
Baskerville Instituti rektori Dr. Bahman Baktiari janoblari hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov, institut Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Javohirxon Nasrullayevlar ishtirokida o'tkazilgan hamkorlik uchrashuvida tomonlar o'rtasida oliy ta’lim, fan, innovatsiyalar, shuningdek, ingliz tili o'qitilishini takomillashtirish, raqamli ko‘nikmalar hamda iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish borasida fikr-mulohazalar almashinildi.
Uchrashuv davomida endilikda SamDCHTI hamda AQSHning Utah shtati nufuzli universitetlari — Brigham Young, Utah va Veber davlat universitetlari o'rtasida xalqaro aloqalarni mustahkamlash, tajriba almashish, sohada innovatsion loyihalarni amalga oshirish yuzasidan rejalar belgilandi.