“Alvido, bolalik” Tohir Malik ijodida alohida o‘rin tutadi. Asardagi asosiy mavzu – hech kim jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi, bolani atrof-muhit, jamiyatdagi turli illatlar jinoyatchiga aylantiradi. Xususan, qissa qahramoni Asror ham shu ko‘chaga bilib-bilmay kirib qolganlardan. Bo‘lmasa, u iste’dodli o‘quvchi bo‘lsa. Adib o‘smirlar va yoshlarning jinoyat ko‘chasiga kirib qolayotganiga befarq qarab turolmagan. Bolalar axloq tuzatish koloniyalaridagi bolalar.... Ozod, erkin yashab, o‘qib, hunar o‘rganadigan yoshdagi bolalar bu yerga qanday tushib qolishadi?! Nahot jinoyat olami ularga jozibali ko‘rinsa?! Adib jinoyat olamini “Shaytanat, ya’ni shaytonlar yetovidagi zulmkorlar mamlakati deb atab, “Ehtiyot bo‘ling, bu ko‘chaga yaqin yo‘lamang. Boshi berk bu ko‘chaning adog‘ida faqatgina azobli, xorli o‘lim topasiz”, demoq niyatida yozgan. Bu qissani yoshlar uchun bir ogohlantirish deb atash mumkin. Bu asarni ijodkor 1989-yil “Alvido, bolalik” detektiv asarini yozadi. Ko‘plab o‘quvchilarning qalbidan joy olgan bu asar har bir qahramonning hayoti ila ibrat va hikoyalarga to‘la. Bolalik deganda hayolimizga quyidagilar keladi: umrning eng yoqimli davri, beg‘am kunlar, erkalanish va injiqliklar, turli xil o‘yinlar va eng asosiysi beg‘ubor jajji qalb sohibi. Hech o‘ylab ko‘rganmisiz bolalik qachon yakun topadi? Ba’zi insonlar aqlini tanidimi ulg‘ayadi, ba’zi insonlar bo‘lsa umrining so‘nggigacha bola bo‘lib qoladi. Yana bir toifa odamlar o‘z vaqtida bola ham, o‘smir ham, yosh ham, o‘rta yosh ham bo‘lib havas qilarli darajada keksayishadi. Biz hozir jismoniy ulg‘ayish haqida emas manan ulg‘ayish haqida aytyapmiz. Bu uch toifa insonlar ichida fikrimizcha eng qiyini bolaligi bo‘lmagan, go‘daklikdan hayot tashvishlariga qorishib ketgan, o‘z umr yo‘lini o‘zi tanlay olmaydigan, hattoki orzu qilishdan ham qo‘rqadigan, bolalik so‘zini baxt so‘zi bilan bog‘lay olmaydigan insonlar bo‘lsa kerak.
Jahon adabiyotshunosligida ham aynan global muammolardan biri – yoshlar muammosidir. Ularning hayotda o‘z o‘rnini topish jarayoniga ta’sir qiladigan ijtimoiy-estetik masalalar ijodkorlar tomonidan keng tarzda talqin qilinadi. Aynan Tohir Malikning “Alvido, bolalik” qissasi mohiyatini o‘zida mujassamlashtirgan asarlardaan biri koreys ijodkori Kim Djiyonning “Bizning baxtli damlarimiz” asaridir. Asarda ham jinoyat olamiga kirib qolgan o‘spirinlar hayoti tasvirlanadi. Bu kitob koreys adabiyot ixlosmandalari tomonidan juda katta qiziqish bilan kutib olindi. Asar ikki marotaba nashr etildi. Ilk bora 2005-yilda “Blue Forest (moviy o‘rmon)” nashriyotida nashr etilgan bo‘lsa, ikkinchi marotaba 2016-yilda “Henem” nashriyotida nashr etildi. Mazkur asar Janubiy Koreya jamiyati taraqqiyotining o‘ziga xos bosqichida yozilgan. Bu davr mamlakat sanoatlashuv va iqtisodiy “mo‘jiza” bosqichidan o‘tgan, lekin shunga qaramay, ayrim chuqur ijtimoiy muammolar hal etilmagan yoki e’tibordan chetda qolgan edi. Roman voqealari ana shu murakkab tarixiy-iqtisodiy va ijtimoiy kontekstda rivojlanadi.
