FRANSUZ FRAZEOLOGIYASIDA REDUPLIKATSIYA HODISASIGA DOIR AYRIM MULOHAZALAR

Turli  tizimdagi barcha  tillarga  xos  hodisa  sifatida  keng  tarzda tadqiq   etilgan  “takroriy  so‘z” yoki “takroriy  shakl” tushunchalari  tilshunoslikda “reduplikatsiya” deb nomlanib, u lotincha reduplicatio - ikkilanish, qo‘shaloqlanish ma’nosini anglatgan holda  so‘zdagi dastlabki bo‘g‘inni yoki o‘zakni, butun so‘zni takror qo‘llash  bilan tilda takroriy so‘z yoki  grammatik shakl hosil qilish usulidan iborat fonomorfologik hodisa bo‘lib hisoblanadi [O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi: 128]. Mazkur til hodisasining turli xil shakllari  mavjud bo‘lib, ular til birliklarining, xususan, fonema, morfema va so‘z  kabilarning so’z  birikmasi,  gap, abzats  va  matn  tarkibida takror  tarzda  qo’llanilishi orqali namoyon bo‘ladi hamda u takrorlanish, davomiylik va kuchaytirish ma’nosini ifodalashga xizmat qiladi. Bu xususda O.S. Axmanova shunday ta’rif beradi: ”ПОВТОР (удвоение, редупликация, повторение), (реприза) фигура речи, состоящая  в  повторении  звуков, слов  и выражений в известной последовательности [O.S. Axmanova: 407].

Ushbu til  hodisasi  aynan  frazeologik  birliklar misolida tadqiq etilsa, ularning  frazeologik ibora yasash jarayonida eng sermahsul vosita ekanligiga  guvoh bo‘lish mumkin. Binobarin, frazeologik birliklarda takroriy elementlarning mavjudligi ularga xos lingvomadaniy, lingvodidaktik, shuningdek, leksik-semantik va stilistik xususiyatlarni tadqiq etishga yordam beruvchi asosiy  fenomenlardan biri sanaladi [F.I.Pankov, E.A.Ovtina:140]. Shunga ko‘ra N.M.Shteynberg, o‘zining “Редупликация в современном французском языке” nomli monografiyasida mazkur  hodisaning fransuz  tilidagi  umumiy shakllari  xususida kengroq  ma’lumot berib o‘tgan [N.M.Shteynberg: 74]. Shu bilan birga, ayrim tadqiqotchilar frazeologiyada takroriy elementlarni  modellashtirish masalalariga ham alohida  e’tibor  qaratgan [L.V.Molchkova: 9].

Tilda lingvistik  birliklarning  ma’lum bir  doirada  takroriy  tarzda  qo’llanilishining  o’ziga xos bir necha shakllari  mavjud  bo’lib,   ular bir-birlaridan o’zlarining xilma-xil fonetik, leksik, grammatik va struktur  xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shunga  ko‘ra ularni turli xil shakllariga qarab  turlicha turkumlarga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Masalan, ayrim fransuz  tilshunoslarining qarashlari nuqtayi  nazaridan reduplikatsiya  o‘ziga xos  quyidagi  turlari  bilan  o‘zaro farqlanadi [P.Bacry:74]:

 

Reduplikatsiya shakllari:

Shaklning lingvistik  mohiyati:

Misollar (FBlar):

 

Prosonomaziya

 

Ma’lum  bir  gap  yoki  ibora  tarkibida  bitta  so‘zning  uyushgan  holda takror kelishi;

-Aussitôt  dit,   aussitôt  fait. (Aytilgan  so’z  -  otilgan  o’q.)

 

 

Poliptota

Bir xil o‘zakli  so‘zning  yoki bitta  fe’lning turli   shakllarda  qo‘llanilishi;

Vous  avez  la  serrure, nous  avons  la  clef. (Ikki yorti bir  butun.)

 

 

Omeoptota

Ma’lum  bir  gap  yoki  ibora  tarkibida  morfo-sintaktik  shakllarning  grammatik  parallelizm  asosida  takrorlanib  kelishi ;

QuiaimeMartin, aimesonchien, quiaimelecavalier, aimel`écuyer. (Meni  sevsang, itimni ham sevasan.)

 

 

Antanaklaza

Takrorlanuvchi elementning turli xil ma’noda  takror  qo‘llanilishi;

Dgrand  seigneur, grande  rivière  et  grand  chemin, fuis, si  tu  peux  d`être  voisin-yomon  otliq  bo`lishdan  uzoqroq  yur.

Epanadiploza

Ma’lum  bir  so’zning  gap  yoki  she’riy  satrlar  boshida  hamda  oxirida  takror  kelishi;

L`abîme  appelle  l`abîme.     –  Yo`qchilik      yo`qchilik  chaqiradi.  L`âne  frotte  l`âne  –  Gadoning  dushmani  gado  bo’ladi.

 

Tildagi  takrorlanish  hodisasining  bu  kabi ko’rinishlari yuqoridagi kabi  frazeologik birliklarga nisbatan  kuzatilganda, ularga  xos xilma-xil takroriy elementlar  mavjudligi va ularda o’ziga xos shakliy  xususiyatlar aks etishi ko’zga tashlanadi. Masalan, fransuzcha frazeologik birliklar tarkibidagi komponentlarning takrorlanish holati mustaqil ma’noli so’zlar misolida juda keng  tarqalgandir. Bunda asosan, ot, fe’l, sifat,   son kabi so’z turkumlari shular  jumlasidandir. Masalan, ot so’z  turkumiga  xos so’zlarning epanadiploza, fe’l so’z  turkumiga xos so’zlarning esa poliptota  shaklida takroriy tarzda kelishi fransuz  frazeologiyasida  juda  keng  tarqalgan. 

            Shuningdek, frazeologik birliklar tarkibida sifat va  ravish  so’z  turkumiga  xos so’zlarning takroriy tarzda qo’llanilishi prosonomaziya shaklida ko‘p uchraydi. Masalan:

A  bon  salut, bon  accueil.     – Salomiga  yarasha  aligi.

A rude  âne  rude  anier.  –  Ko`p  gap  eshakka  yuk.

Bon  champ  sémé, bon  blé  rapporté  –  Nimani  eksang  shuni  o’rasan.  

Bundan  tashqari, fransuz  tilidagi  turli  xil  determinativlar,   xususan,   artikllar,   egalik  va ko’rsatish sifatlari hamda  bog’lovchi va predloglar ham  prosonomaziya shaklida takrorlanib  kelishi  mumkin.   Masalan:

avoir  des  si  et  des  mais  –  har  xil  bahona  topmoq;

avoir  son  bon  et  son  mauvais  côté  -yaxshi  va  yomon  tarafga  ega  bo`lmoq ;

ne  connaitreni  le  blanc  ni  le  noir    -    oq-qorani  ajrata  olmaslik ;

par  bonds  et  par  sauts  –ko`z  ochib  yumguncha ;

sans  pilote  et  sans  boussole  –  o`zini  idora  qila olmaslik ;

de  bric  et  de  broc (loc  adv)   –  aralash – quralash.

            Tilshunoslikda bu  kabi takrorlanish hodisasini tilning barcha birliklarida  kuzatish mumkin. Xususan, fonema, morfema, leksema, qolaversa, so’z birikmasi  va gaplarning ma’lum bir distributiv  vaziyatlarda takroriy  tarzda qo’llanilishi  ham shular  jumlasidandir.  

Bir frazeologik birlik tarkibida  fonemalarning ham takroran qo`llanish  hodisasi  mavjud bo`lib, ular tilshunoslikda  alliteratsiya  va  assonans  nomlari  bilan  ataladi. Undosh  tovushlarning  takrorlanishi  alliteratsiya deb ataladi. Masalan: être  belle á la  chandelle  –  chiroyda  tengsiz  bo‘lmoq.

[ɛtr      -    bɛl      -    a  -la    -  ∫an  –dɛl  ]

Unli tovushlarning  takrorlanishi  assonans  deb  ataladi. Masalan:

Une  faute  avouée  est  à  demi  pardonnée.    -    Egilgan  boshni  qilich  kesmas.

      [yn    -  fot  –  a  –vu  –e  –e  -də-mi  –par  -dο  -ne].                                    

Fransuz  tilida  ham  boshqa  tillardagi  kabi ma`lum bir frazeologik birlikning  tarkibida, albatta, ifoda plani sifatida  kamida  ikkita  leksema qatnashishi shart. Bunday  birliklar gapdan yaxlitligicha ahglanishi  mumkin  bo`lgan va  frazeologik  ma`no  kasb  etadigan sintaktik birlik emas, balki semantik birlik sifatida talqin qilinadi. Shu sababli frazeologik iboralarning birikmaga  va gapga tenglik xususiyati haqida gapirilganda iboraning  ichki grammatik  tuzilishi inobatga  olinadi, ya`ni ibora tarkibini grammatik  jihatdan  tahlil  qilish  nazarda  tutiladi.

