Joriy yilning 21-avgust sanasida Janubiy Koreyaning Sharqiy Osiyo gumanitar jamiyati delegatsiyasi Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov, Konfutsiy instituti direktori Sh.Safarov hamda Janubiy Koreyalik vakillar o‘rtasida rasmiy uchrashuv tashkil etildi.
Institutdagi ta’lim yo‘nalishlari, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar, institut tarixi va faoliyati, yo‘lga qo‘yilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari, xususan, Janubiy Koreyaning bir nechta nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari hozirda mustahkam davom etayotganliklari to‘g‘risida institut rektori I.Tuxtasinov mehmonlarni batafsil tanishtirib o‘tdi.
Tashkilot rahbarlari ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik munosabatlaridan, shuningdek, Sharqiy Osiyo gumanitar jamiyatining XX xalqaro konferensiyasining o‘tkazilishida yaqindan ko‘maklashganligi uchun institut rahbariyatiga cheksiz minnatdorchiligini izhor etishdi hamda kelgusida Sharq davlatlarining tilini, adabiyotini, tarix va falsafasini, madaniyat va san’atini o‘rganishda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Uchrashuvdan so‘ng institut faollar zalida Sharqiy Osiyo gumanitar jamiyatining XX xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferansiya qiziqarli mavzularda olib borildi va unda delegatsiya a’zolari, xorijlik professor-o‘qituvchilar, institut jamoasi hamda qiziquvchi talaba-yoshlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Konferensiya so‘ngida institut rahbariyati tomonidan delegatsiya ishtirokchilari esdalik milliy sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.