XITOY TILIDA “CHIROYLI” SO‘ZI SINONIMLARINING TAHLILI

Tilshunoslikda sinonimiya hodisasi leksik tizimning boyligi va rang-barangligini belgilovchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, xitoy tilida bir ma’noni ifodalovchi, biroq qo‘llanish doirasi va uslubiy xususiyatlari turlicha bo‘lgan sinonim so‘zlar juda keng tarqalgan. “Chiroyli” ma’nosini anglatuvchi 美丽, 优美, 漂亮, 好看, 美 kabi leksik birliklar shular jumlasidandir. Mazkur so‘zlar umumiy semantik yadroga ega bo‘lsa-da, ularning nutqdagi funksional qo‘llanishi, uslubiy bo‘yoqdorligi hamda kontekstga bog‘liq ma’no nozikliklari bir-biridan farq qiladi. Xitoy tilini o‘rganishda ushbu farqlarni to‘g‘ri anglash muhim ahamiyat kasb etadi, chunki sinonimlarning noto‘g‘ri qo‘llanilishi nutqning tabiiyligi va aniqligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli ushbu maqolada “chiroyli” ma’nosini anglatuvchi asosiy sinonimlarning semantik va stilistik xususiyatlarini tahlil qilish hamda ularning to‘g‘ri qo‘llanish mezonlarini aniqlash maqsad qilib olindi.

Xitoy tilidagi sinonimlarni o‘rganish masalasi ko‘plab tilshunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqotda ham “chiroyli” leksemasining sinononimiyasi ko‘rib chiqilgan. Chang Jichjou va Jia Yongfen muallifligidagi “1700 对近义词语用法对比” kitobida esa xitoy tilidagi ko‘plab sinonim juftliklar qiyosiy jihatdan o‘rganilgan bo‘lib, unda 美丽 va 优美 so‘zlarining qo‘llanish  o‘rinlari misollar yordamida yoritilgan. Mazkur manbada 美丽 sifati ko‘proq ko‘z bilan ko‘riladigan go‘zallikni ifodalashi, 优美 esa, eshitish yoki his qilish orqali anglanadigan go‘zallikni tasvirlashi ta’kidlangan. Shu jumladan, Chang Syuemeining “汉语近义词辩析” qo‘llanmasida sinonim so‘zlarning semantik farqlari tahlil qilingan. Qo‘llanmada 美丽 va 漂亮 sifatlarining qo‘llanish doirasi, grammatik xususiyatlari hamda uslubiy rang-barangligi haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Ushbu ilmiy manbalar asosida xitoy tilidagi “chiroyli” ma’nosini anglatuvchi sinonimlarning semantik va grammatik jihatlari chuqur tahlil qilingan.

美丽 va优美 sifatlarining tahlili:

Xitoy tilida chiroy va go‘zallikni ifodalashda bir qator sifatlardan foydalaniladi. Jumladan, bugun tahlil qilinayotgan 美丽 hamda优美 sifatlari shular jumlasidandir. Mazkur sifatlarning umumiy jihati xitoy tili yo‘nalishi talabalari va o‘rganuvchilari uchun mo‘ljallangan “HSK standart darsligi 5” kitobining 39-sahifasida keltirilishicha, “har ikki sinonim sifat so‘z turkumiga tegishli, manzara, muhit uchun ishlatiladi”. Misol uchun:

  1. 济南是一座风景/优美的城市。

Jinan manzarasi chiroyli/go‘zal shahar hisoblanadi.

Bu gapda Jinan shahri manzarasining chiroyi 美丽 va优美 sifatlari bilan ta’riflanmoqda.

Har ikki sifatning farqlari mazkur kitobda quyidagicha berib o‘tilgan:

Birinchi farq, 美丽 sifati tashqi ko‘rinish, uslub, kiyimning go‘zalligini tasvirlaganda, ko‘proq qo‘llaniladi:

  1. 她有一双的眼睛。

Uning ko‘zlari juda chiroyli.

优美 sifati harakatning go‘zalligini, tasvirning insonga beradigan go‘zal hissiyotini tasvirlashda ishlatiladi. Bunga misol qilib,

  1. 演员们的动作十分优

Aktyorning harakatlari juda chiroyli edi, gapi olingan bo‘lib, aktyorning sahnada rol ijro etish davomida tomoshabinga ko‘rsatib berilgan ijrosidagi xatti-harakati chiroyli ekanligi xitoy tilida 优美sifati bilan ta’riflangan. Birinchi farqdan ko‘rishimiz mumkinki, 美丽 insonlarning tashqi ko‘rinishi, chiroyli kiyinganlikni, kiyinish uslubining chiroyini tasvirlaganda ishlatilsa, 优美sifatida insonning xatti-harakatini, go‘zal tasvirlarning insonda qoldiradigan go‘zal taassurotlarini tasvirlashda qo‘llaniladi.

Yuqoridagi darslikda, bu ikki sifatning farqli jihatlaridan ikkinchisi, 美丽sifati odatda inson ko‘zi bilan ko‘radigan chiroyli tasvirlashda, 优美sifati ko‘z bilan ko‘rmay, eshitish, his qilish orqali go‘zalliklikni anglashni tasvirlashda qo‘llaniladi. Quyidagi misollarda, keltirilgan fikrning isboti berib o‘tilgan:

  1. 雨后天空中出现了一道的彩虹

Osmonda yomg'irdan keyin go‘zal kamalak paydo bo‘ldi.

Misolda keltirilgan gapda, inson bevosita osmondagi kamalakni o‘z ko‘zi bilan ko‘rish imkoni borligini hisobga olgan holda, 美丽 (go‘zal, chiroyli) sifati ishlatilgan.

  1. 一进院子就听到了丽丽那的歌声。

Hovliga kirishim bilan Lilining chiroyli qo‘shiq kuylayotganini eshitdim.

Jumlada 优美sifatida inson ko‘zi bilan ko‘rib emas, qulog‘i bilan eshitgan qo‘shiqni kuylayotgan qizning ovozi chiroyli ekanligini tasvirlashda qo‘llanilgan. Bu o‘rinda 美丽sifatini leksik jihatdan qo‘llab bo‘lmaydi, chunki 美丽sifati yuqoridagi qoidagi muvofiq, ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan so‘zlarni sifatlashda ishlatiladi.

 优美va 美丽sifatlarining uchinchi farqi, 美丽sifatining stilistikada ajoyib, oliyjanoblikni tasvirlashda qo‘llaniladi, 优美stilistikada oliyjanoblikni tasvirlashda qo‘llanilmaydi. Jumladan,

他有一颗善良的心。

Uning oliyjanob qalbi bor. Gapda 美丽sifati bir insonning naqadar oliyjanob qalb egasi ekanligini tasvirlashda ishlatilgan. 

Yuqorida xitoy tilida ikki go‘zallikni anglatuvchi sifatlarning farqlari berib o‘tilgach, quyidagi gaplar orqali ularni farqlash osonroq bo‘ladi:

  1. 这篇文章的语言生动优美

Maqola o‘ta chiroyli tilda yozilgan. Gapda maqola tili, yozilish uslubiningravon va chiroyli ekanligi 优美 sifati bilan berilmoqda. Bu gapda 优美sifatining o‘rniga 美丽 sifatining qo‘llanila olmasligining sababi, bu gapda tashqi ko‘rinishning tasviri mavjud emasligida.

  1. 心也想窗户一样,如果不打开,就看不到外面的和热闹。

Qalb ham derazaga o‘xshaydi, ochmas ekansan, uning go‘zal va jo‘shqinligini ko‘ra olmaysan.

 Juda chiroyli misol keltirilgan yuqoridagi jumlada manzaraning chiroyini ko‘z bilan ko‘rish mumkinligi sababli, 美丽 sifati qo‘llanilgan, bu tasvirda 优美sifatini qo‘llash uslubiy g'alizlikni keltirib chiqaradi.

  1. 这里流传着许多的传说。

Bu yer haqida juda ko‘p go‘zal afsonalar yetib kelgan.  Gapda afsonaning go‘zal yozilganini tasvirlashda xitoy tilida 美丽 sifati ishlatilgan.

4. 当地/优美的自然风景吸引了很多中外旅客。[1, 39-40]

O‘sha go‘zal tabiat manzalari ko‘plab xitoylik va chet ellik turistlarni diqqatini tortadi. Bu gapda tabiat manzarasini tasvirlashda 优美 va 美丽 sifatlarining har ikkisini qo‘llash mumkin.

美丽  va 漂亮 sifatlarining farqi “汉语近义词学习手册” qo‘llanmasida quyidagicha berib o‘tilgan: “har ikki so‘z sifat, “chiroyli” degan ma’noni anglatadi, turlicha ma’nolarni anglatib keladi”. [3;59]

Birinchi farq – ayollar go‘zalligini tasvirlashda har ikkalasi ishlatiladi; erkaklarning mard va chiroyini tasvirlaganda faqatgina “漂亮” sifatini qo‘llay olamiz:   几年不见,他长成了一个漂亮的小孩子。Bir necha yildan beri ko‘rishmagan edik, u xushro‘y yigitcha bo‘libdi.

Ikkinchi farq – narsa va predmetlarni tasvirlaganda “美丽” ko‘proq mavhum otlarni, ota vatan, afsona, qalb, fantaziya kabilarning chiroyli ekanini tasvirlaganda ishlatilsa, “漂亮” sifati kiyim, vaza kabi aniq otlarni ta’riflashda keng qo‘llaniladi.

Yana bir farqli jihati “美丽” sifati kitobiy, “漂亮”sifati og‘zaki uslubga xos.

“漂亮” sifati reduplikatsiya uchraydi, 漂漂亮亮tarzida qo‘llanila olsa, “美丽” sifatida bu xususiyat mavjud emas. [3, 159]

“漂亮” sifati ajoyib, zo‘r, yaxshi ma’nolarida qo‘llanilib keladi. Misol uchun: 这件事干得很漂亮。- Bu ish juda ajoyib bajarilgan. Gapning mazmunidan kelib chiqilganda, 漂亮 sifatida go‘zallikni anglatish bilan birga ishning ajoyib bajarishni ham anglatib keladi.

“美丽” sifati 杨寄洲、贾永芬 “1700 对近义词语用法对比” kitobining 856-sahifasida ko‘z ko‘rganda, tezda his qilinadigan go‘zallikni anglatadi, deya ta’riflangan. “漂亮” sifati bo‘lsa, chiroyli, ajoyib ma’nolarida qo‘llaniladi.

“美丽”  hamda “漂亮” sifatlari quyidagi so‘zlar bilan so‘z birikmasi hosil qiladi oladi, 说得,写得,办得 so‘zlari bilan “美丽”sifatining qo‘llanila olmasligiga sabab, gapda hol vazifasini bajara olmasligi bo‘lsa,  “小伙子 – yigitcha” so‘zi bilan qo‘llanila olmasligining sababi, erkak jins vakili ekanligidadir. Qolgan sifatlar va daraja ravishlari,  manzarani anglatuvchi so‘zlar bilan erkin qo‘llanila olishi quyidagi jadvalda o‘z aksini topgan:

 

 

 

的姑娘

的小伙子

长得

的风景

说得

写得

办得

美丽

 ×

 ×

 ×

 ×

漂亮

 

 

Yuqoridagi jadvalni tahlil qiladigan bo‘lsak, og‘zaki uslubga xos bo‘lgan “漂亮” sifati “很漂亮” – juda chiroyli; “漂亮的姑娘” – chiroyli qiz; “漂亮的小伙子” – chiroyli yigitcha; “长得漂亮” – ko‘rinishi chiroyli; “漂亮的风景” – chiroyli manzara; “说得漂亮” – gapirishi chiroyli; “写得漂亮” – yozilishi chiroyli; “办得漂亮” – bajarilishi chiroyli. Endi “美丽” sifati yuqoridagi birikmalar bilan keladi, ammo “美丽的小伙子” – chiroyli yigitcha, deb ishlatilish mumkin emas, chunki qoidaga ko‘ra, “美丽” sifati faqatgina ayollarning chiroyini tasvirlashda qo‘llaniladi. “说得” (gapirishi),“写得”(yozishi), “办得” (bajarilishi) kabi fe’llardan keyin shu ish-harakatlarning chiroyli bajarilganligi “漂亮“ sifati bilan qo‘llanila oladi, ammo “美丽” sifati bunday xususiyatga ega emas.

“漂亮” sifati ajoyib, chiroyli ma’nolarida gapda hol vazifasini bajarib keladi. “美丽” sifati bunday xususiyatga ega emas. [4;220]

他汉字写得很漂亮!U iyerogliflarni juda chiroyli yozgan.  Shu gapga diqqat qaratadigan bo‘lsak,  漂亮 so‘zi gapda hol vazifasini bajarib kelgan.

Xitoy tilida chiroyli, kelishgan, yoqimtoy, ko‘zni quvontiradigan kabi sinonimiyani hosil qiluvchi so‘zlar 好看,漂亮,美,美丽 sifatlari bilan qo‘llanilib keladi. To‘rtala so‘z ham insonda chiroyli hissiyotning paydo bo‘lishini anglatib ishlatiladi. Ammo “好看”,“漂亮” og‘zaki uslubga xos; “美” og‘zaki uslubda ham, yozma uslubda ham qo‘llanila olsa, “美丽” biroz rasmiy va kitobiy uslubga xosdir. Shuningdek, yuqorida sanalgan ma’nolardan tashqari, bu so‘zlarning boshqa ma’nolari va qo‘llanilish usullari mavjud. Umumiy ma’noda quyidagi gaplarda har to‘rtala so‘zni sinonim sifatida qo‘llash mumkin:

这儿的风景真好看 (漂亮/美/ 美丽)!

Bu yerning manzarasi juda go‘zal!

她长得很好看 (漂亮/美/美丽)。

Uning ko‘rinishi juda chiroyli.

Yuqorida keltirilgan ikki misolda 好看,漂亮,美,美丽 so‘zlarining hammasini qo‘llash mumkin, bu so‘zlar, asosan, insonni, manzarani, gul, o‘t-maysalarni, san’at asarlari kabilarni tasvirlashda ishlatiladi. Bu bilan bir qatorda, mazkur so‘zlarning stilistikasida farqlar uchraydi.

“美丽” asosan, kitobiy uslubda badiiy asarlarda keng qo‘llaniladi:

牛郎织女的故事是一个的传说。

Niulang va to‘quvchi qizning hikoyasi go‘zal afsona. Gapda 美丽 sifati badiiy uslubga xos bo‘lgan “To‘quvchi qiz” afsonasining go‘zal yozilganligini ifodalab qo‘llanilmoqda.

青春是的。

Yoshlik go‘zal. Quyidagi jumlada inson hayotining muhim davri yoshlikning go‘zalligi 美丽 sifati bilan tasvirlangan. 

 “美” bir bo‘g‘inli so‘zlar bilan qo‘llaniladi, asosan, “很” daraja ravishi bilan ishlatiladi. Ikki bo‘g‘inli so‘zlar bilan “美” sifati qo‘llanilmaydi.

“好看” sifati insonga chiroyli hissiyotni berish ma’nosini anglatadi, ammo “好看” sifati faqat ko‘z bilan ko‘riladigan chiroyni anglatadi. Natijada, biz “好看的乐曲” deb ishlata olmaymiz, lekin “美的乐曲” deb qo‘llay olamiz:

这是一支很的乐曲。

Bu bir go‘zal musiqa. Musiqaning go‘zalligi 美sifati bilan tasvirlangan. 

这首诗的意境很

Bu she’rning g‘oyasi juda chiroyli. 美”chiroyli” so‘zi she‘riy asar g‘oyasining, tasvirning go‘zalligi ta’riflashda ishlatilgan.

“漂亮” sifati kitobiy uslubda qo‘llanilmaydi, og‘zaki uslubda keng qo‘llaniladi. “美丽” kitobiy uslubga xos.  “好看” sifati yuzning go‘zal, yorqinligini tasvirlashda, tashqi ko‘rinishning yoqimli ekanligini tasvirlashda, hurmat qozonganda, yuzdagi mamnuniyatni ifodalaganda keng qo‘llaniladi. “脸上” (yuzda), “脸面上” (yuzida) so‘zlari bilan kelgan holatlari ko‘p uchraydi:

学生获得了将,老师脸上也好看

O‘quvchisi mukofatlanganidan, o‘qituvchining yuzida faxr tuyg‘usi barq urib turardi.

送的礼物如果太轻,脸面上不好看

Sovg‘a juda oddiy bo‘lsa, hurmatimizni yo‘qotamiz.

Shu bilan bir qatorda, “好看” sifatining  xitoy tilidagi boshqa “chiroyli” sinonimik qatorida so‘zlardan farqi shundaki, “好看” sifati “要。。。的好看” strukturasida qo‘llana olishi bo‘lib, uyalmoq, uyatli ma’nolarini anglatadi.

我不会讲话,你非要我代表大家说话,这不是要我的好看嘛!

Men nutq so‘zlay olmayman, sen hammani oldida mendan gapirishimni iltimos qilsang, men uyalib qolaman-ku!

“美” sifatining mamnun bo‘lmoq ma’nosini anglatadi, bu ma’noda kelganda, ham og‘zaki, ham yozma uslubda ishlatiladi:

今天我一定要美美地吃一顿。[4, 220-22 betlar]

Men bugun albatta mamnuniyat bilan ovqatlanishni istayman.

O‘tkazilgan tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xitoy tilida “chiroyli” ma’nosini anglatuvchi sinonimlar ma’no jihatdan yaqin bo‘lsa-da, ularning qo‘llanish sohasi va uslubiy xususiyatlari sezilarli darajada farqlanadi. 美丽 sifati asosan tashqi ko‘rinish va ko‘z bilan idrok etiladigan go‘zallikni ifodalasa, 优美 harakat, ohang va estetik hissiyot bilan bog’liq holatlarda qo‘llaniladi. 漂亮 og’zaki nutqqa xos bo‘lib, 美丽 esa ko‘proq rasmiy va kitobiy uslubda ishlatiladi. 好看 sifati tashqi ko‘rinishni tasvirlashga xizmat qilsa, 美 kengroq badiiy-estetik ma’noni anglatadi. Ushbu sinonimlarni to‘g‘ri tanlab qo‘llash nutqning aniqligi va tabiiyligini ta’minlaydi.

Tadqiqot natijalari xitoy tilini o‘rganuvchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, kelgusida boshqa semantik guruhdagi sinonimlarni ham qiyosiy o‘rganish istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

1.  杨雪梅 «汉语近义词辩析»,北京语言大学出版社,2011. 293 页。

2. 杨寄洲、贾永芬 «1700 对近义词语用法对比», 北京语言大学出版社,2009. 1641 页。

3. “汉语近义词学习手册” 牟淑媛 王硕。-北京:北京出版社,2004.5 页。

4.  “汉语近义词典”: 汉英双解/ 王还。- 北京:北京语言大学出版社,2005. 508 页

5.  Ван Шо, Моу Шуюань Синонимы китайского языка. Справочник / Пер. с кит. А. Сулеймановой. — М.: ООО Международная издательская компания «Шанс», 2019. — 207 с. — (Справочники по китайскому языку).

  1. 姜丽萍  《HSK标准教程 5上》北京语言大学出版社, 2014.  183 页。
  2. 姜丽萍  《HSK标准教程 6 上》北京语言大学出版社, 2014.  232 页。

 

Mamatova D. A linguistic analysis of the synonyms of the word “beatiful” in the chinese language. This article examines the semantic and stylistic characteristics of synonymous lexical units in the Chinese language that express the meaning of “beautiful,” namely (měilì), 优美 (yōuměi), 漂亮 (piàoliang), 好看 (hǎokàn), and (měi). The study analyzes their functional scope, stylistic distinctions, and pragmatic usage in speech. The differentiating features of these synonymous lexemes are demonstrated through illustrative examples, and recommendations for their appropriate and accurate usage are proposed. The findings of the article are of practical relevance for learners of Chinese, translators, and linguists.

 

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati