TURISTIK MATNLAR TRANSFERIDA TARJIMA IMKONIYATI / IMKONSIZLIGI

Tarjima ilmi rivojlanishi davomida matnning tarjima qilinishi mumkinligi yoki imkonsizligi masalasiga javob izlab kelinmoqda. Turli davrlar va tarjimashunoslik yondashuvlari har safar bu muammo bo‘yicha yangi nuqtayi nazarni olg‘a surgan. Bu V. Gumboldt, A. A. Potebnya, E. Sepir va B. Uorf kabi olimlar va tarjimashunoslarning ta’limotlaridan tortib, H. Fermeer, K. Rays, K. Nord va Yu.X. Mänttäri kabi olimlarning skopos nazariyasining kommunikativ-funksional yondashuvlarigacha hamda mahalliy tarjimashunoslarning konseptsiyalarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli ishlarda namoyon bo‘ladi [Holz-Mänttäri, 1984, as cited in Novikova, 2018].

Tarjimaning mumkinligi masalasi tarjimashunoslik sohasiga oid asarlarda ekvivalentlik va adekvatlik, zarurat va imkonsizlik muammolari bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqiladi. Zamonaviy tarjimashunoslik asosan umumiy tarjima nazariyasiga moyil bo‘lib, tarjima texnologiyasini muayyan vaziyatda qo‘llash va har qanday muammo uchun tarjima yechimini topish imkoniyatini izlaydi.

Bugungi kunda tarjimonlar o‘z faoliyatida pragmatik yondashuvlarni qo‘llash orqali turli madaniy kontekstlarda muvaffaqiyatli tarjima qilishga intilmoqda. Bu har bir konkret vaziyatga mos tarjimonlik strategiyalarini ishlab chiqishni va mavjud muammolarni hal qilish uchun samarali yo‘llarni topishni talab etadi. Shu tariqa zamonaviy tarjimashunoslikda turistik matnlarning transferida tarjima qilinishi mumkinligi va imkonsizligini o‘rganishda yangi yondashuvlar va uslublar qo‘llaniladi.

Tarjima qilinishi mumkinligi / mumkin emasligi tarjima tushunchasi nisbiy bo‘lib, universal ta’rif va tavsifiy chegaralarga mos kelmaydi. Tarjima nazariyasida bu muammolarni hal qilish uchun ko‘plab qarashlar mavjud bo‘lib, har bir yondashuv adekvatlik va ekvivalentlikka nisbatan o‘ziga xos mezonlarni qo‘llaydi. Shu sababli, ilmiy jamoatchilikda tarjima qilinishi mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi fikrlar turlicha bo‘lib kelmoqda. Bu masala bo‘yicha bahs-munozaralar tarjima faoliyatining murakkab va ko‘p qirraliligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Bizga E. Prunchning qarashlari yaqin bo‘lib, u tarjimani tillar va madaniyatlararo yaqinlashish jarayoni deb ta’kidlaydi. Shu sababli, mutlaq adekvatlik mavjud bo‘lishi mumkin emas, u har doim nisbiydir. E. Prunch tarjimaning optimalligini baholash mezoni sifatida uning tarjima vaziyatiga mos kelishini taklif qiladi [Прунч, 2015, с. 206].

Demak, tarjima qilinishi mumkinligi yoki mumkin emasligi haqida har doim ma’lum bir kontekstda, vaziyatga qarab gapirish kerak. Tarjima jarayoni har bir alohida holatda o‘ziga xos sharoitlarga moslashishni talab qiladi va tarjimonning vazifasi bu sharoitlarga optimal javob berishdir.

Jak Derrida o‘zining "Vavilon minoralari atrofida" [Derrida 1985] nomli ishida matn bir vaqtda ham tarjima qilinishi mumkin, ham tarjima qilinishi mumkin emas degan xulosaga kelgan. Uning fikricha, hech bir tarjima asl matnning mazmunini to‘liq yetkaza olmaydi, chunki har bir tarjima til vositasining cheklovlari doirasida amalga oshiriladi va maqsadli auditoriya tiliga va madaniyatiga moslashishi, "begona" madaniy kontekstga singdirilishi kerak.

