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin“ romani asosida  film yaratadi va ushbu film  kino tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinadi. Film ssenariysi Maya Angelou va Leonora Thuna tomonidan yozilgan, demak, asarning kino talqinida ham muallifning o‘zi shaxsan ishtirok etganligini ko‘rishimiz mumkin va aynan qaysi sahnalar namoyish etilsa badiiy asarning mohiyati tomoshabinlarga yetib borishi ta’minlanadi, degan savollarga ham muallif bilan birgalikda qaror qilingan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kinoning anonsini o‘qir ekanmiz, uni Maya Enjelouning  qiyinchiliklarda o‘tgan bolaligini yorituvchi  avtobiografik asari asosida sur’atga olinganligi , zo‘rlanishi tufayli bir necha yillar sukut saqlashga majbur bo‘lgan qizaloq haqida ekanligi aytib o‘tiladi: “This film adaptation of Maya Angelou's autobiography focuses on the author's extremely difficult youth. Young Maya (Constance Good) lives at her grandmother's in Arkansas. Life is hard for the little girl, but a truly dark turning point comes when she is raped by her mother's boyfriend (Paul Benjamin). After she identifies her rapist, her uncles murder him. Overwhelmed with guilt and confusion, Maya becomes mute for years, struggling all the while to come to terms with her trauma” [YouTube.The Movie station: 2020]. Shu o‘rinda asarni mutolaa qilgan kitobxonlar u haqida qanday fikr bildirganliklariga e’tibor berish lozim. Kitobxonlar solishtirish davomida afro-amerikaliklar haqidagi filmlar orasida eng yaxshisi, tarbiyaviy ahamiyatga ekanligi, musiqasi go‘zal kuylanganligi, ayniqsa kinoning so‘nggi lavhalari barchada katta taassurot qoldirganligini, motivatsiya bera oladigan kino sifatida baholaganlar. Shuningdek, kinoda ko‘p o‘rinlarda Mayaning birinchi shaxs  ovozda voqealarni bayon qilib borishi ko‘pchilik tomoshabinlarga manzur bo‘lganligi aytib o‘tilgan. Yana ba’zi bir o‘rinlarda , asarni kino variantini yaratishda hikoyaning sujetini jadallashtirishdan ko‘ra, filmda janubning tushkunlik davrida afro-amerikaliklar hayotining tahlikali lahzalariga e’tibor berildi, deyiladi [Kellman, 2006].  Shu o‘rinda , asarni mutolaa qilib filmni tomosha qilgan kitobxonlar fikriga nazar solish yanayam qiziqarlidir.

I remember reading the book in high school. It’s very good and just sheds light on what went on back in them days. I watched the movie after reading the book and it just made me fall in love with her story, I love her grandma; strong and how she was her rock and so is her teacher. It really got to me when I first watched it, when she was raped. All that aside this is a really good movie!” [YouTube.The Movie station: 2020] (33, erkak, shifokor, rus).  Yuqorida filmni tomosha qilgan kitobxon dastlab asarni mutolaa qilganligini, so‘ngra filmni tomosha qilganligi aytib o‘tilgan o‘z izohlarida. Filmdagi voqealar yanayam asar hikoyasini yoqtirishiga sabab bo‘lganligini, ayniqsa, Mayaning buvisi “Momma” uning sevimli qahramoni ekanligini, buvisi Mayaning qalqoni va ayni paytda ustozi ekanligiga to‘xtaladi. Demak, Maya Enjelou film ssenariysini ham mahorat bilan yoza olgan deb aytish mumkin.  Shuningdek, ushbu tomoshabinning ham fikriga e’tibor qaratish lozim: “Just finished the book. I can see why they don't act on some of thr acts written in the story. Specially her need to get Freemans attention thinking he really loved her as a daughter. It's crazy to me to see how the problems that were considered problems then, are still things we deal with today. Racism, rape, abandonment, ignorance, and indifference twords the weak.” [YouTube.The Movie station: 2020]-(ayol) “ ba’zi  sahnalar kitobda yozilgandek emas, ayniqsa, Mayaning Freemanga o‘z qiz farzandi kabi yoqish uchun harakat qilgan sahnalar mavjud emas. Ishonish qiyinki, hozir ham o‘sha davrning  ojizlarga nisbatan irqchilik, zo‘ravonlik, tashlab ketish, befarqlik kabi muammolari oldingidek dolzarbdir”, degan jumlalar asarning bugungi kundagi ahamiyati beqiyos ekanligini belgilaydi.

Yana Maya Enjelouning “Angladim qafasdagi qush nolasin” romaniga nisbatan o‘zining mulohazalarini bildirgan intervyulariga qaytar ekanmiz, quyidagi fikrlarga duch kelamiz: “ Akam Beilyni yaxshi ko‘rardim, juda ham va asosan u bilan gaplashar edim, juda ko‘p suhbatlashar edik, ammo, baribir ko‘p holatlarda jimlik saqlar edim. Ko‘p yozar edim, chunki ko‘p o‘qir edim, aynan shu paytlar she’riyatni sevib qolganman” [American Masters PBS, 2017]. Demak, zo‘rlanishdan so‘ng, muallif ichidagi kemtiklikni hech narsa to‘ldira olmagan va kitoblarga oshno bo‘lish orqali qalbidagi bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qilgan, deb aytish mumkin. Balki, aynan shu sabablar tufayli, bir necha yillar davomida ichida saqlab kelganlarini muallif qog‘ozga tushurishga qaror qilgandir, degan fikr uyg‘otadi. Suhbat davomida muallifning  sevimli o‘qituvchisi tomonidan aytilgan jumla: “Poetry is the music for the voice” [American Masters PBS, 2017] ni eslaydi va aynan shuning uchun kitob mutolaa qilganligini, keyinchalik ijodini she’riyatdan boshlaganligini ta’kidlaydi. 1990-yilda Maya Engelou  George Plimptonga bergan intervyusida  uning she’riyati , esselari, romanlari va boshqa  qo‘lyozmalari har doim ham iliq kutib olinmasligi mumkinligini, bu esa mag‘lubiyat emas, balki yanayam kuchli bo‘lishga va hozirgidan-da yaxshiroq bo‘lishga turtki ekanligini ta’kidlaydi va go‘zal o‘xshatish  keltiradi. Ya’ni olmos yer ostida uzoq vaqt bosim ostida saqlanganligi tufayligina olmosga aylanadi, kamroq bosim va vaqtda olinsa oddiygina kristalni yoki  undan ham kam vaqtda ko‘mir, undan ham oldin chirigan barg yoki tuproqni ko‘rish mumkin.”- “I know, but I believe that a diamond is the result of extreme pressure and time. Less time is crystal. Less than that is coal. Less than that is fossilized leaves. Less than that it’s just plain dirt. In all my work, in the movies I write, the lyrics, the poetry, the prose, the essays, I am saying that we may encounter many defeats—maybe it’s imperative that we encounter the defeats—but we are much stronger than we appear to be and maybe much better than we allow ourselves to be.” [M. Angelou, G.Plimpton. 92Y:2014].  Ko‘rinib turibdiki, har bir odam haqiqiy insonga aylanishi uchun qiyinchiliklarda toblanishi zarur, shundagina atrofidagilarga nimadir so‘zlab bera oladi va u yaratgan asar ham olmos kabi bo‘ladi. Shuningdek, Maya Enjelou ham o‘zining asari vaqt o‘tgani sari o‘z ahamiyatini yo‘qotmasligiga, balki olmos kabi uning qiymati oshishiga ishora qilgandek.

Maya Enjelouning “Super Soul Sunday” ko‘rsatuvida Oprah Winfreyga bergan intervyusida o‘zining dastlabki  avtobiografik romani “Angladim qafasdagi qush nolasin “ xususida fikr yuritatr ekan quyidagi jumlalarni aytib o‘tadi: “Caged bird sings because it must or die, maybe undie but it must sing, sometimes melody write out in the  cage is much more appealing, much more fetching and profound than the melody write out  by the bird  who is on the loose ” [Maya Angelou, O.Winfrey |Super Soul Sunday Ep. 416]

 -“ qafasdagi qush kuylashi shart , aks holda o‘ladi, ehtimol, o‘lmas nima bo‘lganda ham kuylashi shart, ba’zan ozodlikdagi qush nolasidan ko‘ra tutqinlikdagi qushning nolasi ko‘proq e’tiborni tortadi, yanayam ta’sirli va haqiqatga egadir”.  Ya’ni muallifning ushbu jumlalaridan shuni anglash mumkinki, insonlarga nimadir so‘zlab berish uchun yohud yozuvchi sifatida qo‘lga qog‘oz va qalam olish uchun, avvalo, dardni his etgan bo‘lishi lozim, shundagina o‘tli misralar bilan kitobxon qalbiga  yetib bora oladi hamda unga estetik zavq bera oladi.

Suhbat davomida muallif yana bir mulohaza bildiradiki, aynan ushbu misra uning ijod qilishga nima turtki bo‘lganligini ifodalay olgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi: “Since all of us are caged somewhere, that is what people hear it and say let the bird out” [Maya Angelou, O.Winfrey | Super Soul Sunday Ep. 416].

 - “barchamiz qayerdadir yoki nimadir tufayli  tutqinlikdamiz, zero, insonlar buni biladilar va  o‘sha qushni erkinlikka  qo‘yib yubor, deb xitob qilishadi”.  Maya Enjelou nafqat o‘zini va o‘zining azobli xotiralarini nazarda tutmoqda, balki barcha insonlar qalblarining to‘rida hech kimga ayta olmagan dardlari yashiringanligini  nazarda tutmoqda. Shu jihatdan, uning asari o‘zi kabi ichida tutqin bo‘lgan dardlarini saqlayotgan insonlarga  go‘yo ozodlikka  chaqiruv  kabi yetib borishiga umid qilgandek.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, muallif niyati badiiy asar yaratilishida uning ijodiy olamini belgilovchi hamda ifodalovchi asosiy omil hisoblanadi. Aynan ushbu omil tufayli muallif adabiy asarni kitobxonga taqdim etadi. Muallifning shaxsiy qo‘lyozmalari, kundaligi hamda bugungi kunda mavjud intervyulari uning adabiy asarni yaratishga turtki bo‘lgan intensiyasi xususida fikr yuritish imkonini beradi. Kitobxonlarning badiiy asar xususida interpretatsiyalarini o‘rganish esa muallif niyatini ular qay darajada anglay olganliklarini aniqlash imkonini beradi yohud kitobxon interpretatsiyasi va muallif niyati o‘rtasidagi farqli hamda o‘xshash jihatlarni aniqlash, ushbu jarayonga ta’sir etuvchi omillarni farqlash imkonini beradi.    

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Bruce B.C.  Plans and  social actions.  In R.  J.  Spiro, B. C. Bruce,  & W. F.  Brewer (Eds.),  Theoretical issues  in  reading  comprehension. Hillsdale, N.J.:  Erlbaum,  1980.  586 p. P 380
  2. C. Neubauer, M. Angelou. An Interview with Maya Angelou . The Massachusetts Review Inc.Vol. 28, No. 2 (Summer, 1987), pp. 286-292 (7 pages). P 286
  3. E.D.Hirsch,Validity in Interpretation,NewHaven,Conn.,1976, P 56-61
  4. EagletonTerry,1943-LiteraryTheory:anintroduction/TerryEagleton- 2nd ed. 234 p
  5. Firth J.  R.  The technique  of semantics.  In Papers in  Linguistics, 1934-1951.  London:  O.U.P., 1957. 233 p
  6. Tierney R. J.,  LaZansky J.,  Raphael T.,  & Mosenthal J.  Reader, text  & texture.  Paper presented at the National Reading Conference,  San Antonio,  1979.
  7. Гагаев Л.А., Гагаева П.Л. Художественный текст как культурно - исторический феномен. Теория и практика прочтения. -М.: Флинта: Наука, 2002. - 184 с. - С 34.
  8. Кубрякова Е. С. О понятиях места, предмета и пространства // Логический анализ языка. Языки пространств. - М.: Языки русской культуры, 2000. - С. 84 - 92.

 

Internet mabalar:

 

  1. "I Know Why the Caged Bird Sings - Bibliography." Masterpieces of American Literature, edited by Steven G. Kellman, eNotes.com, Inc., 2006, 2 May 2024  https://www.enotes.com/topics/i-know-why-the-caged-bird-sings/in-depth/connections-further-reading#in-depth-connections-further-reading-bibliography-bibliography-2  [03.05.2024]
  2. https://www.youtube.com/@SailorNeptune1991 , https://www.youtube.com/watch?v=VnpGaragYyo [04.05.2024]
  3. https://www.youtube.com/@becky_lafea ,  https://www.youtube.com/watch?v=VnpGaragYyo   [04.05.2024]
  4.  M. Angelou, G.Plimpton. 92Y/The Paris Review Interview Series. 2014. http://www.theparisreview.org/interviews/2279/the-art-of-fiction-no-119-maya-angelou [04.05.2024]
  5. Makhmudova, Nargiza Senior teacher (2019) "AUTOBIOGRAPHY AS A GENRE FEATURE OF COMING-OF-AGE NOVELS BY CH. DICKENS," Philology Matters: Vol. 2019 : Iss. 2 , Article 23. DOI: 10.36078/987654344. https://uzjournals.edu.uz/philolm/vol2019/iss2/23 [10.06.2024]
  6. D. Quronov. Adabiyotshunoslikka kirish.  242  b. www.ziyouz.com [05.05.2024]
  7. Full Episode: “Maya Angelou” (Ep. 416) | Super Soul Sunday | Oprah Winfrey Network. https://www.youtube.com/watch?v=Irs5tJgokys [04.05.2024]
  8. Full Episode: “Maya Angelou” (Ep. 416) | Super Soul Sunday | Oprah Winfrey Network. https://www.youtube.com/watch?v=Irs5tJgokys [04.05.2024]
Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati