Insoniyat faoliyatidagi oʻzgarishlar ularning madaniyatiga ham taʼsir etadi. Bu esa tilda ham oʻz aksini topadi. Bu borada yozuvchi M.Gorkiy ham maqqollarga alohida baho berib shunday deydi: “eng ulugʻ donolik soʻzning soddaligidadir. Maqollar va qoʻshiqlar har vaqt qisqa boʻladi. Ularda butun-butun kitoblar mazmuniga teng keladigan fikr va sezgilar mavjud boʻladi” (M.Gorkiy 1997:41)
Maqol bu har bir xalqning uzoq yillik tarixiy ogʻzaki ijodining madaniy yodgorligi namunasidir. Har bir etnosning lingvomadaniyatini aks ettiradigan til hodisalaridan biri bu ushbu xalqning maqollari sanaladi. Har bir xalqning oʻz sogʻligiga boʻlgan munosabati, qadr qimmati, sogʻligi, jamiyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi maqollarda yaqqol koʻrinadi.
Qadimdan turli etnosga tegishli xalqlar bir-biri bilan oʻzaro aloqada chambarchas hayot kechirishgan, ushbu aloqalar natijasida ularning madaniy hamda maʼnaviy turmush tarzi rivojlangan. Ushbu madaniy munosabatlar ularning tilida ham oʻz ifodasini topgan. Xalq ogʻzaki ijodi mahsuli boʻlgan matal, maqol, aforizm hamda afsonalarni u madaniyatdan bu madaniyatga oʻzgarishi tabiiy hol sanaladi. Ammo, xalqlarning turmush tarzi, oʻzaro munosabatlari, istiqomat qiladigan tabiiy sharoitlari ham maqollarning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. Yu.I.Levinning qayd etishicha maqollarning koʻpchiligi universal boʻlib, maʼlum etnosga tegishli boʻlgan maqolning sinonimi yoki maʼno jihatdan juda yaqin boʻlgan ekvevalentini boshqa tillarda ham uchratish mumkin. Ulardagi faqatgina majoziy sohalarda koʻzga tashlanadi (Левин Ю.И Провербиалное просранство: ПареParemiologicheskiye issledoaniye.- Moskva: (1984.-s 116-138).
Paremiologik birliklarning hosil boʻlishida muhim rol oʻynaydigan omillardan biri bu ekstralingvistik omil hisoblanadi. Chunki ekstalingvistik omil insoniyatning turmush tarzi, qadriyatlari, madaniyati bilan chambarchas bogʻliq. Paremiologik birliklar ushbu til sohiblarining etiqodi, milliy til xususiyati, oʻziga xos qarashlari, obrazlarini tilda aks ettiruvchi vositalar sifatida tan olinadi. Jamiyatning moddiy va maʼnaviy madaniyati ularning koʻpchilik xususiyatlarini majoziy qayta koʻrib chiqish asosida yaratilgan maqollar, matallar ushbu etnos odatlarining hayoti turmush tarzini tilda namoyon etuvchi ifoda vositalari hisoblanadi. Xususan, Babkinning qayd etishicha malum sohaga tegishli boʻlgan taraqqiyot insoniyatning ushbu sohalarda erishgan muvaffaqiyati faoliyatining universal mahsuli ekanligi ta’kidlanadi (Бабкин 1970:106-110).
Umuman olganda maʼlum paremiologik birliklar, jumladan. maqollar tahlili bilan shugʻullangan olimlar ishlariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ularning koʻpchiligi shu maqollarning tarkibiy strukturasi, semiotik mohiyatiga eʼtibor qaratishadi. Jumladan, Koinnayt ingliz tilidagi maqollarning semiotik tarkibini sestematik tarzda oʻrganishga e’tiborini qaratgan boʻlsa, P.Greyzbek esa ingliz tilidagi maqollarning mohiyatini oʻrganishga eʼtibor qaratadi (Greyzbek, 2014:69-81). Jumladan, Levan Ivoska, R.Xonkezer kabilar esa maqollarning kognitiv xususiyatlarini oʻrganishga eʼtibor qaratishadi (Lewan Iowska, Antos 2014). Mualliflarning ta’kidlashicha maqollar bevosita inson tafakkuri mahsuli ekanligini qayd etadilar. Masalan, R.Xonkezerni fikricha paremiologik birliklar madaniy, antropologik, psixologik, folklorshunoslik, tilshunoslik, jamiyatshunoslik, tarix kabi fan sohiblari vakillarini diqqat markazida boʻlishi bilan birgalikda, adabiyotshunoslik, huquqshunoslik kabi soha vakillarining ham eʼtiborini jalb etib kelayotganligi takidlanadi. Chunki maqollar konseptual nuqtayi nazardan turli vazifalarni bajaradi. Mazkur maqollar har bir etnosning madaniy xususiyatlari borasida maʼlumot berish bilan birga ushbu maqollarni muloqatda qoʻllanilishi oʻziga xos xarakterli belgilarga ega. Maqollar oʻz mazmuniga koʻra qisqa, she’riy, maʼjoziy, bilvosita ifoda mazmuniga ega. Maqollarda har bir xalqning donoligi tinglovchiga taʼsir kuchining mavjudligi bilan ham kognitiv asosga ega sanaladi. Shu jihatdan maqollarning kommunikativ vaziyatlarda qoʻllanilishi maʼlum kategoriyalash hamda pragmatik vazifalarni bajaradi. Bu kabi xususiyatlar inson tafakkurini oshirish, fikrlashni kengaytirish, ishontirish hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ham koʻrsatadi. Shuning uchun ham har bir madaniy sohalarga oid maqollar paydo boʻlishi sababi hisoblanadi. Paremiologik birliklar tarixini ushbu til sohiblarining eʼtiqodi, milliy xususiyati, oʻziga xos fantastik obrazlari, turli-tuman koʻchma manoli birikmalarini tashkil qiladi. Jamiyatning moddiy va maʼnaviy madaniyati, ularning koʻpchiligi milliy xususiyatlarni majoziy qayta koʻrib chiqish asosida yaratilgan vaziyatlar, odamlarning hayoti, ayrim frazeologizmlarda va maqollarda oʻz ifodasini topdi. Xususan, maʼlum bir hodisaga tegishli boʻlgan oʻzgaruvchanlik tarixiy taraqqiyoti insoniyatning turli sohalarida erishgan yangiliklari faoliyati mahsuli ekanligi shubhasizdir deydi mashhur lingvist Babkin (Babkin, 1970: 106-110).
Inglizchadan ilmiy adabiyotda maqollarning sutruktur (Coinnight 2014), semiotik (Giyzbek, 2014) stimetik bilan bir qatorda, mohiyat-xususiyatlarini oʻrganishga katta e’tibor berilmoqda. Maqollarning kognitiv xususiyatlarini oʻrganishga katta hissa qoʻshgan tadqiqotchilardan biri R.Xonkezer hisoblanadi. Olimning fikricha, peremiologik birliklar madaniy antropologik, psixologik, folklorshunoslik, tilshunoslik, jamiyatshunoslik tarixi kabi fan sohiblari vakillarining diqqat markazida boʻlish bilan birgalikda, adabiyotshunoslik, menejerlik va hatto huquqshunoslik sohalari vakillari e’tiborini ham jalb qilib kelayotganini aks etadi: Bunday maqollarning turli maqsad, vazifalarda qoʻllanishi hamda bir qator oʻzaro bogʻliq xususiyatlarga ega ekanligi ma’lum boʻladi (Honek, 1997:12). Shunga koʻra olim tomonidan maqollarning xususiyatlari turli nuqtayi-nazardan oʻrganilishi lozimligi uqtiriladi (Honek, 1997).
a) Shaxsiyat (personal): shaxs tajribasi va turmushiga asoslangan subyektiv nuqtayi-nazardan tahlil qilish;
b) Formal (formal) jihatdan: maqollarni aniqlash, tasniflash uchun tilshunoslik, mantiq va semantikaga oid metod va tushunchalarga murojaat qilish;
d) Diniy (religious) nuqtayi-nazardan: matnlarda diniy gʻoya, donolikning aks topishini aniqlash;
e) Adabiyotshunoslik (literary) nuqtayi-nazaridan: nasr va nazmda faollashgan maqollarning badiiy qiymati, ularning muallifi, zamon va makon tavsifidagi oʻrnini belgilash;
f) Amaliy (practical) jihatdan test sinovlari, jixoteramiya sohalarida foydali imkoniyatlari koʻrib chiqiladi;
h) Madaniy (cultural) jihatdan umumiy yondashuvda maqol turli vazifalar ijtimoiy-madaniy kontakt doirasidagi voqealarni yoritadi;
i) Kognitiv (Cognitive) jihatdan ushbu yondashuvda shaxslarning maqollardan qanday foydalanishi va ularni tushunishini izohlash maqsadi qoʻyiladi (Honek, 1974:14).
j) Tibbiy paremiologik birliklar har bir xalqning, madaniyatning tarixiy jihatdan sogʻlik va salomatlikka boʻlgan e’tiborini aks ettiradi. Shu nuqtayi nazardan tibbiy paremiologik birliklar nafaqat lingvistik, balki lingvomadaniy xususiyatlarga ham ega sanaladi.
Shunday qilib, o‘zbek va ingliz folklorshunos hamda tilshunoslari maqollarning turli belgi-xususiyatlarini oʻrganish borasida koʻplab tadqiqotlar olib borishgan. Olimlar til paremiologik boyligining katta qismini tashkil qiladigan maqollarning struktur-semantik jihatlari nutqiy faoliyatda voqelanishi, ijtimoiy-madaniy hayotdagi oʻrni, umuminsoniy xislatlari kabi masalalarni muhokama qilishga e’tibor qaratishgan. Shuningdek, har ikkala tildagi maqollarni solishtirma tilshunoslik amallari tatbiqida tahlil qilish masalasi ham tadqiqotchilar e’tiborini yanada kengroq jalb qilmoqda.
Maqollarni chuqurroq tahlil etish va ularning turli tillardagi milliy-madaniy hamda umumbashariy qadriyatlarni aks etishi orqali oʻrganish hozirgi zamon tilshunosligining dolzarb muammolariga kiradi. Bu tillar maʼlum bir kategoriyalar ostida birlashadi. Bu kategoriyalarga grammatik kategoriyalar, leksik-semantik kategoriyalar, funksional kategoriyalarga oʻxshagan lisoniy belgilar kiradi. Demak, umumlashtiruvchi kategoriyalar tillardagi universallikni taʼminlaydi. Shu asnoda, maqollar har bir tilda uchraydigan oʻziga xos til birligi ekan, ularda ham maʼlum umumiylik mavjud.
Masalan, oʻzbek xalqida “el-sogʻligi yurt boyligi” maqoli xalqning sogʻligi davlatning boyligi sifatida qaralgan. Statistik ma’lumotlarga qaraganda dunyoning rivojlangan mamalakatlari, xususan, Yaponiya davlatida sogʻlom aholi yetuk rivojlanish konsepsiyasi asosida ushbu maqolning hayotdagi aksini koʻrishimiz mumkin. Yuqoridagi maqol nafaqat chet el davlatlarida amal qiladi, xususan, Oʻzbekistonimizda ham bepul shifokor qabullari, oilaviy shifokorlarning tashkil etilishi xalq sogʻligi yoʻlida qilingan harakatlar ushbu maqolning amalda ekanligidandir. Eʼtiborli jihati shundaki, ingliz tilida ushbu maqol quyidagicha ta’riflanadi “Health the greatest wealth” (Bryant, 1997; 25 p).
Olimlarning fikricha, milliy-madaniy semantika asosan soʻz, frazeologik birlik va aforizmlarda oʻz aksini koʻrsatish bilan birga uni izlash kerak boʻlgan frazeologik fondda tilning milliy oʻziga xosligi yorqin va toʻgʻridan-toʻgʻri namoyon etadi (Vereshchagin, Kostomarov, 1980: 301). Binobarin, quyidagi keltirilgan maqolda ingliz hamda oʻzbek tillarida bir xil mazmunga ega boʻlgan ikki xalqning maqoli keltirilgan. “ an empty bag doesnʻt stand up ”. Proverbs from the book of Haitain English medical phraseology kitobida yuqoridagi maqolning taʼrifi shunday keltiriladi “ no work gets done on an empty stomach” , yaʼni och qoringa hech qanday ish bajarilmaydi, qorni ochgan odam sogʻligi boʻlmay har qanday ishga yaroqsiz boʻlib qoladi deyilgan. Agar ushbu maqolni aynan muqobilini oʻzbek tiliga ham o‘zgartirish mumkin boʻlsa “boʻsh qop tik turmas” maqolini keltirishimiz mumkin.
Yoki bir tildan ikkinchi tilga berilgan oʻgirishlarda maqollarning aynan oʻxshashini topish qiyin boʻladi. Ushbu holatda ikkinchi bir adekvat variantga murojaat qilinadi.
There's no malady that doesn't have a remedy.
|
Dardini bergan shifosiniyam beradi Dard borki davosi bor |
After dinner sit a while, after supper walk a mile
|
Qorning ochmasdan ovqat yegin, Qorning toʻymasdan qoʻl artgin.
|
Agues come on horseback but go away on foot.
|
Og‘riq joyini topsa, olti oy qishlaydi.
|
An Apple a day keeps the doctor away |
Bir anor ming dardga davo
|
Quyida keltirilgan maqollar leksik tarkib jihatidan farq qiladigan muqobil variantlardir. Ularning koʻpchiligi shaklan milliy, mazmunan baynalmilaldirdar. Ular shakli bilan oʻzlarining muayyan milliy tilga mansubliklarini tasdiqlasalar, mazmuni bilan jahon madaniyati va sivilizatsiyasi mahsuli ekanliklarini namoyon qiladilar.
K.Y.Alibekov shuni taʼkidlaydiki, hozirgi kunda maqollar faqatgina xalq ogʻzaki ijodi namunasi sifatida emas, balki lingvomadaniyatning birligi sifatida oʻrganilmoqda. U “sogʻliq” va “gigiyena” konseptlarini rus, oʻzbek va qozoq tillarida qiyoslab oʻrganib, shunday xulosaga keladiki, rus madaniyatida “sogʻlik” va “gigiyena” konseptlari qimmatbaho zaruratni kasb etsa, oʻzbek va qozoq tillarida bu konseptlar boylik bilan tenglashadi. Bundan koʻrinib turibdiki, uch xalqning milliy madaniyatida mazkur konseptda bir-biriga deyarli yaqin ma’nolarni anglatadi. Buning dalilini ingliz va o‘zbek tillarida foydalaniladigan maqollar chogʻishtirma asosida koʻradigan bo‘lsak quyidagi misol buning yaqqol namunasidir (Alibekov, 2006; 61).
Inglizlarning ushbu maqoli “Drunk as a fish” (Baliqdek ichgan) oʻzbek maqollar turkumida shunday moqobil variantini topish mumkin. “Mast kayf qiladi, oʻzini hayf qiladi”. Ushbu misollar mazmunan bir xil boʻlsa-da lisoniy ifoda vositalari turlicha. Bu maʼlum maqollarning yuzaga kelishida ushbu xalqlarga xos lingvomadaniy xususiyatlarga bogʻliq.
Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, demak, maqollar universal va milliy xususiyatlarga egadirlar. Universal xususiyatlar maqollarning tuzilishida, bir maʼnoviylik va ko’p maʼnoviyligida hamda mavzularida namoyon boʻlsa, buning sababi tarixiy rivojlanish, xalqaro aloqalarning kuchayishi va umumbashariy qadryatlarning oʻsishi hisoblanadi. Milliy xususiyatlar – milliy feʼl-atvor, milliy ruh aksi boʻlib, muayyan bir etnosga tegishli xususiyatlardir. Muayyan bir etnosning yashash joyi, tarixi va milliyligi kabi zaruriy qirralarini bilmasdan turib, uning maqollari magʻzini, maʼnosini tushunish mutlaqo mumkin emas.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
Ibragimova L. Linguistic features of proverbs related to medicine. This article reveals the views and opinions of the Uzbek and English people on medicine and their reflection in proverbs. Essentially, the article analyzes from a typological point of view the cultural and linguistic features and characteristics of medical proverbs in the English and Uzbek languages, and studies the composition, structure and semiotic essence of proverbs. It is known that proverbs are used for different purposes and tasks and have a number of interrelated properties.
Ибрагимова И. Лингвистические особенности пословиц, связанных с медициной. В данной статье раскрываются взгляды и взгляды узбекского и английского народов на медицину и их отражение в пословицах. По существу статьи с типологической точки зрения анализируются культурно-лингвистические особенности и особенности пословиц медицинского содержания в английском и узбекском языках, изучаются состав, структура и семиотическая сущность пословиц. Известно, что пословицы используются для разных целей и задач и обладают рядом взаимосвязанных свойств.