Derrida ta’kidlaydiki, tarjima doimo transformatsiya bilan bog‘liq: tarjimon bir tildan ikkinchi tilda nima va qanday o‘tkazilishini tanlaydi, bu jarayonda asl matnga o‘zgarishlar kiritiladi [https://openu.kz/ storage/lessons/ 1744/kratkaya-istoriya-filosofii-ot-sokrata-do-derridy_25_lecture. pdf]. Bu tarjimani faqatgina nusxa emas, balki asl matning yangi interpretatsiyasi qilib qo‘yadi, bu ikkala tilning ma’nolaridagi cheklovlarni aks ettiradi. Shunday qilib, har bir tarjima ikki xil madaniy va lisoniy olamlar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga intiladigan noyob ijodiy harakatga aylanadi.

Bundan tashqari, tilshunoslarning tarjima qilinishi mumkinligi yoki mumkin emasligi haqidagi fikrlaridagi farqlar ushbu tushunchalarning turli talqinlari bilan bog‘liq. Tarjima qilinishi mumkin emaslik g‘oyasini lingvistik va tarjimonlik ta’limotlarining asoschilari, jumladan, V. fon Humboldt va uning izdoshlari qo‘llab-quvvatlaydilar, ular tillarni bir-biriga to‘liq mos kelmaydi deb ta’kidlashgan.

Rossiya tarjima nazariyasining namoyandalari, jumladan, V.N.Komissarov, A.V.Fedorov, A.D.Shveytser, shuningdek, zamonaviy tarjimonshunoslik sohasidagi tadqiqotchilar, jumladan, I.S.Alekseyeva, L.K.Latyshev, A.L.Semenov va boshqalar matnning to‘liq va mutlaq tarjima qilinishi mumkinligini ta’kidlashadi.

Aytilgan ziddiyatga qaramasdan, tarjima qilinmaslik hodisasiga oid ikki keskin fikrning tarafdorlari aslida bir-biriga qarshi emaslar, chunki ular ekvivalentlik tushunchasini turlicha talqin qiladilar va uning tarjima san'atida namoyon bo‘lishini turlicha qabul qiladilar. V. fon Humboldt to‘liq moslikka erishish mumkin emasligini aytganda haq edi. Tillar va madaniyatlar xilma-xilligi tarjima jarayonida yo‘qotishlarga olib keladi, shuning uchun tarjima qilinmaslik (непереводимость) konsepsiyasi tarjima asl matn bilan mutlaqo bir xil bo‘lishi mumkin emasligini anglatadi.

Bir tomondan, tarjimonning faoliyati muqobillikni izlash jarayoni bo‘lib, bu har qanday vaziyatda mos tarjima yechimini topish mumkinligiga umid baxsh etadi. V.N. Komissarov hamma narsa tarjima qilinishi mumkin degan g‘oyani qo‘llab-quvvatlab, agar tarjima jarayonida tarjima qilinmaydigan elementlar tushirib qoldirilsa yoki boshqa transformatsiyalar sodir bo‘lib, tarjimani asl matndan farqlanadigan qilsa, matnni tarjima qilinishi mumkin emas deb hisoblab bo‘lmasligini ta’kidlagan [Komissarov, 1997, as cited in Novikova, 2018]. D.M. Buzadji so‘zlariga ko‘ra, tarjimasizlik faqat tarjima muammosi emas, balki tarjimon berilgan kontekstdan muloqot uchun tegishli ma’lumotni ajrata olmasligining natijasi hisoblanadi [Бузаджи, 2016, с. 69]. Har qanday matn tarjima qilinishi mumkin, ammo uning har bir parchasi yoki elementi uchun muvaffaqiyatli tarjimonlik yechimi topilmasligi mumkin. Masalan, Uzbek neighbourhoods (mahalla) and villages (kishlak) are coherent and solid, both physically and socially. Houses are built behind high walls, sometimes with handsome gates [Mayhew, 1999, p. 58].

