X.K.ONETTI VA O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA QAHRAMON RUHIYATI. RAMZLARNING G‘OYAVIY-ESTETIK VAZIFALARI

Badiiy asar qanday ifodalanishidan qat’iy nazar eng muhim jihati uning kishilik ongiga qanday ta’sir ko‘rsatishi muhim hisoblanadi. Obrazli qilib aytilgan so‘z kishi ruhini o‘ziga bo‘ysundiradigan bir holat kasb etadi ya’niki, psixologik ta’sirlanish yuz beradi. Adabiyot-shunoslikka badiiy psixologizm masalasi ilmiy maydonga o‘tgan asrning o‘rtalaridan kirib kelib, ruhiyat termini bilan sinonim tarzda qo‘llanib kelmoqda. Badiiy adabiyotda asarning g‘oyaviy estetik ahamiyatini personajlar xarakteri ochib bersa, personaj xarakterining yozuvchi tomonidan ochib berilishi psixologik tahlil vositasi hisoblanadi. Yozuvchi personaj xarakterini yaratar ekan , uni ruhiyatini bevosita yoki bilvosita ochib berishi mumkin. Personaj o‘y – kechinmalari, his - tuyg‘ularining “ichki monolog”, “ong oqimi” tarzida yoki muallif tilidan bayon  qilinishi psixologik tasvirning bevosita shakli hisoblanadi. Qahramon ruhiyatining uning hatti - harakatlari, gap - so‘zlari, yuz - ko‘z ifodalari undagi fiziologik o‘zgarishlarni ko‘rsatish orqali ochib berilishi bilvosita psixologik tasvirdir.

