Tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotgan bugungi davrda har qanday chet tilini mukammal o‘rganish asosiy masala sanaladi. Shu o‘rinda prezidentimiz Sh. Mirziyоyev yоshlаr tа’lim vа tаrbiyаsigа аlоhidа e’tibоr berib quyidаgilаrni tа’kidlаydi: “Yоshlаri-mizning mustаqil fikrlаydigаn, yuksаk intelektuаl vа mа’nаviy sаlоhiyаtgа egа bо‘lib, dunyо miqyоsidа о‘z tengdоshlаrigа hech qаysi bо‘sh kelmаydigаn insоnlаr bо‘lib kаmоl tоpishi, bаxtli bо‘lishi uchun dаvlаtimiz vа jаmiyаtimizning bоr kuch vа imkоniyаtlаrini sаfаrbаr etаmiz” [1: 6-son]
So‘nggi yillarda yapon tilini o‘rganishga qiziqish bildirayotgan o‘rganuvchilar soni ham kundan-kunga ko‘paymoqda. Bunda nafaqat yapon tilini shu bilan birga til orqali madaniyatni ham chuqur bilish zarurligini his qilgan yoshlar tilni har tomonlama mukammal o‘rganishga intilishmoqda. Jumladan, yapon madaniyati, urf-odati va ushbu xalq milliyligi kabi xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan jihatlarni qiyosiy tadqiq qilish maqsadida Yaponiya madaniyatiga xos bo‘lgan Iroharu Karuta (いろはるるかるた) haqida fikr yuritishni joiz topdik.
Yapon xalqining adabiyoti va madaniyati taraqqiyoti jarayonida maqollar nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Ular kishilar nutqida kundalik hayotda foydalaniladigan iboralar sifatidagina emas, balki falsafiy va axloqiy tamoyillarning aksi sifatida ham faollashadi. Yapon maqollari ko‘pincha qisqa jumlalar yoki so‘zlardan tarkib topgan bo‘lsa-da, ajdodlarning hayotiy tajribalari asosida paydo bo‘lgan purma’no hikmatlarni to‘laligicha o‘zida qamrab oladi. Shu o‘rinda “Iroharu Karuta”ga izoh kiritadigan bo‘lsak, u yapon xalqining qadimiy madaniy merosi bo‘lib, unda har bir karta biror bir maqol yoki ibora, yoki boshqa bir hikmatli so‘z bilan keltirilgan bo‘ladi. Iroharu Karuta o‘yini yapon xalqning o‘ziga xos linvomadaniy xususiyatlarini ko‘rsa-tishga imkon beradi. O‘yinning asosiy maqsadi o‘rganuvchilar o‘rtasida tilga bo‘lgan qiziqishni oshirish bilan bir qatorda, yapon xalqining madaniy va axloqiy qadriyatlarini ko‘rsatib berishdan iboratdir.
O‘zbek yaponshunosligida いろはるるかるた (Iroharu karuta) - Yapon xalqining qadimiy va har yili Yaponiyada an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan o‘yinlaridan biri bo‘lib, uning o‘zbek yaponshunosligi kontekstida qanday o‘rni borligini anglashga doir bir nechta muhim jihatlarni ko‘rib chiqish lozim.
“Karuta” so‘zi yapon tiliga Portugal tilidan tilidan kirib kelgan so‘z hisolanadi. Ushbu o‘yindagi ishtirokchilar o‘yin davomida nechta karta yig‘a olganliklari bilan g‘olib aniqlanadi. Yaponiyada “karuta” o‘yinlari yangi yil an’anaviy o‘yinlaridan biri hisoblanib, bu turdagi o‘yinlar orasida いろはるるかるた (Iroharu karuta) va 百人一種 “Hyakunin isshu” o‘yinlari mashhur. “Iroha” - bu yapon alfavitidagi (hiragana) 47 ta belgilarining tartibiga asoslangan qadimiy yapon an’anaviy she’rlari sirasiga kiruvchi turi. “Iroharu karuta” esa bu she'riy uslubga tayangan karuta (o‘yin kartochkalar) turi hisoblanadi. Har bir kartochka she’r yoki maqolni o‘z ichiga oladi, bu esa o‘yin o‘ynayotgan kishilarga yapon adabiyoti va madaniyatini chuqurroq o‘rganish imkonini beradi. Kartochkalarda keltirilgan maqollar yoki she’rlar berilishining asosiy sababi yosh bolalarda karta asosida yapon Kana alifbosini va oddiy arifmetik sanashni o‘rgatish hisoblanadi. “Iroharu karuta” o‘yinlari Yaponiyada XVIII-asr oxirida Edo va Kioto davrida Osaka va Edo (bugungi Tokio) shaharlarida keng tarqalgan. Bugungi kundagi “Iroharu karuta” nomi bilan bir qatorda “Edo Iroha-Karuta” nomi asosan keng ishlatiladi. Sababi esa Edo shahrida mashhur bo‘lganligi uchun [5:147 ].
Shu asnoda yapon tilini o‘rganuvchi o‘zbek yoshlari uchun har yili an’anaviy tarzda Toshkent -Yaponiya elchixonasida “Edo Iroha-Karuta” o‘yinlari tashkil etilib kelinmoqda. Xususan, quyidagi davrlar xronologiyasi orqali fikrimizni dalillashimiz mumkin:
“Edo Iroha-Karuta” va shu kabi karutalar orqali maqollarni o‘rganish nafaqat yapon tilini o‘rganayotganlar uchun, balki yapon madaniyatiga qiziqadigan o‘zbek o‘quvchilari uchun ham muhim ahamiyatga ega, chunki bu o‘yin orqali nafaqat til, balki xalqning axloqiy va falsafiy qarashlarini ham o‘rganish mumkin.
O‘zbek yaponshunosligi, yapon tili va madaniyatini o‘rganishga qiziqqan va shu sohada faoliyat yuritayotgan ilmiy va madaniy doiralar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. “Edo Iroha-Karuta” kabi o‘yinlar va an’anaviy yapon maqollari, o‘zbek yaponshunoslari uchun yapon adabiyotini chuqur o‘rganish va o‘quvchilarga yapon xalqining dunyoqarashini tushuntirish uchun bir vosita bo‘lib xizmat qilishi mumkin. O‘zbek yaponshunoslari yapon tilini o‘rgatishda “Edo Iroha-Karuta” maqollarini qo‘llash orqali yapon madaniyatini chuqurroq o‘rgatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu kabi ma’lumotlar, o‘zbek tilida o‘qituvchi uchun yapon tilidagi ekvivalentlarni o‘rganishda yordam berishi mumkin.
“Edo Iroha-Karuta” yаpоn mаqоllаrining lingvоmаdаniy jihаtlаrini tаhlil qilish jаrаyоnidа yapon xаlqining tili vа mаdаniyаtining bir – birigа bоg‘liq ekаnligi judа muhimdir. Shu о‘rindа yаpоn mаqоllаridа xаlqning о‘tmishidаn bugungi kunigаchа bо‘lgаn bаrchа yаpоn millаtigа xоs urf-оdаtlаr о‘z аksini tоpgаn vа xаlq оg‘zаki ijоdining nаmunаlаri sifаtidа mаqоllаr bu vаzifаni bаjаrishdа yetаkchilik qilаdi [5: 134].
Xulosa sifatida ta’kidlash mumkinki, “Edo Iroha-Karuta” tarkibidagi maqollar o‘zbek yaponshunosligida yapon adabiyoti, madaniyati va tilini o‘rgatishda muhim bir vosita sifatida o‘rganishni taqozo etadi. Bu o‘yin nafaqat til o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi, balki yapon madaniyatiga oid o‘zgacha tafakkur va falsafiy nuqtai nazarni ham o‘rgatadi.
Tahlillar natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Edo Iroha-Karuta” maqollari yapon xalq madaniyatining bir qismi bo‘lib, iqtisodiyot va texnika taraqqiyotiga qaramay, doimo dolzarb bo‘lib kelgan va saqlanib qolingan. “Edo Iroha-Karuta” maqollarining keng ommabopligi, ularning xilma-xilligi, fikr ifodalashning umumiyligi va lo‘ndaligi, talaffuz qilingan emotsional, ekspressiv va uslubiy bo‘yoqlari, ularda aksiologik komponentning mavjudligi “Edo Iroha-Karuta”dagi maqollarning pragmatik imkoniyatlarini tashkil qiladi. Ko‘rib o‘tganimizdek, maqollar yapon xalqi til ijodida muhim o‘rin tutadi [9].
Ta’kidlash joizki, maqollar yapon xalq og‘zaki ijodi tomonidan yaratilgan yoki ma’lum adabiy manbalardan o‘zlashtirilgan, biroq asl manbaalar bilan aloqani yo‘qotgan janr hisoblanadi. Maqollar xalqning ijtimoiy amaliyotidan olingan tajribalarini umumlashtirgan holda avlodlarga taqdim etiladi. Bu borada “Edo Iroha-Karuta” yapon maqollari rang-barang milliy xususiyatlarni o‘zida aks ettirishi bilan xususiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Солеева М. Роль пословиц “ирохарукарута” в узбекском японоведении. Ирохару Карута (ирохарукарута) — популярная в Японии традиционная игра, в которой используются карточки с различными пословицами и поговорками. Когда игра представлена на японском языке, важно выучить пословицы и их лингвокультурные особенности. В статье рассматривается история возникновения этой игры и ее значение в узбекском японоведении. Кроме того, были обсуждены правила и порядок проведения карточных игр.
В узбекском японоведении представлены основные сведения о древней японской игре Карута (Ирохару карута), которая традиционно проводится ежегодно в Японии.
Soleyeva M. The role of “iroharukaruta” proverb in Uzbek Japanese studies. Iroharu Karuta (iroharukaruta) is a traditional game popular in Japan that uses cards with various proverbs and sayings. When the game is presented in Japanese, it is important to learn the proverbs and their linguistic and cultural features. The article discusses the history of this game and its importance in Uzbek Japanese studies. In addition, the rules and procedure for playing card games were discussed.
Uzbek Japanese Studies presents basic information on the ancient Japanese game of Karuta (Iroharu karuta) that is traditionally held annually in Japan.