Zamonaviy tarjimashunoslikda tarjima jarayoni murakkab madaniyatlararo kommunikativ hodisa sifatida qaralib, unda lingvistik va madaniy omillarning o‘zaro ta’siri muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir til muayyan xalqning tarixiy tajribasi, mentaliteti, qadriyatlari va dunyoqarashini aks ettiradi. Ayniqsa, badiiy tarjimada ushbu jihatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, chunki badiiy matn madaniy-estetik axborotni tashuvchi muhim vosita hisoblanadi [Komissarov V.N, 1990]. Shu sababli tarjimon nafaqat til tizimini mukammal bilishi, balki madaniy kontekstni chuqur anglab yetishi zarur.
Til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni o‘rganuvchi lingvokulturologiya fani tarjimashunoslikning muhim nazariy asoslaridan biri hisoblanadi. V.N.Teliya lingvokulturologiyani til birliklarida mujassamlangan madaniy mazmunni o‘rganuvchi fan sifatida ta’riflaydi [Teliya V.N., 1996]. V.V.Vorobyov esa uni til va madaniyat o‘rtasidagi interaktiv munosabatlarni o‘rganuvchi fanlararo yo‘nalish sifatida izohlaydi [Vorobyov V.V., 1997]. A.A.Poteybnya tilning tafakkur bilan chambarchas bog‘liqligini ta’kidlab, har bir so‘z madaniy mazmun tashuvchi birlik ekanini ko‘rsatadi [Poteybnya A.A., 1999]. E.Sepir va B.Uorf tomonidan ilgari surilgan lingvistik nisbiylik nazariyasi ham til inson dunyoqarashini shakllantirishini asoslab beradi [Sapir E., 1956].
Lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalari qatoriga konsept, madaniy kod, milliy tafakkur va lingvokulturologik birliklar kiradi. Konsept xalq ongida shakllangan madaniy-psixologik mazmunni ifodalaydi [Maslova V.A., 2001]. Madaniy kodlar jamiyatda mavjud axloqiy va estetik me’yorlarni til orqali uzatadi.
Lingvokulturologiyaning asosiy tushunchalari qatoriga konsept, madaniy kod, milliy tafakkur va lingvokulturologik birliklar kiradi. Konsept xalq ongida shakllangan madaniy-psixologik mazmunni ifodalaydi [Maslova V.A., 2001]. Madaniy kodlar jamiyatda mavjud axloqiy va estetik me’yorlarni til orqali uzatadi [Karasik V.I., 2002]. Lingvokulturologik birliklar esa frazeologizmlar, maqollar, ramziy ifodalar orqali xalqning madaniy tajribasini namoyon etadi [Teliya V.N., 1996].
Tarjimonning ushbu birliklarni to‘g‘ri talqin qilishi lingvokulturologik kompetensiyaning rivojlanganligiga bog‘liq. Lingvokulturologik kompetensiya lingvistik va madaniy kompetensiyaning uyg‘unlashuvi bo‘lib, tarjimonning til bilimlari bilan birga madaniy realiyalarni anglash qobiliyatini ham o‘z ichiga oladi [Vorobyov V.V., 1997]. N.L. Mishatina ushbu kompetensiyani tilning kumulyativ funksiyasi bilan bog‘lab izohlaydi [Mishatina N.L., 2007]. I.V. Xarchenkova esa lingvokulturologik kompetensiyani madaniyat haqidagi tizimli bilimlar va ularni kommunikativ jarayonda qo‘llash ko‘nikmalari majmui sifatida baholaydi [Xarchenkova I.V., 2009].
Lingvokulturologik kompetensiyani shakllantirishda konseptual tahlil, qiyosiy-madaniy tahlil, diskurs tahlili va etnolingvistik yondashuv muhim metodlar hisoblanadi. Ushbu metodlar yordamida tarjimon matnning yashirin madaniy qatlamlarini ochib bera oladi va tarjimada madaniy moslikni ta’minlaydi.
Tarjima jarayonida alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tushunchalardan biri realiyadir. Realiya muayyan xalq madaniyatiga xos bo‘lgan va boshqa tillarda to‘liq ekvivalentga ega bo‘lmagan tushunchalarni anglatadi [Vinogradov V.S., 2001; Komissarov V.N., 1990]. Ular xalq hayoti, tarixi, ijtimoiy munosabatlari va an’analari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, tarjimada madaniy koloritni saqlashda muhim rol o‘ynaydi [Florin S., Vlahov S., 1980]. A. Papikyanning ta’kidlashicha, realiyalarni tarjima qilishda ularning milliy ruhini saqlab qolish asosiy vazifa bo‘lib, transliteratsiya, kalka, izohlash va madaniy moslashtirish kabi usullar qo‘llaniladi [Papikyan A., 2010].
Realiyalarning asosiy turlari
|
Realiya turi |
Tavsifi |
Misollar |
|
Madaniy realiya |
Milliy urf-odat va an’analar bilan bog‘liq tushunchalar |
Navro‘z bayrami, choyxona |
|
Tarixiy realiya |
Tarixiy shaxslar va voqealar bilan bog‘liq atamalar |
Amir Temur, Samarqand |
|
Geografik realiya |
Muayyan hudud va joy nomlari |
Zarafshon vodiysi, Hind okeani |
|
Ijtimoiy realiya |
Jamiyat hayotiga xos tushunchalar |
Mahalla, oqsoqol |
|
Iqtisodiy realiya |
Iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi birliklar |
Bozor, kredit |
Realiyalarni noto‘g‘ri tarjima qilish madaniy mazmunning sezilarli darajada yo‘qolishiga, ba’zan esa matnning noto‘g‘ri talqin qilinishiga olib keladi. Masalan, milliy bayramlar, ijtimoiy institutlar yoki tarixiy hodisalarga oid atamalarni so‘zma-so‘z tarjima qilish ko‘pincha ularning madaniy konnotatsiyasini ochib bera olmaydi. Bunday hollarda o‘quvchi mazkur tushunchaning jamiyat hayotidagi ahamiyatini to‘liq anglay olmaydi. Shu sababli tarjimon realiyaning semantik mazmuni bilan bir qatorda uning madaniy vazifasini ham hisobga olishi lozim. Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, realiyalarni uzatishda izohlash, madaniy moslashtirish yoki kontekstual tarjima usullaridan foydalanish tarjimaning kommunikativ samaradorligini oshiradi. A.Papikyan realiyalarni tarjima qilishda ularning milliy koloritini saqlab qolish tarjimonning asosiy vazifasi ekanini qayd etib, har bir realiya uchun individual strategiya tanlash zarurligini ta’kidlaydi.
Lingvokulturologik kompetensiyaning rivojlanganligi tarjima sifatiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, matndagi madaniy ma’lumotlarning yo‘qolishining oldini oladi. N. Ro‘ziboyevaning fikricha, tarjimada madaniy moslikning ta’minlanishi nafaqat lingvistik aniqlikni, balki kommunikativ samaradorlikni ham oshiradi [Ro‘ziboyeva N., 2015]. U badiiy matnlarda uchraydigan frazeologik birliklar, ramziy ifodalar va realiyalarni kontekst asosida qayta yaratish tarjimaning estetik qiymatini saqlab qolishda muhim omil ekanligini ta’kidlaydi [Ro‘ziboyeva N., 2015]. Shuningdek, boshqa tadqiqotchilar ham lingvokulturologik bilimlar tarjimonda madaniy sezgirlikni rivojlantirib, turli madaniyat vakillari o‘rtasida samarali muloqotni ta’minlashini qayd etadilar. Tarjimonlarni tayyorlash jarayonida lingvokulturologik yondashuvni tizimli ravishda joriy etish zamonaviy tarjima ta’limining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ta’lim jarayonida realiyalarni aniqlash va ularni turli tarjima strategiyalari orqali uzatish bo‘yicha mashqlarni qo‘llash talabalar kompetensiyasini oshirishga xizmat qiladi. Konseptual tahlil asosidagi topshiriqlar talabalarni madaniy tushunchalarni chuqurroq anglashga yo‘naltirsa, qiyosiy tarjima mashqlari turli madaniyatlar o‘rtasidagi farqlarni amaliy jihatdan ko‘rsatib beradi. Shuningdek, autentik badiiy matnlar asosida olib boriladigan muhokamalar talabalarni madaniyatlararo muloqotga tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.
Xulosa qilib aytganda, lingvokulturologik kompetensiya badiiy tarjimaning sifatini belgilovchi asosiy omillardan biri bo‘lib, tarjimonning madaniy kontekstni to‘g‘ri anglash va uni ijodiy tarzda qayta yaratish qobiliyatini shakllantiradi. Ushbu kompetensiya orqali tarjimon matnning yuzaki ma’nosini emas, balki uning chuqur madaniy qatlamini ham o‘quvchiga yetkazish imkoniga ega bo‘ladi. Shu bois lingvokulturologik yondashuvni tarjima ta’limiga integratsiya qilish, ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitish zamonaviy tarjimashunoslikning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro ‘yxati:
Bazarov Z. The Theoretical Foundations and Practical Significance of Linguocultural Competence in Teaching Literary Translation. This article analyzes the essence, significance, and role of linguacultural competence in the translation process. The interrelation between language and culture is explored within the framework of linguacultural, highlighting linguacultural units, realia, and cultural codes and their impact on translation quality. Furthermore, the structural components of linguacultural competence and the methods of its development are discussed based on scholarly sources.
Базаров З. Теоретические основы и практическое значение лингвокультурологической компетенции в обучении художественному переводу. В статье рассматриваются содержание, сущность и значение лингвокультурологической компетенции в процессе перевода. Взаимосвязь языка и культуры анализируется в рамках лингвокультурологии с акцентом на лингвокультурные единицы, реалии и культурные коды, влияющие на качество перевода. Также раскрываются компоненты лингвокультурологической компетенции и методы ее формирования.