Samarqand davlat chet tillar institutiga Janubiy Koreya Kukmin universitetining 8 nafardan iborat delegatsiyasi tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida Kukmin universiteti vakillari hamda Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetining professor-o’qituvchilari, jumladan, talabalari ishtirokida koreys tili o’qitilishida innovatsion texnologiyalarning o’rni, koreys tilining o’qitilishini takomillashtirish kabi jihatlarga e’tibor bergan holda 8-iyuldan 13-iyulga qadar seminar-treninglar o’tkazilishi rejalashtirildi.