Lotin Amerikasi adabiyotiga nasriy psixologik uslubni olib kirgan ijodkor sifatida adabiyotshunoslikda Xuan Karlos Onetti e’tirof etiladi. Yozuvchi asarlarida kattalar dunyosi bolalik, o‘smirlik dunyosiga ya’ni beg‘uborlikka qarama - qarshi qo‘yiladi. Kattalar dunyosini hayotning aynigan, o‘zanidan adashgan davr sifatida talqin etadi. Hikoya qahramonlari hayot haqida orzu qiluvchi insonning ichki monologiga qurilgan. Adib insonning ichki monologi orqali fabula va harakat yaratishni asosiy uslub qilib oldi. Uning deyarli barcha asarlarida hayotdan alamzada bo‘lgan, bezigan, ko‘ngli to‘lmagan odamning hayot haqidagi orzulari, kechinmalari, xulosalari va dardlarini bayon qiluvchi qahramonlar galereyasi yaratiladi. Har bir qahramoni bitta kishini emas, butun boshli avlodning, jamiyat yakkalab tashlagan chetga surgan yoki yolg‘on, aldov, xiyonat va ikkiyuzlamachilikka qarshi isyon sifatida o‘zini chetga surgan, o‘zini xayol o‘pqoniga tashlagan ziyoli qatlamning timsolidir. Onettining qahramonlari voqelik qahramonlari emas, balki ko‘ngil tarixining qahramonlari, orzu, xayol olamining odamlaridir va ularning aksaryati oddiy va baxtsiz odamlardir. Ammo ana shu oddiy odamlar qalbi shunday ustalik bilan ochiladiki, bu qahramonlarning kechinmalaridagi go‘zal tuyg‘ularni beixtiyor chuqur his qilasiz. Istioralar, o‘xshatishlar, hayajon va obrazli ifodar orqali qahramon dunyosi ochib beriladi. Uning qahramonlari asarda hamisha hayotning keskin burulish pallasida – tushkunlik va umidsizlikka g‘arq holatda paydo bo‘ladi. Aynan shu holatda hissotlar va aql junbishga keladi, ong osti kechinmalari o‘zini namoyon qiladi, oqibatda inson psixikasidagi barcha jarayonlarni kuzatish va tahlil qilish imkoniyati tug‘iladi. Tadqiqotchi Djelal Kadir[1] Onetti hikoyalarini batafsil tahlil qilib, uning ijodini Lotin Amerikasi modernizmi va ekzistensializmi kontekstida o‘rganadi. Kadir Onettining hikoyalarini insoniy psixologiya, yolg‘izlik va yashash ma’nosi haqida falsafiy izlanishlar deb ta’riflaydi.”El Pozo’’ (Chuqur)[2] Onettining birinchi hikoyasi bo‘lib, insonning ichki kechinmalari va subyektiv idrokini ko‘rsatishga bag‘ishlangan. Kadir bu asarni “yangi Lotin Amerikasi yozuvchiligiga kirish eshigi” deb ta’riflaydi “Los Adioses”[3] (Xayrlashuvlar): Bu novellada hikoya qiluvchining noaniq va ishonchsiz nuqtayi nazari muhim rol o‘ynaydi. Kadirning fikriga ko‘ra, bu asar Onettining insonni chuqur ichki qarama-qarshiliklar bilan tasvirlashdagi mahoratini aks ettiradi. Ushbu hikoya inson his-tuyg‘ularining nozikligi, xotira va o‘tgan vaqt bilan aloqalar haqidagi falsafiy mulohazalarga to‘la. Hikoya bir odamning o‘tgan voqealar, munosabatlar va xotiralardan xayrlashuvi haqida. Syujet markazida qahramon o‘tmishiga yuzlanib, o‘sha voqealarni xotirlaydi va ular bilan vidolashishga urinadi. Bu jarayon shaxsiy o‘zgarishlar va hayotning ma’nosini izlashni o‘z ichiga oladi. Asar qahramonning xotiralariga qaytishidan boshlanadi. Bu qismda qahramonning ichki kechinmalari va o‘tmishga bo‘lgan bog‘lanish hissi namoyon bo‘ladi. Qahramon o‘tmishdagi muhim voqealarni tasvirlaydi, ularning har biri hayotidagi o‘ziga xos bosqichni ifodalaydi. O‘tmishdagi odamlar bilan bo‘lgan munosabatlari haqida mulohaza qiladi va o‘tmish bilan vidolashish jarayonida ichki kurashni boshdan kechiradi. Asar qahramonnig hozirgi vaqtga moslashishi intilgani bilan tugaydi ammo undan butunlay uzilmaydi, o‘tmish uning shaxsiyati va hayotiy qarashlarining bir qismi sifatida qoladi. Onetti asarlarida inson shaxsiyati, idenfikatsiya va shaxsiylik mavzusi muhim o‘rin egallaydi. Maryse Renaudning[4] tadqiqotida yozuvchining shaxsiyatini qidirish mavzusi va uning shahar hayotiga ta’siri tahlil qilingan. Ushbu mavzuda Onetti qahramonlari murakkab, ma’nosiz va aksaryat hollarda iztirobli voqealar bilan yuzlashadi. Yozuvchi ijodida amerikalik Uilyam Folkner ta’siri ko‘p muhokama qilingan[5]Onetti qahramonlari ko‘pincha o‘zlarini jamiyatdan va atrofdagi dunyodan ajralgan his qiladilar. Masalan, “La vida breve” (Qisqa hayot) asarida bosh qahramon o‘zining o‘tgan va hozirgi hayoti o‘rtasida chuqur tafovutlar va o‘zini anglashdagi noaniqlikni boshdan kechiradi. Ularning ichki iztiroblari va yolg‘izligi Onettining psixologizmga bo‘lgan yondashuvini namoyish etadi. Hikoya inson hayotining qisqaligi , uning murakkabligi va insonning o‘z joyini anglash qiyinchiliklarini yoritadi. Hikoya murakkab ichki syujetga ega bo‘lib, xotiralar va ichki kechinmalar orqali rivojlanadi. Qahramon o‘zining o‘tmishi va hozirgi holatini solishtiradi, hayotiy tanlovlarining noto‘g‘ri yoki befoyda ekanligini his qiladi. Xuan Karlos Onettining “Un gozo imprevisto” (Kutilmagan zavq) hikoyasi inson ruhiyatining murakkabligini, hayotning mayda zavqlari va ularning kutilmagan tarzda paydo bo‘lishi orqali inson hayotiga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Bu hikoya Onettining psixologik asarlari qatoriga kirib, unda jamiyatdan ajralgan insonning yolg‘izlik va ichki konfliktlari ustalik bilan tasvirlangan. Hikoya asosiy qahramonning hayotdagi kichik va kutilmagan quvonchlarni boshdan kechirishi haqida hikoya qiladi. Qahramonning ruhiy kechinmalari va o‘z hayotiga bo‘lgan qarashlari hikoya davomida o‘zgaradi. Bu zavq oddiy, kundalik hayotdan yoki kichik voqealardan paydo bo‘lib, qahramon uchun ma’lum darajada hayotning ma’nosini tiklash imkoniyatini beradi. Qahramon jamiyatdan ajralgan holda, ichki dunyosida yashaydi. U o‘z muhitidan uzoqlashgan, hayotning oddiy zavqlarini his qilishga qodir emasdek tuyuladi. Yolg‘izlik qahramonning ichki konfliktlarini oshiradi va uning ichki dunyosi bilan tashqi dunyo o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytiradi. Hikoya inson hayotida kutilmagan va mayda narsalarning ham zavq keltirishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu zavqlar orqali qahramon hayotga boshqa nuqtai nazardan qarashga imkon topadi. Onetti hikoyada hayotning absurdligini tasvirlash orqali insonning ichki hissiyotlari va tashqi dunyo o‘rtasidagi qarama-qarshilikni ochib beradi. Qahramon hayotning hech narsaga arzimaydiganligini his qiladi, lekin kichik zavqlar bu his-tuyg‘ularni vaqtincha susaytiradi.Qahramon o‘z hayotining ma’nosizligini his qilsa-da, kutilmagan zavqlar uning ichki dunyosini tiklashga yordam beradi. Bu insonning murakkab va o‘zgaruvchan tabiatini aks ettiradi.Hikoya qahramonning ruhiy holatini o‘rganish orqali inson psixologiyasidagi quyidagi jihatlarni ochib beradi:

1. Ichki konfliktlar. Qahramonning ichki olamida yuz beradigan ziddiyatlar hikoyaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. U hayotdan zavq olishga harakat qilsa-da, bu jarayon doimiy emas.

2. Yolg‘izlikning ta’siri. Qahramon yolg‘izligi sababli boshdan kechirayotgan iztiroblar hayotning kichik zavqlari orqali vaqtinchalik bosiladi, ammo bu holat uning ichki tinchligini tiklay olmaydi. Hikoyada tasvirlangan muhit qahramonning ichki kechinmalarini aks ettiruvchi metafora sifatida xizmat qiladi

3. Zavqning vaqtinchaligi. Hikoya davomida kutilmagan zavqning vaqtin-chalikligi va uning inson hayotiga chuqur ta’sir qilmasligi o‘z aksini topadi.Kutilmagan zavq hayotning kutilmagan tomonlarini ifoda etuvchi ramz sifatida xizmat qiladi. Bu qahramonning ruhiy dunyosini vaqtinchalik yoritib yuboradi.

Hikoyada hayotning absurd jihatlari va inson ruhiyatidagi murakkabliklar surrealistik ruhda tasvirlanadi.Xuan Karlos Onettining “Kutilmagan zavq” hikoyasi inson hayotining ma’nosizligi, yolg‘izlik va kichik zavqlar orqali hayotga bo‘lgan qarashni o‘zgartirish imkoniyati haqida falsafiy va psixologik izlanishdir. Hikoya qahramonning ichki dunyosini chuqur tahlil qilib, inson ruhiyatining murakkabligini, hayotning absurdligini va kutilmagan zavqlarning vaqtinchalik bo‘lsa ham inson hayotiga ta’sir qilish kuchini ko‘rsatadi. Xuan Karlos Onettining asarlari, jumladan “Un gozo imprevisto” (Kutilmagan zavq) kabi hikoyalari ustida turli tadqiqotchilar adabiyotshunoslik va psixologiya nuqtai nazaridan ilmiy izlanishlar olib borgan. Emir Rodrígez Monegal[6]-Lotin Amerikasi adabiyoti tadqiqotchisi va Onetti ijodining yetakchi tahlilchilaridan biri.Uning Onettining hikoyalari, jumladan “Un gozo imprevisto” haqida yozgan asarlari Onettining yozuv uslubi, psixologik tahlili va hayotiy absurdlikni qanday tasvirlaganini ochib beradi.Hugo Verani[7]-Onettining asarlaridagi ichki konfliktlar va ekzistensializmni chuqur o‘rgangan. U Onettining qahramon-larining psixologik o‘zgarishlarini va ularning yolg‘izlikni boshdan kechirishlarini tahlil qilgan. Josefina Ludmer[8]-Onettining hikoyalarini feministik va psixoanalitik nuqtai nazardan o‘rganib, uning qahramon-laridagi ruhiy holatlarning murakkab-ligini tahlil qilgan.Uning tadqiqotlarida Onetti ijodida ayollar obrazlari va ularning psixologiyasi muhim mavzu sifatida ajratib ko‘rsatilgan. Roberto Echavarren[9]-Onettining psixologik hikoyalarida tasvirlangan ichki dunyo, vaqtning nisbiyligi va zavqning mavhum tushunchasi ustida ishlagan. U Onettining asarlaridagi mavhumlik va o‘zlikni anglash jarayonini chuqur o‘rganib chiqqan.

Xuan Karlos Onettining qahra-monlari inson ruhiyatining murakkab va ziddiyatli tabiatini o‘rganishda alohida ahamiyatga ega. Ularning yolg‘izlik, begonalik, o‘zlikni anglash va ekzistensial ruhiy azoblari Lotin Amerikasi modernizmi va ekzistensializm adabiyotining asosiy mavzularini o‘zida aks ettiradi. Onetti inson ruhiyatini yoritishda nafaqat adabiy, balki falsafiy chuqurlikka ega bo‘lib, uning asarlari zamonaviy psixologik va falsafiy adabiyotning muhim qismini tashkil etadi.

O‘zbek adabiyoti hikoyachiligida ichki iztirob va insonning ruhiy holatini tasvirlashda Nazar Eshomqulning hikoyalari alohida ahamiyatga molik. “To‘fon eshiklari” hikoyasi insonning hayot oldidagi ojizligi va ruhiy izlanishlar bilan to‘la.

Xuan Karlos Onettining qahra-monlari inson ruhiyatining murakkab va ziddiyatli tabiatini o‘rganishda alohida ahamiyatga ega. Ularning yolg‘izlik, begonalik, o‘zlikni anglash va ekzistensial ruhiy azoblari Lotin Amerikasi modernizmi va ekzistensializm adabiyo-tining asosiy mavzularini o‘zida aks ettiradi. Onetti inson ruhiyatini yoritishda nafaqat adabiy, balki falsafiy chuqurlikka ega bo‘lib, uning asarlari zamonaviy psixologik va falsafiy adabiyotning muhim qismini tashkil etadi.

Onetti ijodining murakkab modernistik uslubini o‘zbek adabiyo-tining xalqona va voqeaband uslublari bilan qiyoslash orqali universal va milliy adabiy yondashuvlar tushuniladi.

Madaniy va ijtimoiy kontekst.Onetti: Uning ijodi Lotin Amerikasining siyosiy beqarorlik, diktaturalar va inson huquq-lari buzilishi sharoitida shakllangan. Bu muhit asarlaridagi pessimizm va umidsizlikni kuchaytiradi.

O‘zbek adabiyoti: XX asrda o‘zbek adabiyoti mustaqillik yillaridagi ijtimoiy o‘zgarishlardan ilhomlangan. Bu jarayonlarda jamiyat va millat taqdiri markaziy o‘rinni egallaydi.

Xulosa: Madaniy kontekstni qiyoslash orqali yozuvchi va shoirlarning o‘z davrlariga qanday munosabat bildirgani va qanday badiiy yo‘nalish tanlaganligi ochiladi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Emir Rodríguez Monegal Uruguayan writer Written by Fact-checked by Last Updated: Nov 10, 2024 • Article History
  2. Reviewed Work: Juan Carlos Onetti Hugo J. Verani Review by: Jonathan Tittler
  3. Hispanic Review Vol. 58, No. 4 (Autumn, 1990), pp. 557-559 (3 pages)
  4. Published By: University of Pennsylvania Press https://doi.org/10.2307/473684
  5. JOSEFINA LUDMER ONETTI Spanish edition https://doi.org/10.2307/473684
  6. Roberto Echavarren, Cristina Miraballes, Federico Sosa Machó
  7. Amuleto, 2007 – 61.
  8. Жўраев Й. Насрий асарларнинг психологик таҳлили. // Тил ва адабиёт таълими, 2012. 6-сон. – Б.31.
  9. Каримов Б. Руҳият алифбоси. –Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи. 2008.–364 б.

 

Обидова Н. Х.К. Онетти и психология героя в узбекской новеллистике. Идейно-эстетическая роль символов. В латиноамериканской литературе художественный психологизм ярко проявляется в глубоком представлении сложных сторон человеческой психики, эмоциональных и психологических процессов. Это направление особенно развито в творчестве представителей латиноамериканской литературы “бума” второй половины XX века. Латиноамериканские писатели обогатили художественный психологизм творческим стилем, соединив его с местной культурой, историей и мифологией.

 

Obidova N. X.K. Onetti and the psychology of the hero in Uzbek short stories. The ideological and aesthetic role of symbols. In Latin American literature, artistic psychologism is clearly manifested in a deep understanding of the complex aspects of the human psyche, emotional and psychological processes. This trend is especially developed in the works of representatives of Latin American literature of the “boom" of the second half of the 20th century. Latin American writers have enriched artistic psychology with a creative style, combining it with local culture, history and mythology.

 

 

 

 

 

[1] Juan Karlos Onetti, Boston: Twayne Publishers 1977, 469p

[2] El pozo , Spanish Castilian 2007

[3] Juan Carlos Onetti, Dario Puccini. Los adioses. 2003 by Seix Barral

[5] La poetica de la lentitud y la infinitude. Gomez 2016, Grafiati

[6]Emir Rodríguez Monegal Uruguayan writer Written by Fact-checked by Last Updated: Nov 10, 2024 • Article History

[7] Reviewed Work: Juan Carlos Onetti Hugo J. Verani Review by: Jonathan Tittler

Hispanic Review Vol. 58, No. 4 (Autumn, 1990), pp. 557-559 (3 pages)

Published By: University of Pennsylvania Press https://doi.org/10.2307/473684

[8] JOSEFINA LUDMER ONETTI Spanish edition https://doi.org/10.2307/473684

[9] Roberto Echavarren, Cristina Miraballes, Federico Sosa Machó

Amuleto, 2007 - 61

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati