TILSHUNOSLIKDA PAREMIOLOGIK MATNLARNING VUJUDGA KELISHI XUSUSIDA AYRIM MULOHAZALAR

Tilshunoslikda frazeologiya va uning yana bir yo‘nalishi bo‘lgan paremiologiya yangi shakllanayotgan va rivojlanayotgan sohalardan biri hisoblanadi.  U alohida bo‘lim sifatida ajralib chiqquni muddatigacha uzoq davr mobaynida tilshunoslikning yana bir bo‘limi bo‘lgan leksikologiya tarkibida o‘rganilib, tadqiq qilinib kelingan. Bugungi kunga qadar paremiologiya sohasi bo‘yicha ko‘pgina ilmiy tadqiqotlar qilinganligi hamda ilmiy natijalarga erishilganiga qaramasdan, hali ochilmagan ko‘pgina qirralarga ega ekanligi ma’lum. Jumladan frazeologik birliklarni nutqda tayyor bo‘lmagan boshqa birliklardan tafovutiy xususiyatlarini ajrata olish va yana bir masala frazeologiya va paremilogiyaning o‘xshash va farqli jihatlarini yoritish , shu bilan birga uni tor va keng ma’noda tushunishdir.

Paremiologiya so‘zi grekcha “paranomia”– hikmat, va “logos”– ta’limot so‘zlaridan olingan bo‘lib, ma’lum bir tildagi maqol, matal, aforizm kabi hikmatli iboralarni o‘rganuvchi tilshunoslik sohasi hisoblanadi. Ya’ni ma’lum bir xalqning turmush tarzi, hayoti, kishilarning jamiyatga bo‘lgan munosabatini, kuzatishlar va tajribalarga suyanish asosida chiqarilgan xulosalarni ifodalovchi ruhiy holati, axloqiy va estetik tuyg‘ularini, ijobiy fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, avloddan avloda og‘zaki ko‘rinishda ko‘chib yuruvchi, ixcham va sodda, qisqa va mazmundor mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo‘lgan maqol,matal aforizm kabi hikmatli iboralarni–paremalarni o‘rga-nuvchi tilshunoslik sohasi paremiologiya deyiladi. Bu kabi birikmalarni to‘plash bilan esa paremiografiya sohasi shug‘ul-lanadi. Jahon tilshunosligida “frazeolo-giya” atamasiga ilk bor fransuz  tilshunosi Sh. Balli o‘z  ilmiy asarida  e’tibor  berib,  uni shunday termin bilan atagan edi. Frazeologizmlar bo‘yicha tadqiqot olib borgan E.D.Polivanov  ularning  xususiy ma’nolarini  alohida o‘rganish  lozimligini  alohida ta’kidlab o‘tadi [9; 34]. Ingliz tilshunosligida esa taniqli ingliz tilshunosi I.V.Arnold frazeologizmlar xususida fikr yuritar ekan, quyidagicha yozadi: “Har qanday millatning tilining  boyishi faqat  yangi so‘zlar yasalishi hisobiga emas, balki turg‘un birikmalar orttirib borish hisobiga ham bo‘ladi” [6; 45]. Ana shu g‘oya keyinchalik rus tilshunosligida ham hamohang  tarzda  o‘rganila  boshlandi.  Bu xususida o‘zbek tilshunos olimi  Q.M. Hakimov  o‘zining  nomzodlik ilmiy ishida shunday fikrlarni keltiradi: “F.F.Fortunatov, A.A.Shax-matov, A.M.Pesikovskiy, A. A.Potebnya [10; 89] va boshqalar turg‘un so‘z birikmalari haqida yo‘l-yo‘lakay  bo‘lsa  ham  bir  qator  fikrlarni  ilgari  surishdi.  Bunda esa turg‘un  so‘z birikmalarining  doirasi ancha  keng.  Frazeologizmlar  shu til omili ko‘lamiga  kirsa ham, u o‘ziga xos lisoniy va nolisoniy xususiyatlarga ega bo‘lib, ular bir necha tadqiqot ishlarini talab qiladi. Bu: 1) til birligi sifatida tushunchani ifoda etish bilan birga, sub’yektiv munosabatni ham bildiradi; 2) gap tarkibida kelib, uning bo‘laklaridagi ma’no va sintaktik nomutanosiblikni yuzaga keltiradi. Bulardan birinchisi hatto  psixolingvistikaning  tekshirish va organish ob’yekti hisoblansa, ikkinchisini semasiologiyada ham, sintaksisda ham alohida o‘rganib chiqish  zaruriyati  bor.  Uni  o‘rganish  leksikografiyada  ham  o‘z  ahamiyatiga egadir” [4; 76].

Rus tilshunosligida  frazeologizm-larga va aynan paremiologiyaga nisbatan  ahamiyat dastlab tilshunos olim  V.V.Vinogradov tomonidan berila  boshlanilgan. Biroq, u frazeologizmlarni  tasnif  qilish  bilan chegaralangan xolos. O‘sha davrlarda frazeologizmlarga chet el tilshunosligida ham va boshqa respublikalardagi xalqlar tilshunosligida ham e’tibor berilgan bo‘lishiga qaramay, shu doira chegarasidan chekkaga o‘tgan emas. Aniqroq qilib aytiladigan bo‘linsa, jahon va rus tilshunoslari ham o‘sha paytlarda faqatgina frazeologizmlar klassifikatsiyasi bilan shug‘ullanganlar, xolos.

Rus tilshunosligida  N.N.Amosova keyinchalik frazeologizmlarni  monografik  plan nuqtai nazaridan o‘rganib, quyidagi fikrlarni e’tirof etadi: “Frazeologik hodisalarni tadqiq etish tizim sifatidagi til haqida ham, nutq mexanizmi haqida ham mavjud tasavvurlarimizga sezilarli  o‘zgarishlar  kiritadi” [2; 77].

Shundan  keyin  rus tilshunosligida frazeologizmlarning  turli  tadqiq  qirralari  va jihatlari monografik  planlarda jadal suratlar bilan o‘rganilgan. Masalan, V.V.Vinogradov rus tilidagi frazeologik birliklarga ma’no guruhlariga ajratib ko‘rsatsa-da, u frazeologiya doirasi, hajmini kengaytirib  yuboradi. Yirik  rus  tilshunoslari N.N.Shanskiy hamda  B.A.Larin va boshqalar frazeologiya sohasini mustaqil lingvistik fan sifatida ajratib ko‘rsata boshlashgan.  Yana  bir  rus tilshunosi A.I.Smirnitskiy  frazeolo-gizmlarni, ya’ni aniqrog‘i, frazeologik birliklarni so‘z muqobillari deb hisoblasa, boshqa bir rus tilshunosi E.A.Ivannikova frazeologizmni so‘zga teng tushunishni nutq va til omillarini qorishtirish deb hisoblaydi. A.V.Kunin esa frazeolo-gizmlarni struktural – semantik, sintaktik, morfologik  va  leksik  tomonlari bilan  alohida  til va nutq omili  deb ta’kidlagan.Yuqoridagi qarashlar jamlanmasidan ko‘rinib turibdiki, frazeologiya va uning bo‘lagi hisoblangan paremiologiya bo‘yicha amaliy –tadqiqot ishlari olib borgan har bir tadqiqotchining o‘z  ilmiy qarashlari mavjud.

Xullas, jahon va rus tilshunosligidagi frazeologiya sohasining o‘rganilishi o‘zbek tilshunosligining frazeologiya sohasining rivojlanishida nazariy manba vazifasini o‘tab kelgan desak, hech qanday mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘zbek tilshunosligida frazeolo-gizmlarning o‘rganilishiga alohida e’tibor qaratib o‘tadigan bo‘lsak, xuddi  jahon  miqyosidagi rus, turk tilshunosligida mavjud bo‘lgani kabi o‘zbek tilshunosligida ham frazeologizmlar tilshunoslikning boshqa sohalari, sathlariga nisbatan bir qadar keyinroq o‘rganilib boshlanilgan. Chunki har bir yo‘nalishni alohida soha sifatida o‘rganish uchun ma’lum bir asoslar, aynan, ilmiy asoslanishi kerak. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, o‘zbek tilshunosligining  frazeologiya  sohasini  ilmiy  tadqiq  etish  uchun  yetarli  omil va asoslar mavjud. O‘zbek tilshunosligining frazeologiya sohasi dastlab XX asrning 50-yillarida o‘rganila boshlangan. Uning o‘rganilishiga boshlang‘ich tamal toshini qo‘ygan  tilshunos  Sh.Rahmatullayevdir. U birinchilardan bo‘lib, o‘zbek tilshunosligining  frazeologiya sohasini  tadqiq  eta  boshlagan  va  natijada  uning “Hozirgi o‘zbek tilida obrazli fe’lli frazeologik birliklarning asosiy grammatik xususiyatlari” mavzuidagi monografik tadqiqoti yuzaga  kelib,  uni  1952-yili muvaffaqiyatli himoya qilib, nashr ettirgan. Keyinchalik esa Sh. Rahmatullayev o‘zining mazkur sohadagi ilmiy-tadqiqot ishini davom ettirib, 1966-yili “O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari” mavzuida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Shunigdek, olim yevropa xalqlariga oid 250,000 dan ortiq maqollarni o‘z ichiga olgan 5ta kitobdan iborat paremiologik lug‘atni yaratdi. Va bu ishi bilan zamonaviy yevropa tilshunosligida paremiografiya sohasiga ilk ilmiy tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘ydi.

Ingliz olimlari  ichida eng mashhur tadqiqotdchilardan biri A.Taylor o‘zining 223 sahifadan iborat “The Proverb” asarida maqollarni atroflicha tahlil qilgan va paremiologiya sohasining qay darajada boy soha ekanligini ko‘rsatib bergan.  Jumladan, asarning birinchi qismida u maqollarning kelib chiqishi ya’ni etimologiyasi, muammolari, ta’rifi, metaforik maqollar, proverbial turlari, xalq og‘zaki ijodiga oid maqollar, boshqa tillardan kirib kelgan maqollar, tub maqollar va ularning muqobil variantlari haqida bo‘lsa, ikkinchi qismida esa maqollarni tarixiy, tub, o‘zlashgan, huquqiy, mahalliy, diniy, ob-havo va tibbiyotga oid, urf-odatlar kabi mavzularni tasniflab o‘zida mujassamlashtirgan iboralarni turkumlarga ajratgan.

O‘zbek folklorida maqol,tabu va topishmoq singari janrlar hikmatga yo‘g‘rilganligi, g‘oyat ixcham, siqiq, lo‘nda va obrazli ifodalanishi bilan xalq paremik ijodini tashkil qiladi. Biroq u hanuzgacha alohida adabiy tur sifatida e’tirof etilmay, goh xalq nasri, goh xalq she’riyati va frazeologiyaning bir qismi sifatida ko‘rib kelinmoqda. Xolbuki, maqollar xalqning necha ming yillar davomida turmush tarzida sinalib, anglangan haqiqatlar ixcham axloqiy baho sifatida umumlashtirilsa, tabularda xuddi shu axloqiy baho taqiq yo‘sinini olgan. Topishmoqlarda esa xalqning narsa va hodisalarga oid qarashlaridan iborat haqiqat o‘sha narsa va hodisalar asliga xos yetakchi xususiyatlarini sifatlash berish orqali ixcham iboralar shaklida aks ettiradi. Dastlabki ikkala holat axloqiy baho hikmat darajasida xalq donoligini umumlashtirsa, keyingisida fikrni harakatga solish asnosida xalqning topqirligi, sinchkovligi va kuzatuvchanligi va hozirjavobligini anglatadi.

Xalq paremiologik ijodi o‘ziga xos qonuniyatlari va tamoyillariga ega. Uning aynan shu xususiyatlarini folklorshu-noslikning paremiologiya sohasi o‘rganadi, xalq paremiologik birliklarini to‘plash bilan paremiografiya o‘rganadi. Paremiologiyada yaxlit bir fikrni ifodalovchi eng mayda birlik paremiya deb ataladi. H.Berdiyorovning “O‘zbek tilining paremiologik lug‘ati”da keltirilishicha, Paremiologiya tildagi maqol, matal, aforizm kabi iboralarni ikki ko‘rinishda o‘rganadi:

1.Paremiyalar avloddan avlodga faqat og‘zaki shakldagina o‘tib kelganligi, xalq og‘zaki ijodining mahsuli bo‘lganligi uchun adabiyotshunoslik fanining obyektidir, chunki, bu hikmatli iboralarning ko‘pchiligi she’riy qolipga o‘xshaydi va ular o‘xshatish (istiora, tashbeh, metafora), taqqoslash (anateza), parallezm, anaphora, qofiyalash, evfonik vositalar (alliteratsiya,assonans) kinoya, piching, kesatiq kabi badiiy tasvir vositalari qo‘llangan bo‘ladi.

2.Paremiyalar so‘zlardan tuzilib, ma’lum bir fikrni ifodalovchi gaplardan iborat bo‘lgani uchun tilshunoslikning ham o‘rganish obyektidir, chunki ular so‘zlardan hosil bo‘lishiga ko‘ra oddiy jumlalarga o‘xshasada, mazmuni, tuzilmasi, ohangi va boshqa grammatik xususiyatlari nuqtai nazardan o‘ziga xosliklarga ega. Paremiyalarning qachon paydo bo‘lganligini aniqlash mushkul, lekin shunisi aniqki, ularning ko‘pchiligi juda qadim zamonlarda shakllangan va ular o‘zini ijod qilgan xalq bilan hanuzgacha yashab kelmoqda.

Har qanday hikmatli ibora ham ommalashib ketmaydi, faqat jamiyatdagi ko‘pchilik insonlarning orzu-umidlari, istagini, hayotiy fikrlarini aks ettirgan hikmatli iboralargina ommalashadi, avloddan avlodga o‘tadi, asrlar osha yashaydi–paremalarga aylanadi. Ma’lum bir tilni tushunish va anglash uchun o‘sha tilning so‘z boyligi va grammatik qoidalarini bilishning o‘zi aslo kor qilmaydi. Xususan, ingliz tilidagi doimo faol maqollarning ro‘yxatini Miederva Litovkina tuzib chiqqan bo‘lib, ulardan o‘zbek tilidagi maqollarga ma’nosi aynan yaqin bo‘lganlarining ayrimlarini keltiramiz:

The apple doesn’t fall from the tree; (Olmaning tagiga olma tushadi)

Beauty is in only skin deep; (Insonning go‘zalligi asliyatida)

Beggars can’t be choosers; (Odam taqdirini o‘z qo‘li bilan yaratadi)

Don’t judge a book its cover; (Kiyimiga qarab kutib olishadi, Bilimiga qarab kuzatishadi,yani Odamning tashqi ko‘rinishiga qarab baho berma)

New brooms sweep clean; (Hamma narsa yangiligida yaxshi)

Business before pleasure; (Yaxshi dam mehnatga hamdam)

You can’t teach an old dog new tricks; (Yoshligingda odat qilsang o‘lguningcha qoladi)

Big fish eat little fish; (Hamma ariqlar bir o‘zanga quyiladi)

Hastle makes wastle; (Shoshilgan qiz erga yolchimas)

Better late than never; (Hechda ko‘ra kech)

Look before you leap; (Yetti o‘lchab bir kes)

When it rains,it pours; (Toma toma ko‘l bo‘lur)

When in Rome,do as Romas; (Kimning aravasiga o‘tirsang shuning qo‘shig‘ini aytasan)

Never put off till tomorrow what you can do today; (Bugungi ishni ertaga qo‘yma)

Xulosa o‘rnisa shuni alohida ta’kidlash joizki, frazeologik birliklar va aynan paremalar tabiatining murakkabligi bois, hozirga qadar amalga oshirilgan tadqiqot ishlarida asosan frazeologik birliklarning hosil bo‘lish yo‘llari o‘rganilgani holda ularning mazmundorligi, ma’no-mohiyati lingvistik jihatdan to‘la tadqiq etilmagan. Tadqiqot ishida ingliz tili paremalarining semantik-struktural xususiyatlari batafsil ko‘rib chiqildi hamda ularning lug‘atlarda qay tarzda aks ettirilishi o‘rganildi. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan masalalar mavzuning dolzarbligini ko‘rsatadi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

1. Алефиренко Н.Ф. Лингвокультурологическое содержание понятия «дискурс» в современной когнитивной лингвистике // X Конгресс Международной ассоциации и преподавателей русского языка и литературы. Русское слово в мировой культуре. – СП, 2003. – С.233-237.

2. Сафаров Ш. Прагмалингвистика. – Жиззах: Сангзор, 2007. – 226 б.

3. Abdurahmonov Sh. O‘zbek badiiy nutqida kulgu qo‘zg‘atuvchi lisoniy vositalar. – Toshkent, 1997. – 192 b.

4. Abdullayev A. O‘zbek tilida ekspressivlikning ifodalanishi. –  Toshkent, 1998. – 238 b.  

5. Abdupattoyev M.T. O‘zbek matnida supersintaktik butunliklar. –Toshkent, 1998. – 366 b.    

6. Arnold I.V. Linguistic matters. – Moscow national university press, 1977. – 220 p.

7. Boymirzayeva S. Matn mazmunida temporallik semantikasi. – Toshkent, 2009. – 218 b.

8. Hakimov Q.M. Tilshunoslikning dolzarb masalalari. – Toshkent, 2000. – 176 b.

9. Polivanov E.D. Linguistic features of paremes. – Ekaterinburg national institute, 1978. – 342 p.

10. Potebnya A.A. Paremiology and paremes. – Moscow national university press, 1980. – 289 p.

 

Sindarova D. Considerations about the formation of paremiological texts in linguistic. It is highly noted that linguistic view of the world forms with the help of lingustic means such as proverbs, to be more precise, folk sayings are extremely crucial. Proverbs play great role in formation of world image. The following scientific article discusses issues of the origin of proverbs as well as their position in linguistics.

 
Синдарова Д. Некоторые соображения о возникновении паремиоло-гических текстов в лингвистике. Отмечено, что языковая картина мира формируется с помощью таких языковых средств, как паремии, точнее, народные поговорки, имеющие чрезвычайно важное значение. Паремии играют большую роль в формировании образа мира. В данной научной статье рассматриваются вопросы происхождения паремии, а также их место в лингвистике.

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati