Institutimizda Ipak yo‘li universitetlari delegatsiyasi tashrifi

Ipak yo‘li universitetlari tarmog‘i tashkil etilganining 10 yillik tantanalari doirasida, shuningdek, Bosh Assambleya tadbirlari, Direktorlar Kengashining yillik yig‘ilishi hamda Xalqaro talabalar konferensiyasida ishtirok etish maqsadida tashrif buyurgan mehmonlar oliygoh hovlisida tantanali kutib olindi.

Ushbu tadbirda mehmonlarga tillari o‘rganilayotgan mamlakatlarning milliy taomlari, raqs va kuy-qo‘shiqlari namoyish etildi. Tadbir mehmonlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.

Xorijiy filologiya jurnali tahrir ha'yati