Tilshunoslikning asosiy tarmoqlaridan biri morfologiya bo‘lib, u so‘zning shakli, tuzilishi va grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. Morfologiyaning o‘z navbatida, alohida bir bo‘limi morfemika hisoblanadi. Morfemika so‘zning ichki tuzilishini, ya’ni uni tashkil etuvchi eng kichik ma’no birligi – morfemani o‘rganadi. Har bir tilning morfologik tizimi morfemalar orqali so‘z hosil qilish, so‘z shaklini o‘zgartirish va grammatik munosabatlarni ifodalash imkonini beradi [Xayrullayev X. Mоrfеmaning lingvistik tavsifi хususida. Innovation:the journal of social sciences and researches. –Samarqand:2025. –B-10].
Morfema til tizimining eng muhim birliklaridan b iri bo‘lib, u so‘z ma’nosini shakllantirish, o‘zgartirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu jihatdan morfemalar turli manbalarda ikki qism: “asos – qo‘shimcha”; “yetakchi morfema – ko‘makchi morfema”; “oʻzak morfema – affiksal morfema” kabi atamalar bilan ifodalanadi[Sapayev Q. Hozirgi oʻzbek tili. –Toshkent:2009. –B-8].

Oʻzak morfema soʻzda albatta ishtirok etadigan, leksik ma’no ifodalay oladigan morfemadir. Affiksal morfema mustaqil leksik ma’no ifodalay olmaydigan, soʻzning leksik yoki gramatik ma’nolarining shakllanishida xizmat qiladigan morfemadir.
Mazkur maqolamizda biz faqat oʻzak morfema ya’ni yetakchi morfema haqida soʻz yuritamiz. Ishimizda faqatgina yetakchi morfemaga aloqador terminlar ishtirok etgan. Bu terminlarni sohalar kesimida tahlil qilib, misollar orqali xulosalar olamiz.
Oʻzak - so‘zning lug‘aviy ma’nosini ifodalovchi, mustaqil qo‘llanish imkoniyatiga ega bo‘lgan yadrosidir. Oʻzak, so‘z yasash va shakl yasash jarayonlarining boshlang‘ich nuqtasini tashkil etadi. Tarixan mustaqil bo‘lgan va boshqa morfemalardan yasalmagan morfemadir. Tub morfema va o‘zak atamalari ko‘pincha bir ma’noda ishlatilgandek tuyuladi. Biroq ilmiy tahlilda ular bir xil tushuncha emas, chunki har biri so‘zga turli nuqtayi nazardan yondashadi.
Tub morfema - so‘zning kelib chiqishi va yasalish tarixi bilan bog‘liq tushunchadir. U so‘zning boshqa morfemalardan yasalmagan, eng sodda va dastlabki shaklini bildiradi. Masalan, suv, ko‘z, bor, ish kabi so‘zlar tarixan yasalishga kirmagan bo‘lib, ular tub morfemali so‘zlar hisoblanadi.
O‘zak esa so‘zning tuzilishi bilan bog‘liq tushuncha bo‘lib, so‘z tarkibidagi asosiy leksik ma’no ifodalovchi qismni anglatadi. O‘zak so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalar olib tashlanganda qoladigan qismdir. Masalan, ishchi, ishlar, ishimiz so‘zlarida ish qismi o‘zak sanaladi. Bu holatda ish o‘zak bo‘lsa-da, ishchi so‘zi tub so‘z emas, balki yasama so‘zdir.
Shunday qilib, agar so‘z bir morfemali va yasalishga kirmagan bo‘lsa, unda o‘zak bilan tub morfema mos keladi:
suv → o‘zak = tub morfema.
Ammo so‘z yasama bo‘lsa, o‘zak mavjud bo‘ladi, lekin butun so‘z tub hisoblanmaydi:
ishchi → o‘zak: ish, lekin so‘z tub emas.
Xulosa qilib aytganda, tub morfema so‘zning tarixiy-yasalish jihatini, o‘zak esa strukturaviy jihatini ifodalaydi. Ular ko‘pincha bir nuqtada tutashadi, ammo ilmiy tahlilda tenglashtirilmaydi, balki turli tahlil darajalarini aks ettiruvchi terminlar sifatida qaraladi.
"Bir morfemali soʻzlar faqat oʻzakdan iborat boʻlib, odatda tub soʻz hisoblanadi”. Adabiyotlarda oʻzakning sinonimi tub morfema ishlatiladi [Gʻulomov A, Tixonov N, Qoʻngʻurov H. Oʻzbek tili morfem lugʻati. –Toshkent:1977. B-4].
Misol uchun:

Oʻzakning manosi har doim ham soʻzning manosiga teng boʻlavermaydi. Ayniqsa, soʻz yasovchi qoʻshimchalar boʻlgan soʻzlarda. Masalan, ishchi, temirchi, oqla, paxtakor kabi
Oʻzak unlisiz boʻlmayadi, kamida bir boʻgʻinga toʻgʻri keladi. Masalan: osh, ish, bor, kel, kabi.
Maktab darsliklarida “asos” va “qoʻshimcha” atamasi ancha keng qo‘llaniladi[Mahmudov N, Nurmonov A, Sobirov A, Nabiyeva D. Ona tili. 6-sinf. –Toshkent:2017]. Shuningdek, abuturentlar uchun qo‘llanmalarda ham asos jumlasi ko‘p uchraydi[Hamrayev H. Ona tili. Toshkent. –2019. B-320]. Lekin, oʻzak jumlasini uchratmaysiz. Oliy va undan yuqori ta’limda oʻzak nisbatan koʻproq qoʻllaniladi va undan murakkabroq terminlarda keladi. Masalan, morfema, yetakchi morfema, tub morfema, leksema shakllarida uchraydi.
Tub morfema - so‘zning ildizini ifodalaydi. “Soʻz birgina morfemadan iborat boʻlishu mumkin. Masalan: koʻz, muz, gul, suv va boshqalar.
Bir morfemali soʻzlar faqat oʻzakdan iborat boʻlib, odatda tub soʻz hisoblanadi”. Tub morfema eng sodda morfema sanaladi. Tub morfema yasama soʻzning inkori hisoblanadi.
Soʻzning shakl yasovchi qoʻshimchalarisiz qismi nazarda tutiladi[Mahkamov N, Ermatov I, Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati. –Toshkent:2013. B-18]. Ya’ni yadrosini tashkil qiladi va leksin ma’no ifodalaydi.
Maktab darsliklarida uchramaydi. Oliy va undan yuqori ta’limda bu termin keng qoʻllaniladi.
Negiz, asos - bu o‘zakka bir yoki bir nechta soʻz yasovchi yoki shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shilgandan keyingi holatini bildiradi. Soʻzda qancha yasama qism borligiga qarab negizlar birlamchi negiz, ikkilamchi negiz, … shaklda qoʻllaniladi. Oʻzbek tilida qoʻshimchalar sakkiztagacha kelishim mumkinligini inobatga olsak demak, oʻzbek tilida negizni yettitagacha uchratish mumkin. Misol uchun “terimchilarimizga” so’zini tahlil qiladigan boʻlsak quyidagi misolimiz paydo boʻladi.
Masalan, terimchilarimizga so‘zini tahlil qilaylik.
1. terimchilarimizga uchun terimchilarimiz - negiz
2. terimchilarimiz uchun terimchilar - negiz
3. terimchilar uchun terimchi - negiz
4. terimchi uchun terim - negiz
5. terim uchun ter - o‘zak
Negiz odatda o‘zak + so‘z yasovchi qo‘shimchalar + shakl yasovchilar + lugʻaviy shakl yasovchilar tartibida keladi. Demak, negiz deb yangi hosil qilingan konkret soʻzforma uchun asos boʻlgan qismga aytiladi [Mahkamov N, Ermatov I, Tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati. –Toshkent:2013. B-18]. Negiz odatda eng soʻngi qoʻshimchaga nisbatan belgilanadi.
Maktab bosqichida deyarli ishlatilmaydi faqat oliy ta’lim, ilmiy tilshunoslik va dissertatsiyalarida uchraydi, tahlil qilinadi.
Lemma - so‘zning lug‘atda beriladigan normativ bosh shakli. Bu termin o‘zbek tilida asos, oʻzak, tub so‘zlariga antonim emas, balki qadimgi yunoncha “lēmma” soʻzidan kelib chiqqan xalqaro termin bo‘lib, o‘zbek ilmiy-uslubiga o‘zlashgan.
Atama klassik filologiya va lug‘atshunoslikda qadimdan mavjud bo‘lsa-da, kompyuter lingvistikasining jadal rivoji bilan “lemma” va “lemmatizatsiya” tushunchalari amaliyotda yanada keng qo‘llanila boshlandi.
Lemma lug‘atda beriladigan bosh shakl, ya’ni ba’zan ildizga teng bo‘lishi mumkin, biroq ko‘pincha undan farq qiladi.
“kitobni, kitoblar, kitoblarimizda” → lemma: “kitob”
“bordim, boryapmiz, boradi, borayotgan, boriladigan” → lemma: “bormoq”
“yozdim, yozar, yozayotgan, yozilgandi” → lemma: “yozmoq”
Maktab darsliklarida umuman ishlatilmaydi. Ilmiy tilshunoslik, leksikografiya, morfologik teglash, korpus lingvistikasi, kompyuter lingvistikasida lemma tushunchasi nazariy va amaliy jihatdan o‘rganiladi va keng qoʻllaniladi.
Yetakchi morfema - so‘zning asosiy leksik ma’nosini ifodalovchi, barcha yasalish va turlanish jarayonlari uchun poydevor bo‘lgan markaziy morfemadir. Unga aloqador terminlar asos, o‘zak, tub morfema, negiz, hosila asos, shakl hosil qiluvchi asos, lemma, leksema, nol morfema va boshqalar morfemikaning murakkab ierarxiyasini belgilashga xizmat qiladi.
Tahlil shuni ko‘rsatadiki:
Yetakchi morfema va unga aloqador terminlarning ilmiy tahlili til tizimini formal modellashtirish, avtomatik morfologik tahlil, korpus lingvistikasi va leksikografiyada nazariy hamda amaliy ahamiyatga egadir.
Mazkur ishda biz morfemikaning aynan yetakchi morfema masalasiga e’tibor qaratdik. Maqsadimiz - ushbu morfema turiga oid terminlarning qo‘llanish holatini, ularning o‘zaro farq va umumiyliklarini tahlil qilish, shuningdek, milliy korpus, ta’lim manbalari hamda ilmiy adabiyotlarda ularning ishlatilish tendensiyasini aniqlashga xizmat qiladi degan umiddamiz.
![]() |
![]() |
|||||
![]() |
|||||
![]() |
|||||
S
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Xayrullaev X., Rustamov R. Here is the English translation of your annotation, preserving the original meaning. The paper presents a linguistic description of the leading morpheme and discusses terms related to the leading morpheme. It examines the application features of morphemic analysis at various levels, including school education, higher education, scientific research, and the field of computational linguistics. Additionally, the tendencies of the usage of these terms in the national corpus are analyzed. New conclusions and scholars’ perspectives are also presented.
Хайруллаев Х., Рустамов Р. Вот перевод вашего аннотации на русский язык с сохранением исходного смысла. В работе представлено лингвистическое описание ведущей морфемы и обсуждаются термины, связанные с ведущей морфемой. Рассматриваются особенности применения морфемного анализа на различных уровнях, включая школьное образование, высшее образование, научные исследования и область компьютерной лингвистики. Кроме того, анализируются тенденции использования этих терминов в национальном корпусе. Также представлены новые выводы и взгляды ученых.