AMERIKA ADABIYOTINING VAKILI POL OSTERNING IJODIDA POSTMODERNISTIK XUSUSIYATLAR

XX asr Amerika postmodernistik adabiyotining yorqin vakili Pol Oster (Paul Auster, 1947y.) asarlari bayonining murakkabligi bilan ajralib turadi. “New York trilogiyasi”[1], (“The New York trilojy”, 1985-1987 yillar), “Oy ibodatxonasi” (“Moon Palase”, 1989y.), “Tasoddif  musiqasi” (The Music of Chance, 1990) va boshqalar Pol Oster nomini dunyoga mashur qilgan. Muallifning asarlari chuqur ramziyligi, janr chegaralarining rang - barangligi hamda reallik va xayolot dunyosining o‘ ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ijodkorning asarlarida postmodernizmga xos bo‘lgan xususiyatlarning barchasini uchratamiz. Mazkur xususiytlar haqida Hamdamov U. quyidagilarga to‘xtalgan: Anʼanalarni oʻziga singdirish va ularga kinoyaviy munosabatda boʻlish; Xaos deb bilingan olamni qabul qilish, uni oʻyin tariqasida oʻzlashtirish; Goʻzallikni reallikdan izlash; universal gumanizm, uning ob’yekti jami tirik mavjudot, tabiat, koinot – butun olam; Sharq, Lotin Amerikasi, Afrika, Okeaniya xalqlari madaniyatiga kuchli qiziqish, barcha madaniyatlarni qimmat jihatidan teng bilish; elitar va ommaviy sanʼat orasida chegaraning yoʻqolishi, asarda elita va ommaga moʻljallangan qatlamlar mavjud boʻlishi – ikkiyoqlama kodlashtirish; ritorika, mazmunni yetkazish shakli muhim; janrlar mutatsiyasi; jodiy jarayonning oʻzi muhimligi; ijodda individ rolini inkor qilish, “muallif oʻlimi” konsepsiyasi[2]. Shu o‘rinda biz, postmodernga xos bo‘lgan xususiyatlarning yana ba’zilarini keltirishni lozim topdik, zero ulardan Pol Oster asarlarida mahorat bilan foydalangan. Ular bayonning fragmentarligi (matn tuzilishi to‘gri chiziqdan iborat bo‘lmay, voqealar fragmentlar yani parchalar ko‘rinihida bo‘lishligi), intertertekstuallik (matnning iqtibos, tsitata kabilarga boyligi), metabayon (muallifning xayolot va reallik,  kitobxon va qahramon o‘rtasidagi chegaralarni buzib bayonga aralashuvi)[3] kabilardir. Pol Osterning “Nyu York trilogiyasi” (“The New York trilojy”, 1985-1987 yillar) postmodernizm xususiyatlarini keng qamrovli namoyishi bilan ajralib turadigan asarlaridan. Trilogiya uchta romanni qamrab olgan bo‘lib, ular “City of Glass”(“Shisha shahri”), “Ghosts” (“Arvohlar”) hamda “The Locked Room”(Qulflangan xona) kabilardir. Asar qahramoniga yolgʻizlik hissi, jamiyat hayotidan maʼnaviy ajralish, jamiyatning bir qismi boʻlishni istamaslik xos. Shuningdek, romanlarda detektiv janrining qolipi buzilgan hamda noaniqlik va xaos mavjud yani har bir roman ko‘rinishidan detektiv, biroq qahramonlar qidiruvning   bema’niligiga duch keladilar. Masalan, “City of Glass” romanida bosh qahramon Kuinnga jinoyatni ochish topshirilgan, ammo uning izlanishlari falsafiy masalalarni echishga olib keladi: “I am invisible, like the air, like the wind. I exist in a space between spaces”. “Men, go‘yo havo, go‘yo shamol kabi ko‘rinmasman. Men makonlar aro makondan chiqdim” (Auster, City of Glass, 1985.- 48p.).

 Muallif  fragmentar ichki monologni qollab, reallik va xayolot o‘rtasidagi chegaralarni buzgan. Kuinn asta sekinlik bilan ismini, shaxsini yoqotib boradi va boshqaga aylanadi. Postmodernistik konsepsiyaga ko‘ra sub’ektning markazdan uzoqlashuvi sodir bo‘lgan. Oster ongli tarzda matnga aralashgan, natijada Rolan Bart ta’kidlagan “muallifning o‘limi” sodir bo‘lgan[4].

Yozuvchilar individuumlarning rivojlanish chegaralarini tahlil qilib, o’z qahramonlarini shoshilinch qilib ko’rsatadilar. Ushbu g’oyaga kirishish uchun yozuvchi o’z o’quvchisini qahramon-hikoyachi bilan bitta “qayiqqa”  joylashtiradi va uni makon va vaqtni tushunishga majbur qiladi.  Postmodern nasr qahramoniga yolgʻizlik hissi, jamiyat hayotidan maʼnaviy ajralish, jamiyatning bir qismi boʻlishni istamaslik xos. Roman qahramoni - yashash uchun tinch joy izlayotgan shaxs.  Bundan kelib chiqadiki, geterotopiya tana uchun yopiq va fikr uchun erkin bo’lgan joy. Muallif-qahramon-o’quvchining o’zaro munosabatlari Pol Oster ijodidagi fikr mavzusi. Yozuvchi qahramonning kuzatuvchidan aktyorga aylanish istagiga xayrixohlik bildiradi. Professor J.Pikoka (Kil universiteti, Buyuk Britaniya) fikricha, bu masalaning yechimiga muallif qahramonlarning bevosita va bilvosita nutqlari uyg’unlashuviga asoslangan belletristik suhbat (hikoyachi uchinchi shaxs tomonidan hikoya qilgan) orqali erishiladi. Bunday dialogizm matndan olingan bilimlar bilan matndan tashqaridagi bilimlar o’rtasidagi farqni qoplaydi - natijada Pol Oster romanlarining qahramonlari har safar yangi kontekstda o’quvchilar oldida paydo bo’ladi[5]. Bu yerda 1977 yilda fransuz yozuvchisi Serj Dubrovskiy tomonidan kiritilgan “avtofiksiya” atamasi qoʻllanilgan. Yangi janr paydo bo’ladi - o’zi haqida roman, bu uydirma va haqiqat o’rtasida mavjud bo’lib, unda avtofiksiyallik unsurlari, syurrealizm xususiyatlari, strukturalizmdan poststrukturalizmga o’tish va nazariy psixotahlil uyg’unlashadi[6]. Avtofiksiya Pol Oster romanlarining janr xususiyatlarini toʻldirib, detektiv syujetni avtobiografik kompozitsiya bilan birlashtirgan. Bundan keyin yozuvchining har qanday matni “tafakkur muammolari, xotira, o’tmishning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish, muallifning o’z hayoti haqidagi hikoyasi yordamida amalga oshirish” ga asoslangan[7]. Shakl va mazmun birligi uchun yozuvchi har safar oʻz hikoyasida joy va vaqtni tanlagan. Pol Oster makonning universal tushunchasi - geterotopiyani vaqtinchalik omil hisobiga tashqi makonni lokallashtirish deb tushungan. Yozuvchi har qanday badiiy asarda yozilgan matnni insoniy tushunmovchilikdan foydalanib, simulyatsiya, geterotopiya, ekfrasisga murojaat qiladi, ular yordamida romanlardagi fantastika syujet quriladigan asosga aylangan. Masalan, “Nyu-York trilogiyasi” (The New York Trilogy, 1985-1986) simulyakrlar bilan to’ldirilgan (romanning har bir qismida izquvarning o’yinlari), ekfrasislar “Oy ibodatxonasi” (Moon Palace, 1989) romanida (Effing suratlari, Sulaymonning masallari) “Tasodif musiqasi” (The Music of Chance, 1990) romanidagi geterotopiya (Nesh treyleri). Bunday modellashtirish, taʼriflash, fantastik voqelikni oʻzgartirish postmodern romanida alohida rol oʻynaydi. Makon zamonaviy dunyoda makonda qayta taqsimlanadigan unsurlarinuing o’zaro ta’sirining bir turi sifatida, so’zma-so’z  “boshqa joyda” - geterotopiyada paydo bo’ladigan vaqt masalasidan ustundir. M.Fuko joylashuvni belgilovchi ko’plab munosabatlar bir-biriga ta’sir qilmaydigan tashqi makonga e’tibor qaratadi[8]. Faylasuf bir vaqtning o’zida ko’plab joylar bilan bog’liq bo’lgan badiiy makonga e’tibor qaratgan va ularni ikki turga ajratgan: 1) utopiyalar - haqiqiy joysiz joylar; 2) geterotopiya - barcha “real” joylardan tashqarida joylashgan va amalga oshadigan o’ziga xos utopiya bo’lgan joylar, ularda haqiqiy joylar bir vaqtning o’zida mavjud bo’ladi va mavjud bo’lmaydi. Geterotopiya vaqt o’tishini ikki mustaqil jarayon kabi makondan uzoqda kuzatish imkonini beradi. Har qanday ijtimoiy va siyosiy oʻzgarishlar uning doirasidan tashqarida sodir boʻladi. Roman qahramoni bo’lgan muallif o’z hayotini zamondan tashqarida kuzatuvchi bo’lib chiqadi. Masalan, Nyu-York shahri ko’pincha o’zini yo’qotib qo’yishi mumkin bo’lgan geografik jihatdan noaniq joy bo’lib ko’rinadi. Bu yozuvchining ikkita chegarasidan biri: ochiq va germetik bo’shliq. Paradoks shundaki, Oster qahramonlari “qamoqda” eng erkin, “adashish” esa ularni yo‘qolgan va baxtsiz qiladi.

      “Nyu-York trilogiyasi” (The New York Trilogy, 1985-1986) romani chiqqanidan yigirma yil o’tgach, Pol Oster bu unsurlarnu geterotopiya bilan birlashtirishga harakat qilgan. O’z romanining muallifi - qahramoni bo’lgan Oster bir vaqtning o’zida o’z oilasi haqida hikoya qiladi va bu mavzudagi o’zgarishlarni taqdim etadi. Uning navbatdagi romani “4 3 2 1” (2016) Archi Fergusonning hayotini tasvirlagan. Oster singari, Archie 1947-yilda Nyu-Jersida oʻrtahol yahudiy oilasida tugʻilgan. Archi Ferguson orqali oʻz hayotining yangi variantini qayta-qayta ochib bergan. Qahramonning taqdiri bir qator omillarga qarab o’zgargan: ota-onasi birga qolishdi - ajrashishdi, otasi ishda muvaffaqiyat qozondi - muvaffaqiyatsizlikka uchradi, otasi hayot – yosh vafot etdi, kollejga bordi - bormadi. Oster o’zining “Yolg’izlik uydirmasi” (1982) xotiralarida tushunish mumkin bo’lmagan narsalarni uydirma bilan qoplash va shu bilan boshqa odamning hikoyasini iloji boricha to’g’ri aytib berish mumkinligini ta’kidlaydi[9]. Biroq “4 3 2 1” romani ushbu qoidani rad etadi. Oster nasri har doim qisqa va aniq iboralar bilan mashhur bo’lgan, shuning uchun yangi romanni avvalgilarining qatoriga qo’shib bo’lmaydi, hech bo’lmaganda uning hajmi Osterning oldingi asarlaridan ikki yoki uch baravar katta bo’lgan. Amerikalik adabiyotshunoslar Osterning yangi matnini tahlil qilib, Ch.Dikens va J.Selinger asarlari ko’lami va haqiqatni aks ettirish nuqtai nazarini tenglashtiradilar. Oster nafaqat bitta qahramon hayotining to’rtta variantini yaratdi, balki o’tmishda, ba’zan hatto ota-onaning o’tmishidagi hayot yo’lini tanlash boshqa odamning, ularning avlodining hayotini qanday o’zgartirishi mumkinligini izchil ifodalagan. Oster Archibald Isaak Ferguson ismli bir kishining hayotini tasvirlab bergan. Oster hayot yo’lini tanlash, uning imkoniyatlari va takrorlanishlarini tasvirlab, Ferguson ismli kishining to’rtta hikoyasini yoki to’rtta Fergusonning o’sib ulg’ayganining bitta hikoyasini hikoya qilgan. Asar songida Fergyuson-4 shunday fikrni keltiradi: “The torment of being alive in a single body was that at any given moment you had to be on one road only, even though you could have been on another, travelling toward an altogether different place”. “Yagona tanada yashashning azobi shundaki, siz har qanday vaqtda faqat bitta yo'lda bo'lishingiz kerak , garchi siz boshqa yo'lda bo'lishingiz mumkin bo'lsa ham, butunlay boshqa joyga sayohat qilishingiz mumkin bo‘sa ham" (Auster, “4 3 2 1” , 2016, 308p.). 

Ijodkorning “Oy ibodatxonasi” (“Moon Palace”, 1989) asarida Osterning nostmodernistik nasri asosiy mavzularidan bo‘lgan tasodif va taqdir mavzusi yoritilgan. Tasodif harakatga keltiruvchi kuch. Asar qahramoni Mark Self tasodiflar ketma – ketligiga duch keladi. Aynan shu tasodifiy voqealar Markning hayotini shakllantiradi. Shuningdek, ular postmodernistik olamning tartibsizligini ham belgilaydi: “Everything is a coincidence, and nothing is a coincidence” (Auster, Moon Palace, 1989, 208 p.). Romanda o’tmish va hozirgi  zamon o’zaro bog’langan, hikoya chiziqlari kesishgan. O’quvchi voqealarning ketma-ketligini o’zi yig’ishga majbur bo’ladi, bu esa ochiq matnning ta’sirini kuchaytiradi. Mark o’zini oilasining tarixida izlaydi, yo’qotish va ochiq bo’shliqqa duch keladi. Bu esa shaxsning chiziqli shakllanishi emas, balki tajriba, voqea va boshqalar bilan o’zaro hamkorlik orqali shakllanishi g’oyasini aks ettiradi. “Oracle Night” romanida postmodernizmga xos bo’lgan matn va voqelik bilan metafizik o’yin o’rganiladi. Bosh qahramon asta-sekin o’z hayotiga ta’sir qiladigan roman yozadi. Bu muallif va qahramon o’rtasidagi chegaralar o’chirilayotganiga misol bo’la oladi:

Hikoya ichida voqealar chiziqli emas, haqiqat va xayolot chiziqlari o’zaro bog’langan. O’quvchi adabiy o’yinning hamkori bo’ladi. Oster ta’kidlashicha, matn yoki taqdirni boshqarishga urinish xayoldir. Qahramonlar dunyoning tartibsizligi va oldindan aytib bo’lmaydigan holatini tushunishadi, bu postmodern nasrning asosiy mavzularidan biridir: “The story you write has a power of its own. It begins to live independently” (Auster, Oracle Night, 2003, -P. 34.).

Xulosa qilib aytganda Oster ijodidagi quyidagi postmodern xususiyatlarni ajratib koʻrsatish mumkin: hikoyaning fraqmentligi - matnlar chiziqli tuzilishni buzgan holda tarqoq epizodlarga bo’lingan;  janr va meta-hikoya bilan o’yin - detektiv falsafiy romanga aylanadi, muallif va qahramon bir-birini kesib o’tadi; qiyofadoshlik va o’zlikni izlash - qahramonlar o’zlarini yo’qotadilar, “boshqa Men” ga duch keladilar; tasodif va tartibsizlik - voqealar koʻpincha mantiqqa emas, balki tasodifga boʻysunadi; iIntertekstuallik - romanlar boshqa matnlar, adabiyotlar, falsafaga havola qilib, qatlamli matn yaratadi. Ko‘rinadiki, bu usullar Oster postmodern adabiyoti ustasi sifatida intellektual o‘yin va chuqur ekzistensial ma’noni birlashtirgan.

Pol Oster ijodi Amerika postmodernizmi nuqtai nazaridan alohida oʻrin tutadi. Uning asarlari postmodernizmning ma’noni to’liq dekonstruksiya qilishga intilayotgan ko’plab vakillaridan farqli o’laroq, chuqur falsafiy ma’nolarni hikoya qilishning eksperimental shakli bilan bogʻlangan. Oster o’yinni ekzistensial mazmun bilan to’ldirish orqali matn o’lchovini saqlab qolgan. Tahlil qilingan “Nyu York trilogiyasi” (“The New York trilojy”, 1985-1987 yillar), “Oy ibodatxonasi” (“Moon Palace”, 1989) kabi asarlarida muallifning ijodigiga xos umumiy xususiyat mavjud: o’ziga xoslik o’yini, meta-hikoya, intertekstuallik va tasodifiylik orqali u tartibsizlik olamida inson bo’lish nimani anglatishini o’rganadi. Uning qahramonlari - yozuvchilar, izquvarlar, yolg’izlar - postmodern qahramonlariga xos markazdan chetlashishadilar, lekin ayni paytda ichki yaxlitlikka intiladilar. Unda shaklning buzilishi ma’noni topish bilan uyg’unlashgan. Matnlari nafaqat intellektual tajribalar, balki fragmentarlik davrida insonning o‘zligini topishga urinishdir.

 

 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

 

  1. Auster Paul. The New York Trilogy. New York: Penguin Books, 1987.
  2. Auster Paul. Moon Palace. New York: Viking Press, 1989.
  3. Auster Paul. Oracle Night. New York: Henry Holt and Company, 2003.
  4. Hamdamov U., Qosimov A.. – Jahon adabiyoti. O‘quv qo ‘llanma. –Toshkent: Akademnashr NMM, 2024. –B.
  5. Hutcheon L.  The Politics of Postmodernism. 2nd ed. UK, New York : Routledge.-2002. –Р.232 .
  6. Ihab Hassan. Beyond Postmodernism: Toward an Aesthetic of Trust’ in Beyond Postmodernism: Reassessments in Literature, Theory, and Culture, ed. Klaus Stierstorfer (Berlin and New York: Walter de Gruyter, 2003), pp. 199–212.
  7. Lyotard J.-F. The Postmodern condition: A Report on Knowledge. Minneapolis:University of Minnessota Press, 1984. P. 10, 40–41.
  8. Malmgren C.D. Fictional space in the modernist and postmodernist american novel. – Lewisburg: Bucknell univ. press, 1985. – 240 p.
  9. Peacock J. The father in the ice: Paul Auster, character, and literary ancestry // Critique. – Abingdon Oxfordshire: Taylor & Francis Group: LLC, 2012. – Vol. 52, Iss. 3. – P. 362–376. 
  10.  Киреева Н.В. Постмодернистская литература США: Особенности жанровой поэтики. – Благовещенск, 2013. – С. 58.
  11.  Фуко М. Другие пространства // Интеллектуалы и власть: Избранные статьи, выступления и интервью. – М.: Праксис, 2006. – Ч. 3. – С. 194.
  12. Маматкулова Х. Сравнительный анализ творчества представителей азиатско-американской литературы. Иностранная филология: язык, литература, образование, (3 (72)),  2019.- 22-26.
  13. Маматқулова Х. А. Этномаданий Маъноларнинг Бадиий Матнда Ифодаси. Kresna Social Science and Humanities Research, 4,  2022. -30-33.
  14. Маматкулова Х. Сравнительный анализ творчества представителей азиатско-американской литературы. Иностранная филология: язык, литература, образование, (3 (72)), 2019.- 22-26.

 

Маматкулова Х. О постмодернистских чертах в творчестве Пола Остера, представителя американской литературы. Литературные связи никогда не бывают односторонними. Ведь возникновение межлитературного синтеза в определённом регионе, области, стране связано с приходом в литературу писателя, мыслящего в общечеловеческом масштабе, исходя из национальных ценностей своего народа, и созданием произведений искусства, признанных человечеством. Мы же сосредоточим внимание на постмодернистских чертах в творчестве Пола Остера, представителя американской литературы, которого считают одним из таких творцов.

 

Mamatkulova X. On Postmodernist Traits in the Works of Paul Auster, a Representative of American Literature. Literary connections are never one-sided. After all, the emergence of interliterary synthesis in a particular region, area, or country is associated with the emergence of a writer who thinks on a universal scale, drawing on the national values of his people, and the creation of works of art recognized by humanity. We will focus on postmodernist traits in the work of Paul Auster, a representative of American literature who is considered one of these creators.

 

 

 

[1] Pol Oster asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. Shu bois asarlar nomlarining hamda asarlardan misollar tarjimasi muallifga tegishli.

 [2].Hamdamov U.,.Qosimov A.. – Jahon adabiyoti. O‘quv qo ‘llanma. –Toshkent: Akademnashr NMM, 2024. –B.

[3] Qarang: Lyotard J.-F. The Postmodern condition: A Report on Knowledge. Minneapolis:University of Minnessota Press, 1984. P. 10, 40–41.  Ihab Hassan. Beyond Postmodernism: Toward an Aesthetic of Trust’ in Beyond Postmodernism: Reassessments in Literature, Theory, and Culture, ed. KlausStierstorfer (Berlin and New York: Walter de Gruyter, 2003), pp. 199–212. Hutcheon, L.  The Politics of Postmodernism. 2nd ed. UK, New York : Routledge.-2002. –Р.232 .

[4] Barthes R. The Death of the Author. In Image, Music, Text. New York: Hill and Wang, 1997. –P.98.

[5] Peacock J. The father in the ice: Paul Auster, character, and literary ancestry // Critique. – Abingdon Oxfordshire: Taylor & Francis Group: LLC, 2012. – Vol. 52, Iss. 3. – P. 362–376.

 

[7]  Киреева Н.В. Постмодернистская литература США: Особенности жанровой поэтики. – Благовещенск, 2013. – С. 58.

[8] Фуко М. Другие пространства // Интеллектуалы и власть: Избранные статьи, выступления и интервью. – М.: Праксис, 2006. – Ч. 3. – С. 194.

[9] «Измышление одиночества» как место-гетероклит в прозе Пола Остера // «Времена не выбирают…»: Монография. – Воронеж: Воронежский государственный педагогический университет, 2017. – С. 153–159.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati