
Unda Utah Valley University tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor va Akademik masalalar bo‘yicha vitse-prezident, doktor F. Ueyn Vot hamda turli fakultetlarning dekanlari, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha mas’ullar, Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan esa institut rektori B.Xoliqov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J.Nasrullayevlar qatnashishdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va uni yanada kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi dasturlari, shuningdek, Yuta shtati talabalari uchun yozgi va qishki maktablarni tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.
Tadbir yakunida tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo’yicha kelishib olishdi.