Janubiy Koreyada iqtisodiy yuksalish jamiyatda jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqargan bo‘lsa-da, u bilan birga ijtimoiy tengsizlik, avtoritar siyosiy rejimlarning merosi, ruhiy salomatlik tizimining zaifligi va zo‘ravonlik qurbonlariga nisbatan madaniy stigma (ya’ni jamiyat tomonidan ularni yakkalash) singari muammolar ham chuqurlashgan. Ayniqsa, jinoyat va jazoga doir jamoaviy munosabatlar, ayb va kechirim, ijtimoiy adolat va insoniylik haqida bahslar ushbu davr adabiyotida keng aks ettirilgan. Asar o‘z markaziga o‘lim jazosi masalasini oladi – bu Koreya jamiyatida dolzarb, tortishuvli va bir vaqtning o‘zida ramziy ahamiyatga ega bo‘lgan masala. Garchi mamlakatda o‘lim jazosi amalda ijro etilmasa-da (de-fakto moratoriy mavjud), u hali ham qonunchilikda mavjud bo‘lib, jamiyat ongida kuchli axloqiy va psixologik yukga ega. Shu sababli, roman nafaqat shaxsiy fojialar tasviriga, balki ijtimoiy va axloqiy chegaralar, jinoyat va jazoning mohiyati, kechirim va javobgarlik tushunchalariga ham chuqur yondashadi. Asar ikki asosiy qahramon atrofida qurilgan. Asarda ikki asosiy bosh qahramon: Yujon va Yunso va ularning hayot tarsi asosida shakllangan. Asarning boshlanishida ijodkor “사랑받아본 사람만이 사랑할 수 있고, 용서받아본 사람만이 용서할 수 있다는 걸…… 알았습니다”[1] – “Sevgi ko‘rgan odamgina seva olishini, kechirim topgan odamgina kechira olishini… tushundim” (tarjima o‘zimizga tegishli) mana shunday epigrafdan foydalanadi. Bu asarning leytmotivini tashkil qiladi. Darhaqiqat, mehr, e’tibor, qadrlanishni tatib ko‘rgan inson boshqalarga ham chin yurakdan sevgi bera oladi. Mehr ko‘rmagan qalbda sevgi qanday bo‘lishini tasavvur qilish qiyin. Inson o‘zi xatolari uchun kechirilganini his qilsa, boshqalarning xatosiga ham rahm bilan qaray boshlaydi. Kechirilish tajribasi yurakni yumshatadi.
Tohir Malikning “Alvido, bolalik” qissasining ilk sahifalarida esa shunday jumlalar ko‘zga tashlanadi: “Hozir qo‘limga miltiq berib qo‘yishsa-yu, darvozadan otam bilan onam kirib kelishsa, shartta otardim. Ana undan keyin o‘zimni ham otib yuborishsa mayli. Yo‘q avval sud bo‘lishi kerak. Sudda gapirishim shart. “Bolasini tashlab ketgan ota-onaning jazosi shu”, deyman. Tirik yetimlar, hammangiz ablah ota-onalaringizni topib, otib yuboring. Yolg‘on gaplar to‘qib, ularni yaxshi odam qilib ko‘rsatmang bir-birlaringizga. Ayamay, otib tashlang!” deyman. “Tirik yetimlarga miltiq beringlar!” deyman. Ana shundan keyin meni otishsa ham mayli…”[2]
Mazkur ikki asarning ham debochasida o‘zida juda katta ma’noni mujassamlashtirgan jumlalar mavjud. Kim Djiyonning “Bizning baxtli damlarimiz” asarida aforizm tanlangan bo‘lsa, Tohir Malikning “Alvido, bolalik” asarida asar bosh qahramonining qalbidagi kechinmalar bayon qilingan. Har ikki asarda ham inson qalbidagi eng oliy tuyg‘u mehr-muhabbat, kechirimlilik, ishonch kabilar jamiyatning oliy qadriyati ekanligi ko‘rsatilgan. Asarlarning mohiyatida esa mana shu tuyg‘ular, qadriyatlar mavjudmi, insonlar bunga sodiqmi, aslida jinoyat yo‘liga kirgan o‘spirinning ongi, tafakkuri shu qadriyatlarni qabul qila olayaptimi, yoki ular bu qadriyatlar shunchaki sarob, jamiyat aslida boshqacha qadriyatlar bilan yashashga mahkum degan tushunchalar bilan shakllanayaptimi, albatta, asar tahlili jarayoni bu holat oydinlashib boraveradi.
Bundan tashqari asar haqida mualliflarning o‘z qarashlari mavjud. “Alvido, bolalik” da aynan yozuvchi jinoyat olamiga kirgan bolalar haqida asar yozish uchun axloq tuzatish mahkamasiga boradi. “Bizning baxtli damlarda” esa jurnalist interviyu olish maqsadida qamoqxonaga boradi. Jumladan. “Alvido, bolalik”da: “Bu yer – bolalar axloq tuzatish mehnat koloniyasi. O‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha jinoyatchilar jazo muddatlarini shu yerda o‘taydilar. Bu yerga avtomat tarzda ochilib-yopiladigan temir eshiklardan kiriladi. Bir xil kiyim kiygan ko‘zlarda mo‘ng, ba’zan alam yashiringan bolalar darrov yangi odamni ilg‘ashadi. Ikkinchi marta borganingizda siz haqingizdagi ma’lumotdan darak topishadi.
Men bu koloniyaga besh yil avval bir kelgan edim. Mana endi yozilib, yakunlanay deb qolgan asar bahonasida yana yo‘lim tushdi”.[3]
“Bizning baxtli damlar” esa jurnalistik surushtiruv tasviri bilan boshlanadi:
“사형수인 그들을 방문했던 것은 그들을 취재하고 싶어서였다. 소설 재료로써 그들이 내게는 필요했고 취재가 끝나면 나는 떠날 사람이었다”[4] – “O‘lim jazosiga hukm qilingan ularni ziyorat qilganim sababi — ularni intervyu qilmoqchi bo‘lganim edi. Ular menga roman uchun material sifatida kerak edi va intervyu tugagach men ketib qoladigan odam bo‘lishim kerak edi…” (tarjima o‘zimizga tegishli).
Har ikki asarda ham o‘spirin yoshlarning hayoti, qanday qilib kichkina yoshdagi bolalar jinoyat ko‘chasiga kirib ketganligi ko‘rsatilgan. “Alvido, bolalik”dagi bosh qahramonlar: Asror, Salim va Qamariddinlar o‘ziga yarasha sabablarga ko‘ra bu ko‘chaga kirib qolishgan, ammo, uchchalasini ham birlashtiruvchi sabab – ota-onasi tomonidan tushunmaslik, bemehrlik va yaqin odami, maslahatchisi bo‘lmasliklari. Ularning hikoyasi bilan tanishishdan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, hamma jinoyatchilar ham yomon emas, hammasi ham vahshiy emas. Fikrimizcha, odam jinoyatchi boʻlib tugʻilmaydi. Uni atrof-muhit jinoyatchi qilib tarbiyalaydi.
“Bizning baxtli damlar”dagi Yunso – o‘lim jazosiga hukm qilingan mahkum. Uning hayoti ham boshidan og‘ir sharoitlarda kechgan: befarzandlik, zo‘ravonlik bilan to‘la bolalik, ko‘chalarda yashash, ko‘zi ojiz ukasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyati – bularning barchasi uning ruhiy dunyosini chuqur jarohatlagan. Yunsoning jinoyat sodir etishi va jazoga loyiq deb topilishi tashqi kontekstdan ajratib bo‘lmaydi. Uning shaxsiy aybi bilan jamiyat tomonidan yetkazilgan zarar o‘rtasidagi murakkab aloqa roman davomida doimiy tahlil qilinadi. Yunso jismoniy tarzda jazoga tortilgan bo‘lsa-da, u eng og‘ir jazoni – ichki qiynoq, ayb, pushaymonlik, o‘zini kechira olmaslik hissini o‘zi bilan olib yuradi. Bu jazoni hech qanday sud yoki qonun emas, balki o‘z vijdoni va hayotiy tajribasi belgilaydi.
Xullas, mazkur qissa va romanda o‘zbek va koreys xalqi ijtimoiy hayoti tasvirlangan bo‘lib, har qanday sharoit va muhitda ham farzand hayotida, ularning shakllanishida atrof-muhitdan tashqari oilaviy munosabatlar va ota-onaning o‘rni nihoyatda katta ekanligi tasvirlangan. Ota-ona farzandning hayotda o‘z o‘rnini topishida, shaxs bo‘lib shakllanishida nafaqat yo‘l ko‘rsatuvchi, maslahatchi, balki shaxsiy fazilatlari bilan ham ularga o‘rnak bo‘luvchi shaxslar ekanligi asar voqealari jarayonida oydinlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Turakulova S. The image of convicted adolescents in literature. This article explores the image of convicted adolescents in Uzbek and Korean literature through a comparative literary analysis. The study focuses on characters who fail to find their place in society and whose difficult life paths are shaped by social inequality, family problems, and deficiencies in upbringing. Particular attention is paid to the psychological states of adolescent characters, their inner conflicts, and their strained relationships with society, as revealed through artistic and expressive literary devices. The research identifies both similarities and differences in the portrayal of convicted adolescents in the literatures of the two nations, highlighting the influence of national mentality, cultural values, and social conditions on character development. Furthermore, the article evaluates the individual creative styles and poetic mastery of the authors in depicting adolescent fate and social injustice. The study emphasizes the decisive role of family, society, and the immediate social environment in shaping an individual’s personality and destiny, and reveals the authors’ perspectives and social messages conveyed through literary images.
Туракулова С. Образ осуждённых подростков в литературе. В статье рассматривается образ осуждённых подростков в узбекской и корейской литературе на основе сравнительно-литературного анализа. Основное внимание уделяется персонажам, не сумевшим найти своё место в обществе, чьи сложные жизненные пути формируются под влиянием социального неравенства, семейных проблем и недостатков воспитания. В ходе исследования подробно анализируются психологическое состояние подростков, их внутренние конфликты и напряжённые взаимоотношения с обществом, раскрытые с помощью художественно-выразительных средств. В работе выявляются сходства и различия в изображении осуждённых подростков в литературах двух народов, а также прослеживается влияние национального менталитета, культурных ценностей и социальных условий на формирование художественных образов. Кроме того, даётся оценка индивидуальному творческому стилю и поэтическому мастерству авторов в раскрытии судьбы подростков и проблем социальной несправедливости. В статье подчёркивается решающая роль семьи, общества и ближайшего социального окружения в формировании личности и жизненного пути человека, а также раскрывается авторское отношение и социальная проблематика, выраженные через художественные образы.