Joriy yilning 27-sentabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Konfutsiy instituti tashkil etilganligining besh yillik yubileyi munosabati bilan “Buyuk ipak yo‘lida umuminsoniy qadriyatlar: til, ta’lim va madaniyat” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro konferensiyada Xitoy, Indoneziya, Koreya, Buyuk Britaniya, AQSH, Rossiya, Finlandiya, Ispaniya, jumladan, Arab davlatlari kabi o‘ndan o‘rtiq xorijiy davlatlar OTMlari va Konfutsiy institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘zalarining ilmiy maqola hamda tezislari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiya davomida xorij oliygohlari rektorlari hamda direktorlari SamDCHTI rektori I.Tuxtasinovga yo‘llashgan tabriknomalari ham ommaga havola etildi. Shuningdek, mazkur konferensiya 4-marotaba o‘tkazilayotgan bo‘lib, nafaqat Xitoy va O‘zbekiston balki boshqa xorij mamlakatlari uchun ham poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Konferensiya qizg‘in va savol-javoblarga boy tarzda yakunlandi.