Uzbeks make silk and cotton wall hangings and coverlets such as the beautiful suzani (suzan is Persian for needle). Though enjoyed bu nomads and settled families alike, most suzanies were found in established earth-rammed homes. Suzanies are made in variety of sizes used as table covers, cushions, and ruijo (a bridal bed spread) and thus were important for the bride’s dowry. Generally using floral or celestial motifs (depictions of people and animals are against Muslim beliefs) an average suzani requires about two years to complete. Nice examples of suzani can be found in Tashkent’s Museum of Applied Arts [O‘sha asar, b. 62].

Garchi tarjima qilinishi mumkin emaslik tarjima jarayonining ajralmas qismi bo‘lsa-da, bu? Ayniqsa? madaniy moslikka erishish harakatlarida yaqqol ko‘rinadi. Aniqki, tarjimada madaniy to‘siqlar mavjud bo‘lib, ular ideal tarjimaga to‘sqinlik qilishi mumkin. Yuqorida keltirilgan misolda suzanu, ruijo kabi madaniy realiyalarning ingliz tili leksikasida aniq ekvivalentlari yoqligi sababli muallif adresatga boshqa ta’riflar orqali yetkazgan. Badiiy asarlarni tarjima qilish kontekstida L.M.Alekseyeva quyidagi jihatlarning muhimligini ta’kidlaydi: vaqt konteksti, manba madaniyatining obro‘si va mashhurligi, qabul qiluvchi madaniyatda madaniy xususiyatlarga talab, nashriyot strategiyasi va tarjima jarayonining subyektiv xarakteri [Alekseyeva, 2014: 132, as cited in Novikova, 2018].

Tarjimashunoslar ta’kidlaganidek, “Tarjima – bir tildagi yozma xabar yoki axborotni boshqa tildagi shu mazmunli xabar bilan almashtirish san’atidir” [Newmark, 1988, p. 7]. Bu madaniy-mahsus elementlar bilan bog‘liq holda, ko‘pincha imkonsiz bo‘lib tuyuladi, chunki ma’lum bir iboralarning ortida yotgan ma’nolar har doim aniq bir madaniy kontekst bilan chambarchas bog‘liqdir. Qaysi so‘zlar va iboralar madaniy-maxsus elementlar deb hisoblanishi kerakligini aniqlash har doim ham oson emas. Lingvistik adabiyotda bu elementlar uchun bir necha nomlar mavjud: realiyalar, madaniy-maxsus elementlar va madaniy bog‘liq elementlar. "Realia" so‘zi lotin tilidan kelib chiqqan bo‘lib, "haqiqiy narsalar" degan ma’noni anglatadi. Bu ma’noda, so‘z moddiy-madaniyat obyektlarini anglatadi. Tarjima tadqiqotlari sohasida realiyalar – shuningdek, madaniy bog‘liq va madaniy-mahsus iboralar – aniq belgilanishi oson emas. Ular faqat obyektlarni emas, balki aniq bir madaniyatga tegishli tushunchalarni anglatadigan so‘zlarni ham bildiradi [Newmark, 1988, p. 7].

Vlaxov va Florin realiyalarni quyidagicha tasniflaydilar: 1) geografik (geografik shakllanishlar, inson tomonidan yaratilgan geografik obyektlar, ma’lum bir joyga xos o‘simliklar va hayvonlar); 2) etnografik (ovqat va ichimliklar, kiyim-kechak, yashash joylari, mebel, idish-tovoqlar, transport vositalari, kasb-hunar va asbob-uskunalar nomlari); 3) san'at va madaniyat (musiqa va raqs, musiqa asboblari, bayramlar, o‘yinlar, marosimlar va ularning qahramonlari); 4) etnik (insonlarning ismlari, laqablar); va 5) ijtimoiy-siyosiy (ma’muriy-hududiy birliklar, idoralar va vakillar, unvonlar, harbiy realiyalar) [Vlaxov & Florin, 2012, as cited in Tukhtarova, 2021].

Newmark madaniy so‘zlar haqida gapirib, madaniyatni hayot tarzining ifodalari va o‘ziga xos ko‘rinishlari sifatida ta’riflaydi, bu biror tilni ifoda vositasi sifatida ishlatadigan jamoaga xosdir, shuning uchun har bir til guruhining o‘ziga xos madaniy xususiyatlari borligini tan oladi. U madaniy so‘zlarni quyidagicha tasniflaydi: 1) ekologiya: o‘simliklar, hayvonlar, tepaliklar, shamollar, tekisliklar; 2) moddiy madaniyat: ovqat, kiyim-kechak, uylar va shaharchalar, transport; 3) ijtimoiy madaniyat: mehnat va dam olish; 4) tashkilotlar, urf-odatlar, faoliyatlar, jarayonlar, tushunchalar: siyosiy va ma’muriy, diniy, badiiy; va 5) imo-ishoralar va odatlar [Newmark, 1988].

Bakerga ko‘ra, manba tilidagi so‘z maqsad madaniyatida noma’lum bo‘lgan tushunchani ifodalashi mumkin. Bu tushuncha mavhum yoki aniq bo‘lishi mumkin, diniy e'tiqod, ijtimoiy odat yoki hatto bir turdagi ovqat bo‘lishi mumkin [Baker, 1992, p. 21, as cited in Makamu, 2017].

Klaudy realia atamasining ikki ma’noga ega ekanligini ta’kidlaydi: u ma’lum bir til jamoasiga xos bo‘lgan obyektlar, g‘oyalar, ramzlar yoki odatlarni (ularning bir qismi ovqat va ichimlik bilan bog‘liq) bildirishi yoki bu narsalar yoki tushunchalarni nomlash uchun ishlatilishi mumkin. Realia keng ma’noda tushuniladi, chunki u bayramlar, tarixiy voqealar, ismlar va unvonlarni o‘z ichiga oladi [Klaudy, 1997, p. 60, as cited in Machalova, 2022].

Tarjimada aniqlik va uyg‘unlikka erishish, muallif uslubini saqlash usullarini topish va asliyat hamda uning tarjimasini to‘g‘ri tushunish uchun madaniy kontekstlarni integratsiyasini anglatadi. Ma’lumki, o‘zaro madaniy ta’sir tez-tez to‘liqsizlik va turli talqinlar bilan tavsiflanadi, bu esa muloqot ishtirokchilari, jumladan, tarjimonning madaniy xabardorlik darajasiga bog‘liq. Milliy urf-odatlar va hodisalar faqat o‘ziga xos bo‘lganda, ularni tarjima qilish mumkin emas, bu tushunchalar madaniy terminlar kabi adresatga tushuntirib beriladi. Masalan, Khojandiz Tajik women could almost be identified in the dark, with their long, psychedelically coloured dresses (kurta) with matching head scarves (rumol), and underneath the dress striped trousers (izor) and bright slippers [Mayhew, 1999].

Sayyohlar odatda shahar, mintaqa yoki mamlakat bilan turli sayyohlik matnlari, masalan, brosyuralar, tarqatma varaqalar va qo‘llanmalar orqali tanishadilar. Ko‘pincha, ularning dastlabki taassuroti ushbu matnlarning tarjimalaridan shakllanadi. Sayyohlik matnlarini tarjima qilish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi, asosan ularning madaniy mazmuni tufayli. Sayyohlik matnlarini tarjima qilishda tarjimonlar ko‘pincha turli madaniy muammolarga duch kelishadi. Bunga realia, ya’ni bir madaniyatga xos bo‘lgan, boshqa madaniyatlarda mavjud bo‘lmagan tushunchalar yoki so‘zlar misol bo‘la oladi. Ushbu realialarni samarali tarjima qilish tarjimonlardan maxsus usullarni qo‘llashni talab qiladi. Bundan tashqari, tarjimonlar madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni chuqur tushunishlari muhimdir. Biroq, amaliyotda ko‘p tarjimonlar yetarli madaniy bilimga yoki tayyorgarlikka ega emasliklari sababli, yuqori sifatli tarjimalarni taqdim eta olmaydilar. Ushbu bo‘shliq asosan sayyohlik tili maxsus nutq sohasi sifatida qaralmasligi sababli, bu matnlarni tarjima qilish juda oson degan noto‘g‘ri tushunchaga olib keladi. Natijada, manba matnining asl ma’nosi yoki mohiyati yo‘qolishi mumkin. Pierini ta’kidlaganidek, “Reklama sayyohlik nutqining murakkabligi mijozlar va tarjimonlar tomonidan kam baholanadi: u umumiy tilning keng qo‘llanilishi bilan tarjima qilish juda oson bo‘lib tuyulishi mumkin; ammo, bu maxsus lingvistik/madaniy xususiyatlarga ega bo‘lgan maxsus nutqdir”. Ushbu murakkablikni hisobga olgan holda, samarali reklama materiallarini yaratish va qattiq raqobatga ega bo‘lgan sohada muvaffaqiyatga erishish uchun til mutaxassislari zarur va muhim ekanligi ayon bo‘ladi [Pierini, 2007, p. 99, as cited in Merkaj, 2013].

Turistik matnlarni tarjima qilishda muvaffaqiyatsizliklar ko‘pincha madaniy masofalar va lingvistik omillar tufayli yuzaga keladi. Tarjimonlar madaniy va ijtimoiy ma’lumotlarni aniq uzatishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, bu esa turli tarjima qarorlariga olib keladi. Mityaginaning fikriga ko‘ra, madaniy masofa tarjima jarayonida muhim rol o‘ynaydi va tarjimaning murakkabligi ko‘pincha madaniy boyitilganlik darajasiga bog‘liq [Mityagina, 2016, p. 9, as cited in Novikova, 2018]. Turistik matnlar milliy va madaniy xususiyatlarni o‘z ichiga olgani sababli, boshqa turdagi diskurslarga nisbatan ko‘proq kreolizatsiyaga ega va bu matnlarda madaniyatga bog‘liq lingvistik va nolingvistik elementlar ko‘proq uchraydi. Shu sababli, turistik matnlarni tarjima qilishda maxsus strategiyalar zarurdir.

Formal aspekt tarjima matnining tashqi ko‘rinishini, masalan, yo‘riqnomalar matni yoki veb-saytning giper matni strukturasi yoki grafik dizaynini o‘z ichiga oladi. Til aspekti madaniy elementlarni uzatishda muhim rol o‘ynaydi va bu jarayonning muvaffaqiyati tarjimonning terminologiya, realiyalar, idiomalar va uslublarni tarjima qilishdagi mahoratiga bog‘liqdir. Turistik matnlarni tarjima qilishda, ayniqsa, madaniyatga xos tushunchalar va iboralarni aniq va to‘g‘ri uzatish talab etiladi. Ushbu elementlarni noto‘g‘ri tarjima qilish, asl ma’no va kontekstni yo‘qotish xavfini tug‘diradi. Shuning uchun, turizm sohasidagi tarjimalar sifatini oshirish uchun maxsus tarjima metodlari va madaniy bilimlarning ahamiyati katta. Har bir tarjima noyobdir va tarjimon o‘z faoliyat rejasi ustida ishlaydi. Xalqaro turistik diskurs kontekstida A. Wurm modelidan foydalanish mumkin, bu model asliyatga bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan tarjimon harakatlarini farqlaydi [Wurm, 2009, p. 216]. Bu harakatlar orasidagi tanlov vaziyatga bog‘liq diskursiv kontekstga asoslanadi, bu tarjima harakatlarining universal emasligini ta’kidlaydi. Tarjimonning tajribasi va shaxsiy sifatlari uning metodlariga, shubhasiz, ta’sir qiladi, lekin, tarjima rejasi ham buyurtmachining talablariga asoslanadi. Shunday qilib, asliyatga bog‘liq harakatlar aniq takrorlashdan erkinroq talqinigacha bo‘lishi mumkin. Asliyatga bog‘liq bo‘lmagan harakatlar tarjimada yuqori darajada ijodkorlikni talab qiladi. Xalqaro turistik diskursda janrlarning xilma-xilligi va matnlarning turli pragmatikasi sababli tarjima jarayonida ham aslga sodiqlikni talab qiluvchi, ham undan chetga chiqishni talab qiluvchi harakatlar amalga oshiriladi. Turli madaniy va kommunikativ vaziyatlarga moslashish uchun tarjimonlar matnning kontekstiga qarab turli yondashuvlarni qo‘llashlari lozim:

Asl nusxa: Музей палинки с помощью текстов, предметов, изображений и цифровой техники показывает, как изготовление, потребление и особая роль палинки в венгерской культуре развивались в течение последних веков. В эксклюзивных дегустационных залах и баре можно попробовать лучшие виды палинки, которые затем можно приобрести в магазине [https://www.civitatis.com/en/budapest/guided-tour-palinka-museum/?srsltid=AfmBOoptsakxTC2K3AOh8rbY0DIuLk6tA8fVRVlnwWZztewQCjZBQVOX].

Asliyatga bog‘liq tarjima:

Pálinka muzeyi matnlar, predmetlar, tasvirlar va raqamli texnologiyalar yordamida pálinka ishlab chiqarilishi, iste'mol qilinishi va uning venger madaniyatidagi oziga xos roli oxirgi asrlar davomida qanday rivojlanganini korsatadi. Eksklyuziv tatib korish zallari va barda pálinkaning eng yaxshi turlarini tatib korishingiz, keyin esa dokondan sotib olishingiz mumkin [tarjima bizniki, M.Buzrukova].

Asliyatga bog‘liq bo‘lmagan tarjima:

Pálinka (Venger mevali brendisi) muzeyi ko‘rgazmalari va texnologik vositalar yordamida oxirgi bir necha asr davomida Vengriyada pálinka ishlab chiqarish va uning madaniy ahamiyati qanday rivojlanganini namoyish etadi. Maxsus ta’tib ko‘rish xonalari va barimizda pálinkaning eng yaxshi navlarini tatib ko‘rishingiz va do‘konimizdan xarid qilishingiz mumkin [tarjima bizniki, M.Buzrukova].

Birinchi tarjima aniq takrorlash orqali amalga oshirilgan, ikkinchi tarjimada esa pálinka haqida ma’lumot berilib, erkinroq talqin qilish orqali adresatni jalb qilishga e’tibor qaratilgan.

Rasmiy-institutsional matnlarni tarjima qilishda mazmunni aniq va huquqiy jihatdan to‘g‘ri aks ettirish birinchi darajali ahamiyatga ega. Bu turistlarning shaxsiy hujjatlari yoki tashkilotlarning shakllari kabi rasmiy hujjatlarga tegishlidir. Bunday sharoitda tarjima asl nusxaga iloji boricha yaqin bo‘lishi, ma’lumotlarni aniq saqlab qolish maqsadida amalga oshirilishi kerak.

Biznesga oid matnlarni, xususan, turistik agentliklar bilan yozishmalar, maxsus maqolalar, taqdimotlar va ko‘rsatmalar kabi hujjatlarni tarjima qilishda matnning shakli va mazmunini hisobga olish juda muhimdir. Bunday matnlar ko‘pincha aniq va professional uslubni talab qiladi, bu esa tarjimonlardan nozik yondashuvni talab qiladi. Tarjimonlar ushbu matnlarni tarjima qilishda matnni to‘g‘ri talqin qilish va maqsadli auditoriyaga moslashish uchun ma’lum miqdorda ijodiy erkinlikka ega bo‘ladilar. Bu ularga ba’zi hollarda asl nusxaga sodiq qolish yoki ma’lum pragmatik sabablarga ko‘ra undan chetga chiqish imkonini beradi. Bunday moslashuvchanlik, ayniqsa, turizm sohasida muhimdir, chunki turli madaniy va biznes kontekstlari turli tarjima yondashuvlarini talab qiladi. Shu sababli, tarjimonlar nafaqat tilni, balki madaniy va biznes aloqalarini ham chuqur tushunishlari lozim.

Madaniy-ma’rifiy turizm bilan bog‘liq matnlar, masalan, yollanmalar va bukletlar, maqsadli auditoriyaning ehtiyojlarini hisobga olishi kerak. Turistik matnlarni tarjima qilishda tarjimonning matnni madaniy va estetik jihatdan moslashtirish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Asl nusxaga qat’iy rioya qilishdan ko‘ra, mazmun va atmosferani o‘quvchiga jozibador tarzda yetkazish maqsadga muvofiqdir. Yo‘llanmalar, sayohat tavsiflari va bukletlar kabi reklama elementlariga ega matnlarni tarjima qilishda, tarjimonning ijodiy erkinligi marketing maqsadlariga xizmat qiladi. Madaniy moslashuv va jozibadorlikni saqlash turistik mahsulotning samaradorligini oshiradi.

 

 

 

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Бузаджи Д. М. Сущность, причины и виды непереводимости / Д. М. Бузаджи, А. В. Ковальчук // Мосты. – 2016. – № 1 (49). – С. 58–70.
  2. Mayhew B. Central Asia. – Australia.: Lonely planet, 1999. – 576 p.
  3. Makamu T.A.Translation and interpretation of cultural concepts from xitsonga into english. Ph. D. thesis. Africa, 2017, 244 p.
  4. Merkaj L. Tourist communication: a specialized discourse with difficulties in translation. European Scientific Journal December 2013 /SPECIAL/ edition vol.2 ISSN: 1857 – 7881
  5.  Machalova Cultural Transfer and Style in the English Translation of Irena Dousková' s Hrdý Budžes. Ph. D. thesis. Brno, 2022, 107 p.
  6. Newmark Peter, About Translation. Clevedon: Multilingual Matters Ltd.(1981). Approaches to Translation. Oxford: Pergamon, 1988.
  7. Новикова Э.Ю. Жанровые, ценностные и транслатологические характеристики международного туристического дискурса в немецкой и русской лингвокультурах: дис. … д-ра филол. наук: 10.02.20 / Новикова Элина Юрьевна. – Уфа, 2018. – 498 с.
  8. Прунч Э. Пути развития западного переводоведения. От языковой асимметрии к политической : пер. с нем. / Э. Прунч. – М. : Р. Валент, 2015. – 512 с.
  9. A. S. Tukhtarova et al. Linguocultural Approach to Audiovisual Translation on the Example of “Game of Thrones” / International Journal of Society, Culture & Language, 9(3), 2021 ISSN 2329-2210
  10. Wurm A. Translatorische Analyse und Evaluierung von Texten. Themenblatt / A. Wurm. – Saarbrücken : Universität des Saarlandes, 2009.

 

Бузрукова М. Переводимость / невозможность перевода туристических текстов. В данной статье обсуждаются вопросы развития переводоведения и возможность или невозможность перевода туристических текстов. Подчеркивается важность баланса между точностью перевода и способностью к адаптации, который имеет ключевое значение для эффективного перевода в сфере туризма. Творческая свобода переводчиков и их прагматический подход, а также способность адаптироваться к различным культурным и деловым контекстам представлены как основные темы. В статье предлагаются специальные стратегии для повышения маркетингового потенциала туристических текстов и обсуждаются вопросы переводимости и непереводимости в международном туристическом дискурсе с точки зрения теории скопоса.

 

Buzrukova M. Translatability / untranslatability of tourist texts. This article discusses the development of translation studies and the issues of whether tourist texts can or cannot be translated. The importance of balancing translation accuracy and adaptation skills, which is crucial for effective translation in the tourism sector, is emphasized. The creative freedom of translators and their pragmatic approaches, as well as the ability to adapt to various cultural and business contexts, are highlighted as key topics. The article proposes special strategies to enhance the marketing potential of tourist texts and discusses issues of translatability and untranslatability in international tourist discourse through the lens of Skopos theory.

 

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati