Hozirgi kunda ingliz tilini o‘qitishda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish asosiy maqsad sifatida qaraladi. Tilni mazmunga yo‘naltirilgan yondashuv bilan o‘rganish va uni real hayotiy vaziyatlarda qo‘llashga o‘rgatish o‘quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish uchun muhimdir. Shu nuqtayi nazardan, badiiy hikoyalar (short stories) o‘quv jarayonida uzoq yillardan beri samarali yordamchi vosita sifatida foydalanilmoqda. Ushbu janr o‘quvchilarda tasavvur, fikrlash va muloqotga bo‘lgan ehtiyojni oshiradi, bu esa natijada nutqiy ko‘nikmalarni tabiiy ravishda rivojlantiradi.
Adabiyotlar sharhi va nazariy asoslar
Kommunikativ yondashuv tilni o‘rgatish jarayonida o‘quvchini tilning passiv bilim egasidan faol foydalanuvchisiga aylantirishni maqsad qiladi. Nunan ta’kidlaganidek, “til o‘rgatishning asosiy maqsadi — o‘quvchining real kommunikativ ehtiyojlarga javob bera oladigan nutqiy kompetensiyasini shakllantirishdir” [Nunan 2015: 48]. Bu yondashuvda o‘quvchining tilni muloqotda qo‘llay olishi grammatik bilimlarning o‘zidan ustun qo‘yiladi.
Littlvud esa kommunikativ kompetensiyani “til birliklarini nafaqat grammatik jihatdan, balki ijtimoiy, pragmatik va kontekstual jihatdan to‘g‘ri qo‘llay bilish qobiliyati” [Littlewood 2006: 501] sifatida izohlaydi. Shuning uchun ham kommunikativ yondashuvda o‘qituvchi til strukturasi emas, balki tilning maqsadli vaziyatlarda ishlatilishiga e’tibor qaratadi.
Badiiy hikoyalar esa ushbu yondashuvni amaliyotga joriy qilishda eng qulay didaktik vositalardan biridir. Adabiy matnlar personajlar o‘rtasidagi tabiiy muloqot, voqea rivoji, muammoli vaziyatlar va emotsional mazmun orqali kommunikativ jarayonni jonlantiradi. Kolli va Slater buni quyidagicha izohlaydi: “Short stories provide learners with meaningful contexts where language is engaged in real-life functions, enabling them to practice communicative use of English in a natural and emotionally rich environment” [Collie, Slater 1987: 29] (Hikoyalar o‘quvchilarga tabiiy va hissiy boy sharoitda ingliz tilidagi muloqotni amaliyotdagi hayotiy real mazmundagi matn asosida ko‘rsatib beradi).
Bundan tashqari, Gillian Lazar badiiy matnlarning nutqni faollashtirishdagi o‘rnini alohida ko‘rsatib, “adabiyot o‘quvchini muloqotga undovchi kuchli motivator bo‘lib, personajlar xatti-harakatiga baho berish, voqealarni sharhlash, taxmin qilish va tahlil qilish mashqlari o‘quvchini tabiiy nutq jarayoniga tortadi” [Lazar 1993:15] deydi.
Communicative Language Teaching (CLT) nazariyasiga ko‘ra, dars jarayoni o‘quvchi markazidagi faoliyatlarga quriladi. Richards va Rojersning fikricha, CLT o‘quvchini “tilni grammatik tizim sifatida emas, balki ijtimoiy muloqot vositasi sifatida idrok etishga majbur qiluvchi o‘quv jarayonini yaratadi” [Richards, Rodgers 2014: 85]. Shunday ekan, kommunikativ yondashuv o‘qituvchi tomonidan yaratilgan ma’no almashinuvi, interaktivlik, real aloqa vaziyatlari va muammoli topshiriqlar orqali tilni amaliy o‘rgatishni ko‘zda tutadi.
Shu ma’noda, badiiy hikoyalar o‘rganilayotgan xorijiy tilni amaliyotda qo‘llanilishi uchun juda samarali bo‘lib, ular kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish uchun boy imkoniyatlarga ega qulay metodik material hisoblanadi. Quyida ushbu fikrlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilinadi.
Badiiy hikoyalar tabiiy muloqot namunalarini taqdim etadi
Adabiy hikoyalarda uchraydigan dialoglar, bahslar, savol-javoblar va ijtimoiy munosabatlar o‘quvchilar uchun real nutqiy vaziyatning modellashtirilgan ko‘rinishini yaratadi. Bu jarayon nutqning muloqotga yo‘naltirilgan shaklini shakllantiradi.
Littlewood buni quyidagicha izohlaydi:
“Meaningful interaction engages learners and enhances their communicative competence [Littlewood 2006: 503].
Ya’ni hikoyadagi mazmunli o‘zaro muloqot o‘quvchini jarayonga faol jalb etadi va uning nutqiy faolligini kuchaytiradi. Bunda hikoyalarda berilgan tayyor matnlar o‘quvchi ongida tayyor qolip kabi uning xotirasida saqlanadi va muloqot jarayonida unga o‘sha qoliplardan o‘rinli foydalanish qulaylik tug‘diradi va shu bilan bir qatorda muloqot qilishga bo‘lgan ishonch yanada ortadi.
Harmer esa o‘quvchilarning dialoglar orqali tabiiy intonatsiya, urg‘u, ritm kabi fonetik-pragmatik jihatlarni o‘zlashtirishini ham alohida ta’kidlaydi:
“Literary dialogues expose learners to natural patterns of speech, including rhythm and intonation” [Harmer 2015: 112].
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra aytib o‘tishimiz lozimki, badiiy hikoyalar real kommunikativ nutqning mikromodeli sifatida xizmat qiladi. Bunda o‘quvchi tilni faqat alohida birliklar orqali emas, balki mazmunli o‘zaro muloqot jarayonida samarali o‘zlashtiradi. Hikoyada voqea rivoji, personajlar motivlari va muloqot maqsadi aniq bo‘lgani sababli, o‘quvchi:
a) kontekstga mos til birliklarini o‘zlashtirish imkoniga ega bo‘ladi;
b) tilning ijtimoiy funksiyalarini ko‘rsatib beradi.
Badiiy matnlar o‘quvchiga tilning ijtimoiy vazifalarini – so‘rash, rad etish, rozi bo‘lish, maslahat berish, ehtirosni ifodalash kabi pragmatik vazifalarni – samarali tarzda o‘rgatishini qayd etadi. Zero, hikoyalar tilning real hayotiy vaziyatlarda qanday qo‘llanishini yoritadi.
c) nutqning interaktiv tabiatini ochib beradi.
Hikoyadagi dialoglar ko‘pincha quyidagi xususiyatlarga ega bo‘ladi:
Bu xususiyatlar haqiqiy muloqotda uchraydigan jarayonlarning kichik modelini yaratadi.
Dars jarayoniga badiiy hikoyalarni olib kirish o‘quvchi strategik kompetensiyasining rivojlanishiga ham bevosita ta’sir qiladi va hikoya matnlari bilan ishlash jarayonida talabalar:
kabi ko‘nikmalarni rivojlantiradi.
Bu jarayon kommunikativ kompetensiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblangan – strategik kompetensiyani shakllantiradi.
Krashen nazariyasiga ko‘ra, badiiy hikoyalar:
Bu jarayon “affective filter” (chet tilida muloqot qilishga to‘sqinlik qiladigan qo‘rquv)ning pasayishiga olib keladi va o‘quvchi erkin muloqotga kirishadi. Emotsional jalb etilish hikoyani real hayotiy nutq vaziyatiga yaqinlashtiradi.
Yuqorida keltirilgan ilmiy manbalar va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, badiiy hikoyalar fonetik-pragmatik elementlarni tabiiy kontekstda o‘rgatadi, real kommunikativ nutqning kichik, ammo, to‘liq modelini yaratadi, o‘quvchini ijtimoiy, pragmatik va strategik kompetensiyalar bilan ta’minlaydi, o‘rganish jarayonini mazmunli, interaktiv va emotsional jihatdan boyitadi.
Shu bois, badiiy hikoyalar ingliz tili darslarida nafaqat lingvistik bilim manbasi, balki kommunikativ kompetensiyani shakllantiruvchi universal o‘quv vositasi sifatida nihoyatda samarali hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Shukurova F. Developing communicative skills in learning English based on literary stories. This article examines the role of short stories in developing communicative competence in English language teaching. Drawing on Communicative Language Teaching (CLT) theory and the views of scholars such as Nunan, Littlewood, Harmer, and Krashen, the study argues that literary narratives function as micro-models of real communication. Short stories offer natural dialogues, authentic sociocultural contexts, and emotionally rich situations that enhance learners’ phonetic-pragmatic, sociolinguistic, and strategic competences. Through meaningful interaction, inferencing, interpretation, and contextualized language use, learners develop essential speaking skills, reduce affective filters, and strengthen their motivation for communication.
Шукурова Ф. Развитие коммуникативных навыков при изучении английского языка на основе художественных рассказов. В статье рассматривается роль художественных рассказов в развитии коммуникативной компетенции при обучении английскому языку. Опираясь на теорию коммуникативного подхода (CLT) и научные положения Нунана, Литтвуда, Хармера и Крашена, автор обосновывает, что художественные тексты выступают микромоделью реального общения. Короткие рассказы предоставляют естественные диалоги, подлинные социокультурные ситуации и эмоционально насыщенный контекст, способствуя развитию фонетико-прагматической, социолингвистической и стратегической компетенций учащихся. Через осмысленное взаимодействие, интерпретацию, умозаключение и контекстуальное использование языка формируются ключевые навыки устной речи, снижается «аффективный фильтр» и повышается мотивация.