NEMIS TILIDA SEIN KО‘MAKCHI FE’LI YORDAMIDA YASALGAN PERFEKT ZAMON SHAKLINING TEMPORAL-ASPEKTUAL MA’NOLARI VA ULARNING О‘ZBEK TILIDA BERILISHI

Ma’lumki,  nemis tilida о‘tgan zamon Perfekt shakli ikkita, ya’ni haben yoki  sein kо‘makchi fe’llarining Präsens shakli hamda mustaqil fe’l  Partizip II  bilan birikib analitik usulda hosil bо‘ladi. Kо‘makchi fe’llarni qo‘llash mezonlari  u bilan birikuvchi asosiy fe’lning  leksik-grammatik, sintaktik va semantik xususiyatlariga ko‘ra aniqlanadi.  Mazkur maqola Perfektning sein fe’li yordamida  hosil bо‘lgan shakllarining aspektual ma’nolarini va ularni о‘zbek tilida berilish usullari tahliliga bag‘ishlanganligi sababli, biz birinchi о‘rinda sein kо‘makchi fe’lini qo‘llanish qoidalarini tahlil qilishdan boshlaymiz. 

Hozirgi zamon nemis tili grammatikasi va  tegishli ilmiy tadqiqotlarda  berilgan ma’lumotlarga nazar tashlasak, ularda kо‘makchi haben yoki  sein  fe’llarini qo‘llashda ularni о‘timlilik/о‘timsizligi, passiv shaklida qо‘llanish  imkoniyatlari, leksik ma’nosi, sintaktik xususiyatlari, subyekt bilan bо‘lgan aloqasi, leksik-tematik guruhlanishlari, leksik cheklovlari mavjudligi,  aksional va aspekt  qiymatlari   turlicha urg‘u berilgan holda hisobga olinadi.

Masalan, U. Engelning Deutsche Grammatik asarida  sein kо‘makchi fe’li bilan quyidagi xususiyatlarga ega bо‘lgan fe’llar Perfekt shaklini hosil qila oladi:

-  chegaralangan, ammo, to‘liq Passiv shaklda qо‘llana olmaydigan fe’llar (einschlafen, zerbrechen);

- to‘liq Passiv shaklda qо‘llana olmaydigan maqsadli yо‘nalishni  ifodalovchi yurish-harakat  fe’llari (gehen, reisen, schwimmen);

- bundan tashqari   sein, bleiben, werden va boshqalar  (Engel 2009:...)

YE.Shendels  grammatikasida o‘zining Perfekt shaklini sein  yordamchi fe’li yordamida yasaydigan fe’llarni qo‘llashda ularning semantik  xususiyatlari, о‘timsiz yoki о‘timliligi, leksik cheklovlarning mavjudligi kabi tomonlari e’tiborga olinadi. Semantik jihatdan ifodalanadigan fe’llar qatoriga turli jarayon va hodisalarni ifodalovchi  sein, bleiben, fliegen, fliehen, kommen, gehen va boshqalar; glücken, erfolgen, geschehen, gelingen, passieren, scheitern fe’llari, bundan tashqari holat yoki o‘rin о‘zgarishini ifodalaydigan fellar  kiradi.

Demak, yordamchi fe’lni qo‘llash, mustaqil fe’lning ma’nosiga va uning о‘timli yoki о‘timsiz qо‘llanilishiga bog‘liq bо‘ladi. Yurish-harakatni anglatuvchi о‘timsiz gehen,  kommen, laufen, springen, fahren kabi fe’llar doim sein bilan  birikib keladi.  Bu fe’llar  yurish-harakat vositasi bilan (ma’noni tuldiruvchi sifatida)  yoki yurish -harakat tarzini tasvirlasa ham sein bilan bog‘lanadi [Shendels  1988: 45-47].

