So‘nggi uch asr davomida ilm-fan misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. Texnologik rivojlanish ortidan muloqot qilishning yangidan yangi vositalari ixtiro qilindi. Endigi masala tilshunoslar, sotsiologlar, psixologlar, faylasuflar va boshqa kasb mutaxassislari tomonidan o‘z kasbi nuqtai nazaridan muloqotning yangi ko‘rinishlarini ilmiy tadqiq etish va fanga kiritishdek og‘ir ma’suliyatni ado etish edi.
Kommunikatsiya nazariyasi kon-tekstida kommunikatsiya ko‘rinishlari, o‘ziga xos xususiyatlari va turlari kabi masalalar hozirgacha juda dolzarb hisoblanadi. Shu jihatdan kommunikativ protsess va uning tarkibiy qismlari xususida ma’lumotga ega bo‘lish yangi kommunikativ makonda muloqot qilish qoidalarini ishlab chiqish bo‘yicha asoslantirilgan ilmiy tavsiyalarni berishga sabab bo‘lar edi.
XX asrga kelib fanda “muloqot” tushunchasi bilan bir qatorda “kommunikatsiya” tushunchasi ham keng qo‘llanila boshladi va umumilmiy ma’nosidan (har qanday obyektlarning aloqa vositasi) tashqari jamiyatda ma’lumot almashinishiga bog‘liq ijtimoiy-madaniy ma’noga ham ega bo‘ladi. Kommunikatsiya fanda tor ma’noda, keng ma’noda yoki muloqot tushunchasining sinonimi sifatida ko‘riladi. Tor ma’noda muloqotning strukturaviy modelidan kelib chiqqan holda muloqotning tarkibiy
qismi sifatida ko‘rib chiqiladi. Keng ma’noda, aksincha, muloqot kommuni-katsiyaning tarkibiy qismi hisoblanadi.
“Kommunikatsiya” atamasi lotincha «commūnĭco» so‘zidan yasalgan «commūnĭcātĭo» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «xabar, muloqot, bog‘lash, umumiylashtirish, qatnashish, almashish» ma’nolarini beradi.
Insoniyat o‘z rivojlanish jarayoni davomida bir qancha muayyan davrlarni bosib o‘tgan va o‘sha davrlar mobaynida kommunikatsiya xarakteri tubdan o‘zgara boshlagan. Mikroprotsessor texnologiyasining yaratilishi insoniyat o‘zining rivojlanishi davomida boshidan o‘tkazgan to‘rt axborot inqilobidan biri sifatida baholanishi mumkin [Yerenkov 1998: 11]. To‘rt axborot inqilobidan birinchisi yozuvning ixtiro qilinishi, ikkinchisi ― kitob chop etish, uchinchisi ― telegraf, telefon, radio, keyinroq televizorning paydo bo‘lishi, to‘rtinchisi ― mikroprotsessor texnologiyasi, kompyu-ter va komyuter tarmoqlarining paydo bo‘lishi edi. Kanadalik filolog, sotsiolog, faylasuf Gerbert Marshall Maklyuen o‘zining “Галактика Гутенберга: Становление человека печатающего” asarida insoniyat rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratgan [Marshall 2004: 348]:
― yozuvgacha bo‘lgan traybalizm madaniyati;
― yozuv madaniyati (xabarlar vaqt va makon to‘siqlarini kesib o‘tgan);
― nashr madaniyati (“Gutenberg galaktikasi”ning yaratilishi, kitob nusxalash texnologiyasining ixtiro qilinishi);
― elektron asr (global muloqot qilish vositalarining yaratilishi).
Kommunikatsiya muammolariga qiziqish, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin kuchaydi. Buning isboti sifatida 1960-yillar boshiga kelib turli fanlarga aloqador ilmiy adabiyotlarda “kommunikatsiya” tushunchasining yuzdan ortiq ta’riflari bo‘lganligini eslab o‘tish kifoya.
Shulardan ba’zilarini keltirib o‘tmoqchimiz:
Kommunikatsiya muammolari masalalari lingvistik, psixologik va falsafiy tadqiqotlarda aloqa nazariyasi, axborot va kibernetika nazariyalari ta’siri ostida qo‘yilgan bo‘lib muloqot muamollariga bag‘ishlangan savollar doirasida o‘rganilib chiqilgan. Biroq turli fanlar va yo‘nalishlardagi “kommunikatsiya” ata-masining mazmuni va sharhi bir fan doirasida mos emas, shuning uchun ham uni muloqotga nisbatan noto‘g‘ri zidlash yoki ikkisini to‘liq sinonim o‘rnida ko‘rish holatlari uchramoqda. Nutqiy kommuni-katsiya xususida to‘liq tushuncha hosil qilish va uning yangi turini ― virtual kommunikatsiyani ― izohlash uchun integratsiyalashgan usul kerak bo‘ladi.
Psixologiyada (Andreyeva, Mayers, Parigin va boshqalar) kommunikatsiya muloqotning tarkibiy qismi sifatida ko‘riladi. Kommunikatsiya deganda B.D. Parigin o‘zaro aloqaga kirishayotgan individlar o‘rtasidagi psixologik kontakt, aloqa va xabarni tushunadi, undan so‘nggina axborot almashinishini (axborot ma’nosini tushunish) tushunadi.
“Kommunikatsiya” va “muloqot” tushunchalarining noo‘xshashligi falsafada ham qayd etiladi. Muloqot amaliy, moddiy va ma’naviy axborot almashinuvidir va u amaliy-ma’naviy xarakterga ega, kommunikatsiya esa u yoki bu xabarlarni uzatish bilan bog‘liq sof axborot jarayonidir».
Muloqot va kommunikatsiya tushunchalari falsafada ikki asosiy munosabatlarda farqlanadi. Birinchisi shundan iboratki, muloqot ham amaliy, ham informatsion (ma’naviy), ham amaliy va informatsion xossaga ega, kommunikatsiya esa faqat u yoki bu xabarlarni uzatishga moslashgan — informatsion jarayondir. Ikkinchi munosabat esa o‘zaro munosabatga kirishayotgan tizimlarning aloqa xossalariga bog‘liq. Kommunikatsiya subyektning u yoki boshqa obyekt — inson, hayvon, mashina bilan kechadigan informatsion aloqasidir. Axborot qabul qiluvchi bu holatda obyekt hisoblanadi va u axborotni qabul qilish, o‘zlashtirishga va undan foydalanish shart. Shuning uchun ham qabul qiluvchining kimligi yoki nimaligi muhim emas. Kommunikatsiyada bir taraflama jarayon sodir bo‘ladi, kommunikatsiya nazariyasi qonunulariga ko‘ra axborot miqdori yuboruvchidan qabul qiluvchiga yetgunga qadar bo‘lgan harakat davomida kamayib boradi. Aksincha holat esa qachonki axborot yuboruvchi qabul qiluvchi qiyofasida obyektni emas subyektni ko‘rgandagina sodir bo‘lishi mumkin. Bu holatda suhbatdoshlar o‘rtasida aylanuvchi axborot mazmun va miqdor jihatdan ko‘paya boshlaydi. Shuning uchun ham muloqotda yuboruvchi va qabul qiluvchi yo‘q, ularning o‘rnida suhbatdoshlar, sheriklar, hamfikrlar mavjud, negaki muloqot subyekt-subyekt aloqasidir.
Axborot faolligining birinchi turning strukturasi assimetrik bo‘lsa, keyingi turining strukturasi — simmetrik. Aristotel o‘z davrida kommunikativ jarayonni “notiq-nutq-auditoriya” kabi uch komponentga ajratgan bo‘lsa, hozirda u “kommunikator-xabar-kommunikant” ko‘rinishiga ega. M.S. Kagan muloqot va kommunikatsiya strukturasini quyidagicha tushuntiradi [Kagan 1988: 149]:
I tur (kommunikatsiya): yuboruvchi xabar qabul qiluvchi
II tur (muloqot): sherik muloqot vositasi sherik
Kommunikatsiya nazariyasida “kommunikatsiya” atamasi istalgan belgili tizimlar yordamida hosil qilinadigan axborotlarni insondan insonga yuborishda insonlar orasida bo‘ladigan o‘zaro ta’sirning o‘ziga xos turi sifatida talqin etiladi [Sharkov 2003].
Lingvistika kommunikatsiyani nazariy jihatdan tahlil qilishda asosiy o‘ringa ega.
Sotsiolingvistika kommunikatsiyani quyidagicha tushunadi: jamiyat faqat o‘z a’zolarining o‘zaro hamkorligi, o‘zaro aloqasi sharti bilangina rivojlanadi va mavjuddir. Ijtimoiy o‘zaro munosabatlar, avvalo, axborot almashinuviga bog‘liq. Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiy o‘zaro munosabatlar jarayonini kommunikatsiya jarayonlaridan ajratib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, “kommunikatsiya” lisoniy shaxslarning o‘zaro faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotlarni yuborish, qabul qilish va almashish maqsadida o‘zaro munosabatga kirishish jarayonidir. Biz “kommunikatsiya”ni kengroq ma’noda ko‘rib chiqish tarafdorimmiz va bu atama ostida kommunikantlarning o‘zaro munosabatini, ya’ni ularning bir-biriga ruhiy, ma’naviy ta’siri, axborot almashinishi va nutqiy faoliyatni tushunamiz.
So‘nggi yillarda texnologiyalarning jadal rivojlanishi va internetning keng tarqalishi muloqot usullarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Muloqotning yangi shakllari, jumladan, virtual muloqot, jamiyatda alohida o‘rin egallay boshladi. Virtual muloqot zamonaviy kommunikatsiya jarayonlarining ajralmas qismiga aylangan va ijtimoiy aloqalarni boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada virtual muloqotning jamiyatdagi roli, uning insonlar o‘rtasidagi aloqalarni qanday o‘zgartirishi, hamda uning ijtimoiy, psixologik va madaniy jihatlari tahlil qilinadi.
Virtual muloqot deganda, real vaqt davomida odamlar o‘rtasida elektron qurilmalar (kompyuter, smartfon, internet) orqali axborot almashish jarayoni tushuniladi. Virtual muloqotda yuzma-yuz muloqotning barcha elementlari saqlanadi: til, ovoz, harakatlar va tana tili, ammo ular raqamli vositalar yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi muloqotning asosiy xususiyati – vaqt va makon cheklovlarining yo‘qligi, ya'ni odamlar dunyoning turli burchaklaridan bir-biriga real vaqt rejimida axborot yuborishi mumkin.
XX asrning oxiri va XXI asrning boshlarida internetning keng tarqalishi bilan virtual muloqot yangi kommunikativ makon sifatida shakllandi. Kembrij universiteti professorlaridan biri Manuel Castells o‘zining "Informatsion jamiyat" asarida virtual kommunikatsiya sharoitida yangi ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy makonning paydo bo‘lishini ta'kidlagan [Castells 2000]. Castellsga ko‘ra, virtual kommunikatsiya odamlar orasidagi hududiy chegaralarni o‘zgarishini va yangi turdagi "global tarmoq"ni tashkil etishini ko‘rsatadi.
Virtual muloqot ijtimoiy aloqalarning yangi shakllarini yaratdi. An'anaviy muloqot vositalari, masalan, telefon va pochta orqali bo‘lgan aloqalar, bugungi kunda internet tarmog‘ida amalga oshirilayotgan o‘zaro ta'sirlar bilan almashtirildi. "Ijtimoiy tarmoqlar" (Facebook, Instagram, Twitter va boshqalar) kabi platformalar orqali odamlar bir-biri bilan aloqada bo‘lishadi, fikr almashadilar va turli ijtimoiy guruhlar tashkil etadilar. Sherry Turkle virtual aloqalarning jamiyatdagi ahamiyatini tahlil qilib, internetda doimiy mavjudlikning, "onlayn" bo‘lishning ijtimoiy munosabatlarga qanday ta'sir ko‘rsatayotganini o‘rganadi [Turkle 2011: 45]. Uning fikriga ko‘ra, odamlar orasidagi muloqot o‘zgarib bormoqda, va onlayn platformalar real hayotdagi munosabatlarga raqobatlashmoqda.
Virtual muloqotning jamiyatdagi o‘rni yanada kuchayib bormoqda. Ayni paytda sun'iy intellekt, virtual haqiqat va kuchli tarmoqlar yordamida yangi kommunikatsiya texnologiyalari rivojlan-moqda. Bu texnologiyalar ijtimoiy muloqotda yangi usullarni yaratib, odamlarning hayotini yanada o‘zgartiradi. Virtual muloqotning kelajagi shundaki, u nafaqat insonlar orasidagi o‘zaro ta'sirni oshiradi, balki insoniyatning umumiy madaniyatini ham shakllantiradi.
Virtual hamjamiyatlar, forumlar va onlayn guruhlar orqali odamlar o‘rtasida yangi turdagi hamkorlik va ijtimoiy aloqalar paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga texnologiyalarning rivojlanishi bilan virtual muloqotning noto‘g‘ri axborot tarqatish, kiberhujumlar va shaxsiy hayotning buzilishi kabi ijtimoiy xavflari ham yuzaga kelishi mumkin.
Virtual muloqot bugungi kunda kommunikatsiya jarayonlarining ajral-mas qismiga aylangan. U insonlar o‘rtasidagi aloqalarni sezilarli darajada o‘zgartirgan va yangi kommunikatsiya makonini yaratgan. Shu bilan birga virtual muloqotning jamiyatga ta'siri keng qamrovli bo‘lib, ijtimoiy, psixologik va madaniy jihatlarda turli o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Biroq, virtual muloqotning ijtimoiy xavflari va yangi texnologiyalar bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ilmiy tadqiqotlar va ijtimoiy tizimlar mutaxassislarining yordami zarur.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Еренков А.С. Социолингвистический аспект функционирования английского языка в русской молодежной среде (на примере г. Ельца Липецкой области). Автореферат дисс …. Канд. филол. наук. Воронеж, 1998:11. – 19 с.
2. Маршалл Маклюэн. Галактика Гутенберга: Сотворение человека печатной культуры. Перевод с английского А.Юдина. - Киев: Ника-Центр, 2004.-С. 348-349
3. Д. Гавра. Основы теории коммуникации / Д. Гавра. — Учебное пособие. Стандарт третьего поколения. — Спб: Питер, 2011. — 288 с.
4. Baxter, L.A. (2004). Relationships as dialogues. Personal Relationships, 11, 1-22.
5. Каган М.С. Мир общения: Проблемы межсубъектных отношений. – М.: Политиздат, 1988: 149. – 315 с.
6. Шарков Ф.И. Основы теории коммуникации: Учебник для вузов. М.: Издательский Дом “Социальные отношения”, издательство “Перспектива”, 2003. – 248 с.
7. Castells, M. The Rise of the Network Society. Blackwell Publishers, 2000.
8. Turkle, S. Alone Together: Why We Expect More from Technology and Less from Each Other. Basic Books, 2011.
Мустафаев Ш. От письменности до виртуальности: эволюция коммуникации в современном мире. В данной статье проводится глубокий анализ различий и взаимосвязи понятий «коммуникация» и «взаимодействие». Подробно рассматривается эволюция типов и форм коммуникации в историческом процессе, особое внимание уделяется появлению и влиянию на общество виртуальной коммуникации. На основе трудов различных ученых анализируются компоненты и характеристики коммуникационного процесса. Автор анализирует различные теоретические подходы к пониманию коммуникации и предоставляет исторический обзор развития средств коммуникации.
Mustafaev Sh. From writing to virtuality: the evolution of communication in the modern world. This article provides a comprehensive analysis of the differences and interconnections between the concepts of "communication" and "interaction". It delves into the evolution of types and forms of communication throughout history, with a particular focus on the emergence and societal impact of virtual communication. The article analyzes the components and characteristics of the communication process based on the works of various scholars. The author analyzes various theoretical approaches to understanding communication and provides a historical overview of the development of communication tools.