Avvalo shuni ta’kidlashni istardikki, ingliz tilini o‘rganayotgan o‘zbek talabalari uchun bu til birinchi til bo‘lmasligi va o‘zbek tilida gap strukturasi ingliz tilidan farq qilganligi sababli, ular ingliz tilida insho yozish uchun ko‘proq vaqt va kuch sarflashlari kerak bo‘ladi, chunki o‘zbek tilida insho yozib uni ingliz tiliga tarjima qilishda ba’zi tushunchalar, g‘oyalar va stilistik tanlovlarni to‘g‘ri talqin qilish murakkab vazifalalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari jarayon, albatta, ko‘p energiya sarflashni talab qiladi va ko‘p vaqt oladi.
Yozish ko‘nikmasi ingliz tilini o‘rganishning murakkab jarayonlaridan biri bo‘lib,u yozuvchining fikrini bir joyga jamlashga va uni qolipga solishga undaydi [4, 59].
Qadim zamonlardan beri yozuv inson tilining zamon va makonda davomi bo‘lib kelgan. Yozish ishonchli vositalarga muhtoj bo‘lgan qadimgi madaniyatlarning siyosiy kengayishi tufayli ma’lumotlarni uzatish, moliyaviy hisoblarni yuritish, tarixiy yozuvlar va boshqalar uchun paydo bo‘lgan faoliyat hisoblanadi.
Robert Todd Kerol fikriga ko‘ra, yozish insoniyat tarixidagi eng muhim ixtirodir. U doimiy ma’lumotlar, fikrlar, e’tiqodlar, his-tuyg‘ular, dalillar, tushuntirishlar, nazariyalarni qayd qilishni nisbatan ta’minlaydi [1, 68]. Yozish bizga nafaqat zamondoshlar, balki kelajak avlodlar bilan ham muloqot qilish va almashish imkonini beradi. U bizga uzoq va yaqin o‘tmishdagi odamlar bilan gaplashish uchun vosita sanaladi. Aslida, yozish madaniy qadriyatlarni va inson ma’naviyatini saqlash ehtiyojidan kelib chiqqan. U bosma hujjatlar, kitoblar va Internet rivojlanishi uchun rasmiy element hisoblanadi. Bundan tashqari, hayotimizda biz ba’zan rasmiy matnlarga, muloqot qilishga duch kelamiz. Bunday hollarda yozish mahorati biz uchun eng yaxshi yordamchi vosita hisoblanadi [8, 124].
Yozish - bu nafaqat ingliz tilida yozishda, balki boshqa mahoratni yaxshilash uchun ham foydali bo‘lgan mahoratdir. “Ingliz tili darsida o‘qituvchi talabaning to‘rtta malakasini: tushunish, gapirish, o‘qish va yozish qobiliyatini rivojlantirishga intiladi. Yozish qobiliyati bu tartibda oxirgi o‘rinni egallaydi, lekin, bu yozish mahorati muhimmasligi degani em dalolat bermaydi. “O‘qish insonni komil qiladi, konferensiya – shaxs sifatida, yozish - yetuk shaxs sifatida namoyon qiladi”- dedi Bekon [10].
“Bu muhim vosita, odamga boshqa odamlar bilan turli yo‘llar bilan muloqot qilish imkonini beradi" [7, 210]. Yaxshi yozish qobiliyatiga ega bo‘lgan talaba bizga ko‘p foyda keltiradi. Birinchidan, yozish ularning lug‘at va grammatikadan foydalanish qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishning yaxshi usuli bo‘lib, tildan foydalanish qobiliyatini oshiradi. Ikkinchidan, yozish boshqa ko‘nikmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim vositadir. Agar talaba yaxshi yozish qobiliyatiga ega bo‘lsa,u matnni samaraliroq gapira oladi va o‘qiy oladi. Uchinchidan, yozish zamonaviy axborot texnologiyalari bilan bir qatorda inson bilimiga ham yaqinlashish usulidir. Boshqacha qilib aytganda, talaba yozish qobiliyatlarini o‘zlashtirishi kerak, chunki u ularga ish qidirishda yoki ingliz tilini o‘rganishda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga yordam beradi [11]. Yuqorida keltirilgan barcha imtiyozlarni hisobga olgan holda, yozish har bir talaba uchun juda muhimdir.