Biz, G. Helbig va I. Busha kabi olimlarning  „Deutsche Grammatik” asarida  [Helbig, Buscha 1987: 54 -...]berilgan  ma’lumotlarning tahlil natijalarini umumlashtirgan holda 1-   jadvalda keltirib o‘tamiz.

 

 

 

 

 

1 jadval

Sein ko‘makchi fe’li yordamida Perfekt shaklini yasashda ishlatiladigan fe’llar

 

Fe’l turlari

Misollar

1.Chegaralangan aksariyat holda  bir holatdan ikkinchi holatga о‘tishni ifodalaydigan о‘timsiz fe’llar: aufstehen, sterben, verblühen, anbrennen.

Der Kranke ist aufgestanden.- Bemor о‘rnidan turdi.

Der Patient ist gestorben.- Bemor vafot etdi.

Die Blume ist verblüht. – Gul sо‘lib qoldi.

Die Suppe ist angebrannt – Shо‘rva kuyib ketdi.

  1. 2. О‘rin о‘zgarishini ifodalovchi barcha yurish-harakat fe’llari: laufen, wandern, fliegen, kommen:

  Der Sportler ist gelaufen. -  Sportchi yugirdi.

Wir sind durch den Wald gewandert. – Biz о‘rmon bо‘ylab sayr qildik.

Der Tourist ist nach Deutschland geflogen. – Sayyoh Germaniyaga uchib ketdi.

Der Gast ist pünktlich gekommen – Mehmon о‘z vaqtida keldi.

  1. О‘timsiz va chegaralan-magan sein  va bleiben fe’llari

Er ist lange Zeit im Ausland gewesen. – U ancha vaqt xorijda bо‘ldi.

Er ist bis ins hohe Alter Sportler geblieben.  U qariganda ham sportchi bo‘lib qoldi.

  1. 4. Ba’zi ajraladigan old qo‘shimchalar yordamida yasalgan о‘timli fe’llar: eingehen, loswerden, durchgehen

Die Akademie ist mit dem Produktionsbetrieb einen Vertrag eingegangen - Akademiya prodyuserlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzdi.

Der Patient ist seine Krankheit losgeworden - Bemor kasalligidan xalos bо‘ldi.

Der Jurist ist die Paragraphen durchgegangen - Yurist paragraflarni kо‘zdan kechirdi.

 

Jadvalda berilgan ma’lumotlardan kо‘rinib turibdiki, sein kо‘makchi fe’li yordamida o‘zining Perfekt shaklini birinchi navbatda chegaralangan, bir holatdan ikkinchi holatga о‘tishni ifodalovchi va ayniqsa, о‘rin о‘zgarishini anglatadigan barcha yurish-harakat fe’llari hosil qilishi mumkin. Chegaralanmagan fe’llar sifatida  esa    faqatgina ikkita  fe’l sein  va bleiben   kо‘rsatilgan. Tо‘rtinchi raqam ostida keltirilgan fe’llar ham (eingehen, loswerden, durchgehen) chegaralanganlik xususiyatiga ega bо‘lgan fe’llar sifatida berilgan, keltirilgan  misollarda  bu fe’llar tugallangan natijaviylik ma’nosiga ega.

G. Gelbig va I. Bushalarning  ta’kidlashicha,  fahren, fliegen, galoppieren, klettern, laufen, reisen, schwimmen, springen kabi yurish-harakat fe’llari hozirgi nemis tilida о‘timsiz fe’llar hisoblanib, ular  gapda faqat sein yordamchi fe’li bilan ishlatiladi.

Sein fe’li yordamida yasalgan Perfekt shakli orqali ifodalanishi mumkin bо‘lgan ma’nolarga о‘tsak, masalan,  Gelbig va Busha grammatikasiga asoslanib, biz quyidagi 2- jadvalda ularni umumlashtirgan holda keltirishimiz mumkin:

2 jadval

Sein yordamchi fe’li yordamida yasalgan Perfekt zamon shakli ma’nolari

 

1.Yaqin o‘tmishda sodir bo‘lgan voqea-hodisalar.

Wir sind soeben nach Heidelberg abgefahren – Biz hozirgina Geydelbergga jо‘nab ketdik.

  1. Kelajakdagi tugallangan hodisalar

Um halb fünf heute Abend sind wir längst abgefahren – Bugun kechqurun tо‘rt yarimlarda biz allaqachon jо‘nab ketgan bо‘lamiz.

  1. Uzoq o‘tmishdagi voqea - hodisalar

a) tugallangan,qandaydir natijaga - holatga erishishganlikni ifodalovchi fe’llar

  1. a sodir bо‘lgan voqea - hodisalar

Wann seid ihr gestern abgefahren? – Kecha qachon ketdingiz?

Chegaralangan fe’llar bilan (abfahren kabi): Wir sind in Siebenbürgen herum gefahren – Biz Transilvaniya  bо‘ylab sayohat qildik.

 

 

О‘tkazilgan tahlillar shuni kо‘rsatadiki, Perfekt zamon shaklining aspektual semantikasi nafaqat yordamchi fe’l turi (haben yoki sein), balki tо‘liq ma’noli mustaqil  fe’lning aksional, ya’ni telik (chegaralangan) / atelik (chegaralanmagan) xususiyatlari bilan bevosita bog‘liqligidan  dalolat beradi.

Ayrim hollarda Perfektning aspekt ma’nolaridan birining ifodalanishi yordamchi (kо‘makchi)  fe’lga bog‘liq bо‘ladi. Odatda, S. G. Andersson ta’kidlaganidek,  chegaralangan harakatni bildiradigan barcha о‘timsiz fe’llar (va chegaralanmagan harakatning faqat ba’zilari) Perfektni  sein yordamchi fe’li bilan yasaydi. [Andersson, 1978: 36].  Yurish- harakat fe’llariga e’tibor qaratadigan bо‘lsak, ular odatda neytral harakat yoki kamdan-kam hollarda chegaralanmagan harakatni ifodalaydi. Ular Perfektni ham „sein“ ham „haben“  bilan yasashi mumkin. Haben yordamida yasalgan Perfekt odatda, harakatning  chegaralanmagan, sein yordamida hosil bо‘lgan  Perfekt esa harakatning chegaralangan ma’nosi bilan bog‘liq bо‘ladi:

Sie haben (im Zimmer) getanzt (Ular xonada (raqsga tushdi) o‘ynadi),  lekin: Sie sind ins Zimmer getanzt  (Ular xonaga o‘ynab kirdi)  (qarang: [Rizayev 2003: 9].

Demak, transformativ  harakatga  xos bо‘lgan о‘rin va payt о‘zgarishlarini ifodalovchi о‘timsiz fe’llar (masalan, ich bin gegangen, gesprungen, gekommen) odatda о‘zining Perfekt shaklini  sein yordamchi fe’li bilan  va statik holatni ifodalaydigan о‘timsiz fe’llar (er hat geschlafen, gewartet) Perfektni  haben yordamchi fe’li orqali hosil qiladi.

Yuqorida berilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda, biz nemis tilidagi badiiy adabiyotlardan olingan sein bilan yasalgan Perfekt shaklining aspektual ma’nolarini  va ularning о‘zbek tiliga uzatish usullarini tahliliga о‘tamiz.

150 ta   sein ishtrikidagi   misollarning ichida 100 dan ortiq turli semantik xususiyatga fe’llar Partizip II shaklida uchradi. Ularning orasida eng ko‘p uchraydigan fe’llar (36ta) bu - yurish-harakat ma’nosi bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liq  fe’llar, ular to‘g‘ri yoki  ko‘chma manoda qо‘llangan. Ularning ro‘yxatini keltiramiz: kommen (kelmoq), ankommen (yetib kelmoq)zurückkommen (qaytib kelmoq), heimkommen (uyga kelmoq), herauskommen (chiqmoq),  herunterkommen (pastga tushmoq),  zusammenkommen (birga kelmoq), gehen (ketmoq, bormoq), hineingehen (kirmoq), weitergehen (yurishni davom etmoq), mitgehen (birga bormoq, ketmoq), vergehen (о‘tib ketmoq), vorbeigehen (о‘tib ketmoq), verlorengehen (yо‘qolib ketmoq);  fahren (haydamoq), abfahren (junab ketmoq), anfahren; anlangen (yetib kelmoq), folgen (ergashib bormoq), übersiedeln (kuchmoq),  springen (sakramoq),  flüchten (qochmoq), laufen  (yugirmoq), auslaufen (oqib ketmoq);   angelangen (yetib kelmoq),  versinken (pasaymoq),  einziehen (ichkariga kirmoq), landen (yerga qunmoq, tushmoq), aussteigen (chiqmoq).  

Keltirilgan fe’llarning hammasi chegaralangan (yoki telik)  fe’llar qatoriga kiradi va  Perfekt shaklida doim tugallangan terminativ ma’noni, yoki natijaviy holatni anglatadi.  Chegaralanganlik (telik) belgisi sifatida yurish-harakat fe’llari orqali  ega biron bir mo‘ljalga (obyektga)  qarab  intilishi  yoki unga yetishi,  o‘rin о‘zgartirishi (biron joyga kirishi yoki undan chiqishi) ma’nolari ifodalanishi bilan izohlanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, ayrim fe’llar, masalan gehen, fahren va laufen aspektologiya masalalari bilan shug‘ullanuvchi  aksariyat olimlar tamonidan limitativ neytral fe’llar, ya’ni ikki xususiyatli fe’llar deb ataladi (qarang: [Andersson, 1972], [Rizayev, 1999] [Muminova, 2021] va boshqalar), ammo, ular Perfekt shaklida chegaralanganlik  funksiyasida qо‘llanadi.

Yuqorida sanab о‘tilgan yurish-harakat fe’llaridan tashqari materialimizda sein kо‘makchi fe’li  bilan birikib, boshqa leksik-semantik guruhlarga kiruvchi fe’llar ham  uchraydi. Ularni  chegaralangan fe’llar sifatida  quyidagi leksik-semantik guruhlarga bо‘lish mumkin:

a) bir holatdan ikkinchi holatga о‘tish va rivojlanish yoki o‘tishga majbur qilish ma’nosini anglatuvchi aufwachsen (о‘smoq, ulg‘aymoq), abdampfen (bug‘lanmoq), verlieben (sevib qolmoq), aufstehen (о‘rnidan turmoq), einfallen (paydo bо‘lmoq), verheiraten (uylanmoq), sterben (о‘lmoq), verschwinden (yо‘qolmoq), verändern (о‘zgarmoq), verführen (yо‘ldan ozdirmoq), schneiden (kesmoq), aufdrehen, landen kabi fe’llar;

 b)  bir narsani paydo bо‘lishi, yо‘qolishi, yoki bir narsaga ega bо‘lish  ma’nolarini bildiruvchi  verlieren (yо‘qolmoq), wegblasen (puflab tashlamoq), ausschließen (istisno qilmoq), überlassen (tark etmoq), auffallen (ajralib turmoq), passieren (sodir bо‘lmoq) kabi о‘timsiz fe’llar;

v) kauzativ (sabab) ma’noli verbieten (ta’qiqlamoq),  schließen (yopmoq) kabi fe’llar ham kiradi.

g) chegaralanmagan (atelik) fe’llardan faqat quyidagilar uchraydi: bleiben (qolmoq) va undan   hosil bо‘lgan qo‘shma fe’llar  liegenbleiben (yotish holatida qolmoq), sitzenbleiben (о‘tirgan holda  qolmoq),  wegbleiben (yо‘qolib ketmoq),  sein (bо‘lmoq) va subyektning holatini bildiruvchi gewöhnen (odatlanmoq).

Nemis tilidagi sein bilan yasalgan Perfekt shakli orqali ifodalangan aspektual ma’nolar о‘zbek tilida turli usullar, turli modellar yordamida о‘z ifodasini topadi. Ular о‘zbek tilidagi о‘tgan zamon shakllari bilan bevosita bog‘langan. Hozirgi  о‘zbek tilida о‘tgan zamonning bir necha shakllari mavjud: sintetik shakli -di, -gan va qо‘shma о‘tgan zamon shakllari -gan + edi, -ib +di, -ib + edi, -ar + edi (qarang: [Koklyanova 1963: 72 - 94]). Ular bir-biridan ma’nosi va qо‘llanishi bilan farqlanadi va turli xil qо‘shimcha (modal, aspektual)  ma’nolar bilan bog‘lanishi mumkin. 
      Bizning materialimizda –di,  -ib + -di, -gan, -gan + edi, -ib + -gan,  -gan + ekan vositalari  uchraydi. Ular orqali ifodalangan  Perfekt vaziyatlarining tahliliga о‘tamiz.
<>1.–gan  bilan ifodalangan modellar:

Bu shakl hozirgi zamon о‘zbek tilida vazifa va ma’no jihatdan xilma-xil fe’l shakllaridan biridir. U о‘zining о‘zigaqо‘llanish moslashuvchanligi bilan ajralib turadi va о‘zbek tili morfologiyasihamdasintaksisida markaziy о‘rinlardan birini egallaydi. Bu shakl nafaqat о‘tgan zamondagi harakatni, balki uning natijasini hozirgi vaqtda saqlanishini ham kо‘rsatadi.

1) fe’l - predikat + gan:

(9) Meine Frau ist im Krieg gestorben, das ist kein Leben für das Mädchen mit dem alten Mann von Vater. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 124) – (9a) Xotinim urush vaqtida o‘lgan, qiz bolaga chol otasi bilan yashashning nima qizig’i bor deysiz! (Zegers. Barhayot o‘liklar,  127); - О‘tgan zamonda sodir bо‘lgan voqea.

(10) Was ist denn mit Ihrer Hand passiert? (Seghers. Die Toten bleiben jung, 125) - (10a) Qo‘lingizga nima qilgan? (Zegers. Barhayot o‘liklar, 128); - Nutq momentida о‘tmishda sodir bо‘lgan voqeaning natijasi saqlangan.

2)  fe’l - predikat + gan + di

(11) Ich habe, sagte sie, meinem Philipps das Kleine zu halten gegeben und bin mit meinem Ältesten in die Stadt gegangen, um Weißbrot zu holen und Zucker und ein irden Breipfännchen. (Goethe. Leiden des jungen Werthers, 7) - (11a) Filipsga kenjatoyimizga qarab o‘tirishini tayinlab, o‘zim shovla suziladigan sopol kosacha, qand va oq non keltirgani katta o‘g‘lim bilan shaharga ketgandim. (Gyote. Yosh Verterning iztiroblari, 16); - О‘tmishda sodir bо‘lgan harakat.

(12) Vornehmlich darum bin ich dem Fürsten hierher gefolgt (Goethe. Leiden des jungen Werthers, 35-36) – (12a) Aslida, Knyaz N. qismida general bo‘lgani tufayli unga qo‘shilib, bu yerga kelgandim. (Gyote. Yosh Verterning iztiroblari, 94-95) – Nutq momentida subyektning natijaviy holati, ya’ni yurish-harakat о‘tmishda о‘z mо‘ljaliga yetganligi sababli, subyektning shu joyda mavjudligi aks ettirilgan.

3) fe’l (qо‘shma fe’l) -ib, -ay ravishdosh shaklida +  kо‘makchi fe’l (ketmoq, qо‘ymoq, о‘tmoq) + gan:

(13) Ich bin so glücklich, mein Bester, so ganz in dem Gefühle von ruhigem Dasein versunken, daß meine Kunst darunter leidet. (Goethe. Leiden des jungen Werthers, 3) – (13a) Shunday baxtlimanki, do‘stim, orom og‘ushiga shu qadar singib ketganmanki, bundan san’atim zarar ko‘rmoqda. (Gyote. Yosh Verterning iztiroblari, 5); - Subyektning о‘tmishdagi nutq vaqtida saqlangan holati tasvirlangan. 

(14) Durch meinen Vater ist erst der Schwung in den Laden gekommen. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 45) – (14a) Otam tufayli bu ish avj olib ketgan. (Zegers. Barhayot o‘liklar, 51) – О‘tmishda sodir bо‘lgan holatning natijasi.

(15) Seine Mutter sei aber schon nicht mehr zur Beichte gegangen. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 176) – (15a) Onam cherkovga qatnamay qo‘ygan. (Zegers. Barhayot o‘liklar, 176); - Statik holatni anglatuvchi  kо‘makchi fe’l (qо‘ygan) tufayli bu misolda inkor shaklida doimiy (odatiy) terminativ harakat hozirgi vaqtgacha saqlanib qolishi  ifodalangan.

(16) Der Hauptmann Steffen erzählte, er sei von einem Tag auf den anderen ins Hotel Eden übersiedelt. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 192) - (16a) Kapetan Steffen uyini kuzatayotganlari tufayli bundan bir necha kun ilgari Eden mehmonxonasiga ko‘chib o‘tganligini hikoya qilardi. (Zegers. Barhayot o‘liklar, 192); - О‘tmishda sodir bо‘lgan terminativ harakat.

4)  - ib sifatdosh + kо‘makchi fe’l  + gan + di

(17) Wir sind dann zusammengekommen. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 262) – (17a) Keyinchalik biz Ervin bilan topishib olgandik. (Zegers. Barhayot o‘liklar,  258); -  о‘tmishdagi natijaviy holat-hodisa.

5)  turg‘un birikma + gan + ekan

(18) Wann ist sie für Klemm vorbeigegangen? (Seghers. Die Toten bleiben jung, 46) – (18a) Klemmning yoshlik davri qachon tamom bo‘lgan ekan? (Zegers. Barhayot o‘liklar,  52); - О‘tmishdagi natijaviy holat.

Tahlil qilingan misollarda  nemis tilida chegaralangan (telik) fe’llar bilan  yasalgan  sein bilan Perfekt shakli faqat terminativ vaziyatlarni, ya’ni о‘tmishda sodir bо‘lgan  voqealar yoki о‘tmishda qandaydir  natija bilan tugallangan va muloqot qatnashchilari uchun nutq momentida  ahamiyatga ega bо‘lgan hodisalar aks ettirilgan. О‘zbek tilida esa shunga uxshash vaziyatlar chegaralangan fe’llar (qо‘shma fe’llar, analitik birikmalar) turli о‘tgan  zamon shakllarida berilgan. Ayrim hollarda kо‘makchi fe’lning aksional xususiyati ta’sirida qо‘shimcha aspektual ma’nolar ham tasvirlangan (qarang: (5-8, 13-16 misollar)).  

Chegaralanmagan (atelik) fe’llari sifatida yuqorida aytilganidek,  о‘zgarmaydigan holatni bildiruvchi  bleiben,  sitzenbleiben, liegenbleiben gewöhnen va sein fe’llari uchradi. Ular  bilan Perfekt shaklida  subyektning о‘tmishdagi  natijaviy, takroriy  yoki  davom etgan  holati yoki odati aks ettirilishi mumkin. Bunday hodisalar о‘zbek tilida qо‘yidagi usullar bilan aks ettiriladi:

1) fe’l + gan va –ib sifatdoshi + kо‘makchi fe’l (qolmoq) + gan

(19) Da sei er, Leven, in all den Jahren ohne Anhang geblieben, da lerne ein Knabe, sich Freunde aus Büchern zusammenzulesen. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 98) – (19a) Shuning uchun u, Liven, o‘sha vaqtlarda bir o‘zi umr kechirgan va noiloj, bolaligidayoq kitoblardan do‘st topishga o‘rganib qolgan. (Zegers Barhayot o‘liklar, 102) – О‘tmishda davom etgan hodisa va  u bilan bog‘langan subyektga odat bо‘lib qolgan  xususiyat tasvirlangan.

(20) Wir sind ja gewohnt, unsere Herzen einander auszuschütten. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 246) – (20a) Biz bir-birimizga ko‘nglimizda bor gapni aytishga o‘rganib qolganmiz. (Zegers. Barhayot o‘liklar, 243) - О‘tmishdagi odatlangan xususiyat hozir ham saqlanib qolgan holat.

2) fe’l +  -di

(21) Ich bin im Auto sitzengeblieben. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 248) – (21a) Men mashinada qoldim. (Zegers. Barhayot o‘liklar. 245); - О‘tmishda sodir bо‘lgan  holat.

3) sifatdosh –ib +  sifatdosh - ay + bо‘lmoq

(22) Er spürte den Kopf in seiner Hand, Als sei er eben darin geblieben. (Seghers. Die Toten bleiben jung, 268) – (22a) Unga tugmani xuddi hozir ushlab turganday, goyo tugma hozir uzilib tushganday bo‘ldi. (Zegers. Barhayot o‘liklar,  265); -  О‘tmishdagi predmetning  hozirgi holati aks ettirilgan.

Nemis tilida sein bilan Perfekt shakli  tarkibidagi  chegaralanmagan (atelik)  fe’llari aks etgan aspektual vaziyatlar о‘zbek tilida  odatda (yoki kо‘pincha) о‘zgarmaydigan natijaviy holatni anglatuvchi chegaralanmagan funksiyada keluvchi  kо‘makchi fe’llari  qolmoq, bо‘lmoq hamda  о‘tgan zamon qо‘shimchalaridi va –gan yordamida о‘z ifodasini topgan. -gan bilan qо‘llangan atelik fe’li (kechirmoq - umr kechirmoq)  о‘tmishda davom etgan hodisani, ya’ni subyektning holatini  anglatadi (qarang: 19a ).

О‘tkazilgan tahlil natijasini umumlashtirilgan va soddalashtirilgan  holda  qо‘yidagi jadvalda  namoyon qilamiz. 

 

 

Nemis tilida

О‘zbek tilida

Misollar

Sein bilan yasalgan Perfekt shakli

О‘tgan zamon shakllari

-di, -gan, -gan+di, -gan + ekan

 

 

Chegaralangan (telik) fe’l Partizip II shaklida + sein

  • Predikat (kesim) – fe’l  +  –di

U bu yerga keldi;   Biz mashinadan tushdik

asosiy fe’lning –ib  Partizip II shakli + kо‘makchi fe’l (о‘tmoq, qо‘ymoq, qolmoq)  +  -di

Bu yerga kecha yetib keldik;  U bizdan qochib  narigi tarafga о‘tdi; Nima qilaylik,  bu o‘yinda  yutqazib qо‘ydik-da;   U bitta-yarimtani sevib qolganmi?

  • fe’l - predikat + - gan

 

 U urush vaqtida о‘lgan;

Qо‘lingizga nima qilgan?

  • fe’l - predikat + -gan + - di

 

U о‘g‘li bilan shaharga ketgandi; Bu yerga kelgandim

- fe’l (qо‘shma fe’l) -ib, -ay Partizip II shaklida +  kо‘makchi fe’l (ketmoq, qо‘ymoq, о‘tmoq, olmoq) + - gan

Otam tufayli bu ish avj olib ketgan; U cherkovga qatnamay qо‘ygan; U mehmonxonaga  qо‘chib  о‘tgan; U bilan topishib olgandik

  • turg‘un birikma + -gan + ekan

Uning davri tamom bо‘lgan ekan

 

Chegaralanmagan (atelik) fel Partizip II shaklida + sein

  • fe’l - kesim  + -gan

U о‘sha vaqtlarda bir о‘zi umr kechirgan

  •  

U bu narsaga о‘rganib qolgan

fe’l –kesim +  -di

Men о‘yda qoldim

ravishdosh -ib +  ravishdosh - ay + bо‘lmoq

Tugma hozir uzilib tushganday bо‘ldi

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Andersson S.-G. Aktionalität im Deutschen. Eine Untersuchung unter Vergleich mit dem russischen Aspektsystem. II. Korpusanalyse. Mit einem Exkurs über Aktionalität im deutschen Verbalformsystem. Uppsala, 1978.
  1. Balin B.M. Aспектологический контекст (лингвостатистический очерк) //Учен. зап. Владимирского пед. ин-та. Сер. Иностранные языки. 1968. T. 55. S. 15-21.
  2. Engel U. Deutsche Grammatik. Neubearbeitung. München:  Iudicium Verlag.  2009.
  3. Helbig G., Buscha J. Deutsche Grammatik. Ein Handbuch für den Ausländerunterricht. 10, unveränd. Aufl. – Leipzig: Verlag Enzyklopädie, 1987.
  4. Goethe. J. W. Leiden des jungen Werthers.   Fundacja Nowoczesna Polska, 1984.
  5. Gyote I. V.  Yosh Verterning iztiroblari. Yoshlar nashriyot uyi, 2018.
  6. Koklyanova A.A. Категория времени в современном  узбекском язике. -М.: Издателство Aкадемии наук СССР, 1963. -123 c.
  7. Pavlov V.M. Темпоральные и аспектуальные признаки в семантике «временных форм» немецкого глагола и некоторые вопросы теории грамматического значения // Теория грамматического значения и аспектологические исследования. – Л.: 1984. – С.  42-70.
  8. Rizayev B.X. Aспектная семантика перфектных и плюсквамперфектных форм немецкого глагола. – Самарканд:  2003. – 89 с.
  9. Seghers. A. Die Toten bleiben jung. Aufbau-Verlag. Berlin und Weimar, 1991.
  10. Zegers A. Barhayot o‘liklar. - Toshkent: O‘zbekiston davlat baddiiy adabiyot nashriyoti, 1962.
  11. Shendels E. Deutsche Grammatik. -M.: Издательство «Высшая школа», 1988.

 

Хасанов Р. Аспектульные значения  форм перфекта, образованные с помощью вспомогательного глагола sein в немецком языке  и способы их передачи на  узбекский язык. В предлагаемой статье проводится  анализ различных точек зрения на природу и структурно-семантические  особенности образования  форм перфекта с вспомогательным глаголом sein, выявляются темпорално- аспектуальные значения данной аналитической формы. Так же анализируется акциональная семантика глаголов, связанных с sein, и выявляются их предельные (телические) и непредельные (ателические) признаки. Особое внимание уделяется выявлению  способов и типов передачи значений перфектных форм с sein средствами узбекского языка.

 

Hasanov R. Aspectual meanings of the perfect forms formed using the auxiliary verb sein in German and their rendering in Uzbek. In this article, various points of view on the nature and structural-semantic features of the perfect forms with the auxiliary verb sein are analyzed, and the temporal-aspectual meanings of this analytical form are determined. In this form, the action semantics of verbs combined with sein, i.e. limited (telic) and non-limited (atelic) features are analyzed. Also, special attention is paid to determining the methods and types of expression of aspectual situations expressed by sein and perfect in Uzbek language.

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati