Neytralitet (neutral) ikki yoki undan ortiq ma’noli soʻzlarning ma’lum kontekstda ikkala ma’no anglashilishi, deb tushuniladi. Bu borada ingliz tilida juda koʻp ishlar olib borilgan [F.N.Vitman, B.Lipman, A.M.Svitskiy, F.Veltman]. Neytralitetdan tashqari ambiguity (noaniqlik) va vagueness (noma’lumlik) atamalari ham qo‘llanadi. Ushbu tushunchalar haqida tilshunoslar tomonidan turlicha fikr, mulohazalar qayd etilgan [1]. Bundan tashqari rus tilida ham koʻplab tadqiqotlar mavjud. Levi va Pollard kabi tilshunoslar rus tilidagi fe’l neytraliteti borasida fikr yuritishadi va unga misol tariqasida “ожидать” fe’lini keltiradi. Hamda quyidagi misolni keltiradi:
Он весь день ожидал свою подругу и звонок от своего брата [2].
Ushbu misoldagi toʻldiruvchilar звонок от подруги hamda брат jonli va jonsiz obyekti bilan birga grammatik jihatdan farq qiladi. Jumladan, birinchisida bosh kelishikda qoʻllanilsa, keyingisida tushum kelishigi qoʻshimchasi qoʻllaniladi.
Ingliz tilshunosi Filip Nil Vitman tomonidan neytralitet kategoriyasi haqida birinchi boʻlib neytral leksik birliklar, neytral tushunchalar ilgari surishgan [1]. Shuningdek, barcha lisoniy sathlarda neytralitet (noaniqlik) aks ettishi haqida ham toʻxtalib oʻtgan.
Tilshunoslarning qayd etishicha har qanday tilda juda koʻplab noaniq ma’noni yuzaga keltiradigan birliklar, iboralar uchraydi [3]. Ular koʻpincha soʻzlovchi noaniq boʻlmagan (ya’ni aniq) iborani ishlatishi mumkin boʻlgan holatlarda ham noaniqlik ma’nosi yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidlashadi. Bunday vaziyatlarda noaniqlik maxsus noaniq iboralar yordamida strategiк nuqtayi nazardan ishlatiladi, yoki soʻzlovchi tomonidan oʻylab koʻrilmagan holda ishlatiladi. Bunda, koʻp ma’noli yoki biz qoʻllaydigan termin neytralitet leksik vositalarning bir jumla doirasida qoʻllanilishida kuzatiladi.
F.Veltmanning ta’kidlashicha neytralitet soʻzlar miqdoriy bayonotni taxminiy bayonot bilan birlashtirishga qodir [4]. Gap shundaki “The patient has a fever” iborasi ma’nosini tahlil qilganimizda biz uning harorati ma’lum bir qiymatdan yuqori deb da’vo qilmaymiz, balki bu klinik ahamiyatga ega ekanligini ham nazarda tutamiz (ya’ni bemor sogʻligʻi joyida emas).
Koʻp ma’noli soʻz bir nechta leksik birliklarga tegishliligi yoki faqat bitta ma’nosini ma’lum kontekstda ifodalanishi borasida ham aniq fikr va mulohazalar yoʻq.
Ba’zilar e’tiborga oladigan omillardan biri bu turli xil his-tuygʻular oldindan aytib boʻladigan tarzda bogʻliqmi yoki yoʻqmi, dеgаn savolni ham yuzaga keltiradi. Masalan, fe’lni ma’nolariga e’tibor qaratadigan boʻlsak bu grammatik mazmun bilan bogʻliq. Aytaylik, She broke the window (U derazani sindirdi), kauzativ ta’sirida amalga oshirilgan harakat boʻlsa, The window broke in inхoativ mazmunga ega sanaladi. Neytralitet ma’no ingliz tilida juda samarali qoʻllaniladi, shuning uchun ba’zilar sabab-boshlangʻich fe’llar alohida leksik birliklar bilan ifodalanishi kerak, deb ta’kidlashadi. Jumladan, Fellbaum ushbu gʻoyani printsipial ravishda shakllantiradi: “bashorat qilinadigan ma’nolarni beradigan semantik munosabatlar bilan bogʻliq fe’llar aniq leksikalizatsiyani talab qilmaydi [5]”. Biroq, ushbu prinsipga rioya qilingan taqdirda ham, break fe’li kabi koʻp ma’noli soʻz bir yoki ikkita leksik pozitsiyani egallaydimi yoki yoʻqmi degan tushunmovchilik mavjud. Masalan: That learned man broke the seal of M. Papineau's letter, and sucked up its contents through his gleaming spectacles as the sun draws water. [O’Henry, 520]. Bunda, neytralitet ifodasini paydo qiladigan turli usullar mavjudligini kuzatish mumkin. Masalan, “Har holda, menga oʻxshagan oʻyinqaroq borar uchun bu yerda ermak topiladi [Gʻafur Gʻulom, 101]. Bunda bitta “ermak” leksik birlikdan ikki yoki uch xil ma’no paydo boʻlishi mumkin. Jumladan, vaqtni koʻngilchogʻliq bilan yoki zerikmasdan oʻtkazish uchun xizmat qiladigan mashgʻulot, koʻngilga tasalli beradigan, ovutadigan narsa, koʻngilni koʻtaradigan biror mashgʻulot bilan shugʻullanish kabi ma’nolar hosil boʻladi. Ulardan biri leksik qoida va grammatik shakl yordamida qilsa, ikkinchisi birinchi ma’nodan oʻzlashishi mumkin. Bundan tashqari, agar soʻzning ikkita ma’nosi oʻrtasida yetarlicha semantik bogʻliqlik mavjud boʻlsa, bu bogʻlanish oldindan aytib boʻlmaydigan yoki muntazam qoʻllaniladigan boʻlmasa ham, bitta leksik vosita sifatida bahslashish mumkin. Masalan: Biror molni soʻrab qolsangiz, eng avval ammasining oʻgʻli tirilib kelgandek, albatta, qoʻl olib soʻrashadi, keyin narx aytadi [Gʻofur Gʻulom, 106]. Keltirilgan misoldagi “mol” soʻzi neytralitetni hosil qilagan. Bu yerda “mol-tovar”, “mol-jonivor, hayvon” ma’nolari farqlanishini aniqlash murakkablik tugʻdiradi. Shunga oʻxshash holatni ingliz tili misolida Fellbaum ba’zi polisemantik iboralarda neytralitet ifodasi borligini ta’kidlaydi, “behave poorly” birikmasida kuzatilgan almashinuvga e’tibor qaratamiz, odatda bu “oʻzini yomon tutmaslik” ma’nosi hosil boʻladi deb taxmin qilish mumkin [5]. Ammo, mazmunni chiqarib tashlaganida, tushunilgan ma’no “oʻzini yaxshi tutish” boʻladi [6]. Ushbu semantik bogʻlanish nozik xususiyat sanaladi. Chunki ma’nolar shu qadar oʻxshashki, ularni alohida leksik ifodaga joylashtirishda ikkilanish mumkin.
Yuqorida keltirilgan misollarda semantik kategorial farqni oʻz ichiga olgan. Ammo, polisemantik birlik borasida gap ketganda otlarni kategorial xususiyatlarni oʻzgartirmagan holda turli ma’nolarini anglatishiga qaratilgan. Masalan, “Tez kunda dovrugʻim olamga yoyilib ketsa-ya, mening haqqimda ham kitoblar yozishsa-ya [Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati, 112]”. Ushbu misolda kitobning “ma’lumot” ma’nosi bilan taqqoslaganda “jismoniy obyekt” ma’nosidan qat’i nazar, bir xil ot kategoriyasiga ega sanaladi. Ushbu holatlarga nisbatan Pusteyovskiy va boshqa mualliflarning generativ lugʻat boʻyicha ishlarida katta e’tibor qaratildi [7].
Agarda noaniqlikning aniq, umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud boʻlganda polisemantika noaniqlik (vagueness) kabilar oʻrtasida chalkashlik boʻlmas edi. Shuning uchun ham neytralitet atamasini tanlashda polisemiya tushunchalarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi ushbu maqolada koʻzda tutilgan. Neytralitet atamasi polisemantik soʻzlarning barchasiga ham tegishli emas. Neytralitet bitta soʻzning ma’nolarini ochib berish uchun xizmat qilmaydi. Aksincha, ma’lum kontekstda bir soʻzning noaniq qoʻllanilishiga nisbatan ishlatiladi.
Neytralitet termini fonologik jihatdan oʻxshash boʻlgan shakllar uchun birinchi bor Zaenen hamda Kartunen tomonidan birinchi bor ishlatilgan [8]. Keyinchalik, Pullum va Svitskiylar tomonidan takomillashtirilgan. Ammo, ular noaniqlik (ambiguity) va neytralitetni bir xil hodisa emas, balki qarama-qarshi hodisa sifatida taqdim etishga harakat qilishadi. Natijada, neytralitet va noaniqlik (ambiguity) oʻrtasidagi tushunmovchilik yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Natijada, xuddi shu atamalarni morfosintaktik xususiyatlarni emas, balki yuqorida muhokama qilingan semantik xususiyatlarni muhokama qilish uchun ishlatila boshladi. J.Sedok hamda A.Svitskiy “noaniqlik” (ambiguity) atamasiga toʻxtaladi. Ular noaniqlik atamasini alohida oʻxshash leksik shakllarni oʻz ichiga olgan bitta fonologik shaklga murojaat qilish uchun ishlatishadi. Mualliflarning qayd etishicha, ularning har biri har xil semantikaga ega hisoblanadi. Ular “noaniqlik” atamasini bitta semantik farq tufayli koʻrsatilmagan alohida leksik birlikka tegishli boʻlgan bir turdagi fonologik shaklga murojaat qilishadi. Morfosintaktik xususiyatlari darajasida esa “netralitet” atamasini qoʻllashni taklif etadi. Ma’lum fonologik oʻxshash bilan turli xil ma’nolarga ega boʻlgan alohida leksik birlikning ma’nolar toʻplamiga nisbatan yetarlicha aniqlanmagan bitta leksik vosita neytralitetni hosil qiladi. Masalan:
“Qo‘y-qo‘y” desak, “Hammangni otib tashlayman”, deb do‘q qiladi.
Omon piching aralash: “Shunday qilib qo‘y”, - dedi.
Neytralitet belgilarini uchta turini ajratib koʻrish mumkin. Ulardan biriga argument (ega, kesim)ning neytralitetni hosil qilishi kiradi. Bunday neytralitet har xil turdagi argumentlar bilan moslashadigan fe’llarga nisbatan qoʻllaniladi. Bunga ingliz tilidagi ba’zi kauzativ fe’llarni kiritish mumkin. Jumladan, walk fe’li bir vaqtning oʻzida ikkala fe’lning talablariga javob beradigan argument bilan qoʻllanishi mumkin. Misol: He walks every evening // He walks his horse every evening. koʻrinadiki fe’lning neytralligi bir nechta argumentlarni qabul qila oladigan bitta fe’lga nisbatan ishlatiladi. Grammatik mazmundan iborat argument (ega, toʻldiruvchi) harakat obyekti yoki bajaruvchisi vazifasini oʻtagan. Ammo, fe’l shakli hech qanday oʻzgarishga yuz tutmagan. Bunda yoʻnalishsiz mavjud boʻlib, u tarkibiy qismga nisbatan harakat neytralitet qarama-qarshida yuzaga kelganda kuzatiladi.
Pullum va Svitskiy ikki turdagi neytralitetni ajratib koʻrsatishadi. Ular neytralitet atamasiga fonologik jihatdan bir xil shakl hamda bir turdagi grammatik qoʻshimchalar qoʻllanilgan holatlar uchun ishlatiladi [9]. Bunga ingliz tilidagi –s suffiksi qoʻshiladigan birliklarni misol tarzida keltirish mumkin. Ushbu suffiks otning koʻplik shakli va uchinchi shaxs fe’lning hozirgi zamonda qoʻllanilishi nazarda tutiladi. Bunda neytralitet fonologik xususiyatga ega sanaladi.
Fe’lga xos boʻlgan neytralitetga nisbatan Levi va Pollard (2002) tomonidan “vazifa bajaruvchini neytrallashtirish” (Functor neutralization) atamasi kiritiladi. Ushbu atama “argument neytraliteti” atamasidan anchagina farq qiladi. Chunki vazifa bajaruvchi (functor) argumentni qabul qiladigan birlik sanaladi. Bu atama “fe’lning neytraliteti”dan umumiyroq mazmunga egadir. Gap shundaki, faqatgina fe’llar neytral funksiyalarni bajaradigan yagona til vositalari emas. Levi va Pollard, fe’l ifodalaydigan neytralitetni valentlik bilan bogʻlashadi [2]. Daniels (2002) esa Levi va Pollardlar tomonidan qoʻllanilgan terminlardan farqli oʻlaroq, “Coordination of unlikes” (oʻxshashliklarni moslashtirish) atamasini ilgari suradi [10]. “Oʻxshashliklarni moslashtirish” atamasi Daniels tomonidan koʻproq fe’lga xos boʻlgan noaniq vositalarga nisbatan qoʻllanilgan. Ammo qayd etish joizki, oʻxshash boʻlmagan muvofiqliklarni argumentlarda ham uchratishimiz mumkin.
Fe’llarning neytralitetini bildirish uchun “oʻxshashliklarni moslashtirish” atamasidan foydalanishda mualliflar uni faqat fe’llarning neytralitet mazmunini koʻrsatish uchun ishlatishadi. Ushbu atamaning ishlatilishi faqat fe’llarning neytralitetini hisobga olganda bir-biriga oʻxshamaydigan kategoriyalarni muvofiqlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan. Ushbu atamadan aniqroq foydalanish uchun bir-biriga oʻxshamaydigan argumentlar (boshqacha qilib aytganda, fe’lning neytraliteti) yoki bir-biriga oʻxshamaydigan fe’llar boshqacha qilib aytganda, argumentning neytraliteti) oʻzaro bogʻliqligi sabab barcha turdagi vositalarga joriy etish mumkin deb hisoblaymiz.
Bayer (1996) fe’l va argumentning neytralitetini tahlil qilish jarayonida “oʻxshashliklarni moslashtirish” atamasidan foydalanadi. Lekin, uning umumiy cheklovini birinchi tur sifatida tan oladi [11].
Bayer (1996) “oʻxshashliklarni moslashtirish” atamasiga qarama-qarshi qoʻyish uchun “muvofiqlashtirilmagan neytralitet” atamasidan foydalanadi [11].
Bu borada mualliflar Groos va Van Riemsdijk (1981) ishlariga tayanadi. Bunda Bayer nemis tilida erkin nisbiy olmoshning gapdagi vazifasi bilan ham, erkin nisbiy gapni toʻldiradigan gapidagi oʻrniga ham mos kelishi mavjudligini aniqlaydi. Muallif ingliz tilidagi “I am going to kill whoever did this!” “men buni qilgan odamni oʻldiraman!” yoki “I am going to kill whomever did this!” “men buni kim qabul qilsa ham odamni oʻldiraman!” misollarni keltiradi. Bunda “whomever” toʻldiruvchi “whoever” ega boʻlishidan qat’i nazar oʻxshash ma’no borligini ta’minlaydi. Ushbu misollarda whomever, whoever olmoshlari neytralitet ekanligi ta’kidlanadi [12].
Netralitetning yana bir xususiyati shundaki u nutq vaziyatining qoʻshimcha jihatlarini ochib berishi mumkin. Bu vaziyatning noaniq ekanligidan kelib chiqmaydi, balki bir xil fikrni turli lingvistik ifoda koʻrinishida taqdim etish orqali ma’lum bir kontekstga singdirilganda yuzaga keladi. Ta’kidlash joizki, neytralitet har doim ham ikki ma’noli kontekstga tegishli boʻlavermaydi. Bu borada Zvitskiy tomonidan tahlil etilgan misollar tahliliga e’tibor qaratamiz:
Melvin became as tall as any of his cousins.
Melvin became taller than the average Ohioan.
Melvin became the tallest linguist in America [13].
Mualliflarning qayd etishicha ushbu jumlalarning har birida ikkita semantik farq bor, ulardan biri Melvin oʻzgaradi, ikkinchisi boshqa holatlar tashqi ta’sirsiz oʻzgaradi [13]. Biroq, muayyan sharoitlarda neytralitetning mavjudligi yoki neytralitet tushunchasiga tortadigan vaziyatlarni aniqlash uchun kontekst semantika murojaat etish zarur boʻladi.
Kontekst semantikasi tahlilida matndagi semantik differensial jumlalarga murojaat qilinadi. Bunda oʻxshash tushunchalarni namoyish etadigan lisoniy vositalarning yoʻqligi ahamiyatli boʻlishi mumkin. Masalan: The above amount will be paid, and no questions asked, for the return, alive and uninjured, of Beppo, the famous European educated pig, that strayed or was stolen from the side-show tents of Binkley Bros.' circus last night (O’Henry, 268).
Misol tariqasida tahlilga tortilgan lavhadagi lisoniy vositalarning semantik ifodasi kontekst ta’sirida “the famous European educated pig” oʻzgarganligi va neytralitetni yuzaga keltirganligi kuzatiladi. Neytralitet xususiyatining spetsifikatsiyaning tizimli tarkibi yetishmasligi formal koʻrsatgichlarni yoʻqligi sabab, neytralitetni tavsif va tasnifini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan ishlarni uchratish qiyin.
Neytralitetga ta’rif berilganda, koʻpgina hollarda ma’lumotning ishonchliligiga aniq dalilning yoʻqligiga ishora qilishadi. Agarda ma’lumotni tushunish tilda, nutqda maxsus vositalar orqali namoyish etilmasa, bu shunchaki mavhum vaziyat singari qabul qilinadi. Ba’zi kontekstlarda esa inkor shakl qoʻllaniladi. Bu ham semantik farqlanishda ma’lumotning noaniqligiga ishora qilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, har qanday tilda semantik differensial formal yoki boshqa shaklda ifodalangan boʻlsa, sistematik jihatdan ikki ma’noli vaziyat hosil boʻladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
Набиев А. Отражение категории нейтралитета в лексических, грамматических и фонологических средствах. В этой статье категория нейтралитет рассматривается как лексически, грамматически и фонологически. На эту тему выдвигались взгляды многих зарубежных лингвистов, а при анализе мнений ученых автор пытался на примерах из художественной литературы английского и узбекского языков определить нейтральность (неоднозначность) лексических единиц, грамматических и фонологических средств. Он также выявил различия между терминами нейтральность, ambiguity (неоднозначность) и vagueness (неопределенность).
Nabiyev A. Reflection of the category of neutrality in lexical, grammarical and phonological means. In this article, the category of neutrality is considered both lexically, grammatically and phonologically. The views of many foreign linguists have been put forward on this topic, and when analyzing the opinions of scientists, the author tried to determine the neutrality (ambiguity) of lexical units, grammatical and phonological means using examples from the fiction of the English and Uzbek languages. Author also identified differences between the terms neutrality, ambiguity and vagueness.