Oliy o‘quv yurtlarda yozishni o‘rgatish hozirgi kunda, yozma mahorati bo‘yicha tajribali o‘qituvchining kamligi kabi ko‘plab muammolarni vujudga keltiryapti. Yozish mahoratini o‘rganish uchun talabalar qobiliyatini oshirish uchun vaqt etarli emas. Bundan tashqari, talabalar yozish tamoyillarini bilishmaydi. Shu kabi tez-tez duch keladigan muammolar bizning tadqiqotimizga turtki bo‘ldi. Maqola maqsadi, talabalarning yozish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi qiyinchiliklarini o‘rganish, ular odatda qaysi muammolarga duch kelishini aniqlash va ularga yozish qobiliyatlarini yaxshilash uchun yechimlarni taklif qilishdan iborat.
Samarqand davlat chet tillar institutida Ingliz tili I fakulteti 2 kurs talabalariga Yozma nutq amaliyoti fani yil boshidan o‘tkazilib kelinadi. Bu fan talabalarga yozish ko‘nikmalari uchun zarur bo‘lgan bilim va texnikalarni egallashga va ulardan foydalanishga yordam beradigan fan hisoblanadi. Bu shaxsiy va professional hayotda kundalik ravishda qo‘llaniladigan zaruriy hayotiy ko‘nikmalardan biri hisoblanadi. Talabalarni keyingi ta’limga yoki ish joyida o‘sishga tayyorlash uchun o‘qituvchilar ularga yozish qobiliyatlarini yaxshilashga yordam berishlari, yozish qobiliyatiga ishonchlarini oshirishlari va muloqot va ifoda vositasi sifatida samarali yozish maqsadini qabul qilishlari kerak.
Yozma nutq amaliyoti fani 1 kursdan o‘qitilib kelinadi va u 8 semestrga ajratilgan. 2-kurs yakunida talabalar CEFR B2 darajasini egallashlari kerak. 2022-2023-o‘quv yili 2-kursga ajratilgan soat 120 soat amaliy darsdan va mustaqil ta’limdan iborat bo‘lib har bir semestrda 60 soatdan amaliy darslar o‘tkazish rejalashtirilgan . Bu fan haftasiga 2 marotaba o‘tkazilib, uni ichiga o‘qish va yozish mahoratini shakllantirish maqsad qilib qo‘yilgan. Bu mahoratlar alohida o‘tilib, haftada birinchi dars o‘qishga ajratilgan bo‘lsa, ikkinchi dars yozish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
Ushbu tadqiqot 2022-2023-o‘quv yilining ikkinchi semestrida Samarqand davlat chet tillar institutida o‘tkazildi.Tadqiqot ob’ekti sifatida Ingliz tili I fakulteti 2-kurs talabalari tanlangan. Bulardan 2119, 2120, 2121-guruhlar jalb etildi.Talabalarning yoshi va bilim darajasi turlicha.
Ushbu bo‘limda talabalarning yozish ko‘nikmasi haqidagi nuqtayi nazari, muammolari va yozishni o‘rganish usullari haqida fikrlarini bilish uchun so‘rovnomalar qo‘llanilgan.
Ushbu tadqiqotdagi so‘rovnoma 13 ta ko‘p tanlovli savollardan iborat bo‘lib, ular talabalar uchun oson yozilgan. Talabalar har bir savolda ko‘proq g‘oyalar berishi mumkin.
Ushbu so‘rovnomada talabalarga yozish ko‘nikmalarini o‘rgatishning real yo‘llari va qiyinchiliklarga ham e'tibor qaratiladi.
So‘rovnoma 60 nafar talabalar orasida o‘tkazildi. So‘rovnomada quyidagi ma’lumotlar keltirilgan:
Birinchi savolning javobidan ko‘rinib turibdiki yozish qobiliyatini o‘rganishni yaxshi ko‘radigan talabalar soni o‘rtacha bo‘lib, ulardan faqat 30% yozishga qiziqadilar. Bu shuni ko‘rsatadiki, yozish ko‘pchilik talabalar uchun sevimli mavzu emasligi, kurs davomida talabalar yozish vazifalarini faol bajarmaganligi va yozish mahoratiga talabalarning e’tibori kamroq bo‘lganligi degan xulosaga kelish mumkin.
Uchinchi va to‘rtinchi savollarning javoblariga ko‘ra, ko‘pgina talabalar (35%) darslikdagi yozuvning mazmuni qiziqarli, 15% talabalar esa mazmuniga juda qiziqadilar. Talabalarning 35% dan ortig‘i darsliklardagi yozish mavzulari normal va ularning darajasiga mos keladi deb hisoblashadilar. Talabalarning ko‘pchiligi dars uchun lug‘at yoki grammatika kitoblaridan, oddiy mashqlardan samarali foydalanadilar.
Beshinchi savol javoblaridan ko‘rinib turibdiki, talabalarning 25% yozish ko‘nikmasini rivojlantirish uchun mustaqil ravishda ko‘p vaqt ajratadilar,15% o‘z ustlarida kam ishlaydilar va yozish ko‘nikmalarini oshirish uchun 30 daqiqa ajratadilar. Bu talabalarning paragraf yoki jumla yozish qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin. Uyda mustaqil o‘rganish muhim rol o‘ynaydi, chunki u talabalarni darsga kelishdan oldin bilimini oshiradi va keyin o‘rganganlarini qayta ko‘rib chiqishga yordam beradi.
Oltinchi va yettichi savollar javoblariga ko‘ra ko‘pgina talabalar (50%) duch keladigan eng qiyin muammo - so‘z boyligining kamligidir. Bu muammo talabalarning yozish ko‘nikmalarini oshirishga to‘sqinlik qiladi.
Dars jarayonida talabalar mavzuga oid lug‘atni doimo o‘qituvchilardan so‘rashlari, yozishdan oldin, ular hali yozish uchun etarli lug‘atga ega emasliklari va yozishda juda ko‘p lug‘at xatolariga yo‘l qo‘yishlari kuzatildi. Bundan tashqari yozish jaroyonda g‘oyaning yetishmasligi ham talabalarning muhim muammolaridan biri hisoblanadi. Bu muammolarning sababi bir nechta bo‘lib, birinchidan, talabaning mustaqil ravishda o‘ziga ajratilgan vaqti ozligidir. Ikkinchidan lu’gat yodlash usuli samarali emasligi va so‘zlarni tezda esdan chiqarish bilan bog‘liqdir. Uchinchidan, talaba yodlagan so‘zini o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llay olmasligi ham muammolardan biri hisoblanadi.
Tadqiqotdan ko‘rinib turibdiki, 90% talabalar yozma ishlarini o‘qituvchi tekshiradi va to‘g‘rilaydi. Shunga qaramasdan 5% talabalar yozgan ishini o‘zlari tekshiradilar va qolganlari esa tekshirishsiz qolib ketadi. Buning sababi ishni vaqtida yozmaslik yoki muhokama paytida taqdim etmaslik bazi holatlarda dars jarayonida vaqtning etishmasligi hisoblanadi.
To‘qizinchi savolning javobini analiz qilganda, 25 % talaba yozishdan oldin go‘ya va mavzuga oid so‘zlarni bir joyda jamlab yozishlari, 10% talaba shunchaki yozishni boshlash, 35% talaba internet yoki kitoblardan foydalanishlari, 5% talaba esa do‘sti bilan muhokama qilishlari kuzatildi. Agar talaba yozishni oldindan rejalashtirmasa, yozish jarayonida mavzuga doir bo‘lmagan jumlalarni yozishi, paragraflarning nomutanosibligini ko‘rishimiz mumkin.
O‘ninchi va o‘n birinchi savol javoblaridan 80% talaba darsga tayyor bo‘lish uchun o‘qituvchi tomonidan berilgan uyga vazifani qiladilar,15% berilgan vazifani bajarib shunga o‘xshash boshqa qo‘shimcha mashqlarni bajarib mavzuni mustahkamlaydilar, 8%vazifani ba’zilarini qiladilar, qolganlari esa vazifani bajarmaydilar.
Talabalarning 50% grammatikani yozish darsining eng muhim qismi deb hisoblaydilar.Talabalarning 25% gap va paragrafni bog‘laydigan bog‘lovchi vositalar yozuvning eng muhim qismlaridan biri ekanligiga ishonishadi, ko‘p talabalar esa (25%) so‘z boyligi eng muhim deb hisoblaydi. Bundan xulosa qilish mumkinki, yozuvda grammatika, lug‘at va bog‘lovchilarning ahamiyati katta, lekin, talabalar ularni yaxshi o‘rganmaydilar va shu talabalarning yozish jarayonida qiyinchiliklarga duch kelishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.
Talabalarning 25 % darsda yozish ko‘nikmalarini egallash uchun juda oz vaqt ajratilgan deb hisoblaydilar va talabalarning 50% yozish ko‘nikmalarini mashq qilish uchun etarli vaqt yo‘q deb hisoblaydilar. Aslida talabalarga haftada bir marta yozish darsi ajratilgan. Bu juda oz, chunki yozish ingliz tilini o‘rganishda muhim ko‘nikmalardan biri sanaladi.
Yozish ingliz tilini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi. Yozish talabalar amalda o‘rganishlari kerak bo‘lgan til qobiliyatlaridan biridir. Biroq, natijalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab talabalar yozish ko‘nikmasini o‘rganish muhimligini tushunmaydilar. Kuzatuv va ma'lumotlarni tahlil qilish paytida, biz talabalarning yozish ko‘nikmasini o‘rganish jarayonining real holatini tasvirlashga va ular duch kelayotgan muaamolarni aniqlashga harakat qildik.
Birinchidan, talabalarning lug‘at boyligi juda past, chunki ularning o‘rganish usullari aslida noto‘g‘ri. Ikkinchidan, grammatik tuzilmalar bilan ishlashda talabalar ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar, chunki ular grammatik mahorat shakllantirishga va kerakli materiallardan foydalanishga oz vaqt sarflaydilar. Uchinchidan, talabalar yozish mahoratini mustaqil oshirish uchun oz vaqt sarflaydilar. Shu sababli talabaning jumla va paragraf yozish qobiliyati past. To‘rtinchidan, talabalar yozish jaroyonida g‘oya etishmasligi muammosiga duch kelishadilar, buning sababi esa so‘z boyliginig kamligi, so‘zlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri qo‘llay olmasligi hisoblanadi. Beshinchidan, talabalarning material manbalari xilma-xil emas va nihoyat, ularga ajratilgan vaqt yetarli emasligi asosiy sabablardan biri hisoblanadi.
Biz, yozish mahoratini oshirishda duch keladigan muammolarning sababini aniqlab, ularga ba’zi yechimlarni ham taklif qildik. Bulardan, so‘z boyligini oshirish uchun har xil kitoblardan foydalanish, o‘yinlar o‘ynash, lug‘at boyligini oshirishning turli usullarini o‘rganish va ullarni amalda qo‘llash, dars jarayoni va undan tashqari bo‘lgan vaqtlarda guruh bo‘lib ishlash va hokazo. Bunga qo‘chimcha qilib, xatolarni tuzatish va grammatikani mashq qilish uchun guruhda o‘rganish tashkil etish muhim yechimlardan biri hisoblanadi.
Ushbu maqolani yozish vaqtida biz ba'zi cheklovlardan qochib qutila olmadik, faqatgina ikkinchi kurs talabalari bilan cheklanib, yozishning barcha davrlarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lmadik. Bundan tashqari, muammolar va ularga berilgan yechimlar cheklangan. Shuning uchun tadqiqotimiz yozish ko‘nikmasini rivojlantirishda yakuniy xulosani bera olmaydi. Shunga qaramay, bu maqola talabalarga yozishni o‘rganishning mos usullarini taqdim etishi va keyin ularga yozishni yaxshilashga yordam berishi va yozishni o‘rganishga ko‘proq qiziqishini oshirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Feyten C. M. The Power of Listening Ability: An Overlooked Dimension in Language Acquisition. The Modern Language Journal. Volume 75, No 2.1991. - 173-180 pp.
Salieva Z. Problems encountered during training writing skills and their reasons. Writing is one of the most important skills in learning English because writing is not only an academic skill but also an important skill and tendency in any field of work. Although it may be difficult for some, but it can be fun and rewarding too. For example, it increases the ability to remember new information; so the memory works well. In an age when new information is constantly coming from all sources, this activity is great for developing mental abilities. Additionally, writing in a foreign language improves creativity as it forces you to think outside the box.
However, at present, not only schoolchildren, but also institute students do not understand the importance of the ability to write, because of this, the number of students who have successfully learned to write is very small. In addition, most students make many mistakes in their writing, and these errors hinder the acquisition of writing skills.
But it is more correct to emphasize that learning to think in another language is more useful than trying to translate thoughts. There is no doubt that mastering such skill requires more effort; however, it helps to practice language skills and become more confident.
This article is mainly devoted to the problems that students often face when learning writing skills and the main reasons that lead to this.
Салиева З. Проблемы, возникающие при обучении письменных навыков и их причины. Письмо является одним из наиболее важных навыков в изучении английского языка, поскольку письмо — это не только академическое мастерство, но также умение сориентироваться в любой сфере. Для некоторых это может быть сложно, но и увлекательно одновременно. Например, это способствует запоминанию новой информации. В настоящее время, когда из всех источников постоянно поступает новая информация, это занятие отлично подходит для развития умственных способностей. Кроме того, письмо на иностранном языке улучшает творческие способности, поскольку заставляет вас мыслить нестандартно.
Однако, в настоящее время не только школьники, но и студенты вузов не осознают важности навыков письма. Вследствие этого, число студентов, успешно научившихся писать, очень мало, кроме того, большинство студентов допускают множество ошибок в письме, и эти ошибки препятствуют приобретению навыков письма.
Но следует отметить, умение думать на другом языке полезнее, чем пытаться переводить мысли. Несомненно, овладение подобным мастерством требует больше усилий, поскольку это помогает практиковать языковые навыки и стать более уверенным в себе.
Данная статья, в основном, посвящена проблемам, с которыми часто сталкиваются студенты при обучении навыкам письма, и основным причинам, которые к этому приводят.