SO‘Z VA IBORALARDA MA’NO MUNOSABATLARI: SEMANTIK VA SINTAKTIK BOG‘LANISHLARNING TAHLILI

 

 

Til – muloqotning asosiy vositasi sifatida inson hayotida katta ahamiyatga ega. So‘z va iboralar orasidagi ma’no munosabatlarini o‘rganish orqali tilning strukturasi va uning muloqotdagi amaliy ahamiyatini chuqurroq tushunish mumkin. Semantik va sintaktik bog‘lanishlar ushbu tadqiqotning asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi. Til insonga muloqot qilish, fikr almashish va madaniyatni saqlashda muhim vosita hisoblanadi. Til birliklari o‘rtasidagi ma’no munosabatlari lingvistika tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu munosabatlarni semantika, sintaksis va pragmatika doirasida chuqurroq o‘rganish lozim.

Tilshunoslikda ma'no munosabatlari deganda so‘zlar, iboralar, til birliklari va ularning mazmuni orasidagi o‘zaro bog‘liqlik tushuniladi. Bu munosabatlar so‘z va iboralarning ma’nosini qanday shakllantirishini hamda turli kontekstlarda qanday o‘zgarishini o‘rganadi. Ma’no munosabatlari ikki asosiy tamoyilda ko‘rib chiqiladi: semantik munosabatlar va sintaktik munosabatlar. Kontekst esa ushbu munosabatlarning shakllanishida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Bir so‘z turli kontekstda turli ma’noni anglatishi mumkin. Ushbu jarayonlar tilshunoslikning semantika, pragmatika va frazeologiya tarmoqlarida keng ko‘rib chiqiladi.

Ferdinand de Sossyur tilni belgilar tizimi sifatida ko‘rib, lingvistikaning strukturaviy tamoyillarini ishlab chiqqan. John Lyon esa ma’no tahlilini uch turga ajratgan: deskriptiv, ijtimoiy va ifodali ma’no. Viktor Vinogradov esa tilning frazeologik birliklarini tahlil qilib, ularning muloqotdagi rolini yoritgan.

Semantika tilda asosiy va qo‘shimcha ma’nolarni aniqlaydi. Sinonimlar va antonimlar semantik bog‘lanishlarning asosiy shakllaridir. Masalan, "go‘zal" va "chiroyli" sinonimlari bir xil ma’noni anglatadi, "katta" va "kichik" esa antonimlardir.

Sossyurning fikriga ko‘ra, til belgilarining ma’nosi "belgi" (signifier) va "ma’no" (signified) tushunchalari orqali aniqlanadi. U semantik munosabatlarni referent bilan bog‘laydi.

Sintaksis tilda so‘zlarning grammatik munosabatlarini tahlil qiladi. Jumladagi so‘zlarning grammatik strukturasi semantik ma’nolarni shakllantiradi. John Lyon sintaktik bog‘lanishlarni tahlil qilib, ularning til tizimidagi o‘rnini belgilagan.

Kontekst tilning ma’no shakllanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bir so‘z yoki ibora turli kontekstlarda turli ma’nolarni ifodalaydi. Viktor Vinogradov frazeologik iboralar va kontekst o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur tahlil qilgan. Frazeologik iboralar muloqot mazmunini boyitadi. Iboralar kontekst orqali chuqur ma’no hosil qiladi (Ogden va Richards, 1923, 89-bet).

Ferdinand de Sossyur tilni ijtimoiy tizim sifatida ko‘rib chiqib, uning funksional tamoyillarini belgilagan. U "langue" va "parole" tushunchalari o‘rtasidagi farqni ko‘rsatgan. John Lyon esa lingvistikaning murakkab tizimlarini tahlil qilib, deskriptiv va ijtimoiy ma’nolarni ajratgan. Viktor Vinogradov frazeologik iboralar tahlilida kontekstning o‘rnini ko‘rsatib bergan.

So‘z va iboralarda ma’no munosabatlarini o‘rganish til tizimini tushunish va muloqot jarayonlarini tahlil qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Semantik va sintaktik bog‘lanishlar, frazeologik iboralar va kontekst tilshunoslik tadqiqotlarining nazariy va amaliy jihatlarini boyitishga yordam beradi.

Ferdinand de Sossyurning tilni belgilar tizimi sifatida o‘rganishi va belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilishi. John Lyon va Viktor Vinogradov nazariyalari bilan o‘xshashdir, chunki ular ham tilning elementlari orasidagi munosabatlarni chuqur o‘rgangan. U strukturalizm asoschisi sifatida tilda sistemali aloqalarni ta’kidlagan, bu esa o‘zaro bog‘lanishni tahlil qilishga imkon beradi. Semantika va sintaksisni o‘zaro bog‘liq deb hisoblagan, ya’ni so‘zlarning ma’nosi ularning tuzilishida yotganini ko‘rsatgan. Til belgilarining ixtiyoriyligini ta’kidlagan. Unga ko‘ra, belgilar va ularning ma’nolari o‘rtasidagi munosabat ijtimoiy kelishuvga asoslangan bo‘lib, bu fikr boshqa tilshunoslardan farqlidir. "Langue" (til tizimi) va "Parole" (nutq)ni farqlab, tilning ijtimoiy va individual jihatlarini alohida o‘rgangan.

John Lyonning til ma’nolarini tahlil qilishga qaratilgan diqqat-e’tibori Ferdinand de Sossyur va Viktor Vinogradov qarashlariga mos keladi. U ham ma’nolarni tizimli va murakkab tarzda tahlil qilgan. U til birliklarining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda semantik va sintaktik jihatlarga e’tibor qaratgan.

Olimning ma’nolarni uch turga ajratishi quyidagicha: deskriptiv (ma’lumot uzatishga xizmat qiluvchi), ijtimoiy (muloqotni ta’minlovchi) va ifodali (emotsiya va his-tuyg‘ularni ifodalovchi) turlarga bo‘lgan yondashuvi boshqa olimlardan farqli xususiyatdir. J.Lyon pragmatik nuqtai nazardan ma’no va muloqotdagi funktsiyalarni tahlil qilishga chuqurroq e’tibor qaratgan.

Viktor Vinogradovning til birliklari orasidagi munosabatlarni tahlil qilish, ayniqsa frazeologik iboralarni kontekst bilan bog‘lab o‘rganishida Ferdinand de Sossyur va John Lyon bilan fikr jihatdan yaqinlik bor.

Semantik va sintaktik tahlil orqali tilning boyligi va murakkabligini ko‘rsatishga qaratilgan nazariyasi umumiy tamoyillar bilan mos keladi. Frazeologik iboralarga qaratilgan maxsus yondashuvi uni boshqa olimlardan farqlantiradi. U frazeologizm tahlilini kontekstga asoslanib o‘tkazgan. Uning semantik tahlilni leksik birliklarning jamiyatdagi amaliy ahamiyati bilan bog‘lab, lingvistik va sotsiokultur jihatlarni birlashtirgan.

Xulosa o‘rnida tilshunoslarning fikrlarining o‘xshash va farqlarini ko‘rsatib o‘tishimiz lozim.

Ferdinand de Sossyur, John Lyon va Viktor Vinogradov til birliklari o‘rtasidagi ma’no munosabatlarini o‘rganishni lingvistikaning markaziy tamoyili sifatida ko‘rishgan. Ular tilni muloqot vositasi sifatida tahlil qilib, semantik va sintaktik bog‘lanishlarni chuqur o‘rganganlar. Ularning tadqiqotlari so‘zlarning asosiy va qo‘shimcha ma’nolarini tahlil qilishda birlashadi. Masalan, Ferdinand de Sossyurning "langue" (til tizimi) tushunchasi bilan John Lyonning til birliklarining "deskriptiv ma’no"si va Viktor Vinogradovning frazeologik iboralarni tizimli o‘rganishi uzviy bog‘liqdir.

Har uch olim ma’no shakllanishida kontekstning muhimligini ta’kidlaydi. Sossyur ma’noni "signifier" (belgi) va "signified" (ma’no) orqali izohlasa. Viktor Vinogradov frazeologik iboralarni to‘g‘ri tushunish uchun kontekstning ahamiyatini ta’kidlagan. Lyon esa ma’noning pragmatik jihatlarini o‘rganishda kontekstni asosiy tamoyil sifatida ko‘rsatgan.Tilni inson muloqotining ajralmas qismi sifatida ko‘rish bu tilshunoslarning umumiy xususiyatidir. Ular tilni nafaqat tizimli yondashuv orqali, balki ijtimoiy muloqot kontekstida tahlil qilishgan.

Sossyur til belgilarining ixtiyoriyligini ta’kidlagan va uning nazariyasi semantik munosabatlarni "langue" va "parole" tushunchalari orqali ajratgan.  U tilni belgilar tizimi sifatida ko‘rib, uning asosiy tuzilishlarini o‘rgangan. Bu yondashuv boshqa olimlarning qarashlaridan farqlidir, chunki u tilni ijtimoiy kelishuv sifatida ko‘rgan. Sossyur semantik va sintaktik bog‘lanishlarni lingvistik tadqiqotlarda ajralmas tushuncha sifatida belgilagan.

Lyon ma’no tahlilini uch asosiy turga ajratgan: deskriptiv (ob’yektiv ma’lumot uzatish), ijtimoiy (til yordamida muloqot), va ifodali (emosiyalar va hissiyotlarni ifodalash) .U semantika va pragmatikaning kesishgan joyini o‘rganib, ma’no va kommunikatsiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni chuqur yoritgan. Lyonning yondashuvi til birliklarining pragmatik funktsiyalarini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu uni Sossyur va Vinogradovdan ajratib turadi.

Vinogradov frazeologik iboralar tahliliga alohida e’tibor qaratib, bu iboralarning semantik va kontekstual ahamiyatini o‘rganadi. U leksik birliklarning o‘zaro bog‘lanishini tahlil qilishda kontekstning asosiy rolini ko‘rsatgan. U frazeologizmni lingvistik boylik sifatida baholash bilan til tadqiqotlarini madaniy aspektga ham yo‘naltirgan.

Sossyur ko‘proq strukturalizm va semantik bog‘lanishlarga e’tibor qaratgan bo‘lsa, Lyon tilning pragmatik va kommunikativ jihatlarini o‘rgangan. Vinogradov esa frazeologik va leksik birliklarga ixtisoslashgan.

Ushbu olimlarning tadqiqotlari tilni muloqot vositasi sifatida tizimli o‘rganish va tahlil qilishga qaratilgan bo‘lsa-da, ularning metodologiyalari va tadqiqot yo‘nalishlari har xil. Sossyur strukturalizm asosida tilning ijtimoiy tizimini o‘rgangan, Lyon ma’noning turlari va kommunikativ aspektiga e’tibor qaratgan, Vinogradov esa frazeologik birliklarning o‘ziga xosligini tahlil qilgan. Ularning bir-birini to‘ldiruvchi yondashuvlari lingvistika fanining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Tilning ma’no shakllanishidagi roli semantika, sintaksis va kontekst orqali yanada boyitiladi. Sinonimlar va antonimlar semantik bog‘lanishlarning asosiy shakllaridir, ammo ular turli kontekstlarda o‘ziga xos ma’no va poetik ifodalar yaratishi mumkin. Jumladagi grammatik tuzilmalar semantik ma’nolarni shakllantiradi, va bu ma’nolar turli kontekstlarda rang-barang bo‘lib qoladi. Masalan, frazeologik iboralar turli kontekstlarda boy semantik ma’nolarni hosil qilishga yordam beradi

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Ferdinand de Saussure. Course in general linguistics. Philosophical library, 1959.
  2.  John Lyons. Semantics. Cambridge University Press, 1977.
  3. Viktor Vinogradov. Tilshunoslik nazariyalari. Moskva, 1975.
  4. C.K. Ogden va I.A. Richards. The Meaning of Meaning: A Study of the Influence of Language upon Thought and of the Science of Symbolism. Harcourt, Brace & World, 1923.
  5. Otto Jespersen. Language: Its Nature, Development and Origin. Routledge, 1922.
  6. George Lakoff. Metaphors We Live By. University of Chicago Press, 1980.
  7. Steven Pinker. The Stuff of Thought: Language as a Window into Human Nature. Viking Adult, 2007.
  8. Xayrullayev X.Z., Tilshunoslik nazariyasi. Darslik. Samarqand: “Samarqand davlat chet tillar instituti” nashriyoti.2022.-208 b., 82 bet.

 

Абдиразакова З. Смысловые отношения в словах и фразах: анализ семантических и синтаксических связей. В данной статье проводится широкий и научный анализ смысловых отношений слов и фраз, которые представляют собой важное направление в области лингвистики. Изучаются семантические и синтаксические связи между языковыми единицами, а также процессы формирования смысла через контекст, фразеологические выражения и метафоры. Для анализа данной темы использованы теория структурализма, разработанная Фердинандом де Соссюром, подходы Джона Лайонса по семантике и прагматике, а также идеи Виктора Виноградова по связыванию лексических единиц и фразеологических выражений с контекстом.

 

Abdirazakova Z. Meaning relationships in words and phrases: analysis of semantic and syntactic connections. This article presents a comprehensive and scientific analysis of the meaning relationships in words and phrases, which is an important area in the field of linguistics. The semantic and syntactic connections between linguistic units, as well as the processes of meaning formation through context, phraseological expressions, and metaphors, are explored. The structuralism theory developed by Ferdinand de Saussure, John Lyons’ approaches to semantics and pragmatics, and Viktor Vinogradov's ideas on linking lexical units and phraseological expressions to context serve as the basis for this analysis.

 

 

 

 

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati