Doliyeva Laylo Bo‘riboevna,
SamDCHTI o‘qituvchisi
Kalit so‘zlar : his-tuyg'u, ekspressiv-emotsional xususiyat, ruhiyat, ruhiy kechinma, dominant ma’no, rang komponentli iboralar, ijobiy fazilat, dominant emotsiya, affektlar, ramziy ma’no.
Inson his-tuyg'ularini har tomonlama mukammal tarzda ifodalashning eng samarali vositasi tildir. U shunday xususiyatga ega bo'lganligi uchun ham inson his-tuyg'ularini "boshqara oladi", ya’ni uning qalbida turli kechinmalar va hissiyotlar paydo qilish xususiyatiga ega [F.Sharifian: 88]. Binobarin, tilning har bir sohasi - fonetika, morfologiya, leksika va semantika ortida psixologiya yashiringandir [V. Belyanin : 8]. Shu sababli lingvistika va psixologiya o‘zaro aloqador sohalar hisoblanadi.
So‘nggi vaqtlarda tilshunoslikda rang va uning turli xil jilosi hamda ularga xos ekspressiv-emotsional xususiyatlarning og‘zaki va yozma nutqda aks etishiga doir masalalar tadqiqotchilar e’tiborini tortmoqda. Shunday ekan, tilda ranglarning qo‘llanishi va ular bilan bog‘liq ekspressiv-emotsional xususiyatlarning aynan frazeologiya sohasida ham tadqiq etish inson ichki kechinmalari va ruhiyatini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, frazeologik iboralarda ranglarning qo‘llanilishi ichki ruhiyatni tashqi ruhiyatda aks ettirish jarayonini ancha osonlashtiradi, ya’ni boshqacha qilib aytganda, ruhiyat olamidagi ichki his-tuyg‘uning rangin manzarasini «ko‘ra olish»ga yordam beradi. Bu borada faylasuf Taftazoniy inson ichki his-tuyg‘usi tashqi hissiyot asosida paydo bo‘lishini qayd etadi, shuningdek, narsalar to‘g‘risida biror tushuncha hosil qilish his-tuyg‘u uyg‘otgan qiyofa orqali amalga oshishini ko‘rsatib o‘tadi [Taftazoniy :e-tarix.uzHYPERLINK "http://www.e-tarix.uz/shaxslar/483-taftazoniy.html"›shaxslar/483]. Binobarin, olim Sh.Safarov ta’kidlaganidek, insonlar o‘rtasidagi muloqot maqsadi ham oddiygina axborot almashish bilan chegaralanib qolmaydi, balki, axborot uzatish orqali «hamkor»ga ta’sir o‘tkazish, uni biror narsaga ishontirish, bo‘ysundirish, harakatga undash kabi maqsadlar ham e’tiborga olinadi [SH.Safarov : 81].
Insonning ruhiy holati va his-tuyg'ulari uning nutqi va tashqi ko‘rinishi orqali namoyon bo‘ladi. Nutqning ta'sirchanligi va emotsionalligini oshirishga xizmat qiladigan so'zlar, shuningdek, frazeologik birliklar o'z ma'nolari bilan inson ruhiyatiga ta'sir etish xususiyatiga ega. Shu boisdan fikrni tinglovchiga yetkazishda frazeologizmlar ham boshqa til birliklari singari voqea-hodisalarni aks ettirishda o‘ziga xos ta’sirchanligi bilan ajralib turadi. Ularning asosiy ahamiyati nutqni ifodalashda unga hissiy rang berish va uning ma'nosini mustahkamlashdan iboratdir.
Insonlardagi ichki kechinmalarning hissiyot, kayfiyat va hayajon tarzida botiniy shaklda boshdan kechirilishi bilan bir qatorda tashqi ruhiyatda seziladigan darajada zohiriy belgilar ham yuzaga chiqadi. Masalan, qo‘l va gavdaning ma’noli harakatlari, yuzning ifodali harakatlari (mimika), ovoz ohangi, ko‘z va yuz rangining o‘zgarishi, turq-tarovati, ko‘z qorachig‘ining kengayishi yoki torayishi kabilar shular jumlasidandir. Bunday ruhiy kechinmalarni til orqali ifodalash uchun aksariyat hollarda frazeologik iboralar eng samarali vosita sanaladi. Masalan, fransuz frazeologiyasida insonning ichki kechinmalarini asosan, uning ovoz ohangi, jismoniy harakati, yuz tuzilishi, ko’z qarashlari va yonoqlar rangi orqali ifodalovchi iboralar dominant birliklar hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda fransuz tilida his-tuyg'uning frazeologik birliklar yordamida ifodalanish holatini umumiy tarzda quyidagicha izohlash mumkin:
Ruhiyatning aks etish tarzi |
Fransuzcha frazeologik iboralar |
O’zbekcha talqini |
Ovoz ohangi orqali |
hurler det erreur; |
daxshatdan qichqirmoq; |
gueuler comme un cochon; |
cho‘chqadek baqirmoq; |
|
mugir de fureur; |
g’azabdan bo’kirmoq; |
|
Jismoniy harakat va holat orqali
|
bondir de joie; |
quvonchdan osmonga sakramoq; |
rester cloue sur place;
|
Turgan joyida qotib qolmoq; |
|
Ko‘z qarashlari va holati orqali |
faire les gros yeux; |
ko'zlari katta – katta bo‘lmoq; |
éclater de joie; |
ko‘zlari quvonchdan porlamoq; |
|
voir la vie en rose ; |
hayotga kulib boqmoq ; |
|
Yuz holati orqali |
sourirej usqu'aux oreilles; |
og'zi qulog'ida bo'lmoq; |
rayonner de bonheur; |
baxtdan huzurlanmoq; |
Fransuz tilida inson ruhiyatini ifodalovchi frazeologik birliklar orasida rang komponentli iboralar o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turadi. Chunonchi, tasviriy san’atning asosiy vositasi hisoblangan ranglar inson ruhiyatini nechog‘lik yorqin tasvirlarda ifodalagani singari ular tilda ham inson ruhiyatini shunday ifodalash xususiyatiga ega.
Inson ruhiyati ranglar bilan bevosita bog'liq bo'lib, butun tabiat ranglardan iborat va ranglarni bildiruvchi so'zlar til leksikasida salmoqli o'rin tutadi. Rang komponentli frazeologik birliklar ham o'z navbatida, inson ruhiyati va his-tuyg'ularini ifodalashda alohida ahamiyatga ega. Frazeologik birliklarning emotsionalligi insonning turli xil his-tuyg’ulari, hamda shaxs-predmetlarga nisbatan subyektiv munosabatlarini ifodalash bilan bog’liqdir. Bunday emotsionallik bir vaqtning o’zida ikki ma’noning reallashuvi va obrazlilik natijasida yuzaga chiqadi. Darhaqiqat, rang komponentli FBlar qo’rquv, shodlik, azoblanish, hayrat, g'azab, taajjub, norozilik, uyat, g’am, qayg’u, tushkunlik kabi emotsional xususiyatlarni ifodalash imkoniyatiga ega. Bunday ruhiy hayajon va harakat turlari insonning ichki his-tuyg‘ulariga xos holat tarzi bo‘lib hisoblanadi.
His-tuyg‘ular albatta, ikki qutbli –ijobiy yoki salbiy, ya’ni yoqimli va yoqimsiz bo‘ladi [Xaydarov F., Xalilova N.: 232]. Shunga ko‘ra fransuzcha rang komponentli FBlarni ham ijobiy va salbiy emotsiyali iboralar turkumiga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq. Psixologik jihatdan iliq ranglar kishida kayfichog‘lik, sovuq ranglar esa ma’yuslik tuyg‘usini uyg‘otadi [https://znanio.ru/media/ranglarning-hul-atvorimizga-tasiri-2521690]. Biroq, bunday qarash frazeologiyada qisman mos kelishi mumkin. Negaki, har bir rang frazeologik birlik tarkibida kelganda, turlicha ma’no kasb etadi. Xususan, ijobiy fazilatlarni ham, shu bilan bir qatorda, salbiy xususiyatlarni ham ifodalashi mumkin. Quyida ular xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Qizil rang (rouge) fransuzcha frazeologik birliklar tarkibida eng ko’p qo’llanilish xususiyatiga ega bo’lgan ranglardan biri bo‘lib, u asosan, uyat va g’azab kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan:
avoir le rouge au front; - uyalmoq, uyatdan qizarmoq;
être rouge comme une tomate;- pomidordek qizarib ketmoq ;
se fâcher tout rouge; - g‘azabi qaynamoq;
voir rouge; -ko‘zi qonga to‘lmoq;
rougir jusqu’à blanc des yeux; - qulog‘igacha qizarib ketmoq.
Bunday frazeologik birliklar tarkibida uyat va g‘azab ma’nosini hosil qiluvchi so’z, ya’ni rouge (qizil) dominant komponent bo‘lib hisoblanadi. Binobarin, qizil rang ranglar orasida eng ko‘zga tashlanib turuvchi rangdir. Psixologlar qizil rang keltirib chiqaradigan quyidagi tasavvurlarni alohida ajratib ko‘rsatishadi, ya’ni energiya, xushomad, tajovuzkorlik, g‘azab, nafrat, zo‘riqish, faollik, issiqlik, hayajon va turli chalkash narsalar shular jumlasidandir [https://uz.tierient.com/psixologik-ranglarning-manosi]. Bundan ko‘rinadiki, psixologiyada qizil rang ifodalaydigan tasavvur va tushunchalar juda keng bo‘lib, ular ushbu rangning frazeologiyadagi ifoda tushunchalariga to‘liq mos kelmaydi, ya’ni ichki his-tuyg‘ular ta’sirida inson yuzi va ko‘zi rangining qizarishi asosan, uyatva g‘azab tushunchalarini qamrab oladi, xolos. Oq rang (blanc ) ham frazeologik birliklar tarkibida keng qo’llaniladigan ranglardan biri sanaladi va bu rang ruhiyatni tasvirlovchi FBlar tarkibida qo’rquv, sarosima, g’azab kabi ma’nolarni anglatib kelishi mumkin. Masalan:
être blanc comme unl inge ; - dokadek oqarib ketmoq;
être blanc comme un mort ; - murdadek oqarib ketmoq;
être blanc comme un mur ; - devordek oqarib ketmoq;
être chauffé à blanc; -qizishib ketmoq.
Ushbu rangning psixologik tavsifiga e’tibor qilsak, u poklik, aybsizlik, quvonch, sadoqat, tenglik, ochiqlik, ravonlik va osonlik timsoli sifatida talqin qilinadi [https://uz.tierient.com/psixologik-ranglarning-manosi/]. Shuningdek, oq rang Qur’onda ham zikr qilingan bo‘lib, u asosan, yorug‘lik, quyosh nuri, tong, jannat ahlining yuzi, jannat ichimligining rangi kabi ijobiy tushunchalarda o‘z aksini topadi [Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: 45-187]. Ushbu rang hech qaysi manbada salbiy tavsifga ega emas. Biroq, oq rang inson ruhiyatini ifodalovchi frazeologik iboralar tarkibida qo‘llanilganda yuqorida keltirilgan tushunchalarga nisbatan batamom teskari ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Xususan, qo’rquv, sarosima va g’azab holatlari shular jumlasidandir.
Qora rang (noir ) ruhiyatni ifodalovchi frazeologik birliklar tarkibida tushkunlik, g’am, qayg’u, g’azab, norozilik kabi ma’nolarni anglatib kelishi mumkin. Masalan, quyidagi misollarga e’tibor qilaylik:
voir tout en noir ; -hamma narsaning yomon tomonini ko’rmoq;
piquer une colère noire;-zahrini sochmoq;
faire un œil noir;- g‘arazguylik qilmoq;
broyer du noir - ma’yuslanmoq ; g‘am-g‘ussaga botmoq ;
humeur noire; -tushkunlikka tushish (tushkun kayfiyat).
Bizga ma’lumki, qora rang ko'plab manbalarda, asosan, qo'rquv, o'lim, noma'lumlik va yovuzlik timsoli sifatida olib qaraladi. Shuningdek, u ayrim xalqlarda hokimiyat, vakolat, sirli murakkablik, jiddiylik va mustaqillik kabi tushunchalarni ham anglatadi [https://uz.tierient.com/psixologik-ranglarning-manosi/]. Ushbu rang Qur’onda ham ko‘p marotaba tilga olingan bo‘lib, unda qora rang tun qorong‘iligi, do‘zax ahlining yuzi, g‘am-qayg‘u, xafalik, barbod bo‘lish kabi tushunchalarni ifodalagan [Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: 4-187]. Shundan kelib chiqqan holda, yuqorida qora rang komponentli ruhiyatni ifodalovchi frazeologik birliklar ma’nosiga e’tibor qaratilsa, ulardagi tushkunlik, g’am, qayg’u, g’azab, norozilik kabi tushunchalar ushbu rangning umumpsixologik tushunchalari bilan mos kelishiga amin bo‘lamiz.
Yashil rang (vert) komponentli frazeologik iboralar inson ruhiyatiga aloqador xususiyatlarni ifodalashda, asosan, g‘azab, rashk, qo‘rquv va sovuqlik kabi tushunchalarni aks ettiradi. Masalan:
être vert de rage ; - g‘azabi qaynamoq;
être vert de jalousie; - qattiq rashk qilmoq;
être vert de peur ; - qattiq qo‘rqib ketmoq;
être vert de froid ; -sovuqdan ko‘karib ketmoq.
Deyarli barcha xalqlarda yashil rang tabiat, yasharish va yangilanish timsoli sifatida talqin qilinadi. Ayrim psixologik tavsiflarda uning tasalli, xavfsizlik, hosildorlik, tozalik, barqarorlik, sabot-matonat va qadr-qimmat ramzi ekanligi qayd etilgan [https://uz.tierient.com/psixologik-ranglarning-manosi/]. Frazeologiyada esa yashil rang komponentli birliklar mazkur rangning asl tushunchalariga zid tarzda ruhiyatni ifodalashda faqat salbiy ma’nodagi g‘azab, rashk, qo‘rquv va sovuqlik kabi tushunchalarni ifodalaydi. Yashil rang (vert) komponentli frazeologik iboralar fransuz tilida ko‘p sonli bo‘lib, ular orasida ijobiy ma’nodagi FBlar ham mavjud, biroq, ularning hech birida inson ruhiyati tasviri aks etmagan.
Ko‘k rang(bleu) komponentli frazeologik iboralar inson ruhiyatiga aloqador xususiyatlarni ifodalashda, asosan, g‘azab, ta’sirlanish, hayajon va huzurlanish kabi tushunchalarni aks ettiradi. Masalan:
avoir une colère bleue; – g’azab otiga minmoq ;
cultiver la petite fleure bleue ;– darrov ko‘ngliga olmoq (ta’sirlanmoq);
avoir une peur bleue ; – joni xalqumiga kelmoq;
en être [en demeurer, en rester, en bâiller ] (tout) bleu ; - o‘zini yo‘qotib qo‘ymoq (dovdiramoq);
voyager (être)dans le bleu; – o‘zini osmonda his qilmoq (kayf-safo qilmoq).
Psixologlarning aytishlaricha, ko‘k rang osmon va abadiyat ramzi hamda mehribonlik, sodiqlik, halollikni aks ettiradi, shuningdek, kishining o‘ziga ishonchini kuchaytiradi va hatto Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlarining aniqlashicha esa ushbu rang mehr, xushmuomalalik, bosiqlik, xayrixohlik va uyatchanlik timsoli sanaladi hamda rasmiy rang sifatida talqin qilinadi [https://xabar.uz/madaniyat/xarakteringiz-haqida]. Ammo, ruhiyatni tasvirlovchi bleu komponentli fransuzcha FBlar ifodalayotgan ma’no yuqorida keltirilgan fazilatlarga zid tarzda g‘azab, ta’sirlanish, hayajon va huzurlanish kabi ma’nolarni aks ettiradi.
Sariq rang (jaune) komponentli frazeologik iboralar fransuz tilida eng kam
uchraydigan FBlar hisoblanib, ular inson ruhiyatiga oid xususiyatlarni ifodalashda, asosan, ikkiyuzlamachilik va g‘azab tushunchalarini ifodalashga xizmat qiladi. Masalan:
rire jaune ; –majburan kulmoq;
sourir jaune;–iljaymoq ;
avoir une colère jaune -g‘azabi qaynamoq;
montrer à qn son bec jaune- birovning adabini berib qo‘ymoq.
Sariq rangning psixologik jihatdan olingan umumiy tavsifiga e’tibor qaratilsa, u quyosh, hayot va sahro ramzi hisoblanib, quvonch, shodiyona, iliqlik, ravnaq kabi ijobiy, kasallik, aldov, bevafolik va noxushlik kabi salbiy tushunchalarni ham ifodalaydi [https://www.code-couleur.com/signification]. Shu jihatdan olganda, fransuz tilida sariq rang komponentli FBlar orasida ijobiy fazilatni ifodalovchi birliklar mavjud emas. Ular, asosan, salbiy xususiyatlarni ifodalashda qo‘llaniladi. Fransuz frazeologiyasida sariq rangning ishlatilishi uncha ko‘p bo‘lmagan sanoqli FBlar tarkibida kelishi ular xususida bunday aniq xulosaga kelishga yordam beradi.
Tahlillar natijasiga ko‘ra fransuz tilida jigar rang(brun) komponentli frazeologik iboralar orasida inson ruhiyatiga oid xususiyatlarni ifodalovchi FBlar mavjud emasligini qayd etish mumkin.
Ma’lum bo‘lganidek, yuqorida tahlil qilingan har bir rang, ya’ni qizil, qora, oq, yashil, ko‘k va sariq ranglarning o‘ziga yarasha alohida belgi va xususiyati mavjud bo‘lib, ular FBlar tarkibida qo‘llanilganda turli xil emotsional holatlarni ifodalashga yordam beradi. Bunday emotsional holatlarni o‘rganish davomida ularni quyidagicha tahlil qilish ulardagi dominant emotsiya tushunchasini ranglar kesimida aniqlash imkonini beradi :
Emotsional holat turlari |
Rang nomlari: |
||||||
Qizil rang (rouge) |
Oq rang (blanc ) |
Qora rang(noir) |
Yashil rang(vert) |
Ko‘k rang(bleu) |
Sariq rang(jaune) |
Jigar rang(brun) |
|
Uyat |
+ |
|
|
|
|
|
|
Tortinchoqlik |
+ |
|
|
|
|
|
|
G’azab |
+ |
+ |
+ |
+ |
+ |
+ |
|
Qo’rquv |
|
+ |
|
+ |
|
|
|
Sarosima |
|
+ |
|
|
|
|
|
Tushkunlik |
|
|
+ |
|
|
|
|
G’am-qayg‘u |
|
|
+ |
|
|
|
|
Norozilik |
|
|
+ |
|
|
|
|
Rashk |
|
|
|
+ |
|
|
|
Sovuqlik |
|
|
|
|
+ |
|
|
Ta’sirlanish |
|
|
|
|
|
+ |
|
Hayajon |
|
|
|
|
|
+ |
|
Huzurlanish |
|
|
|
|
|
+ |
|
Ikkiyuzlamachilik |
|
|
|
|
|
+ |
|
Mazkur jadvaldan ko‘rinib turibdiki, rang komponentli ruhiy holatni ifodalovchi FBlar ifodalayotgan ma’nolar orasida g‘azab dominant ma’no bo‘lib hisoblanadi. Biroq uyat va qo‘rquv ma’nosi ham bunday FBlarning ko‘pchiligida o‘z aksini topgan. Inson ruhiy kayfiyatining mazkur uch xil holatini tasvirlashda quyidagi fransuzcha rang komponentli FBlar eng ko‘p qo‘llaniladigan frazeologik iboralar bo‘lib hisoblanadi. Ularni ushbu jadval orqali aniq misollar bilan shunday izohlash mumkin:
G‘AZAB holati : |
|
Kayfiyatning tashqi namoyish shakli |
Ruhiy holatni ifodalovchi rang komponentli FBlar |
|
|
QO‘RQUV holati : |
|
Kayfiyatning tashqi namoyish shakli |
Ruhiy holatni ifodalovchi rang komponentli FBlar |
|
(joni xalqumiga kelmoq;)
(qattiq qo‘rqib ketmoq;)
(dokadek oqarib ketmoq;)
(devordek oqarib ketmoq) |
UYALISH holati : |
|
Kayfiyatning tashqi namoyish shakli |
Ruhiy holatni ifodalovchi rang komponentli FBlar |
|
(pomidordek qizarib ketmoq ) |
Shuningdek, yuqorida keltirilgan bunday hissiy jarayonlar kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tib ketadigan affektlar, ya’ni hissiy portlashlar orqali namoyon bo‘ladi [ G‘oziyev: 190 ]. Bunday affektlarni, ya’ni ko‘z yoshi to‘kish va o‘kirib yig‘lash, qah-qaha otib kulish va baqirib-chaqirib gapirish, alohida turq-tarovati va yuzdagi imo-ishora, tez-tez yoki qiynalib nafas olish kabi xatti – harakatlarni tasvirlashda rang komponentli FBlarning aksariyatini fe’lli birikmalar tashkil etadi. Shu bilan birga, fransuz tilida fe’lli iboralarni hosil qilishda eng ko‘p ishlatiladigan fe’llardan être, avoir, voir va faire fe’llari ushbu o‘rinda ham ibora hosil qiluvchi eng sermahsul fe’llar bo‘lib xizmat qiladi.
Inson ruhiyatining tildagi tasviri borasidagi mazkur izlanish davomida fransuzcha rang komponentli FBlar ifodalayotgan frazeologik ma’no va ranglarning umumpsixologik jihatdan talqin qilingan ramziy ma’nolari o‘rtasida bir - biri bilan o‘zaro mos kelish yoki mos kelmaslik holatlari ko‘zga tashlanadi. Masalan, oq rang psixologiyada poklik, quvonch, sadoqat, tenglik, shaffoflik va yengillik timsoli sifatida talqin qilinadi. Hatto, yuqorida ta’kidlanganidek, Qur’oni Karimda ham ushbu rang poklik va yorug‘lik ma’nosida aks etgan, ya’ni ushbu rang barcha manbalarda faqat ijobiy xususiyatlar ramzi sifatida talqin qilingan. Biroq, oq rang komponentli ruhiyatni tasvirlovchi FBlar ma’nosi, aksincha, qo’rquv, sarosima va g’azab tushunchalarini aks ettiradi. Bu esa oq rangning psixologik ramziy ma’nolari bilan frazeologik ma’nosi o‘rtasida nomutanosiblik mavjudligidan dalolat beradi. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda, ranglarning psixologik ramziy ma’nosi hamda FBlarga xos ma’nosi o‘rtasidagi salbiy va ijobiy xususiyatlarning moslik darajasini quyidagicha tavsiflash o‘rinlidir:
Rang turi |
Psixologik ramziy ma’no: |
Frazeologik ramziy ma’no : |
Moslik darajasi |
||
Ijobiy |
Salbiy |
Ijobiy |
Salbiy |
||
Oq |
- poklik; - quvonch; - sadoqat; -tenglik; -shaffoflik; |
- |
- |
-g’azab; -qo’rquv; -sarosima;
|
mos emas |
Yashil |
-tasalli; -xavfsizlik; -hosildorlik; -tozalik; -matonat; |
- |
- |
-g‘azab; -rashk; -qo‘rquv; -sovuqlik; |
mos emas |
Ko‘k |
-mehribonlik; -sodiqlik; -halollik; |
- |
- |
-g‘azab; -ta’sirlanish; -hayajon; -huzurlanish ; |
mos emas |
Qizil |
-ehtiros; -faollik; -issiqlik; -hayajon; |
-g‘azab; -nafrat; |
- |
-g‘azab; -uyat; |
qisman mos |
Sariq |
-quvonch; -iliqlik; -ravnaq; |
-dard; -aldov; -xiyonat; -noxushlik; |
- |
-g‘azab; -munofiqlik;
|
qisman mos |
Qora |
-hokimiyat; -jiddiylik; |
-qo’rquv; - o'lim; -yovuzlik; |
- |
-tushkunlik; -g’am-qayg‘u; -g’azab; |
qisman mos
|
Mazkur jadvaldan ko‘rinib turibdiki oq, yashil va ko‘k ranglarning ikkala holatdagi ma’nolari bir-biriga umuman mos kelmaydi, ya’ni ularning psixologik ramziy ma’nolari faqat ijobiy xususiyatlarni qamrab olsa, frazeologik ma’nolari esa faqat salbiy xususiyatlarni aks ettiradi. Qolgan qizil, sariq va qora ranglarda esa psixologik ramziy ma’nolar ijobiy va salbiy xususiyatlarni ifodalasa, ularning frazeologik ma’nolari esa faqat salbiy xususiyatni ifodalaydi. SHu sababli qizil, sariq va qora ranglarning ramziy va frazeologik ma’nolari o‘rtasida qisman bo‘lsa-da mutanosiblik mavjud, deyish mumkin. Shuningdek, jadvaldagi ranglar tavsifiga e’tibor berilsa ruhiyatni tasvirlovchi rang komponentli FBlarda faqat salbiy jihatlar hukmron ekanligi namoyon bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda ranglar inson hayotida uning ruhiyati va kayfiyatiga ta’sir ko‘rsata oladigan omil ekanligini ta’kidlash joiz. Binobarin, ularning frazeologik iboralar tarkibida keng qo‘llanilishi kishilar ruhiy kechinmalarini tasvirlash jarayonida eng sermahsul vosita ekanligini tasdiqlaydi. Shunday ekan, ranglar va ularning xususiyatlari masalasiga jiddiy qarash va ularni har tomonlama tadqiq etish zarurdir.
Adabiyotlar:
Долиева Л. Противопоставление цвета и психики во французской фразеологии. В статье анализируются психолингвистические особенности фразеологических единиц с цветовым компонентом, представляющих образ психики человека, рассматривается дисбаланс между символическими значениями цветов и фразеологическим значением, а также их доминирующее значение и способы выражения типов эмоций в языке.
Dolieva L. The opposition of color and spirit in French phraseology. The article analyzes the psycholinguistic features of phraseological units that represent the image of the human psyche in the representation of colors, discusses the imbalance between the symbolic meanings of colors and the phraseological meaning, as well as the ways of expressing the dominant meanings and types of emotions in the language.