Umuman olganda, ibora tarkibida qatnashgan so`zlar orasidagi grammatik bog`lanish o`z kuchini yo`qotmaydi.Vaholanki, undagi so`zlar  o`rtasidagi munosabat faqat ichki  munosabat, ya`ni shu ibora doirasidagi munosabat  hisoblanadi. Fransuz frazeologik  birliklaridagi takroriy elementlarni  morfologik jihatdan tahlil qilganimizda  bunday frazeologik birliklar tarkibida  qo`llanilgan  takroriy  elementlarning  nafaqat  aynan bir xilligi, balki bir o’zakli  reduplikativ elementlarning turli xil  grammatik  shakllari  orqali  ham  ifodalanishi ko’zga  tashlanadi. Ya’ni, ularning  rod  va  sonda  moslashish  hodisasini  kuzatishimiz  mumkin. Masalan,  ma`lum bir  frazeologik  birlik tarkibida  sifat  so`z  turkumiga  oid  bir  so`z ikki  marta  qo`llanilganda ikki xil rodda  moslashgan hakli ham uchraydi.  Bu  xususda otli sintagmalargaxos quyidagi  moslashuv holatlari  orqali  hosil bo’lgan  reduplikatsiya hodisasini  kuzatish  mumkin  :

  1. FBlarda otlar  oldidan qo`llaniladigan  determinativlar reduplikatsiyasi  ularning  rod  va  soniga  ko`ra  moslashishi  asosida yuzaga  keladi. Ularga son-sanoqsiz misollar  keltirish  mumkin. Masalan:

 

 

Fransuzcha FB  :

O‘zbekcha  talqini:

voilà  une  grande  cage  pour  un  petit  oiseau

- yo‘q  bolaga  tut  beshik;

 ne  former  qu`un  coeur  et  qu`une  âme ;

- ko`ngilni  ko`ngilga  qo`yib  yashamoq ;

casser  les  jambes  et  les  bras  à  qn

- birovni  ipsiz  bog‘lab  ketmoq;

 

2. Aniqlovchi  vazifasidagi  sifatlar  reduplikatsiyasi ham moslashish (l`accord  de  l`adjectif  épithète)  natijasida  hosil  bo’lishi  mumkin. Bunda  otni  aniqlab  kelayotgan  sifat  otning  rod  va  son  ko`rsatkichlarini  o`zida  namoyon  qiladi. Masalan  :

 

Fransuzcha FB  :

O‘zbekcha  talqini:

  •   jour, bonne  æuvre;

-kun  xayrli boshlansa, ish unumli bo‘ladi ;

les  bons  bras  font  les  bonnes  lames;

 

-chumchuq  so‘ysa ham qassob  so‘ysin.

à  petit  trou, petite  cheville ;

-uzukka  ko’z  qo’ygandek;

à    nouvelles  affaires, nouveaux  conseils ;

-yangi  ish – yangi  tashvish.

la  belle  plume  fait  le  bel  oiseau ;

-kiyim kishiga  zeb  beradi;

  1. grand  seigneur, grande  rivière  et  grand  chemin, fuis, si  tu  peux  d`être  voisin ;

-Yomon  otliq  bo`lishdan  uzoqroq  yur;

Bundan   tashqari,  FBlar  tarkibidagi   takroriy  otlarda  ham  ikki xil  rodda  takrorlanish  hollari  ko‘p  uchraydi. Masalan:

Fransuzcha FB  :

O‘zbekcha  talqini:

garder  à  qn  un  chien  de  sa  chienne

-birovga  upka-gina  qilmoq;

chaque  crapaud  trouve  sa  crapaude;

-dunyoda hamma narsa juft-juft qilib  yaratilgan;

réponse  du  berger  à  la  bergère;

-munozarada oxirgi so‘zni gapirmoq;

           

Shuningdek, rod  kategoriyasida    o‘zgarib keluvchi  takroriy elementlar  qatorida  olmosh  so‘z turkumiga  xos  so‘zlar ham FBlar  tarkibida  sermahsul  sanaladi. Masalan: chacun  avec  sa  chacune-hamma  o`zi   bilan  o‘zi.

Frazeologik birliklar  tarkibidagi  takroriy  elementlarga  xos moslashuv hodisasi nafaqat  rod  kategoriyasi, balki, son kategoriyasi orqali  ham ko‘zga  tashlanadi. Lekin, ularning  sonda  o‘zgaruvchanlik holati yuqorida  tahlil  qilingan  rodda  o‘zgaruvchanlik  holatiga  nisbatan  ancha  kam  uchraydi. Bunday  holat asosan, FBlar tarkibidagi  ayrim ot  va sifatlarda  ko‘zga  tashlanadi.  Masalan:

Fransuzcha FB  :

O‘zbekcha  talqini:

avoir  plus  d`une  corde, plusieurs  cordes;

- har qanday  usul  bilan  maqsadga  erishmoq;

sottes  gens, sotte  besogne ;

- ahmoq  kalladan ahmoqona  fikr.

 

Shuni ta’kidlash joizki, frazeologik  birliklar tarkibidagi takroriy elementlar  har  qanday tilda ham o`ziga xos xususiyatlarga  ega. Bunday xususiyatlarni yuqoridagi  singari qarama-qarshi tarzda qiyoslab  o`rganish  tadqiqot obyektini chuqurroq  tahlil  qilish imkonini beradi [M.Grevisse, A.Goosse: 529]. Binobarin, FBlardagi takroriy elementlar orqali moslashuv  hodisasini tahlil qilish orqali ushbu FBlar  reduplikatsiya shakllaridan prosonomaziya  shakliga mansubligini aniqlash  mumkin.  Shuningdek, prosonomaziya  usuli  asosan, ot, sifat, olmosh so`z turkumlarining  moslashishi  orqali  namoyon  bo‘ladi. 

Fransuz frazeologiyasida takroriy  elementlar tahliliga e’tibor  qilar ekanmiz,  ularda predloglarning o‘rni alohida   ahamiyatga ega. Shu boisdan takroriy  elementlarning predloglar ishtirokidagi  reduplikativ shakllarini o‘rganish maxsus  izlanishni talab etadi, ya’ni  FBlar  tarkibidagi  takror elementlarni  bir-biri  bilan bog‘lovchi predloglar  frazeologiyada simmetrik  takrorni  hosil qilishning asosiy vositasi sifatida  xizmat qiladi. Bunda simmetriya o‘qi vazifasini  ma’lum  bir predlog  va uning o‘ng hamda chap  qurshovlarini esa  bir xil  leksik-grammatik maqomdagi takroriy so‘zlar  tashkil etadi. Masalan, hammaga mashhur  fransuzcha tête à tête iborasini olaylik.  Ushbu iborada “absolyut simmetrik   reduplikatsiya” o‘z aksini topgan. Ushbu  holatni bunday nomlashga asosiy sabab  shundaki, simmetriya o‘qini à predlogi  tashkil etsa, uning o‘ng hamda chap  qurshovlarini esa bir xil leksik-grammatik maqomdagi takroriy so‘z, ya’ni tête so‘zi egallaydi. Ushbu iboradagi tête so‘zini  bir  xil leksik-grammatik maqomdagi so‘z  deyishimizga sabab, reduplikatsiyaning  poliptota va antanaklaza kabi turlarida  takrorlanish  hodisasi bir xil leksik-grammatik  maqomdagi so‘zdan  iborat bo‘lmasligi ham  mumkin, ya’ni, poliptota takror so‘zning grammatik,  antanaklaza  esa  leksik-semantik  ma’nolari turlicha  ekanligi bilan  asoslanadi.  Simmetriya o‘qining ikki tomonidagi qurshovlari o‘zaro almashtirilganda ham  baribir  bir xil ma’no ifodalanadi.  Ushbu  tête à tête iborasining “absolyut simmetrik   reduplikatsiya” namunasi ekanligini  quyidagi  chizma  orqali  shunday  izohlash  mumkin:

simmetriya  o’qi

o’ng  qurshov

chap  qurshov

tête

tête

à

 

Bunday simmetrik reduplikatsiya fransuz frazeologiyasi  à,   en,   de,   contre kabi  predloglar orqali amalga oshadi. Masalan, à  predlogi  ishtirokidagi FBlarga quyidagi iboralarni keltirish  mumkin:

 

Fransuzcha FB  :

O‘zbekcha  talqini:

bord à bord;

- qarama-qarshi;

botte à botte;

- yonma-yon ;

but à but;

- teppa - teng ;

bec à bec;

- yuzma-yuz;

mettre  bout  à  bout;

- ichak-qorin  bo‘lmoq;

parler  à  qn  bouche  à  bouche;

-yuzma  –yuz  gaplashmoq;

            Shuningdek, à  predlogi fransuzcha maqollar tarkibida ham simmetrik  reduplikatsiya  hosil  qilishda  ancha  sermahsul  vosita  sanaladi:

Fransuzcha maqollar  :

O‘zbekcha  talqini:

Sorsaires  à corsaires, l`un  l`autre  s`attaquant  ne  font  pas  leurs  affaires.

-Qarg`a  qarg`aning  ko`zini  cho`qimaydi.

Pas  à pas,   on  va  loin.

-Qimirlagan  qir  oshar.

Quitte à quitte  et  bon  amis;

-Hisobli  do`st  ayrilmas.

            Bundan  tashqari, fransuz tilidagi  boshqa  contre, pour,en kabi predloglar ham  ayrim  FBlar  tarkibida  simmetrik  reduplikatsiya  hosil  qila  oladi. Masalan:

Fransuzcha FBlar  :

O‘zbekcha  talqini:

Corsaires contre corsaires, n`est  pas  bon  à  faire  doublure.

-O‘g‘rinikidan o‘g‘irlash vaqtni bekorga sarflashdir.

Fin  contre  fin  n`est  pas  bon  à  faire  doublure .

-Bir balosi  bo‘lmasa  shudgorda quyruq  na qilur.

rendre  bec  pour  bec ;

-muloyimlik bilan javob  qilmoq;

de  branche  en  branche;

-shoxdan  –shoxga ;

aller  de  mieux  en  mieux;

- xayol  surmoq ;

d`âge  en  âge;

-  avloddan-avlodga;  nasldan  naslga ;

passerde  bouche  en  bouche;

-  og`izdan  –  og`izga  o`tmoq.

 

Yuqoridagi tahlil turlaridan shuni ta’kidlash mumkinki, simmetrik reduplikatsiya hosil qilish  jarayonida à, contre, pour,en kabi predloglar asosan, otlarni takrorlagan holda faqat ravishli  FBlarni hosil qilishga yordam beradi. Shu bilan birga, ular maqollarda ham simmetrik reduplikatsiya  hosil  qilish  vositalari bo‘lib  hisoblanadi. 

Xulosa tariqasida shuni qayd etish lozimki, fransuz frazeoligiyasida reduplikatsiya  hodisasining yuqoridagi singari hali tadqiq etilmagan qirralari anchagina bo‘lib, ularni alohida tadqiqot obyekti doirasida o‘rganish ayrim frazeologik  muammolar echimiga sabab bo‘lishi  mumkin.

Adabiyotlar :

  1. Ўзбекистон миллий энциклопедияси. –Тошкент: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти. www.ziyouz.com кутубхонаси.
  1. Ахманова О.С. Словарь лингвистических  терминов. -М.: СЭ,1969.-608 с. https://classes.ru/ Akhmanova/source_51.htm
  2. Панков Ф. И., Овтина Е.А. Языковая картина мира и механизм редупликации: фрагмент лингводидактической модели русской грамматики.  / Pedagogical Journal. 2018, Vol. 8. Is. 1A. – С. 140-158.
  3. Н.М.Штейнберг. Редупликация в современном французском языке. -Ленинград : Изд. Ленингр. ун-та, 1969. - 69 с.

5.        Молчкова Л.В. Модели повтора во фразеологии // Актуальные  вопросы  современной науки (Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение» ), №28.  – Новосибирск, 2013. –С. 194-202. eLIBRARY ID: 20273065.

  1.  Bacry P.  Les Figures de style et autres procédés stylistiques. -Paris,       Belin,  coll.  « Sujets », ‎ 1992,  -335 p. 

7.        Grevisse M., Goosse A. Le Bon Usage. - Bruxelles : Duculot, 2007. – 529 p.

 

Сувонова Н. Некоторые соображения о феномене редупликации во французской фразеологии. В данной статье обсуждается феномен редупликации во французской фразеологии, основные языковые единицы, вместо повторяющихся элементов и их специфические лингвистические особенности, а также основная сущность симметричной редупликации во фразеологии и её формы выражения существительными, прилагательными и предлогами.

Suvonova N. Some considerations on the phenomenon of reduplication in French phraseology. This article discusses the phenomenon of reduplication in French phraseology, the basic linguistic units in place of repetitive elements and their specific linguistic features, as well as the main essence of symmetric reduplication in phraseology and their forms expressed by nouns, adjectives and prepositions.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati